"Dasturiy injiniring" yo‘nalishi talabasi



Yüklə 31,32 Kb.
tarix09.10.2022
ölçüsü31,32 Kb.
#64770
Taqriz(Mo‘minov J)


Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
5330600-“Dasturiy injiniring” yo‘nalishi talabasi
Mo‘minov Jasurbek Mansurdjon o‘g‘lining “Prezident maktablarini avtomatlashtirilgan tizimining web ilovasini ishlab chiqish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga


TAQRIZ
Hozirgi kunda nafaqat butun dunyoda, balki mamlakatimizda ham ta’lim tizimini raqamlashtirish va uni rivojlantirish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib bormoqda. Shuning natijasi sifatida yurtimizda Prezident maktablari o‘z faoliyatini yurita boshladi. Mo‘minov Jasurbek Mansurdjon o‘g‘lining “Prezident maktablarini avtomatlashtirilgan tizimining web ilovasini ishlab chiqish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi shu muammoni hal etishga qaratilgan yechimlardan biri sifatida qarash mumkin.
Bitiruv malakaviy ishida yaratilgan Prezident maktablarini avtomatlashtirilgan tizimining web ilovasini ishlab chiqish foydalanuvchilar uchun qulay muhitni paydo qilgan. Bunday raqobatbardosh muhit foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qilishi tabiiy. Unda foydalanuvchilarni roʻyxatga olish, MBga yangi o‘quvchilarni qo‘shish, turli kategoriyaga ajratish, yangi ma’lumotlarni qoshish va olib tashlash modullari yaratilgan.
Bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha o‘zbek tilidagi ba’zi imlo xatoliklar ko‘zga tashlanadi. Ammo bu kamchilik ishning asosiy mazmuniga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida keltirilgan materiallar barcha qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi, uning muallifi Mo‘minov Jasurbek Mansurdjon o‘g‘lini 5330600 – “Dasturiy injiniring” yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olishga hamda uni “a’lo” bahoga loyiq deb hisoblayman.


______MCHJ doktoranti Sh. Abdullayev
Yüklə 31,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin