Ekologiya fanidan Mustaqil ta’limi



Yüklə 16,33 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü16,33 Kb.
#190490
Qahhorova Sh ekologiya4





Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi 401-guruh talabasi Qahhorova Shodiyaning


Ekologiya fanidan


Mustaqil ta’limi

Toshkent -2023


Havo muhitining fizik va kimyoviy omillari. Yong’inlar
Havo—gazlar,asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy aralashmasi. Havo va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. Havo deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir (qarang Aeroblar, Nafas). Yoqilgʻining havoda yonishidan odamlar oʻz turmush va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi. Oʻtmishda olimlar havoni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb hisoblashgan. Havoni mustaqil modda degan tushuncha 18-asr oxirigacha davom etib keldi. 1775—1777-yil fransuz kimyogari Antoine Lavoisier havo tarkibida azot va kislorod, 1894-yil ingliz olimi William Ramsay va John William Strutt argon borligini isbotladi. Shundan keyin havo tarkibida boshqa inert gazlar ham mavjudligi aniqdandi.
1754-yilda Joseph Black havo oddiy moddalar emas, balki gazlar qorishmasidan iboratligini tajriba orqali isbotladi

Havo—muhim kimyoviy xom ashyo manbalaridan biridir. Sof quruq havoning mol. m. 28.966, 0° da dengiz sathidagi bosimi 1013,25 GPa; kritik temperaturasi— 140,7°, kritik bosimi 3,7 Mpa, oʻzgarmas bosimdagi solishtirma issiqlik sigʻimi Sr 10,045-YU3j/(kg-K) (0-100° oralikda), oʻzgarmas hajmda esaS-8,3710-103j/ (kgK) (0-1500° oraliqsa); yoruqchik nurini sindirish koʻrsatkichi 1,00029, dielektrik singdiruvchanligi 1,000059 (0°da). Suvda eruvchanligi 0°da 0,036%, 25° da 0,22%. Atmosferaning Yerga yaqin qismi— troposferada massa jihatdan 80% ga yaqin havo toʻplangan. Yer yuzidagi sof quruq havoning asosiy komponentlari jadvalda koʻrsatilgan.
Havoda juda oz miqdorda suv N20 (massa jihatdan 0,02—4%), sulfid angidrid § 02, metan SN4, ammiak MN,, uglerod §-oksid SO, uglevodorodlar, xlorid kislota NS1. ftorid kislota NGʻ, simob bugʻlari, N§, yod I, radon Yap, ksenon Xe, shuningdek, azot §-oksid va koʻpgina boshqa gazlar boʻladi. Troposferada doimo maʼlum miqdorda toʻzon va baʼzi tasodifiy qoʻshimchalar uchraydi. Havodagi azot, kislorod va inert gazlar miqdori amalda oʻzgarmasdir. Tirik organizmlar nafas olganda, yoqilgʻi yonganda, metallar eritilganda va boshqalarda sarflanadigan kislorod miqdori yashil oʻsimliklar fotosintezi tufayli tiklanib turadi.
Vulkanlarning otilishi va radioaktiv elementlarning parchalanishi — inert gazlar (argon, geliy va radon) manbaidir. Gazlarning eng yengili — geliy Ne koinotga uzluksiz ravishda tarqalib turadi. Vodorod ham geliy kabi fazoga tarqaladi. Turli jarayonlar natijasida uning havodagi miqdori saqlanib turadi. Havodagi karbonat angidrid, suv bugʻi va toʻzon miqdori turli sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Katta miqdordagi SO, fotosintez jarayonlariga sarf boʻladi va okean suvlariga yutiladi. Tabiatda karbonat angidrid yogʻoch va koʻmirning yonishi, tirik organizmlarning nafas chiqarishi, chirish va h.k. natijasida hosil boʻladi. U karbonatli togʻ jinslarining parchalanishi, vulkan otilishidan ham yuzaga keladi.
Soʻnggi 100 yilda atmosfera havosi tarkibida SO, miqdori 10% ga ortdi. Uning asosiy qismi (360 mlrd. t) yoqilgʻi yoqish natijasida paydo boʻldi. Agar yoqilgʻi yoqish surʼatlari shu zaylda davom etsa, yaqin 50— 60 yilda atmosferadagi S02miqdori 2 baravar ortadi va ob-havoning keskin oʻzgarishiga sabab boʻlib, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yong’inlar
Yongʻin— bir zumda shiddat bilan roʻy beradigan va tez tarqaladigan yonish jarayoni. Moddiy boyliklarni yoʻqotadi va inson hayoti uchun xavf soladi. Yongʻinga, asosan, olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, elektr va gaz asboblaridan hamda ishlab chiqarish jihozlaridan foydalanishning qoida va meʼyorlarini buzish, moddalar (materiallar) ning oʻzoʻzidan alangalanishi sabab boʻladi. Tashqi (ochiq), mas, choʻl, oʻrmon, neft va gaz favvoralari Yongʻini; ichki (berk), mas, shaxta, bino ichidagi Yongʻin xillarga boʻlinadi. Yongʻin ishgʻol qilgan fazoni shartli ravishda zonalarga: faol yonish, issiqlik taʼsir etuvchi va tutun bilan qoplash zonalariga boʻlinadi. Faol yonish zonasi (Yongʻin oʻchogʻi) yuqori issiqlik va tutun hosil qiladi. Bunda materiallar koʻpincha atmosfera havosining kislorodi bilan oʻzaro taʼsirlashib tutaydi, alangalanadi, natijada issiqlik va tutun hosil boʻladi. Yonayotgan qurilmalar va materiallar issiklik taʼsirida qiziydi va alangalanadi, yonmaydiganlari deformatsiyalanadi. Bu zonadagi eng yuqori tra tashqi Yongʻinda sodir boʻlib, qattiq materiallar 1000°—1250°, suyukliklar 1100°—1300°, yonuvchi gazlar 1250°—1350° tra chiqaradi. Faol yonish zonasini boshqa zona — issiqlik taʼsir etuvchi zona qurshab oladi. Uning issiqlik taʼsiri taxminan 60—80° pastroq boʻlib, atrofdagi obyekt va insonlar uchun xavfli boʻladi. Yongʻin vaqtida ajralib chiqadigan yonish mahsuloti (tutun) bilan qoplash zonasini hosil qiladi. Tutun tarkibida, odatda, azot, kislorod, uglerod oksidi, karbonat angidrid, suv bugʻlari, kul va b. moddalar boʻladi. Tutun tarkibiga kiruvchi toʻla va chala yonish mahsulotlari juda zaharli, ayniqsa, polimer materiallar yonganda oʻta zaharli boʻladi. Baʼzi hollarda chala yongan mahsulotlar, mas, uglerod oksidi kislorod bilan yonuvchi va portlashga xavfli aralashma hosil qilishi mumkin. Yongʻin bilan kurashishda oʻt oʻchirish texnikasidan foydalaniladi.
Yong’in o'chirish vositalari olov va yong'inni o'chirish uchun ishlatiladi. Yong'in o'chirish vositalari i, yonish jarayonini to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadigan moddalar va ular (suv, kopik, kukun) yong'inni o'chirish uchun sharoit yaratadi.
Yüklə 16,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin