Dars ta`limiy maqsadi : O‘quvchilarga shaxsiy kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari haqida ma’lumot berish. Dars tarbiyaviy maqsadi



Yüklə 49,5 Kb.
tarix18.05.2017
ölçüsü49,5 Kb.

8-A 1- guruh

15.09

8-A 2-guruh

10.09

8-B 1-guruh

10.09

8-B 2-guruh

12.09

2 – dars. Kompyuterlar


Dars ta`limiy maqsadi : O‘quvchilarga shaxsiy kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari haqida ma’lumot berish.

Dars tarbiyaviy maqsadi: Fikrlarni qadrlashga o`rgatish

Dars rivojlantiruvchi maqsadi: amaliy mashg`ulotlarda mustaxkamlash

Dars turi: yangi bilim berish

Dars metodi: aqliy hujum

Dars jixozi: proektor, tarqatmalar



Asosiy tushunchalar:

Shaxsiy kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari, adres, mashina so‘zi, xotira, protsessor, plata, portlar, kontrolerlar, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari.



Mavzuni boshlashga hozirlik:

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi va plakat tayyorlab qo‘yiladi. Mavjud elektron darslik va elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.



Darsning borishi :

  1. Salomlashish (1 minut)

  2. Davomadni aniqlash ( 2 minut)

  3. O`tgan mavzu yuzasidan savol javob o`tkazish (10 minut)

  4. Uy vazifasini tekshirish ( 2minut)

Mavzuni yoritish: (15 – minut)

Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo’lib, ular quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta’minoti.

1947-yilda Bell laboratoriyasinig xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan elektron lampa ishini bajara oladigan tranzistor ishlab chiqildi. Endi bu element asosida EHMlar o’lchami, vazni va energiya sarfi minglab baravar kamaydi, tezligi o’nlab marotaba ortdi. Bu kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi. 1957 yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kilbi mantiqiy elementlardan tuzilgan birinchi integral sxemani ishlab chiqdi.

Narxi qimmat hamda o’lchami katta EHMlarga ko’p sonli muxandislar va dasturchilar xizmat ko’rsatishgan. Bunday hisoblash mashinalarining oddiy inson xonadoniga kirib kelishi uchun narxini arzonlashtirish, o’lchamlarini kichiklashtirish, o’rnatilgan dastur asosida dasturchilarsiz mustaqil ishlatilishi mumkin bo’lgan holatga keltirish zarur bo’ldi. Bu rivojlanish shaxsiy kompyuter (PC – Personal Compyuter) atamasi bilan bog’langan.



Kompyuter deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.

Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuter elektron o‘yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977-yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi «Apple Computer» firmasi tomonidan mukammallashtirildi hamda dasturlarning katta majmuini tatbiq etib ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustahkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.

Har qanday kompyu­terning apparatli ta’minoti asosiy va qo‘shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta’minlasa, qo‘shimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo’shimcha imkoniyatlar beradi.

Kompyuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo‘shimcha qurilmalarga sichqoncha manipulyatori, printer, plotter, skaner, modem, web-kamera va boshqalar misol bo‘ladi.

Sistema blokida, asosan, g’ilof, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.


  • Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan elektron sxemalar bo’lib, unga ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining o‘ramlari) yordamida bog’lanadi. Shinalar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko‘rsatadi: berilganlar (berilgan ma’lumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.

Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo’linadi. Ketma-ket port protsesordan ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko’p asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo’lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.

Asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat o’qish uchun xotira) mikrosxema ko’rinishida tashkil etilgan bo’lib, quvvat manbaiga bog’liq bo’lmagan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi.



Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog‘lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.

Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini 10 mm kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim o‘tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, ya‘ni o‘ta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida ko‘radigan bo‘lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o‘z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.

Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va raz­ryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega bo‘lsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu ko‘rsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessor­ning razryadlari soni uning bir vaqtning o‘zida baravariga ishlashi mumkin bo‘lgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo‘llanilmoqda. Shu kunlarda protsessorlarning ko’p yadroli turlari ishlatilmoqda.

Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:



arifmetik-mantiqiy qurilma

buyruq jamlagichi

ma’lumotlar va adreslar shinasi

kesh, ya’ni kichik hajmli o’ta tezkor xotira

registrlar

qo’zg’aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori

Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, ya’ni bir vaqtning o‘zida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.

Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o‘qish va bajarish, natijani yozib qo‘yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqa­rishni amalga oshirish, ma’lumotlarni zarur joydan o‘qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning izlanishini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.



  • Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda o‘chib ketadi.

Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta’minlab beruvchi plata. Bu plata o’z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo’ladi. Tarmoq platasi – kompyuterni tarmoqqa ulash imkonini beradi.

Mavzuni mustahkamlash (10 minut)

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar beriladi.



Mavzuni yakunlash (5-minut)

  1. Baholash

  2. Uyga vazifa:

5 ta test tuzib kelish. 1-3 mashqlar.

Yüklə 49,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə