Dastlabki va so‘ngi operatsiyalarini



Yüklə 20,68 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü20,68 Kb.
#167274
  1   2
22-Mavzu.Tovar yuk


22-Mavzu: Yuk rayonlarining vazifalari, tasnifi va texnik jihozlanishi

Yuk tashish jarayonining dastlabki va so‘ngi operatsiyalarini bajarish va yo‘l safarida yuklarga xizmat ko‘rsatish uchun temir yo‘li yuk xo‘jaligi inshootlariga va qurilmalariga ega bo‘ladi. Temir yo‘l Ustavining 11-bandida yuklarni tashish va yuk operatsiyalarini bajarish uchun temir yo‘l stansiyalari o‘zlarining ixtisoslashtirilishiga muvofiq lozim darajada jihozlangan inshootlarga va qurilmalarga ega bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilgan. Bunday inshootlar va qurilmalar stansiyalarning yuk rayonlarida barpo etiladi. Stansiyaning yuk rayon (saroy) lari va temir yo‘l shoxobcha yo‘llari ortish – tushirish mashinalari va komplekslari, qayta yuklash qurilmalari (ko‘tarilgan yo‘l, tushirish va bunker estakadalari) yordamchi qurilmalar va moslamalari (zaryadlash agregatlari, tuynuk qopqog‘ini ko‘targichlar, vagonlarni yuk qoldiqlaridan tozalash mashinalari) bilan jihozlanadi va kerakli inventarlar bilan ta’minlanadi. Yirik yuk stansiyalarida konteyner terminallari, idish – o‘rovli va donali, og‘ir vaznli, sochiluvchan va to‘kiluvchan yuklar uchun ixtisoslashtirilgan omborlar va bazalar, mayda jo‘natmalarda tashiladigan yuklarni saralash uchun platformalar quriladi.


Temir yo‘l stansiyalarining yuk xo‘jaligi hamda temir yo‘l vagonlariga yuk ortish va tushirish bilan shug‘ullanuvchi temir yo‘l korxonalarining barcha inshoot va qurilmalari o‘zining quvvati va o‘tkazish qobilyati bo‘yicha belgilangan hajimdagi yuklarni tashishni bajarishni, ularni to‘liq asrashni, harakatdagi sostavga o‘z vaqtida ishlov berishni, yuklarni ortish va tushirish bo‘yicha operatsiyalarni belgilangan muddatlarda bajarishni ta’minlashi kerakligi Ustavning 11-bandida belgilab qo‘yilgan.
Yirik ma’muriy – sanoat markazlarida, dengiz va daryo portlarida hamda yuk oqimlari ommaviy paydo bo‘luvchi va so‘nuvchi punktlarida yuk stansiyalari quriladi. Yuk stansiyalari qabul qiluvchi – jo‘natuvchi, saralash, tortish, chiqarib qo‘yiladigan yo‘llardan iborat bo‘lib, unga yuk rayonlari va temir yo‘l shoxobcha yo‘llari kelib tutashadi. Unda stansiya texnologik markazi, stansiya navbatchisi va manyovr dispetcheri, tijoriy va texnik ko‘rik binolari joylashgan bo‘ladi.
Yirik ish hajmili yuk stansiyalarida yuk rayonlari (saroy) quriladi. Yuk rayoni – kompleks texnik vositalar va qurilmalar bilan jihozlangan temir yo‘l stansiyasining hududi bo‘lib, ortish – tushirish ishlari, tijorat operatsiyalari va yuklarni saralash va saqlash uchun mo‘ljallangan. Yuk rayonlari – bu umumiy foydalanish joylari bo‘lib, unda ko‘p sonli yuk jo‘natuvchilarga, yuk oluvchilarga hamda temir yo‘l transporti xizmatidan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatiladi.
Yuk rayoni ortish – tushirish, chiqarib qo‘yiladigan va birlashtirish yo‘llarga, yuk qurilmalariga, omborlariga, maydonlariga, ortish – tushirish mashina va mexanizmlariga, vagon tarozisiga, gabarit dorvozasiga, ma’muriy xizmat – texnik binosiga, avtomatizatsiyalash va aloqa vositalariga, yoritish, elektr va suv ta’minoti, kanalizatsiya qurilmalari hamda yuk va tijorat operatsiyalarini bajarish uchun kerakli asbob – uskunalar, jihozlarga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 20,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin