ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI SIRTQI BO`LIM EE YO`NALISHI 3-BOSQICH 71-21 (B) GURUH TALABASI KENJAYEV SHOKOMOLNING ELEKTR TA’MINOT TIZIMDA ELEKTR ENERGIYASI NAZORATI VA XISOBINING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi tushunchasi
Reja:
1. Energiya istemolini nazorati va xisobga olishning maqsad va vazifalari. Optik port orqali xisoblagichlarda so`rov o`tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish
2. Interfeys o`zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali xisoblagichlarda so`rov o`tkazilishi bilan Ma’lumotlarni yig`ish va unga ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so`rov o`tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish
Texnik vositalarga bog‘liq bo‘lmagan energiya resurslari iste’molini nazorat qilish va hisobga olish yordamida quyidagi ikki maqsadga erishish mumkin:
1. Energiya iste’molini real hajmiga muvofiq energiya resurslariga bo‘lgan talabni ta’minlash;
2.Energiya resurslarini ishlab chiqarish va ular bilan bog‘liq boshqa harajatlarni minimallashtirish.
Bu maqsadlarga erishishnig turli yo‘llari mavjudligi sababli energiya resurslariga harajatlarni minimallashtirish masalasini energiya resurslaridan foydalanish hajmini kamaytirmasdan hamdaulardan foydalanish hajmini kamaytirish hisobiga amalga oshirish mumkin.
Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazish yordamidaENHAT ni tashkil etish ENHAT tashkil etiladigantizimlarning eng soda ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi.Bunda hisoblagichlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanmagan. Hisoblagichlar va ma’lumotlarni yig‘ish markazi orasida aloqa yo‘q. Barcha hisoblagichlardagi ma’lumotlar operator hisoblagichlarni ko‘rib chiqish jarayonida ularga so‘rov berish orqali amalga oshiriladi.
Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‘chma kompyuter vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘chma kompyuter vaqti ma’lumotlarni yig‘ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so‘roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi.
Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
iste’mol parametrlarini aniq o‘lchash:
korxona va uning ob’ektlari bo‘yicha energiya resurslari iste’molini tijorat va texnik asosidahisobga olish;
berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar)hisobga olish nuqtalari va ob’yektlari bo‘yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
elektr energiyasini hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarga qayta ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;
ma’lumotlarning to‘liqligini tahlil qilish;
hisoblagichlarni tahlil qilish.
RS-485 umumiy shina orqali yoki multipleksorga “tokli halqa” interfeysi (masalan, MPR-16 turdagi) bo‘yicha yoki ma’lumotlarni yig‘ish va tarqatish qurilmasi (MYTQ) orqali birlashtirilgan hisoblagichlar turli taqsimlash qurilmalarida joylashishi mumkin va so‘rov natijalari faylini shakllantiradigan ko‘chma kompyuterda joylashgan dastur yordamida bir oydavomida bir yoki bir necha martta so‘rov o‘tkazilishi mumkin
Hisoblagichlar va MYTQ orasida doimiy aloqa yo‘q. MYTQ kommunikatsion server rolini bajaradi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri so‘roviga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma’lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‘chma kompyuter vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘chma kompyuter vaqti ma’lumotlarni yig‘ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so‘roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi. Bu variantda ma’lumotlarni yig‘ish markazi uchun ajratilgan kompyuter bo‘lmasligi mumkin, uning rolini ko‘chma kompyuter bajarishi mumkin.
Ma’lumotlarni yig‘ish va ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish
Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshadi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri sifatida lokal tarmoq ishlatiladi. Unda ma’lumotlarga ishlov berish va MO ga kiritish amalga oshadi. Foydalanuvchilar soni, hisoblagichlar va ularning profillari intervallarining soni, foydalanuvchilar malakalari, matematik ishlov berish va boshqalarga bog‘liq ravishda lokal MO MS Access yoki ORACLE8.X MOBT da ishlashi mumkin.