Shuni nazarda tutish kerak-ki, “Classic Worksheet Maple 9.5” dasturidagi
palitralar bo`limiga nisbatan “Maple 9.5” dasturining palitralar bo`limi bilan ishlash ancha qulay hisoblanadi.
Asosiy menyular satrining holati ishchi varaqqa aks ettirilgan hujjatning
mazmuniga qarab o`zgarib turadi. Buni biz yuqorida ham aytib o`tgan edik (29 –
rasm).
29 – rasm. Asosiy menyular satrining pastki qismida amalda tez-tez qo`llanilib
turiladigan komandalarga biriktirilgan tugmalar ko`rsatilgan asosiy uskunalar
biriktirilgan komandalar bajariladi. Panelning holati ishchi varaqdagi hujjatga
bog`liq emas. Bu panelning pastki qismida kontekstli uskunalar paneli joylashgan.
Kursor ishchi varaqning qanday qismida joylashganligiga va qanday ma’lumotni
ko`rsatib turishiga qarab, kontekstli uskunalar panelining holati o`zgarib turadi.
Panelning besh xil holati mavjud: ikki o`lchamli, uch o`lchamli, animatsiyali
grafiklar aks ettirilgan paytdagi holati va kursorni ishchi varaqning ma’lumot
kiritish yoki chiqarish maydonida turishiga mos holatlari. Kursor ma’lumotlarni
kiritish maydonida turgan bo`lsa, kontekst menyuning holati komandalarni standart