Datchiklarni tavfsiflari. Xatolik va Aniqlik. Datchiklarni dinamik tavfsiflari



Yüklə 26,54 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü26,54 Kb.
#190854
6-mavzu (1)



6– ma’ruza.
Datchiklarni tavfsiflari. Xatolik va Aniqlik. Datchiklarni dinamik tavfsiflari. 
Datchiklarni statik tavfsiflari. 
Nochiziqlilikni ta’siri.
Datchik
(ruscha), birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik kattalik (bosim, 
temperatura, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd 
qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan vosita. Oʻlchash, 
signal yoki rostlash qurilmalari tizimining muhim qismi; sezgir elementi 
tekshirilayotgan miqdorlar (bosim, temperatura, tezlik, yorugʻlik kuchi, elektr toki, 
kuchlanish va b.) taʼsirini sezadi. Ishi elektr qarshiligi, sigʻim, induktivlikka, 
shuningdek, nazorat qilinadigan mexanik, akustik, issiqlik, elektr, optik, magnit 
kattaliklar taʼsir etganda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishiga asoslangan 
Datchiklar (sigim datchigi, induktiv Datchiklar induksion Datchiklar va h. k.) keng 
tarqalgan. Elektr zanjirlarida kontaktlarning ulanib-uzilishiga asoslangan Datchiklar 
(kontakt datchigi) va elektr mashina Datchiklari ham bor. Ishlab chiqarish 
jarayonlarini avtomatlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarining amaliy kis-mini 
bajarishda ishlatiladi. Datchiklar avtomatika va telemexanika qurilmalarining 
muhim qismi hisoblanadi.
1. Real vaqt tizimida informatsiyalarni qayta ishlash. Datchik turlari 
3. Datchiklarning tavsiflari
Real vaqt tizimlarida informatsiyalarni qayta ishlash uchun ularni qabul kilish
mexanizimlari ishlab chikilishi kerak. Masalan 
oddiy temperaturani ulchash 
 
tizimini ko‘raylik.
Jisimni xarorati, temperaturasi uni ichkiy energiyasini belgilab, jisimni tashkil
etgan zarralarni xaotik xarakat intensivligini bildiradi. Demak temperatura jisimni
tashkil etgan zarralarni ichki enrgiyasini xarakterlaydi. Ichki energiya kancha katta
bo‘lsa temperatura xam shuncha yuqori bo‘ladi. Ichki energiyani ko‘p ozligi ѐki
qanchaligini bilish bu informatsiya olishdir. Ushbu xolatda informatsiya jisim
xaraoratini kattaligidir. Bu informatsiyani olish uchun maxsus datchiklar
yaratilgan. Ular asosan ikki fizik xodisaga asoslanib yaratilgan.
1. Termoqarshilik
2. Termopara
Termoqarshilik jisimlarni elektr qarshiligini temperaturaga bog‘likligi
xodisasiga asoslangan. O‘tkazgichlarni qarshiligi ularni 
temperaturasiga chiziqli 
 
bog‘langan. Temperatura qancha yuqori bo‘lsa uni elektr qarshiligi shuncha yuqori
bo‘ladi. Biror jisimni ѐki biror muxitni temperaturasini o‘lchash uchun oldindan
qarshiligi gradirovkalangan ikkinchi jisimni jisimga tegizish, muxitga kiritish bilan
uni qarshiligini o‘lchanadi. O‘lchangan qarshilikga qarab jisim temperaturasi
to‘g‘risida informatsiya olinadi. Bu xolda temperatura – 
jisim ichki energiyasi 
 
to‘grisidagi informatsiya, elektr informatsiyasiga
termoqarshilik ѐrdamida o‘zgartirildi. Bu informatsiyani qayd etish uchun esa


90 chi yillargacha oddiy qurilma ѐrdamida qog‘ozga chizib qo‘yish bilan
erishilgan.
Informatsiya almashinuvi jaraѐnini quydagicha ifodalanadi:
Xozirda bu elektr signallari ARQ(ATSP analogovoy – sifrovoy
preobrazovatel) analog raqamli o‘zgartirgich ѐrdamida 
raqamli informatsiyaga 
 
aylantiriladi va qayta ishlanib saqlab qo‘yiladi. Agar informatsiyani saqlovchi
qurilma magnit effektiga asoslangan bo‘lsa magnit maydoni o‘zgarishi
ko‘rinishida, agar optikaga asoslangan bo‘lsa optik yo‘laklar ko‘rinishida
saqlanadi.
Aniqlik (accuracy) parametrlarning o‘lchangan va haqiqiy qiymatlari
orasidagi farq bilan belgilanadi.
Ruxsat etilgan qiymat (resolution) – bu o‘lchanayotgan 
kattalikning eng 
 
kichik og‘ishi.
O‘lchash xatoligi (measurment error) – parametrlarning o‘lchangan va
haqiqiy qiymatlari orasidagi farq.
Datchikning dinamik reaksiyasi: 
T0-nosezgirlik sohasidan o‘tish vaqti; 
Td-kechikish; Tr-birinchi maksimumga yetish vaqti; Ts - o‘rnatilish vaqti;
Mr- o‘ta rostlash.
Quyidagi parametrlarni minimallash-tirishtirish lozim:
Nosezgirlik sohasidan o‘tish vaqti (dead time) – kattalikni o‘zgara boshlashi
va datchikning reaksiyasi o‘rtasidagi vaqt;
Kechikish (delay time) – datchikning ko‘rsatishi o‘rnatilgan qiymatning 50%
ga tenglashadigan vaqt;
O‘sish vaqti (rise time) – kattalikning 10 % dan o‘rnatilgan qiymatni 90 %
gacha erishishiga ketadigan vaqt. Datchikning tezkorligini ko‘rsatadi.
Datchiklarning statik tavsiflari.
Datchiklarning statik tavsiflari, datchikning chiqish signallari o‘lchanayotgan
parametrni bir oz vaqt o‘tib qanchalik to‘g‘ri aks ettirishini ko‘rsatadi.
Statik tavsiflarga: 
sezgirlik; 
ruxsat etish qiymati; 
chiziqlilik; 
dreyf va to‘la dreyf; 
ishchi diapazon; 
takrorlanish va natijani qayta tiklash kabilar kiradi.
Sezgirlik (sensitivity) – chiqish signali kattaligini 
kirish kattaligi birligiga 
 
nisbati bilan aniqlanadi.
Ruxsat etilgan qiymat (resolution) – o‘lchanayotgan parametrning datchik
tomonidan seziladigan va qayd etiladigan eng kichik qiymati.
Chiziqlilik (linearity) – analitik aniqlanmaydi, 
datchikning tavsifidan 
 


aniqlanadi.
Agar datchik tavsifi egri chiziqdan to‘g‘ri chiziqqa yaqinroq bo‘lsa, u holda
chiziqlilik yuqori deyiladi.
Statik kuchaytirish (static gain) yoki o‘zgarmas tok bo‘yicha kuchaytirish
(direct current gain) – datchikning juda past chastotalardagi kuchaytirish
koeffitsiyenti.
Koeffitsiyentning kattaligi o‘lchash qurilmasining sezgirligi katta bo‘lishiga
to‘g‘ri keladi.
Dreyf (drift) o‘lchanayotgan kattalik uzoq vaqt davomida o‘zgarmasdan
qolganida, datchik ko‘rsatishining og‘ishi bilan belgilanadi. 
Datchik dreyfini kirish signalining nol, maksimal va ma’lum oraliq qiymatida
aniqlash mumkin.
Datchikning ishchi diapazoni (operating range) 
kirish yoki chiqish 
 
kattaliklarining ruxsat etilgan quyi va yuqori chegaralari bilan aniqlanadi.
Takrorlanish (repeatability) bir xil sharoitlarda o‘lchanayotgan kattaliklarning
berilgan qiymatlarida bir qancha ketma-ket o‘lchashlardagi og‘ishlar bilan
tavsilanadi.
Bunda berilgan qiymatga yaqinlashish yo oshib yo kamayib boradi. 
Takrorlanish ishchi diapazonning foizlari bilan aniqlanadi.
Qayta tiklanuvchanlik (reproducibility) takrorlanishga o‘xshash, ammo
o‘lchashlar orasidagi irterval katta bo‘lishini talab etadi.

Yüklə 26,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin