Ekalogiya” Fanidan



Yüklə 31,16 Kb.
tarix16.04.2023
ölçüsü31,16 Kb.
#98866
Raxmatov Kamoliddin 1


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

MUHАMMАD АL-XОRАZMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT АXBОRОT TЕXNОLОGIYАLАRI UNIVЕRSITЕTI
“Energiya taminlash tizimlari” kafedrasi
Ekalogiya
Fanidan
Mustaqil ishi
Bajardi: Telekomunikatsiya texnalogiyalari ta`lim yo`nalishi
025-18 guruh

Raxmatov Kamoliddin Qaxramon o‘g‘li


Qabul qildi


ABDULLAYEVA S. M.

Toshkent


Mavzu : Atmosferaning tuzilishi va uning asosiy xususiyatlari.
Reja
1.Atmosferada gazlar balansining o’zgarishi.
2.Atmosferaning tabiiy va sun'iy ifloslanishi.
3.Atmosfera ifloslanishining inson, o’simlik va hayvonlarga ta'siri.

Kirish. Atmosfera (qadimgi yunoncha: ἀτμός - atmos - bugʻ va σφαῖρα - sfera) – yer sharini oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobigʻi. Atmosfera massasi 5,15-YU15 t boʻlib, yer shari ogʻirligi (5,977-1021 t)ning taxminan. milliondan bir boʻlagiga teng. Balandlikka koʻtarilgan sari Atmosfera bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha oʻn ming km boʻlishiga qaramay, uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan. Atmosfera butun masalan-sasining taxminan. 50 % yer sirtidan 5 km balandlikkacha boʻlgan qatlamda, qolgan 50 % esa 30 – 35 km balandlikkacha boʻlgan qatlamda toʻplangan. Yer sirtida Atmosferaning zichligi YU-3 g/sm³ boʻlsa, taxminan. 700 km balandlikda 10-16 g/sm³. Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi sayyoralararo muhitdagi gazlarning zichligiga tenglashadi. Shuning uchun Atmosferaning keskin chegarasi boʻlmaydi, asta-sekin sayyoralararo fazoga oʻtadi. Atmosferaning yuqori qatlamlari Quyoshdan chiqadigan radiasiya energiyasi taʼsirida issikdik olganligi uchun u qatlamlarning zichligi vaqtga, geografik kengliklarga bogʻliqdir. Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi Quyosh yoritayotgan vaqtda yoritmayotgan vaqtga qaraganda kattaroq. Shuningdek, Atmosfera yuqori qatlamlarining zichligi qutb rayonlarida ekvatorial rayonlardagiga qaraganda kichik. Atmosfera asosan azot (78,09 %), kislorod (20,45 %) va argon (0,93 %) gazlar aralashmasidan iborat, qolgan qismini karbonat angidrid gazi, vodorod hamda geliy, neon, kripton va ksenon kabi inert gazlar tashkil qiladi. Atmosferada juda oz miqdorda metan, azot, oksid, uglerod (I)-oksid va boshqa tabiiy hamda sanoat gazlari boʻlib, miqdori oʻzgarib turadi. Quruklik va suv yuzidagi doimiy bugʻlanish tufayli Atmosferada suv bugʻi ham boʻladi. Bugʻning quyuklashuvi bulut va yogʻinlarni hosil qiladi. Havoda doimo har xil kattalikda chang zarrachalari mavjud. Ularning manbai Yer va kosmik fazodir. Atmosfera tarkibiga koʻra, asosan gomosfera va geterosfera qatlamlariga boʻlinadi. Yer sirtidan 90 – 95 km balandlikkacha boʻlgan havo qatlamida yuqorida qayd etilgan asosiy gazlar (azot va kislorod)ning nisbiy tarkibi oʻzgarmaydi, buni gomosfera (bir jinsli) qatlam deb ataladi, bu qatlamdan yuqorida esa azot va kislorod molekulalari zaryadli atomlarga ajraladi va atom ogʻirligi boʻyicha taqsimlanadi. Buni geterosfera qatlami deb yuritiladi. Shu belgiga asosan ozonosfera (20 – 55 km) va ionosfera (90 km dan yuqori) qatlamlarini ham ajratish mumkin. Ozonosfera qatlami tufayli yer yuzida hayot mavjud, chunki Quyoshdan kelayotgan va hayot uchun zararli boʻlgan har xil nurlarning asosiy qismi shu qatlamda yutiladi. Ionosfera ionlar konsentratsiyasi taqsimlanishi boʻyicha 60 km balandlikda D, PO– 140 km balandlikda YE, 220 km dan yuqorida Fqatlamlarini hosil qiladi. Atmosfera quyosh radiatsiyasining maʼlum qismini yutadi va sochadi. Atmosferada issiklik koʻproq turbulent (uyurma) harakat, radiatsiya jarayonlari va suvning fazoviy oʻzgarishlari orqali tarqaladi, natijada Atmosfera temperatura taqsimlanishi boʻyicha 5 asosiy qatlamga ajratiladi. Atmosfera troposfera qatlamining yer sirtidan balandligi qutb kengliklarida 10 – 11 km, tropik rayonlarda 14–17 km. Troposfera qatlamida har 100 m balandlikda temperatura 0,6° ga pasayib boradi. Troposferaning yuqori chegarasida havoning oʻrtacha temperaturasi oʻrta kenglik ustida – 55° – 60°, ekvatorial sohalar ustida – 70° gacha. Bu qatlamda yer sirtining fizik xossalari har xil boʻladi.
Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigl bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib. Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob - havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq. Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert gazlar 0.95%, karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo’ladi. Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir.
Atmosferadagi uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo’lib, so'ngi yillarda inson tasirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o"zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdori o’zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. Oxirgi yillarda atmosferaga o'nlab mlrd tonna karbonat angidrid gazining chiqishi natijasida sayyoramizning o'rtacha harorati 0,5 c oshgaligi aniqlangan. «parnik effekti» natijasida yer yuzi o'rtacha haroratining o’zgarishi og'ir ekologik oqibatlarga olib kelishi bashorat qilinadi.Har yili yer yuzasida yonish jarayonlariga qo'shimcha o'n milrd tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada kislorodni tiklovchi manbalar-yashil o'simliklar maydonining tez qisqarib borayotganligini hisobga olsak, kelajakda kislorodning kamayishi muommosi yuzaga kelishi shubhasizdir.
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo'shilishi natijasiga uning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi tushuniladi, atmosfera tabiiy va suniy yo'llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang to'zonlar, o'rmon va dashtlardagi yong'inlar o'simlik changlari mikroorganizmlar kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Suniy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning suniy ifloslanish darajasi oshib bormoqda .atmosferaning mahalliy, regional va global ifloslanishi kuzatiladi. Agregat holatiga ko'ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni to'rt guruhga bo'lish mumkin; qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar, havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qattiq zarrachalar, kurum, azot oksidlari, uglerod oksidlari, oltingugurt oksidlari, xlorftoruglevodorodlar, metal oksidlari va boshqalar kiradi, Atmosferaga o'n minglab tonna modda va birikmalar chiqarilgan bo’lib, ularning o'zaro birikib hosil qilgan aralashmalari to'la urganilmagan. Bunday nomalum birikmalarning tirik jonzotlarga shu jumladan inson sog'lig'iga tasiri aniq baholangan emas.
Havoning kuchli ifloslanishi bazi uy hayvonlarining nobud bo'lishiga olib keladi. Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli tasir ko’rsatmaydigan miqdori ruxsat etilgan miqdor (REM) deb yuritiladi . Bunda zararli birikmalarning odam mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur etkazmasligi nazarda tutiladi. Havo ifloslanishining muntazam REM dan yuqori bo'lishi aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko"rsatkichlari bo'yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir darajasiga qarab xilma-xil REM ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan. Quyidagi REM ko’rsatkichlarini ajratish mumkin; is gazi-0,01 mg/m3: oltingugurt gazi-0,05 mg/m3; xlor-0,03mg/m3; fenol-0,01 mg/m3; formaldegid-0,003 mg/m3; qurum-0,05 mg/m3: va hokozo. REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REM lari ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta moddalaning birlashib ta'sir qilishi o'rganilgan bo’lib ular uchun me'yorlar belgilangan.
Atmosferaning 20-30 km oraligida joylashgan o'ziga xos himoya qobig'i-ozon (O3) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Ozon qatlami insonlar va barcha jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlarini zararli ta'siridan himoya qiladi. Freon, Xlorftoruglevodorodlar, ozot oksidlari ta'sirida ozon parchalanadi. Yer yuzi qutublarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Hozirgi kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarining oldini olish uchun mahalliy mintaqaviy va umumjahon miqiyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomgirlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg'i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va ozot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomgirni kislotaga aylantiradi. So'nggi yillarda AQSH, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg'irlar ta'sirida katta maydondagi o'rmonlar quriy boshlagan. Bunday yomg'irlar hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog'lig'iga zarar etkazadi. Kislotali yomg'irlarning uzoq masofaga ko'chishi natijasida turli davlatlar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy xalqaro miqyosida tadbirlar o'tkazilmoqda.
Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaxarli tuman-smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko’rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4 mingdan ortiq kishi halok bo’lgan, keyingi yillarda dunyoning yirik shaxarlarida London tipidagi smog Los-Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib xavfli brikmalarni xosil qilishi tushuniladi. Jumladan ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo'lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko’rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis Batgan aytganidek: yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks xolda tutun yer yuzida insonlarni kamaytiradi.
Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog'lig'ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o'simlik va hayvonlarning nobud bo'lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Faqatgina AQSHda havoning ifloslanishi inson sog'lig'iga etkazilgan ziyonni hisobga olmaganida, yiliga 30 mlrd. dollardan ortiq moddiy zarar etkazadi. Atmosfera havosi o'z o'zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o'zlari amalga oshirishlari lozim bcf Igan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shaxar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo'llari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo'yicha 500 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o'pka raki va boshqa og'ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benzapirin, qo'rg'oshin va boshqalar) mavjud. Toshkent shahrida havo ifloslanishining 70 foizidan ortig'i avtotransport hissasiga to"g'ri keladi. O’zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'1 sifatini yaxshilash va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
O’zbeksiton Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Shaharlarning asosan tog'oldi va tog'oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo'lishiga olib kelgan. O’zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to'plangan Toshkent va Farg'ona iqtisodiy rayonlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan Olmaliq, Toshkent, Farg'ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo'yicha ko’rsatkichlari REM dan yuqori bo’lgan bu shaxarlarning ba'zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud.
O’zbekistonning bozor munosabatlariga o'tishi va so'nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990 yili atmosferaga harakatlanadigan va turgun manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo'lsa, bu ko’rsatkich 1995 yili 2 mln. tonnagacha kamaygan. Atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va transportda yuk tashish hajmining tushib ketishi bilan ham bevosita bog'liqdir. O’zbekistonda atmosferaga tashlanadigan ifloslovchi birikmalar. O’zbekistonda atmosfera havosiga xilma-xil birikmalar chiqariladi. Zararli birikmalarning 50 foizdan ortig'i uglerod oksidi (is gazi-SO)ga to’g'ri keladi. Mamlakatimiz hududi Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va boshqa qo'shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham ifloslanadi. So'ngi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar (O’zbekistonning tog'li rayonlarida, Toshkent shahri ustida ozon miqdorining 10-12% kamayganligini ko’rsatadi. Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. O’zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish monitoringi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani uchun to'lov va jarimalar belgilangan. O’zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to'g'risida maxsus qonun (1996 yil, dekabr) qabul qilingan .
Havoning ifloslanishi — atmosferada odamlar va boshqa tirik mavjudotlar sogʻligʻiga hamda iqlimga zarar yetkazuvchi moddalarning mavjudligi sababli kelib chiqqan ifloslanish. Gazlar (shu jumladan ammiak, karbon monoksit, oltingugurt dioksidi, azot oksidi, metan, karbonat angidrid va xlorftorokarbonlar, qattiq zarralar (organik va anorganik) va biologik molekulalar kabi havoni ifloslantiruvchi moddalarning har xil turlari mavjud. Havoning ifloslanishi odamlarni kasalliklarga yoʻliqtirishi, ularda allergiyalarning paydo qilishi va hatto oʻlimga olib kelishi mumkin; u hayvonlar va oziq-ovqat ekinlari kabi boshqa tirik organizmlarga hamda tabiiy muhitga (masalan, iqlim o'zgarishi, ozon qatlamining yemirilishi yoki yashash muhitining buzilishi) yoki atrof-muhitga (masalan, kislotali yomg'ir orqali) zarar yetkazishi mumkin. Atmosferaning ifloslanishiga inson faoliyati ham, tabiat hodisalari ham sabab boʻla oladi.
Havoning ifloslanishi nafas olish yoʻllari infektsiyalari, yurak kasalliklari, KOAH, insult va oʻpka saratoni kabi ifloslanish bilan bogʻliq bir qator kasalliklar uchun muhim xavf omilidir. Mavjud muammo borasida olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, havo ifloslanishi IQ koʻrsatkichlarining pasayishi, idrokning buzilishi,ruhiy tushkunlik va perinatal salomatlikka zarar yetkazish kabi psixiatrik kasalliklar xavfining oshishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.Havoning yomon sifati inson salomatligiga taʼsiri juda keng boʻlib, asosan tananing nafas olish tizimi va yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi.
Faqat qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan tashqi havo ifloslanishi har yili 3,61 million kishining oʻlimiga sabab boʻladi, bu antropogen ozon va PM2,5 bilan birga (2,1 million) inson oʻlimiga eng koʻp hissa qoʻshuvchilardan biriga aylangan. Havoning sifati odatda havodagi PM2,5 zarralari konsentratsiyasi bilan oʻlchanadi, bu odatda diametri 2,5 mikrometr yoki undan kichik boʻlgan, nafas bilan yutiladigan mayda zarralarni tavsiflaydi. JSST standart meʼyori — 10 mkg/m3 ni tashkil qiladi.
Umuman olganda, har yili dunyo boʻylab 7 mln kishi havoning ifloslanishi oqibatida vafot etadi yoki oʻrtacha umr koʻrish davomiyligining qisqarishiga (2,9 yil) sabab boʻladi va bu kamida 2015-yildan buyon sezilarli progressga erishmagan dunyodagi eng katta ekologik xavf hisoblanadi. Ichki havoning ifloslanishi va shahar havosining yomon sifati dunyodagi eng zaharli ifloslanish muammolaridan ikkitasi sifatida Blacksmith Instituti tomonidan 2008-yildagi dunyoning eng ifloslangan joylari hisobotida qayd etilgan. Atmosfera ifloslanishi inqirozining koʻlami juda katta: dunyo aholisining 90 foizi maʼlum darajada toza boʻlmagan havodan nafas oladi. Sogʻliq uchun yomon oqibatlari keng boʻlsa-da, muammoni hal qilish usuli asosan tasodifiy yoki eʼtibordan chetda qolgan.

Havoning ifloslanishi natijasida hosildorlikning yoʻqolishi va hayot sifatining yomonlashishi jahon iqtisodiyotiga yiliga 5 trillion dollarga tushadi. Havo siatining yomonlashuvini kamaytirish uchun ifloslanishlarni turli xil nazorat qilish texnologiyalari va strategiyalari mavjud. Atmosfera ifloslanishining salbiy oqibatlarini cheklash uchun bir qancha xalqaro va milliy qonunchilik hamda meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Mahalliy qoidalar toʻgʻri bajarilganda, sog'liqni saqlash sohasida sezilarli yutuqlarga erishilgan. Ushbu saʼy-harakatlarning baʼzilari jumladan, ozonosferani buzuvchi zararli kimyoviy moddalarning chiqarilishini ozaytiradigan Monreal protokoli va oltingugurt emissiyasini kamaytiradigan 1985-yildagi Helsinki protokoli xalqaro darajada muvaffaqiyatli boʻlib, iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro harakatlar bundan mustasno.



Foydalanilgan adabiyotlar :

  1. „Air pollution“ (en). www.who.int. Qaraldi: 5-iyun 2022-yil.

  2.  Manisalidis, Ioannis; Stavropoulou, Elisavet; Stavropoulos, Agathangelos; Bezirtzoglou, Eugenia (2020). „Environmental and Health Impacts of Air Pollution: A Review“. Frontiers in Public Health. 8-jild. 14-bet. doi:10.3389/fpubh.2020.00014ISSN 2296-2565PMC 7044178PMID 32154200.

  3.  Dimitriou, Anastasia; Christidou, Vasilia (2011-09-26), Khallaf, Mohamed (muh.), „Causes and Consequences of Air Pollution and Environmental Injustice as Critical Issues for Science and Environmental Education“, The Impact of Air Pollution on Health, Economy, Environment and Agricultural Sources (inglizcha), InTech, doi:10.5772/17654ISBN 978-953-307-528-0, qaraldi: 2022-05-31

↑ Jump up to:4,04,1„7 million premature deaths annually linked to air pollution“WHO(25-mart 2014-yil). Qaraldi: 25-mart 2014-yil.

  1.  Allen, J. L.; Klocke, C.; Morris-Schaffer, K.; Conrad, K.; Sobolewski, M.; Cory-Slechta, D. A. (June 2017). „Cognitive Effects of Air Pollution Exposures and Potential Mechanistic Underpinnings“. Current Environmental Health Reports (inglizcha). 4-jild, № 2. 180–191-bet. doi:10.1007/s40572-017-0134-3PMC 5499513PMID 28435996.

  2.  Newbury, Joanne B.; Stewart, Robert; Fisher, Helen L.; Beevers, Sean; Dajnak, David; Broadbent, Matthew; Pritchard, Megan; Shiode, Narushige; Heslin, Margaret (2021). „Association between air pollution exposure and mental health service use among individuals with first presentations of psychotic and mood disorders: retrospective cohort study“. The British Journal of Psychiatry (inglizcha). 219-jild, № 6 (2021-08-19da chop etilgan). 678–685-bet. doi:10.1192/bjp.2021.119ISSN 0007-1250PMC 8636613PMID 35048872.

  3.  Ghosh, Rakesh; Causey, Kate; Burkart, Katrin; Wozniak, Sara; Cohen, Aaron; Brauer, Michael (28–sentabr 2021–yil). „Ambient and household PM2.5 pollution and adverse perinatal outcomes: A meta-regression and analysis of attributable global burden for 204 countries and territories“. PLOS Medicine (inglizcha). 18-jild, № 9. e1003718-bet. doi:10.1371/journal.pmed.1003718ISSN 1549-1676PMC 8478226PMID 34582444

Yüklə 31,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin