Chivin orqali yuqadigan kasalliklar juda xavfli bmt yangiliklar markazi ma’lum qilishicha, yaqinda jsst mutaxassislari ishtirokida chivin chaqishi bilan odamga yuqadigan kasalliklarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tgan



Yüklə 221,02 Kb.
səhifə1/5
tarix16.05.2023
ölçüsü221,02 Kb.
#114681
  1   2   3   4   5
Chivin orqali


Chivin orqali yuqadigan kasalliklar juda xavfli

BMT yangiliklar markazi ma’lum qilishicha, yaqinda JSST mutaxassislari ishtirokida chivin chaqishi bilan odamga yuqadigan kasalliklarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tgan. Tadbirda chivin orqali yuqadigan Denge va Chikungunya virusli infeksiyalari dunyoning ko‘pgina mintaqalarida juda tez tarqalayotgani xavotir bilan qayd etilgan. Ushbu viruslar keng tarqalishining asosiy omili global isish bo‘lishi mumkin. Buni JSST mutaxassislari ham tasdiqlashmoqda.
Ma’lumki, yog‘in ko‘p yog‘sa, chivin ko‘payadi. Xavotir uyg‘otadigan yana bir jihat shuki, iqlim o‘zgarishi tufayli endi virus tashuvchilar avval bo‘lmagan mamlakat, mintaqalarda ham ko‘p uchrayapti.
Denga

Denga xastaligi hozir dunyo bo‘ylab tez tarqalayotganiga ham aynan chivin sababchi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, yer yuzida mazkur virusni yuqtirganlar 2000 yil 505 ming kishi bo‘lgan. 2019 yilga kelib, bu raqam 5.2 millionga chiqdi. 2022 yil Lotin Amerikasida 2.8 million infeksiya yuqtirish, 1 280 o‘lim holati qayd etilgan. Afsuski, o‘sish tendensiyasi 2023 yil ham davom etmoqda.
Mutaxassislarni ayniqsa, Boliviya, Paragvay va Perudagi vaziyat tashvishga solmoqda. 2010 yildan buyon Yevropada Denga bezgagi bilan kasallanish holati muntazam ravishda qayd etib kelinmoqda. Osiyodagi tendensiya ham xavotirli.
2022 yil iyul oyidan beri Sudanda 8 239 marta infeksiya yuqtirish holati kuzatilgan va 45 kishi ushbu xastalik qurboniga aylangan.
Denge isitmasi chivin orqali yuqadigan, juda keng tarqalgan infeksiya. Virus ko‘pincha tropik va subtropik hududlarda uchraydi.
Bezgakka chalingan odamda hech qanday alomat sezilmaydi. Ba’zan isitma, bosh yoki tana og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, toshma sezilishi mumkin. Holatni yengillashtiradigan eng ma’qul vosita asetaminofen yoki paratsetamol, deyishadi mutaxassislar.
Odatda isitma bir-ikki hafta ichida yo‘qoladi. Kamdan kam holda kasallik o‘limga olib kelishi mumkin.
Chikungunya

Chikungunya epidemiyasi, asosan, Paragvay, Argentina va Boliviyada kuzatilayotgani, Braziliyada va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlarida ham tez tarqalayotgani haqida xabarlar mavjud. Ushbu kasallik uchun notipik hisoblangan o‘tkir meningoyensefalit va ayni xastalik bilan bog‘liq neonatal o‘lim holatlari qayd etilgan. Fojianing 70 foizi 60 yoshdan oshgan kishilarga to‘g‘ri kelmoqda. Mazkur ofat, ayniqsa, diabet va gipertenziyadan aziyat chekadigan yoki immuniteti zaif odamlarni oson mavh etadi. O‘lim holatining 20 foizi tug‘ruq paytida infeksiya olgan chaqaloqlarda sodir bo‘ladi.
Umuman, JSST ta’kidicha, chikungunyaning ham og‘ir, o‘limga olib keluvchi belgisi kam uchraydi.
Chikungunya, odatda, isitma va qattiq og‘riqqa sabab bo‘ladi, bo‘g‘im shishigi, mushak va bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, charchoq va toshma kabi boshqa alomatlar ham bezovta qiligi mumkin.
Hozirgi vaqtda chikungunya virusi keltirib chiqaradigan yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina yoki terapiya mavjud emas.
Zika

JSST so‘nggi yillarda chivin orqali yuqadigan boshqa bir kasallik – Zika isitmasi sezilarli darajada kamayganini ta’kidlamoqda. Masalan, bu kasallik bilan bog‘liq 2017 yildagi 50 ming holat 2018 yilda 30 mingga tushgan. So‘nggi uch oyda Braziliya, Boliviya, Gvatemala, Beliz va Kolumbiyada jami 3000 marta Zika kasalligi rasman qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bu epidemiya Lotin Amerikasida ilk bor 2016 yil, 600 ming kishida uchragan. Homilador ayolning ushbu virus bilan kasallanishi bolada mikrosefaliya va boshqa tug‘ma nuqsonni paydo qilishi ehtimoli mavjud.
Infeksiya, shuningdek, kattalar va bolalarda, jumladan, Guillain-Barre sindromi, neyropatiya va miyelitda nevrologik asorat xavfi oshishi bilan bog‘liq. Isitma, toshma, kon’yunktivit, mushak va bo‘g‘imdagi og‘riq xastalikdan derak berishi mumkin, deydi ekspertlar.
Profilaktika chorasi haqida gap ketganda, shifokorlar maslahati quyidagicha:
Chivin orqali yuqadigan kasalliklar tarqalishi oldini olishning eng oson yo‘li chivin chaqishiga yo‘l qo‘ymaslik. JSST, masalan, tananing ko‘p qismini qoplaydigan ochiq rangli uzun kiyim kiyish, chivinga qarshi vosita qo‘llash va derazaga chivindan himoya qiluvchi to‘r o‘rnatilgan xonada uxlashni tavsiya qiladi.
Bundan tashqari erta va samarali tashxis qo‘yish, davolash zarurligi ham uqtiriladi. Hozircha ayni infeksiyaga qarshi birgina vaksina foydalanish uchun tasdiqlangan, yana ikki xili ishlab chiqish jarayonida, deydi JSST mutaxassislari.

Yüklə 221,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin