Ehtiyojlar faollik manbayi.
Faoliyat turlari
Gulmurodova Sevinch
22-03- gurux talabasi
Reja:
• 1. Faoliyatning tuzilishi haqida tushuncha.
• 2. Ko‘nikma va malakalar.
• 3. Faoliyatning asosiy turlari.
• Shaxs va uning faolligi. Jamiyat bilan doimiy munosabatni
ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir harakatini
muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulganeng muxim va
umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha
«actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chikkan
tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini
namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha
oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan
boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish
paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha
bulgan murakkab harakatlarga alokador ishlarimizni
tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs,
uning ongi va uz-uzini anglashi muammolari uning faolligi, u
yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga
alokador sifatlari orkali bayon etiladi.
• Fanda inson faolligining asosan ikki turi farklanadi:
• A. Tashki faollik- bu tashkaridan uz ichki istak-
xoxishlarimiz ta’sirida bevosita kurish, kayd qilish
mumkin bulgan harakatlarimiz, mushaklarimizning
harakatlari orkali namoyon bo‘ladigan faollik.
• B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu
faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar
(moddalar almashinuvi, kon aylanish, nafas olish,
bosim uzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan,
bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida
kurinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir
kursatuvchi omillarni uz ichiga oladi.
• Misol tarikasida xayotdan shunday manzarani tasavvur
kilaylik: uzok ayrilikdan sung ona uz farzandi visoliga
yetdi. Tashki faolllikni biz onaning bolasiga intilishi, uni
kuchoklashi, yuzlarini siylashi, kuzlaridan okkan sevinch
yoshlarida kursak, ichki faollik- usha kuz yoshlarini
keltirib chikargan fiziologik jarayonlar, ichki soginchning
asl sabablari (ayrilik muddati, nochorlik tufayli ayrilik
kabi yashirin motivlar ta’siri), kurib idrok kilgandagi
uzaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir
qarashda kuz bilan ilgab bulmaydigan emotsional
holatlarda namoyon bo‘ladi. Lekin shu manzarani
bevosita guvoxi bo‘lsak ham, taxminan qanday
jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz
mumkin. Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba
va rivojlanishning asosini tashkil etadi.
•
Bir qarashda har bir aniq shaxsga uning extiyojlariga boglik bo‘lib tuyulgan bunday
faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib,shaxsning jamiyat bilan bo‘ladigan
murakkab va uz aro munosabatlarining okibati xisoblanadi
• Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulk»
tushunchalari bilan chambarchas boglik bo‘lib, shaxs va
uning ongi masalasiga borib takaladi. Shaxs aynan turli
faolliklar jarayonida shakllanadi, uzligini namoyon kiladi
ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon
bulmay, ongli ravishda boshkariladigan faol jarayondir.
Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar
jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat- inson ongi
va tafakkuri bilan boshkariladigan, undagi turli-tuman
extiyojlardan kelib chikadigan, hamda tashki olamni va
uz-uzini uzgartirish va takomillashtirishga karatilgan
uziga xos faollik shaklidir
• Bu-yosh bolaning real predmetlar moxiyatini uz
tasavvurlari doirasida bilishga karatilgan uyin
faoliyati, bu-moddiy ne‘matlar yaratishga karatilagn
mehnat faoliyati, bu-yangi kashfiyotlar ochishga
karatilgan ilmiy-tadkikotchilik faoliyati, bu-
rekordlarni kupaytirishga karatilgan sportchining
maxorati va shunga uxshasha. Shunisi xarakterliki,
inson har dakikada qandaydir faoliyat turi bilan
mashgul bo‘lib turadi.
• Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Har
qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda
va turlicha kurinishlarda namoyon bo‘ladi. Kilinayotgan
har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga karatilgani
uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui
sifatida tasavvur kilinadi. Predmetli harakatlar tashki
olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini
uzgartirishga karatilgan bo‘ladi. Masalan, ma’ruzani
konspekt kilayotgan talabaning predmetli harakati
yozuvga karatilgan bo‘lib, u avvalo usha daftardagi
yozuvlar soni va sifatida uzgarishlar qilish orkali, bilimlar
zaxirasini boyitayotgan bo‘ladi. Faoliyatning va uni
tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan
nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashki va ichki
faoliyat farklanadi.
• Tashki faoliyat shaxsni urab turgan tashki
muxit va undagi narsa va xodisalarni
uzgartirishga karatilgan faoliyat bulsa , ichki
faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib,
u sof psixologik jaraenlarning kechishidan kelib
chikadi. Kelib chikishi nuktai nazaridan ichki-
aqliy, psixik faoliyat tashki predmetli
faoliyatdan kelib chikadi. Dastlab predmetli
tashki faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib
borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy
jaraenga aylanib boradi. Buni nutk faoliyati
misolida oladigan bo‘lsak, bola dastlabki
so‘zlarni kattik tovush bilan tashki nutkida
ifoda etadi, keyinchalik ishida uzicha gapirishga
urganib,uylaydigan, muloxaza yuritadigan, uz
oldiga maksad va rejalar kuyadigan bo‘lib
boradi.
• Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday sharoitda
ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashki
muvofiklik nuktai nazaridan ongi tomonidan
boshkarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham
aqliy, ham jismoniy–motor harakatlar mujassam bo‘ladi
.Masalan, fikrlaetgan donishmandni kuzatganmisiz?.
Agar uylanaetgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz,
undagi yetakchi faoliyat aqliy bulgani bilan uning
peshonalari, kuzlari, hattoki, tana va kul harakatlari
juda muxim va jiddiy fikr xususida bir tuxtamga
kelolmaetganidan, yeki yangi fikrni topib, undan
mamnuniyat xis kilaetganligidan darak beradi
• Bir qarashda tashki elementar ishni amalga oshiraetgan
– misol uchun ,uzum kuchatini ortikcha barglardan
xalos etaetgan bogbon harakatlari ham aqliy
komponentlardan xoli emas, u kaysi bargning va nima
uchun ortikcha ekanligidan anglab bilib turib olib
tashlaydi
• Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik
mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli –
tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa
isbot kilinganki, bunday harakatlar doimo motor
harakatlarni ham uz ichiga oladi.Bunday harakatlar
kuyidagi kurinishlarda bulishi mumkin
• pertseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning
okibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar tugrisida
yaxlit obraz shakllanadi;
• mnemik faoliyat – narsa va xodisalarning moxiyati va
mazmuniga alokador materialning eslab kolinishi, esga
tushirilishi hamda esda saklab turilishi bilan boglik
murakkab faoliyat turi;
• fikrlash faoliyati - akl, faxm – farosat vositasida turli xil
muammolar, masalalar va jumboklarni yechishga
karatilgan faoliyat;
• imajitiv – («image»-obraz suzidan olingan) faoliyati
shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya
vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning
xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni takozo etadi.
• Yukorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham
tashki harakatlar asosida shakllanadi va motor
komponentlardan iborat bulishi mumkin. Agar tashki
faoliyat asosida psixik jarayonlarga utish ruy bergan bulsa,
bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi,
aksincha, aklda shakllangan goyalarni bevosita tashki
harakatlarda yoki tashki faoliyatga kuchirilishi
eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
• Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yin bolalarda ham
o`z faolligini ro`yobga chiqarish shakli, hayot
kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat
qiladi. Bolaning o`yin harakatlari avval boshdanoq
buyumlardan foydalanishning insoniy usullari va
amaliy xulq - atvorining katta yoshdagilar bilan
muloqot jarayonida va katta yoshdagilar
raxbarligida o`zlashtirilib olinadigan insoniy
shakllari zamirida rivojlanib boradi.
Xulosa
• 1. A.V.Petrovskiy «Umumiy psixologiya» Toshkent-
«O`qituvchi»-1992y
• 2. M.G.Davletshin «Umumiy psixologiya» Toshkent
2002 y
• 3. E.Goziev «Umumiy psixologiya» 1 kitob Toshkent-
2002 y
• 4. E.Goziev «Umumiy psixologiya 2 kitob Toshkent-
2002 y
• 5. Gippenreyter Yu.B «Vedenie v obshuyu
psixologiyu»Kurs lektsiy Moskva-
Asosiy adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |