Dasturlash texnologiyasining



Yüklə 95,86 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü95,86 Kb.
#195635
  1   2   3
Mantiqiy dasturlash texnologiyasi.


Mantiqiy dasturlash texnologiyasi.
REJA:



  1. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari haqida ma’lumot.

  2. Dasturlar yaratish vositalari.

  3. CASE – texnologiyasi.

Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasiping uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog`liq yo`nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi.


Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o`z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi;

  • kompilyator va interpretatorlar;

  • dasturlar kutubxonasi;

  • turli yordamchi dasturlar.

Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgai dasturning bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to`plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.
CASE – texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir.
Case – Computer Aided System Engineering – axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo`lib, Case-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko`pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo`llaniladi.
Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80 yillar oxirida shakllangan yo`nalishdir. Ulardan keng ko`lamda foydalanish ko’p moliyaviy mablag’lar talab qilishi tufayli chegaralangandir.
Case-texnologiyasi – murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug`i – kompyuterlarning mahalliy tarmog`ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir.

Yüklə 95,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin