Demografik prognozlashtirish



Yüklə 139 Kb.
səhifə1/10
tarix27.05.2022
ölçüsü139 Kb.
#59826
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Demografik prognozlashtirish matn


12-bob. DEMOGRAFIK PROGNOZLASHTIRISH

    1. Demografik prognozlarning mohiyati va turlari

Demografik prognoz — bu aholi harakatining asosiy parametr- larini va istiqboldagi demografik vaziyatni, aholining son va sifat tavsiflarini, yosh-jins va oilaviy tarkibini, tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajralish, migratsiya jarayonlarini ilmiy asoslangan holda oldindan ko‘ra bilishdir. Prognoz tug‘ilish va o'limning u yoki bu tavsiflarini kelajakdagi dinamikasiga nisbatan qo‘yilgan ayrim gipotezalar asosida amalga oshiriladi.
Demografik prognoz turlari. Ijtimoiy prognozlashtirishda quyidagi to'rtta yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin: ilmiy-texni- kaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-biologik va harbiy-siyosiy. Demografik prognozlar ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirish majmuasiga kiradi.
Bugungi kunda demografik prognozlashtirishning ikkita asosiy yo'nalishi ajralib chiqqan: global va mintaqaviy.
Global prognozlar dunyo miqyosidagi demografik rivojla- nishning global muammolarini yechish imkonini beradi. Prognoz- lashtirishning mazkur turida aholini ijtimoiy-iqtisodiy rivojla- nishining ko'plab omillari va parametrlari bilan o'zaro murakkab aloqadorligini tavsiflovchi modellar qo‘llaniladi.
Mintaqaviy prognozlar bevosita rejalashtirish bilan bog‘liq. Masaian, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirayotganda aholi takror barpo bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari, demografik jarayonlarning tavsiflari hisobga olinadi. Shuningdek, mintaqaviy prognozlar hudud aholisi soni va tarkibining istiqboldagi dinamikasi haqidagi ma'lumotlarni beradi, bu esa ta’lim, sog'liqni saqlash, uy-joy siyosati, sport, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, aholini iste'mol tovarlari bilan ta’minlash va ularni ishlab chiqarish sohasida rejalashtirish uchun foydalaniladi.
Shuningdek, aholi harakatining istiqboldagi ko'rsatkichlarini baholash uchun ekstropolyatsiya, yoshni siljitish, ekspert baholash, ekonometrik modellashtirish, imitatsion modellash va boshqa usullardan keng foydalaniladi.
Masalan, ekspert baholash usuliga ko‘ra, aholining istiqboldagi takror barpo bo‘lishi demografiya bilan shug'ullanuvchi tajribali mutaxassislar tomonidan aniqlanadi. Mazkur holatda aniq baholar- ga erishish uchun ekspert axborotlarni tahlilining ma’lum bo‘lgan usullari, ya’ni ekspertlar orasida maxsus uslubda so‘rov o‘tkazishni qo'llash maqsadga muvofiq.

Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin