Dorivor sano-Cassia turlarini Janubiy O’zbekiston sharoitida introduksiyasi va istiqbollari



Yüklə 19,4 Kb.
tarix29.12.2021
ölçüsü19,4 Kb.
#49029
Dorivor sano
Toshkent davlat agrar universiteti, Сут ва гўштни қайта ишлаш ИФД-2021, Сут ва гўштни қайта ишлаш ИФД-2021, Bojxona ishi asoslari 61318, Albarodo ibrohim aka, Biznes reja, 13-маruza, И.к.т. масалалар туплами 2, ccc, Babaxanov Javohir bojxona ishi (2), 00. Руйхати (умумий 20 нафар) (3), Tashkent Botanical Garden, ma\'lumotnoma

Dorivor sano-Cassia turlarini Janubiy O’zbekiston sharoitida introduksiyasi va istiqbollari.
Hozirgi zamon tibbiyotining taraqqiyoti, farmasevtika sanoatining ehtiyojini qondirish uchun ko’pgina dorivor o’simliklardan unumli foydalanishni taqozo etadi. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan dori-darmon vositalarining 60% dan ko’prog’i faqat o’simliklardan olinadi. Bizning sanoat korxonalarimizning rivojlanishi va aholining turli dori vositalariga bo’lgan talabini qondirish uchun tabiatda tarqalgan yovvoyi, chetdan keltirilgan dorivor o’simliklarni iqlimlashtirish va introduksiya qilishni talab etadi. Dorivor o’simliklarni o’rganish va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish doimo ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Shu boisdan tabiatda tarqalgan dorivor o’simliklarni, ulaming tabiiy areallarida muxofaza qilish, xom-ashyo zaxiralarining aniqlagan holda, ulardan unumli foydalanishni yo’lga qo’yish muhimdir.

Dorivor o’simliklarning biologik xususiyatlarini chuqur o’rganish, ko’paytirish choralarini ishlab chiqish va sanoat uchun xom-ashyo tayorlash uslublarini tadbiq etib ishlab chiqishni yo’lga qo’yish zarur.Buning uchun biz chetdan keltirilgan dorivor o’simliklardan Sano- Cassia L turlarini o’rganish uchun tanlab oldik. Sanoning uchta turi Cassia angustifolia, Cassia acutifolia va Cassia obovata turlarining o’tgan 19 asrda O’zbekistonning janubiy quruq subtropik iqlim sharoitida o’stirish uchun tavsiya etilgan bo’lsada, bu o’simliklar ommalashib ketmadi. Ma’lumki sano turlari qadimdan xalq tabobatida, amaliy tibbiyotda keng qo’llanilib kelgan. Sano- Sezalpindoshlar oilasiga mansub bo’lgan ko’p yillik butasimon o’simlik bo’lib, uning dunyo miqyosida ko’pgina turlari tarqalgan. Sanoning 12 turi: C. albus, C. acutifolia, C. angustifolia, C. alata C. fistula, C.hirsuta,C.italica, C. laevigata, C.mimosoides, C. occidentalis, C. rugosa, C. Tora kabi turlari turli hududlarda ekib o’stiriladi va ilmiy amaliy ahamiyatga ega. Osiyo mamlakatlari, Shimoliy Amerika Yevropada xam ekiladi. Sano- Cassia yovvoyi holda Sudan, Afrikaning Qizil dengiz bo’ylarida, Sharqiy Ximolay tog’larigacha, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Yaponiya mamlakatlarida uchraydi va shu hududlarda madaniylashtirilgan. Sobiq Ittifoq hududida Belorusya, Ukraina, Qozog’iston, Krasnadar va Kavkazda ekib o’stiriladi. Sano asosan xalq tabobatida surgi va oshqozon ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Sanoni turli mamlakatlarda bargi, urug’i, ko’sagidan kasalliklami davolashgan. Undan bezgakda, isitmada choy va kofe surrogati sifatida, yosh bargi dukkagidan sabzavot sifatida, alkagolsiz ichimliklar tayyorlashda qo’llaganlar. Uning bazi turlari manzarali, yashil devor qilishda, chorva uchun ozuqa va siderat o’g’it sifatida ishlatganlar. Sano tarkibidagi kamed moddasi gijjaga qarshi, amyoba kasalligida emulgator tayyorlashda ham foydalanilgan, ba’zan tamakiga qo’shimcha sifatida aralashtirganlar .Sanoning Cassia angustifolia turini Vavilov.N.I dorivor istiqbolli turlar qartoriga qo’shgan.U sanoning vatanini Hindiston deb ajratgan (madaniy o’simlik ishlab chiqish markazlaridan).

O’rta Osiyoda Cassia angustifolia va Cassia acutifolia turlari bir necha yuz yil ilgari xam ma’lum bo’lgan. Qozog’iston janubida Turkmanistonda 200-370 ga maydonlarda ekilgan. Sturta- sanosi Cassia sturtii- chiroyli manzarali butasimon tur janubiy Avstraliyaning saxro hududida o’sadi. Uning g’arbiy Osiyo hududida chorva uchun ozuqa sifatida o’rni beqiyos, sturta sanosining har bir gektaridan bir tonnagacha hashak olish mumkin. Ba’zi hududlarda ko’rkam sano yani Cassia spectabilis turi ham manzarali tur sifatida e’tiborga molik tur hisoblanadi.

Sano turlarining issiqqa, qurg’oqchilikka, sho’rlanishga chidamligi tuproq unumdorligi va suvga nisbatan talabchan emas. Shu boisdan bu o’simlikni O’zbekistonning janubiy qismi Surxondaryo viloyatida ekib o’stirish o’tgan asming 30-40 yillarida O’zbekiston olimlari tomonidan tavsiya etilgan. Ammo bu o’simlik hozirgacha e’tibordan chetga qolib kelganligi bois, uni ekib o’stirish, introduksiya qilish masalalari bilan shug’ullanishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Biz sanoni quruq subtropik iqlimli Surxondaryoning Angor, Denov, Sho’rchi, Sariosiyo tumanlarida ekishni maqsadga muvofiq deb topdik. Uning vatani Arabiston, Sudan va Nil daryosining atrofida bo’lib, sovuq kunlari 5-10C dan pastga tushmaydi.

Sano o’simligini ekishni 2015 yildan Denov,Sariosiyo tumanlarida boshladik. Bu o’simlikni urug’ini dastlab maxsus paketcha (idishlarga) qadab so’ngra unib chiqqan ko’chatlami ochiq maydonlarga ekaboshladik. Keyinchalik esa urug’lami to’g’ridan- to’g’ri ekish maydoniga tayyorlab egatlarga ekishni boshladik.Sanoning pishib etilgan urug’ini avgust, sentyabr oylarida yig’ib oldik, sano o’simligini gullash va urug’ tugishi iyul oyidan toki noyabr oyigacha davom etganligi bois bir necha marta dukkaklarini terib oldik. Yaxshi pishib etilgan urug’larni tanlab sifatli urug’larga ajratdik. Sano urug’ining ming dona urug’ vazni 15-20 gr uning unib chiqish energiyasi qobiliyati 80- 90% ni tashkil etdi. Ekish uchun yaxshi pishib yetilgan sifatli to’q urug’lari tanlanadi. Buning uchun urug’lar suvda ivitildi, puch urug’lar suv yuzaga chiqqanda yaxshilari ajratib olindi. Biz sanoni havo harorati 25-28C, tuproq harorati 22-25C bo’lganda egatlarga ekdik. Ekishdan oldin urug’ po’sti qalin bo’lganligi bois qum bilan ishqalab stratifikatsiya qildik va iliq suvda (30-40C) 24 soat ivitib qo’ydik. Urug’lar ivitilgandan so’ng, may oyining birinchi o’n kunligida oltinchi may kuni erga ekildi. Urug’larni ekishdan oldin quritib oldik va qo’lda 2-3 sm chuqurlikda sug’oriladigan ekin maydoniga 60x70 sxemada ekdik. Urug’ sarfi 3,5-4kg l ga ni tashkil etdi. Nihollaming unishi birin-ketin sodir bo’ldi, urug’lar 3-4 kun ichida 70-75%, 5-6 kunda yoppasiga 90-100% unuvchanlikni ko’rsatdi. Ekishdan oldin uchinchi may kuni sano ekiladigan maydonni yaxshilab sug’orib oldik, oltinchi-may kuni urug’idan ekilgan sano o’simligi ikki hafta o’tib 20-may kuni urug’ palla barglaridan so’ng, birinchi chin barglari hosil bo’la boshladi, maysaning bo’yi 8- sm gacha etdi, ikkinchi marotaba suv qo’yilgandan so’ng begona o’tlardan tozalandi.

3-4 iyun kuni sano o’simligini er ustki qismi 32-40 sm gacha etgandi. Dastlabki chin barglari uzunligi 2sm dan 4,5 sm gacha uzunlikda, eni 1,5-2 sm to’g’ri keldi, barglarining rangi to’q yashil. Sanoda 15 iyun kunidan boshlab gul kurtaglari ko’rina boshladi, 23 iyun kuni esa birinchi gul kurtaglaridan gullar ochila boshladi. Urug’idan ekilgan kundan 45- kun ichida gulladi. Sano yalpi gullash davrida arilar va boshqa hasharotlaming o’simlikni nektar va gul changini olishini kuzatdik. Demak bu o’simlikni chetdan changlanadigan turga kiritish va asalarichilikda foydalanish mumkin. Keyingi mavsumlarda bu o’simlikning gullash biologiyasini o’rganishni maqsad qilib qo’ydik. Sano o’simligi o’simligi vegetatsiya davomida to’rt marta sug’orildi, to’rtinchi suv gullab urug’ xosil qilgan vaqtida berildi. Angor, Termiz tumanlari ba’zan kuchli afg’on shamoli esib turadi. Bu esa sanoning novdalarning sinib qolishiga, guli va mevalaming to’kilishiga olib keladi. Shu boisdan sano ekiladigan ekin maydoni tanlashda bu xolatni xisobga olish zarur. Sano ekilgan maydon shamoldan ximoyalangan yoki ixotalangan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Agrotexnik tadbirlar: erni ekishdan oldin 30-40sm chuqurlikda yaxshilab xaydaladi va boronaladi, ekishdan oldin yaxshilab sug’oriladi so’ngra ekilgan urug’lar yoppasiga unib chiqadi. Nihollari ko’p bo’lsa 1 metrga 3-4 tadan qoldirilib yagona qilinadi. Oradan 20 kun o’tib qator oralariga ishlov beriladi, yumshatiladi va begona o’tlardan tozalanadi. Sano o’simligi yorug’sevar, issiqsevar o’simlik bo’lib, tuproq unumdorligiga, namlikka nisbatan talabchan emas, ammo mahalliy o’gitlar, mineral o’g’itlar bilan oziqlantirilsa yaxshi natija beradi. O’simlik shoxlana boshlaganda 30kg\ga azot, 20kg\ga fosfor, gullash bashlagan vaqtda 20kg\ga azot, 30kg\ga fosfor o’g’itlar solish tavsiya etiladi, bu esa hosildorlikni oshiradi. Vegetatsiya davri uzoq vaqt davom etadi. 2016-yil noyabr oyida qor yog’ishi sababli sano vegetatsiyasi 165 kun davom etdi.Lekin butun mavsum davomida gullab, meva hosil qildi. Sano o’simligi bo’yi l,95sm gacha etdi. Bitta o’simlikdan 7-8 ming donagacha urug’, bir dona dukkagida 20-44 dona urug’ bo’ladi.

Yuqorida qayd etilgan kuzatish va tadqiqot natijalariga tayanib quyidagi xulosalami berish mumkin.

Xulosa:

1.Sanoning azot to’plash xususiyati borligi tuproq unumdorligini



yaxshilaydi.

  1. Mahalliy o’g’itlar ijobiy natija beradi va mineral o’g’itlar kam ishlatiladi.

  2. Vegetatsiya sharoitiga qarab 3-4 marta sug’oriladi.

  1. Sanoning gullash biologiyasi va urug’ mahsuldorligi o’rganish davom etish zarur.

  2. Sano baland bo’lib o’sishi sababli kuchli shamollarga bardosh beradigan ximoyalangan maydonlar talab etiladi.

  3. Sanoning ekishda urug’ sarfi 3,5-4 kg\ga ni tashkil qiladi.


Adabiyotlar

  1. Вульф E.B, Малеева О.Ф. “Справочник”Мировые ресурсы полезных растений. Издательство «Наука» Ленинградское отделение 1969г стр 564.

  2. Вавилов Н.И. «Происхождение и география культурных растений» Издательство «Наука» 1987 г стр 438.

  3. ”Жизн растений ” Издательство АН. Ленинград (2) стр 192-194

  4. Рожалская.Н.И. Тр “ всесоюз лекарственних растений” 1947 г №8 стр 27.

  5. Флора Узбекистана Т-Ш, Издательство. АН Узб. Ташкент 1955г стр 393.

Ilmiy raxbar: Muxamatzanova. R. I.

Assistent: Murodov. R. Z.
Yüklə 19,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə