Dars konspekti fan: Tarix Sana



Yüklə 14,18 Kb.
tarix08.06.2022
ölçüsü14,18 Kb.
#61040
Konspekt


DARS KONSPEKTI
Fan: Tarix
Sana: 24.11.2020 Dars o‘tilgan sinf: 7”A” O‘quvchi soni: 31ta
Mavzu: XIV asrning o‘rtalarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat
Dars maqsadi:
1) ta`limiy: Amir Temur hayot yo‘li haqida ma`lumot ber
2) tarbiyaviy: o‘quvchilarni xalq e’zozidagi ajdodlarga ehtirom ruhida tarbiyalash;
3) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda ijobiy qobiliyatlarni shakllantirish.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: davomatni aniqlash, tozalikka e`tibor.
2.Uyga vazifani so‘rash. O‘tgan darsda bo‘lim yuzasidan takrorlash berilgan edi. O‘quvchilardan o‘tilgan mavzular yuzasidan ma’lumotlar so‘raladi.
3. O‘tgan mavzuni mustahkamlash. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida “Blits-so‘rov” strategiyasi asosida savol-javoblar o‘tkaziladi. Savollar quyidagicha ko‘rinishda:
1. Mug’ullar qachon Movarunnahrga bostirib kirgan?
2. Dorug’a deb nimaga aytiladi?
3. Chingizxonning elchilik missiyasi haqida malumot bering ?
4. Munke xoqon mamlakatda ichki vaziyatni yumshatish uchun
qanday choralar ko‘rgan?
5. Kebekxon qanday islohotlarni amalga oshirgan?
4. Yangi mavzu bayoni. Amir Temur Kesh viloyatidgi Xoja Ilg‘or qishlog‘i (Yakkabog‘ tumani)da 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to‘liq ismi
Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul. Amir Temurning onasi Takina xotun Kesh yurtining obro‘li beka (bek og‘o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining oqsoqollaridan bo‘lib, ajdodlari Kesh va
Nasaf viloyatida o‘z mulklariga ega bo‘lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Amir Tarag‘ay o‘g‘lini yoshligidan aslzodalarga yarasha o‘qitgan va har taraflama bilim bergan: katta-kichik bilan
muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan
.5. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarga mavzu yuzasidan savollar beriladi. Savollar:
1. Nima sababdan Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik kuchaydi?
2. Amir Temurning yoshligi haqida nimalarni bilib oldingiz?
3. Amir Temur qanday vaziyatda siyosiy kurash maydoniga
kirib keldi?
4. “Loy jangi” haqida so‘zlab bering.
6. O‘quvchilarni baholash. O‘tilgan mavzu va yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilarga turli savollar berilgandan so‘ng ular bergan javoblariga qarab baholanishadi. Darsda eng faol o‘quvchi aniqlanib, alohida e`tibor etilib, rag‘batlantiriladi.
7. Uyga vazifa. XIV asrning o‘rtalarida Movarounnahrda ijtimoiy-siyosiy vaziyat mavzusini o’qib kelish
O’.T.I.B.D.O’ Nazarov . F
Yüklə 14,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə