Elektr yuklamalarining sutkalik, oylik, yillik grafiklari Reja



Yüklə 170,67 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü170,67 Kb.
#162921
  1   2
Elektr yuklamalarining sutkalik, oylik, yillik grafiklari Reja




Elektr yuklamalarining sutkalik, oylik, yillik grafiklari
Reja:

1. Elektr yuklamalari grafigi


2. Iste’molchilarning asosiy guruhlari
3. Iste’mol grafiklarining olinishi

Elektr yuklamalari grafigi deb, absissa o‘qida vaqt va ordinata o‘kida esa yuklama o‘lchamida, tokda yoki yuklama maksimumiga nisbatan foizda ko‘yilgan grafik aytiladi va bu qandaydir bir keltirilgan vaqt davomida elektr energiyani qabul qilingan miqdori haqida ta’surot beradi.


YUklamalar grafigi tarmoqlarni hisoblaShda dastlabki zarur ma’lumot hisoblanadi. Energiya iste’molchisini tuziliShi (xususiyatlari) va elektr yuklamalarini qiymatlari ehtimollik xarakteriga egadir, Shuning uchun hisoblangan (oldindan rejalangan) grafiklar haqiqiy grafiklardan ko‘pincha farq qiladi.
Elektr energiyasining iShlatiSh nuktai nazaridan elektr iste’molchilar 4 ta asosiy guruxga bo‘linadi.
a) Elektr yuritmalar – elektr energiyasini elektr motorlar orkali mexanik energiyasiga o‘zgartiradi, turli dastgoxlarda iShlatiladi. Bu xil iste’molchi eng katta guruxni taShkil etadi.
b) Elektrotermik uskunalari - elektr energiyasi issiklik energiyasiga o‘zgartiriladi. Bu turli iste’molchilarga elektrotexnik po‘latning eng sifatli ko‘riniShlar elektrotermik uskunalarda iShlab chiqariladi.
v) Elektrotexnologik uskunalar – elektr energiya bevosita iShlab-chiqariSh texnologiyalarida iShlatiladi. Masalan, elektroliz uskunalar, elektropayvandlaSh, chigitni saralaSh va x.k.
g)YOritiSh tizimi uchun qo‘llaniladigan elektr jihozlar.
Xar bir iste’molchini smena sutkali, kvartal va yillik iste’mol grafiklari olinadi. Bu grafiklar iste’molini hisoblaSh, iste’molchi va tarmoq o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlar va elektrotexnik uskunalarni tanlaSh katta axamiyatga ega. Har bir iShlab chiqariShning o‘ziga hos iste’mol grafigi mavjud va bu grafigi mavjud va bu grafiklar ma’lumotlarga ko‘rsatiladi.
Iste’mol grafiklari o‘lchaSh asboblari yordamida olinadi. O‘lchaSh asboblarining ikki xili mavjud: birinchisi, iste’molning uzluksiz o‘lchaydigan asbob. Elektr o‘lchaSh asbobining bu turi bilan iste’mol grafigi tuzgani 3.1.1-rasmda ko‘rsatilgan.
3.1.1.-rasm 3.1.2.-rasm
SHu iste’molchining elektr schyotchik orkali tuzilgan iste’mol grafigi 3.1.1.-rasmda ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, 3.1.2.-rasmdagi grafik anikligi yukori, chunki xar bir nuqtasi iste’moli o‘lchanadi va umumiy iste’mol quyidagicha aniqlanadi:
R(t) = P(t)dt
2.-rasmda ko‘rsatilgan grafik asosida esa umumiy iste’mol oddiy yig‘indi asosida aniqlanadi:
R =
Ikkinchi usul oddiy, anikligi uncha yuqori bo‘lmasa xam aynan ana ikkinchi usul muxandislik hisoblarda ko‘pincha qo‘llanadi.
Elektr iste’mol grafiklari xar bir iste’molchi uchun, bir guruh bir xil xossali iste’molchilar, butun korxona uchun oliniShi mumkin. Amalda grafik bir kvartal yoki yil uchun olinadi. SHu asosda korxona va tarmoq orasida hisob-kitoblar amalga oShiriladi.
Maksimal aktiv quvvat yuklanmasi deb – bir sutka davomida aktiv quvvatning eng katta kamida yarim soat davom etuvchi qiymatiga deyiladi. elektr taminlovchi muassasa, masalan Buxoro elektr tarmog‘i tomonidan, ertalabki va kechki eng katta yuklama vaqti aniklanadi. Agar sanoat korxonalarining umumiy quvvati bo‘lsa eng katta yuklanma vaqtiga to‘g‘ri kelgan quvvatining 1 kVt bir yilda 6000 sum elektr energiyani qiymatiga ko‘Shimcha narx olinadi. Ko‘Shimcha narxning qiymati energetika vazirligi tomonidan aniqlanadi. Eng katta yuklaniSh vaqtiga to‘g‘ri keladigan quvvatni qiymati sanoat korxona va elektr tarmoq orasidagi Shartnoma xar yil kayta aniqlanadi. Demak, korxona boSh energetigi bu raqamni sutkali grafiklar asosida aniklaSh kerak, iloji boricha kamaytiriSh kerak, masalan Shu soatlar, zarur bo‘lmagan iste’molchilarni tarmoqdan uziSh, iShlab chiqariSh iShni maksimal yuklaniSh vaqtidan chiqariSh va boShqa texnikaviy va adminstrativ choralar asosida.

.2-rasm Sanoat korxonalarning sutkali grafigi


bu erda: te- ertalabki eng katta quvvat
tk- keskin maksimal quvvat vaqti.
te va tk -lar vazirlik tomonidan butun mamlakatni elektr sistemasini eng katta iste’moli vaqti asosida aniqlanadi.
Aynan Shu vaqtda mamlakatni barcha elektr stansiyalarini umumiy quvvati iste’molchilarni yuklanmasiga etiShmasligi mumkin. Ayni Shu vaqtda boShqa mamlakatlardagi elektr stansiyalarni quvvatidan, masalan, Mari, NUREK elektr stansiyalarini quvvatidan foydalaniShga majbur bo‘lamiz. «Elektr tarmoqlari» fanidan bizga ma’lumki, bu elektr stansiyalar «O‘rta Osiy va Janubiy Kozog‘iston» birlaShtirgan yagona elektr sistemasiga kiradi va O‘zbekiston elektr sistemasi bilan kuchlaniShi EUL bilan bog‘langan. Bu mamlakatlar xam maksimal quvvat vaqtini aniklaydi va sotiladigan elektr quvvatga narx qo‘yadi. Maksimal quvvat vaqtidagi elektr iste’molini kamaytiriSh – elektr energiyasini narxini kamaytiriSh demakdir.

Yüklə 170,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin