Dbg’I-50 guruhi talabasi Urazbayev Boburjon mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot fanidan 1-oraliq nazorat ishi



Yüklə 20,02 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü20,02 Kb.
#34868
1-ON Urazbayev Bobur



DBG’I-50 guruhi talabasi Urazbayev Boburjon

MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT FANIDAN 1-ORALIQ NAZORAT ISHI

22-variant



  1. Davriy ishsizlik turining o’ziga xos jixatlarini aytib bering.

  2. Friktsion ishsizlik turining o’ziga xos jixatlarini aytib bering.

Javoblar:

Ishsizlik – bu mehnatga yaroqli aholini ish bilan band bo’lmaslik holatini aks ettiruvchi jarayon bo’lib, uning friktsion, strukturaviy, davriy ko’rinishlari mavjud.

Davriy ishsizlik bu iqtisodiyotda pasayish bo’layotgan davrda mavjud bo’lib, bunda ishchi kuchiga talab bo’lsada, ishlab chiqaruvchilar ularni ishga qabul qila olmaydilar va buning natijasida yaratilishi mumkin bo’lgan ma’lum bir mahsulotdan voz kechiladi.

Friktsion ishsizlik – bu ihtiyoriy ishsizlik bo’lib, bir ishdan boshqaishga o’tish, yashash joyini o’zgartirish va boshqa shu kabi holatlar bilan bog’liq. Ishsizlikning bu turi doimiydir.

Friktsion ishsizlik bu ishsizlik darajasining tabiiy darajasini ifodalaydi. Ishsizlikning tabiiy darajasi – bu shunday holatki, unda ishsizlar soni bilan bo’sh ishchi o’rinlari bir-biriga mos keladi. Ishsizlikning to’liq yoki tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo’sh ish o’rinlari soniga teng bo’lganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi qandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki friktsion ishsizlarga mos keluvchi ish o’rinlarini topish, tarkibiy ishsizlarga ham yangi kasbni o’zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi.

Ishsizlikning tabiiy darajasi tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi.

Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro’yobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda undan past ham bo’lishi mumkin.

Masalan: Ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindoshlik ishlarida band bo’lish natijasida.



Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o’z - o’zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tartibdagi o’zgarishlar oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, 60 – yillarda friktsion va tarkibiy ishsizlarning muqarrar darajasi ishchi kuchining 4% ni tashkil qildi deb hisoblangan. Boshqacha aytganda, ishchi kuchining 96% band bo’lganda to’liq bandlilikga erishilishi tan olingan. Hozirgi davrda iqtisodchilar ishsizlikning tabiiy darajasi taxminan 5 - 6% ga teng deb hisoblaydilar.


Yüklə 20,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin