Davlatning iqtisodiy dasturlari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/7
tarix17.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#115116
  1   2   3   4   5   6   7
DAVLATNING IQTISODIY DASTURLARI



DAVLATNING IQTISODIY DASTURLARI
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli
2. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirish
3 Iqtisodiyotni boshqarish organlari
4. Bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish zarurati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish  
Bozor munosabatlari sharoitida baho (narx)lar iqtisodiyotni tartibga solishning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunda baho bozor pasangisi, regulyatori bo`lib, ikki asosiy vazifani bajaradi. Birinchidan, u resurslar, tovarlar va xizmatlar iste`molini cheklaydi va ikkinchidan, tovar ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) uchun rag`bat vazifasini o`taydi.
Ishlab chiqarish jarayonida iste`mol tovarlari, ko`rsatiladigan xizmatlar qanchalik kamyob bo`lsa, ularning bahosi shunchalik yuqori bo`lib, shunga muvofiq ravishda ularni xarid qilish cheklangan bo`ladi. Boshqacha aytganda, tovarlar va xizmatlar ularning narxlariga binoan iste`mol qilinadi, taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Narxlarning o`zgarib turishi, ya`ni ko`tarilib yoki pasayib turishi ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatiga ta`sir ko`rsatadi. Binobarin, biron-bir tovar (xizmat) narxining o`sishi, uni ishlab chiqarish hajmining ko`payishiga, ushbu tarmoqqa muayyan tovar bozoriga yangi ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishiga sabab bo`ladi. Bozor iqtisodiyotida faqat foyda olishni ta`minlaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi uchun foyda keltirmaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilmaydi. Muayyan tovar narxining pasayishi, uni ishlab chiqarish foydani ta`minlay olmay qolganligidan dalolat beradi. Bunday tovarlarni ishlab chiqarish kamayib boradi, ushbu tarmoq va bozorni ishlab chiqaruvchilar tark eta boshlaydilar. Demak, narxning bozor pasangisi, regulyatori vazifasini o`tashi tufayli ishlab chiqaruvchilar foydasiz yoki kam foyda keltiradigan tarmoqdan yuqori foyda keltiradigan tarmoqqa, sohaga o`tib turadi. YUqori foyda keltirayotgan tarmoq yoki bozorlardagi iqtisodiy sub`ektlar o`zgalarning kirib kelishiga to`sqinlik qiladilar. Iqtisodiy sub`ektlar aniq tovarlar bozorida o`z mavqelarini saqlash, mustahkamlash, yaxshilash maqsadlarida o`zaro raqobatga kirishadilar.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin