Darsning mavzusi: Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi
Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga XIII asrda Ruslarning mo’g’ul, shved va nemis bosqinchilariga qarshi kurashlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarni tinchlik, jahon xalqlari tarixiga hurmat va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilarning tarixiy bilimini va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
TK3 – O’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyasi – doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intelektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, mustaqil o’qib o’rganish, kognitivlik ko’nikmalari va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, mustaqil qaror qabul qila olish;
TK4 - Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi – jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok eta olish.
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsda foydalaniladigan metodlar: an’anaviy, tushuntirish, aqliy hujum, “Qilich va qalqon” va “Baliq ovi” metodlari.
Darsning jihozi: ”Jahon tarixi” 7-sinf uchun darslik, “Jahon tarixi” 7-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita, savollar yozilgan kartotekalar, mavzuga doir ko’rgazmali suratlar, slayd, doska, bo’r.