Elektron ta’lim resuruslaridan foydalanib o’quv jarayonlarini takomillashtirish



Yüklə 406,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix01.12.2022
ölçüsü406,55 Kb.
#71719
  1   2   3   4   5
1922-Article Text-3996-1-10-20211025 2



Elektron ta’lim resuruslaridan foydalanib o’quv jarayonlarini 
takomillashtirish 
Zilola Durdimurotovna Rasulova 
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Maqolada elektron ta’lim resuruslarini yaratish texnologiyalari va 
ularning o’quv jarayonlarini takomillashtirishdagi tadbig‘i keltirilgan. O‘quv 
materialini kamchiliklarini tezda tuzatish, zarur o‘zgartirishlar kiritish imkonining 
borligi, materialni kompyuter yordamida turli ko‘rinishda tayyorlash mumkinligi, 
rangli tasvirlardan foydalanish, ularni jonlantirish va harakatlantirish imkoniyatini 
yaratishda elektron taqdimotning afzalligi yoritilgan. 
Kalit 
so‘zlar: 
Elektron 
ta’lim 
resuruslari, 
kompyuter 
texnikasi, 
telekommunikatsiya vositalari, o‘quv nashrlar, ta’lim vositalari, texnik vositalar, 
gipermatn, grafik jadval. 
Improving learning processs using electronic education 
resources 
Zilola Durdimurotovna Rasulova 
Bukhara State University 
Abstract: The article describes the technologies of creating e-learning resources 
and their application in improving the learning process. The advantages of e-
presentation are the ability to quickly correct the shortcomings of the study material, 
to make the necessary changes, the ability to prepare the material in different ways 
with the help of a computer, the use of color images, animation and animation. 
Keywords: e-learning resources, computer technology, telecommunications, 
textbooks, teaching aids, hardware, hypertext, graphics. 
KIRISH 
Mamalakatimizda 
barcha 
rivojlangan 
davlatlar 
qatori 
axborot 
va 
kommunikatsiya texnologiyalarini xalq xo‘jaligining turli sohalariga qo‘llash va 
uning zamirida yuqori samaradorlikka erishish muhim vazifalardan sanaladi. Bu 
sohada bajarilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida hukumatimiz 
tomonidan turli qarorlar, farmoyish va me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. 
Prezidentimizning “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 2002 yil 30 maydagi PF-
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
449


3080-son farmonida ham axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, 
iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot 
texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy 
ravishda joriy etish, jumladan ta’lim tizimiga ham, axborot resurslaridan bahramand 
bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunning 
dolzarb masalalaridan ekanligi qayd etilgan. 
Elektron ta’lim resursini yaratish ta’lim jarayonini individuallashtirish va 
differensiyalash, talabaning o’quv faoliyatini o‘zi nazorat qilish va to‘g‘ri 
yo‘naltirish, kompyuterning hisoblash imkoniyatlaridan foydalanish tufayli o‘quv 
vaqtini tejash, o‘quv materiallarini vizuallashtirish, o‘rganilayotgan ta’lim 
jarayonlarni modellashtirish, ularni imitasiyalashtirish, turli pedagogik vaziyatlarda 
optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish, fikrlashning aniq bir shakli 
(ko‘rgazmali-obrazli, nazariy)ni rivojlantirish, bilish faoliyati madaniyatini 
shakllantirish kabi imkoniyatlarni beradi. Bugungi kunda o‘quv jarayonida elektron 
o‘quv materiallarini namoyish etishda videoproektordan keng foydalanilmoqda. 
Undan foydalanish uchun odatda monitor qurilmalari va avvaldan tayyorlangan o‘quv 
materialining taqdimoti bo‘lishi kerak. Namoyish etiladigan materiallarni 
kompyuterning turli xil dasturiy ta’minotlari: Word, Excel, Power Point, Corel Draw 
va boshqalar yordamida tayyorlash yoki professional darajada yaratilgan tayyor 
elektron darsliklardan foydalanish mumkin. O‘quv materialini kamchiliklarini tezda 
tuzatish, zarur o‘zgartirishlar kiritish, takomillashtirib borish imkonining borligi, 
materialni kompyuter yordamida turli ko‘rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli 
tasvirlardan foydalanish, ularni jonlantirish va harakatlantirish imkoniyatining 
mavjudligi elektron taqdimotning afzalliklaridan biridir. Sahifalarni taqdimot 
ko‘rinishida yaratishda amaliy dasturiy ta’minotlar guruhiga kiruvchi Power Point 
dasturi alohida imkoniyatlar taqdim etadi. PowerPoint dasturi MICROSOFT 
firmasining WINDOWS qobig‘i ostida yaratilgan bo`lib, ushbu dastur bugungi kunda 
prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay 
bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. 
ASOSIY QISM 
Zamonaviy o‘quv elektron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga 
ega bo‘lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko‘rsatdi. Elektron o‘quv nashrlar 
klassifikatsiyasi asosida ham o‘quv, ham electron hamda dasturiy vositalar 
klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi: 
O‘quv nashrlari quyidagi turlarga bo‘linadi: 
- o‘quv jarayonidagi ahamiyati va o‘rnini belgilovchi funksional xususiyatiga 
ko‘ra; 
- maqsadiga ko‘ra; 
- taqdim etiluvchi axborot xarakteriga ko‘ra; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
October 2021 / Volume 2 Issue 10
www.openscience.uz
450


- matnning tashkil etilishiga ko‘ra; 
- ifoda etilish shakliga ko’ra 
Elektron nashrlar quyidago turlarga bo‘linadi: 
- bosma ekvivalentining mavjudligiga ko‘ra; 
- asosiy axborot tabiatiga ko‘ra; 
- maqsadiga ko‘ra; 
- tarqatilish texnologoyasiga ko‘ra; 
- elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga ko‘ra; 
- davriyligiga ko‘ra; 
- strukturasiga ko‘ra. 
Hozirgi vaqtda o‘quv nashrlarining to‘rt xil turdagi nashrlarni o‘z ichiga oluvchi 
tipologik modeli mavjud bo‘lib, bularga: 
• 
Dasturiy-uslubiy (o‘quv rejasi va dasturlari); 
• 
O‘quv-uslubiy (uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar); 
• 
O‘qituvchi (darsliklar,o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari); 
• 
Yordamchi (praktikumlar,masala va mashqlar to‘plamlari).
Elektron axborot ta’minot resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan 
dasturiy ta’minotlardan biri “Ispring” dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni 
o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft - PowerPoint 
dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur 
mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet 
texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida masofali ta’lim turining paydo 
bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda 
to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi 
asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida 
tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar 
yaratilgan. 

Yüklə 406,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin