E-univer adti uz/ Мavzu: Qon ketish. Tromboz. Emboliya. Infarkt. Shok



Yüklə 291,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix15.04.2022
ölçüsü291,32 Kb.
#55448
  1   2   3   4
№ 6



 

 

 



 

 

e-univer.adti.uz/ 

 

 

Мavzu: Qon ketish. Tromboz. Emboliya. Infarkt. Shok.  



              TROMBOZ-  tomirlar  va  yurak  bo’shlig’ida  qonning  yoki  limfaning  xayot  davomida  ivib 

qolishidir. Ayni vaqtda xosil bo’ladigan qon yoki limfa laxtasi tromb deb ataladi.  

          Qonning  ivishi  organizmdagi  juda  muxim  fiziologik  va  moslashtiruvchi  jarayonidir. 

Neyrogumoral omillarning boshqaruvi ostida qon ivishida ishtirok etuvchi sistemalar o’zaro ta’sir 

qilishi - aylanib yurgan qon yoki limfaning suyuq xolatda saqlanishini ta’minlab beradi, patologiyada 

o’zaro ta’sir buziladi. Qon ivishi fermentativ autokatalitik jarayon bo’lib, 4-ta bosqichda rivojlanadi. 



I-bosqichda -trombositlarni lipidli tromboplasik omili, plazma tromboqinazasi va parchalanayotgan 

to’qima  hujayralaridan  plazma  va  to’qimaning  aktiv  tromboqinazasi  (tromboplasin)  xosil  bo’ladi. 

Tromboqinaza  xosil  bo’lishini  plazmadagi  bir  qancha  omillar  (IV  omil--kalsiy  to’zlari,  V-omil  - 

akselirin,  VII  omil  -  konvertin,  VIII  omil  -  antigemofil  globulin  va  IX  -  omillar)  stimullab  turadi 

(sxema -4). 

II-bosqichda -plazmadagi protrombin tromboqinaza ta’siri ostida trombinga aylanadi. Trombin xosil 

bo’lishida  -  protrombinning  trombinga  aylanishini  kuchaytiradigan  kalsiy  to’zlari  (IV  -  omil), 

vitamin  K,  shuningdek  V  –  omil  (akselerin)  va  VII  -  omil  (konvertin)  katta  rol  o’ynaydi  deb 

xisoblanadi. 



Sh-bosqichda - xususiy enzim – trombin  fibrinogenni fibringa aylantiradi, bu qon laxtasi xosil 

bo’lishi bilan ta’riflanadi. (koagulyatsiya). 



IV –bosqichda - fibrinni keyingi o’zgarishlarga uchrashini o’z ichiga oladi. 

Trombozning sababi qonni ivitadigan umumiy sistema vazifalarini neyrogumoral boshqariluvi izdan 

chiqishi munosabati bilan buzilishidir. Turli infeksiyalar va intoksikatsiyalarda, tashrixlardan keyin 

(posoperasion  tromblar),  endoteliyning  butunligi  buzilganida,  tomirlar  devori  va  endokard 

yallig’langanida, qon oqishi sekinlashib qolganida, plazmadagi qon oqsillari tarkibi o’zgarganda yoki 

trombositlar 

soni 


ko’payib 

ketganida, 

organizm 

reaktivligi   o’zgarganida,   tomirlar   qisilishga   moyil   bo’lganida  va  o’pka  xamda  taloqning 

antikoagulyasion funksiyasi susayganida tromboz kelib chiqadi.  

           Umumiy  shart  -  sharoitlarga:  qon  aylanishini  neyro  -  gumoral  yo’l  bilan  idora  etilishni 

buzilishi  va  tomirlarni  spazmlarga  moyil  bo’lishi,  qondagi  ivituvchi  va  ivishga  qarshi  ta’sir 

ko’rsatuvchi sistemalar o’zaro ta’sirini izdan chiqishi, qon sifatini o’zgarishi, infeksiya va shuning 

munosabati  bilan  organizm  reaktivligini  o’zgarib  qolishi,  umumiy  moddalar  almashinuvining 

buzilishi, Kasalning yoshi, qon oqishining o’zgarishiga sabab bo’ladigan yurak-tomirlar Kasalliklari 

kiradi.  



            Maxalliy  shart  -  sharoitlar  jumlasiga tomir devori (endoteliy, intima) butunligini buzilishi, 

a’zo va sistemalarda qon aylanishini sekinlashib qolishi va izdan chiqishini kiritish kerak.  



Trombozni patogenezi. 

          Endoteliyning  ko’chib  tushishi  va  xalok  bo’lishi  qon  oqimidagi  trombositlarni  shikas  etgan 

joyga yopishib qolishiga va ulardan tromboplasin ajralib chiqib, trombin xosil bo’lishiga yo’l ochadi. 

Shikas etgan joyda qon girdoblanib va noto’g’ri oqadigan bo’lsa (masalan: aterosklerozda  intima 

sirti notekis bo’lib qolganligida), shu jarayonning hammasi tezlashadi. Qon oqishining sekinlashuvi 

tromboz  uchun  zarur  shart  -  sharoitdir,  chunki  bunda  shikas  etgan  intimaga  trombositlar  cho’kib 

qolishi  uchun  hammadan  qulay  sharoitlar  paydo  bo’ladi.  Shuning  uchun  tromblarning  kelib 

chiqishida gemodinamik omil katta axamiyatga ega deb xisoblanadi. 

Trombni      morfologiyasi. 

         Trombning xosil bo’lishi 4-ta ketma-ket keluvchi bosqichdan iborat.  

1.trombositlarni  agglyutinasiyasi  (bir-biriga  yopishib  qolishi),  tomir  devoriga  yopishib  qolishi 

(adgeziya). 




2.fibrinogenni koagulyatsiyasi va fibrin iplarini xosil bo’lishi. 

3.eritrositlarni agglyutinasiyasi.                   

4.plazma oqsillari cho’kmasini presipitasiyasi. 

        Tromb tomir devorini qaysi joyida xosil bo’lsa, odatda o’sha joyga yopishgan bo’ladi. Tromb 

yuzasi, notekis, qat - qat buklangandir. Bu bir-biriga yopishib qoladigan trombositlarni bir maromda 

cho’kib tushishini va ular emirilganidan keyin qon oqib  turgani xolda fibrin iplarini usib borishini 

aks ettiradi. Trombni xosil qiladigan elementlarni nisbatan xar xil bo’lishi mumkin. Ba’zi xollarda 

(tromb  esa-sekin  xosil  bo’lib,  qon  tez  oqib  turgan  bo’lsa)  tromb  asosan  trombositlar,  fibrin  va 

leykositlardan  tashkil  topgan  bo’ladi.  Bunday  tromb  o’zining  ranggiga  yarasha  oq  yoki  qat  -  qat 

tromb  deb  ataladi.  Boshqa  xollarda  (qon  sekin  oqib  turgani  xolda  tromb  tez  xosil  bo’lgan 

bo’lsa),  trombda trombositlar bilan fibrindan tashqari bir talay eritrositlar bo’ladi va bunday tromb 

qizil tromb deb ataladi.  

       Tromb ko’pincha sirtdan xam, kesib ko’rilganda xam ola - bula bo’lib ko’zga tashlanadi, ya’ni 

uni tashkil etuvchi hamma elementlar bir tekis tarqalgan bo’ladi, bunday tromb aralash tromb deb 

ataladi. 

       Ba’zan kapillyarlar, arteriolalar va venulalarda eritrositlar va trombositlar agglyutinasiyalanib bir 

jinsli gialinsimon massani xosil qiladi (gialin tromblar). Uni ba’zi intoksikatsiyalarda, badan 

kuyganida, to’g’ri kelmaydigan qon quyilganida barqaror staz asorati sifatida uchraydi.  

       Klinik belgilarning ba’zi xususiyatlariga qarab migrasiya qilib turadigan tromblar, ya’ni qoni 

ivishga juda moyil odamlar organizmning turli bo’limlarida xosil bo’lgan  tromblar tafovut qilinadi.  

       Yurak faoliyatini susayib qolganligi tufayli paydo bo’ladigan tromblar qon dimlanishga aloqador 

yoki  marantik  tromblar,  deb  anevrizmalarda  xosil  bo’ladigan  tromblar  dilyatasion  tromblar  deb 

ataladi.  Tromb  xosil bo’lishi  bilan bir vaqtda vena  yoki  arteriyalar  yallig’lanadigan bo’lsa, bunga 



tromboflebit  yoki  trombarteriit  deyiladi.  Yurakning  klapani  va  devorga  yaqin  endokardining 

yallig’lanishi  tromboendokardit  deb  ataladi.  Chap  bo’lma  devorida  yurak  mitral  porogida  kelib 

chiqadigan tromblar yurak devoridan o’silib bo’lma bo’shlig’ida erqin turishi mumkin. Qon xarakati 

tufayli ular go’yo silliqlanib, dumaloq shaklga kiradi va sharsimon tromblar deb nomlanadi.  



        Usayotgan  trombda  bir  nechta  qismlar  tafovut  qilinadi.  Chunonchi,  trombning  boshchasi   va 

tana bilan dumdan tashkil topgan o’qi tafovut qilinadi. Tromb boshchasi - trombning boshlang’ich va 

dastlabki  qismi,  birlamchi  tromb  bo’lib,  trombositlardan  va  leykositlardan,  xamda  oz  miqdori 

eritrositlar ilashib turgan fibrin iplaridan tashkil topgandir, u tomir devoriga maxkam yopishib turadi. 

Tromb  boshchasi  odatda  oq  rangda  bo’ladi.  Trombning  tanasi  aralash  ko’rinishida  bo’lib,  u  xam 

tomir  devoriga  yopishgan  bo’ladi,  tromb  boshchasiga  qaraganda  kuchsizroq  yopishib  turadi  va 

nixoyat, tromb dumi tomir yo’lida erqin yotadi. Odatda u qizil bo’lib, tanasidan oson uzilib chiqishi 

va embolga aylanishi mumkin.  

          Tromblar  tomir  devori  bo’ylab  joy  olishi  va  tomir  yo’lining  bir  qismini  ochiq  qoldirishi 

mumkin, bunday tromblar devor oldi tromblari  deb ataladi. Tromb tomir yo’lini butunlay bekitib 

qo’yadigan bo’lsa, bunga bekitib qo’yadigan yoki obto’rasiyalaydigan tromb deyiladi. Devor oldi 

tromblari  odatda  yurakda,  masalan,  endokardda,  yurak  bo’lmasi  quloqlarida  yoki  yurak 

qopqoqlaridagi  trabeqo’lalar  orasida,  yirik  tomirlarida,  aterosklerotik  pilakchalarda,  yirik  venalar 

yallig’langanida shu venalarda, yurak va tomirlar devorlari anevrizmasida topiladi.  



. 


Yüklə 291,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin