“Ekstremizm va terrorizm: mafkura va amaliyot” mavzusi bo‘yicha
nazorat savollari:
1. Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblik tushunchalarining
mazmuni nima?
2. Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari haqida nimalarni
bilasiz?
3. Terrorizmning mohiyati va uning xalqaro miqyos kasb etishining
sabablari nimada?
4. Diniy mutaassiblikning ilk paydo bo‘lishi qaysi davrga borib
taqaladi?
Javoblar:
1. Ekstremizm (lotincha- “aql bovor qilmas darajada”, “xaddan
oshish”) jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal
qarashlar va harakatlarni anglatadi.
Aqidaparastlik
(arab.-
“aqida”-“ishonch”,
“biror
narsani
ikkinchisiga bog`lash”) muyyan sharoitda, boron-bir g`oyaga qat’iy
ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakillangan qoida va
tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko`r-
ko`rona qo`llash yoki shunga urinshni anglatadi.
Mutaassiblik (arab. – “g`uluv ketish”, “chuqur ketish”) o`z fikr-
mulohaza va dunyoqarashi to`g`riligiga o`ta qattiq ishonib, boshqa
diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo`lishni anglatadi.
2. Terrorizm (lotincha – “qo`rqitish”, “vahimaga solish”) – aholining
keng qatlamlarida vahima va qo`rquv uyg`otish, jamiyatda
beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash
maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliayatdir.
Terrorizmning muhim bir xususiyati – uning muayyan siyosiy
maqsad yoki amaliy natijalariga emas, balki u yoki bu huruj
natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan
havotirli aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani hisoblanadi.
3. Terrorizm- bu shunday bir jinoyat turiki, uni amalga oshiruvchi
inson o`z-o`zidan boshqa bir jinoyatga qo`l uradi. U shunday
jinoyatki, uni hech ham oqlab bo`lmaydi. Bu harakat zaminida
moddiy va siyosiy manfaatlar yotadi. Musulmon mamlakatlarida
terrorchi uyishmalar ommaviy bo`la olmagani uchun aholining
keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg`otish
maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. Shu
sababli dinni yaxshi bilmaydiganlar, ayniqsa yoshlar bu oqimga
kirib qolyaptilar. Terrorchi harakatlar dinni niqob qilib olganliklari
sabali ham u xalqaro miqiyos kasb etmoqda.
4. Mutaassiblik ildizlari o`rta asrlarga borib taqaladi. Islomdagi ilk
oqim Xalifa Ali ibn Tolib bilan umaviylar o`rtasida kurash
davomida 657-yilda vujudga kelgan. Taxt uchun kurashda Ali ibn
Tolib Muoviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib
borishga ko`ngan. Bu hol xalifa Ali haqiqiy vorislik huquqiga ega,
deb hisoblangan tarafdorlarning o`rtasida norozilik tug`dirgan.
Qo`shinning bir qismi Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib
ketgan va keyinchalik Aliga ham, umaviylarga ham qarshi kurash
boshlagan. Ular tarixda xorijiylar deb nom qoldirgan. Xorijiylar
o`zlari “dindan qaytgan”, deb e’lon qilgan siyosiy raqiblariga
nisbatan o`ta murosasiz bo`lgan. Og`ir gunoh qilgan
musulmonlarni kofirga chiqarib, ularga qarshi qurolli jihod olib
borganlar. Shu tariqa diniy mutaassiblik vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: |