Elektr eroziya



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix15.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#61540
  1   2   3   4
7 (1)
3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomi, 3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomi, 3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomi, 3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomi, 3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomi, 3-mavzu. O‘quv maqsadlarini belgilash mezonlari. (Blum taksonomi, 2 5393496389877501326, BOSQICHLI TEST.№1, BOSQICHLI TEST.№1, MATEMATIK KECH-WPS Office, MATEMATIK KECH-WPS Office, М а ъ л у м о т н о м а билимлар беллашуви 2-боскич, Reja Standartlarni ishlab chiqish bosqichlar, Madaniyat tushunchasi


7-MA’RUZA 
ELEKTR EROZIYA
7.1 Metallarni elektr erozion usul bilan qayta ishlash. 
Elektronerozion ishlov berish (uchqunli) – elektr energiya impulslarining issiqligi 
ta’sirida metall mikroporsiyalarining erishi va bug‘lanishidan samarali foydalanishga asoslangan 
fizik jarayon. 15.1 – rasmda elektroerozion jarayonini tushuntirish sxemasi keltirilgan. 
15.1 – rasm. Elektroerozion razryadning ishlashini tushuntiruvchi sxema 
Elektr energiyaning impulslari elektr o‘tkazmaydigan suyuqlik 3 ichiga botirilgan 
elektrod – detal 2 va elektrod – asbob 1 yuzalari orasida uchqunli razryad 4 kanalida hosil 
qilinadi. Detal va asbob oralig‘ining eng kichik bo‘lgan zonasidagi mikrobo‘rtiqlar orasidagi 
tirqich bir qutbli impulslar ta’sirida bo‘dadi. Bu razryad ta’siridagi zonada metall va suyuqlik 
bug‘laridan iborat gazi puffak 5 hosil bo‘ladi hamda bug‘larning yuqori bosimi erigan metall 
zarrachalarini elektrodlar yuzasidan chiqarib tashlaydi va bu zarrachalar zoldirchalar 6 shaklida 
suyuqlikda qotadi. Natijada, har ikkala elektrodlarning yuzalaridagi mikroegri– bugriliklar 
tekislanadi. Elektrod – asbob ishlov berilayotgan detalga elektrod shakliga muvofiq botqlik hosil 
qilib kirib boradi.
Bu usulda detalarga ishlov berish quyidagi kamchiliglarga ega: kesib tashlashga nisbatan 
ish unumdorligi pastroq, enegiya sarfi va ishlov berish vaqti ko‘proq. 
Ishlov berish davomida elektrod – asbobni saqlab qolish maqsadida asbob va detalning 
juftini topish kerak bo‘ladi. Katodning eyilishini kamaytirish uchun impulslar generatorininng 
manfiy qutbiga elektrod– asbob ulanadi. Odatda elektrod – asboblar latun, mis, alyuminiydan 
tayyorlanadi, chunki ularning elektroeroziya natijasida emirilishi po‘lat yoki qattiq 
qotshmalarning elektroeroziya ta’siridagi emirilishiga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Metallarning 
erish harorati qancha yuqori bo‘lsa, elektroneroziya jarayonida yuzaga keladigan issiqlik 
ta’sirida zarrachalarining ajralib chiqishi shuncha kam bo‘ladi. SHuning uchun, ko‘pincha 
elektrod – asboblar qiyin eriydigan materiallardan tayyorlanadi (grafit, volfram, miss va volfram 
qotishmasi). 
Suyuq muhitda eroziya jarayoni jadal kechadi. Suyuqlik uzilib chiqayotgan metall 
zarrachalarini olib tashlash uchun kerakli dinamik kuchlanishlarni yuzaga keltiradi, elektrodlar 
oralig‘i izolyasiyasini mustahkamlaydi, elektrodlarni sovutadi va erozion jarayonni stabillashtirib 
turadi. SHuning uchun, ishlov suyuqligi sifatida kerosin, texnik moylar va distillangan suv 
ishlatidai. Elektrodlar orasidagi tirqich juda kichik (o‘nlab mikronlarni tashkil etadi) bo‘lgani 
uchun elektrodlarga 100 – 300 V kuchlanish beriladi. Berilayotgan elektr energiyaning deyarli 
90% razryadli oraliqda elektroneroziya jarayonida sarf bo‘ladi va 10% gina isrof bo‘ladi.











Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə