Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikati nima?



Yüklə 19,42 Kb.
tarix10.09.2023
ölçüsü19,42 Kb.
#142412
chet tili sertifikat olish


Sertifikat olish

  • Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikati nima?

Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikati Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash testidan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarga taqdim etiladigan sertifikat bo’lib, muayyan chet tilini qay darajada bilishni ko’rsatadi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikati nima uchun kerak?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 395-sonli (2019-yil, 14-may) qaroriga muvofiq, ushbu sertifikatlar egalariga muayyan imtiyozlar taqdim etiladi.

  • Qaysi xorijiy tillardan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari o’tkaziladi?

Chet tilini bilish darajasini baholash milliy test tizimida jami 14 ta chet tilidan test sinovlari tashkil etiladi. Ular quyidagilar: ingliz, fransuz, nemis, italyan, ispan, arab, turk, xitoy, koreys, yapon, hind, pushtu, fors, dariy.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari qaysi darajalarni qamrab oladi?

Chet tilini bilish darajasini baholash milliy test tizimi CEFR shkalasi bo’yicha A2, B1, B2, hamda C1 darajalarini qamrab oladi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinoviga qanday ro’yxatdan o’tish mumkin?

Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovidan o’tish uchun www.my.dtm.uz vebsayti orqali ro’yxatdan o’tish kerak.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovini qayerda topshirish mumkin?

Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o’tkaziladi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi necha bosqichdan iborat?

Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi 2 bosqich: yozma va og’zaki bosqichlardan iborat bo’lib, alohida-alohida kunlarda o’tkaziladi. Testning yozma qismi tinglab tushunish, o’qish, leksik va grammatik kompetensiyalar hamda yozish bo’limlarini o’z ichiga oladi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi qancha vaqt davom etadi?

Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovining yozma bosqichi quyidagicha vaqt ajratiladi:
C1 -3 soat 30 daqiqa
B2- 3 soat 20 daqiqa
B1 - 3 soat 5 daqiqa
A2- 2 soat 30 daqiqa

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi uchun to’lov miqdori qancha?

Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi uchun to’lovni qanday amalga oshirish mumkin?

To‘lovni ikkita variantda amalga oshirish mumkin:
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizim nomzodning shaxsiy kabinetida Davlat test markazining kvitansiyasi va bank ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan hisob-fakturani rasmiylashtiradi.
Variant # 1. "PayMe", "Click" yoki boshqa biron bir onlayn to‘lov provayderining ilovasiga kiring va to‘lov kvitansiyasi raqamini va to‘lov summasini kiritishingiz kerak bo'lgan "DTM" bo‘limini tanlang.
Variant # 2. To‘lov uchun har qanday mahalliy bank idorasiga to‘lov uchun hisob-fakturani taqdim eting va to‘lov kvitansiyasida quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling: 1. Kvitansiya raqami (ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin taqdim etiladi), 2. Nomzodning familiyasi, 3. To‘lov summasi.

  • Ushbu testdan muvaffaqiyatli o’tish uchun qancha ball yig’ish kerak?

Kamida maksimal ballning 60 foizi (90 ball)

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi natijasi qachon va qanday bilish mumkin?

Test natijalari test sinovlari yakunlangan kundan e’tiboran 3 hafta ichida nomzodlarning shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi natijasi ustidan shikoyat qilish tartibi qanday?

Nomzodlar chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi natijasi ustidan test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida Davlat test markazi apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Apellyatsiya shikoyatlari berilgan kundan boshlab 2 hafta muddatda ko’rib chiqiladi.

  • Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikatining amal qilish muddati qancha?

Chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikati berilgan sanadan boshlab 2 yil muddatda amal qiladi?

  • Sertifikatlarning haqiqiyligini qanday tekshirish mumkin?

Quyidagi havola orqali chet tilini bilish darajasini baholash milliy sertifikatining haqiqiyligini tekshirish mumkin: https://dtm.uz/info/certificate

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinoviga tayyorlanish uchun qanday manbalar mavjud?

Nomzodlar test sinovlari formati bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin: https://dtm.uz/page/test_sinovlari_formati
Test savollari namunalarini esa quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://dtm.uz/page/test_namunalari
Test sinovlarining “Gapirish bo 'limi” savollari va baholash mezonlarini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: https://dtm.uz/page/cefr_speaking

  • Chet tilini bilish darajasini baholash test sinovi qoidalari bilan qanday tanishish mumkin?

Quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin https://dtm.uz/page/talabgorlar_uchun_eslatma
Yüklə 19,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin