Энергетика факултети “электр механикаси ва технологиялари” кафедраси



Yüklə 1,77 Mb.
tarix30.11.2022
ölçüsü1,77 Mb.
#71577
Asinxron generator, undagi elektromagnit jarayonlar va tavsiflari


ЭНЕРГЕТИКА ФАКУЛТЕТИ
ЭЛЕКТР МЕХАНИКАСИ ВА ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ”
КАФЕДРАСИ
 
 
 
 
 
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
БУХОРО МУҲАНДИСЛИК-ТЕХНОЛОГИЯ ИНСТИТУТИ
Mavzu
ASINXRON GENERATOR, UNDAGI ELEKTROMAGNIT JARAYONLAR VA TAVSIFLARI. ASINXRON MASHINALARNING ZAMONAVIY SERIYALARI VA MAXSUS TURLARI.
1
2
Asinxron mashinaning generator rejimi
Asinxron generatorning elektr tarmog‘i bilan parallel ishlashi
Reja:
3
Asinxron generatorning oiz-oizini qo'zg'atishi.
Asinxron generatorning yuklama bilan ishlashi.
4
Asinxron mashina, boshqa elektr mashinalari kabi, E. Lens kashf qilgan elektr mashinalarining qaytarlik xossasiga binoan, motor rejimida hamda generator rejimida ishlashi mumkin. Konstruktiv bajarilishi bo‘yicha asinxron generator asinxron motordan farq kilmaydi. Motor rejimidan generator rejimiga o‘tkazish uchun, stator chulg‘ami tarmoqqa ulangan holda birlamchi motor yordamida asinxron mashinaning rotorini stator maydonining aylanayotgan tomoniga aylanish chastotasini maydon aylanish chastotasidan katta (n2 > n1,) qilib aylantiriladi. Bu holda mashinaning sirpanishi:
(-s)=n1-n2/n1
manfiy ishoraga ega bo‘ladi. Amalda asinxron generatorning normal ish rejimida
(—s) ≤ (6÷8) % boladi.
Asinxron mashina generator rejimda stator va rotor chulg‘amining o‘tkazgichlari aylanma maydon bilan go‘yo qarama-qarshi yo'nalishda kesishadilar. Motor rejimda mazkur o‘tkazgichlar mos yo‘nalishda kesishadilar.
AG ni qo‘zg‘atish uchun tarmoqdan reaktiv energiyaning olinishi uning kamchiligi hisoblanadi, chunki u energiya manbasi boiib ishlaganda, iste’molchilarga aktiv energiya bilan bir qatorda reaktiv energiya ham berishi (masalan, transformator va asinxron motorlarda magnit maydonni hosil qilish uchun) kerak bo‘ladi. Shu sababli AG lar ayrim hollarda kam quwatli GES va shamol elektr stanstansiyalarida ishlatiladi.
2,a-rasmda asinxron generatorning sinxron generator bilan parallel ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. Bunda mashinalar va tarmoq orasida, hamda o‘zaro mashinalar orasida aktiv (P) va reaktiv (Q) energiyalarning yo'nalishi strelkalar bilan ko‘rsatilgan. 2,a-rasmda sinxron generator ish rejimiga asinxron generatorning salbiy ta’siri yaqqol tasvirlangan. Kuchlanish vektori U, ni sinxron generator (SG) bilan umumiy yuklamaga parallel ishlalayotgan asinxron generator (AG) ning kuchlanishi U1G deb hisoblash kerak.
Ta’kidlash lozimki, ilmiy izlanishlar natijalarining ko‘rsatishicha, elektr energetika sistemasida katta quwatli AG sinxron generatorlar bilan parallel ishlatilganda kam chastotali tebranishlarni so‘ndirishda ahamiyatli ekanligi isbotlangan.
Uning ta’siridan “stator chulg‘ami — kondensatorlar” zanjirida kuchlanish vektori U1, dan oldin keluvchi reaktiv tok Ic vujudga keladi. Bu tokning reaktiv tashkil etuvchisi Ir oqim Ф bilan bir xil yo‘nalishda bo‘ladi. Shuning uchun sig‘im toki Ic ning stator chulg‘amida hosil qilgan MYK mashinani magnitlaydi.
Agar AG ning yuklamasi sof aktiv bo‘lganda kondensatorlarning quwati generatorning reaktiv quwatiga teng bo‘lishi lozim bo‘lsa, aktivinduktiv yuklamada esa yuklamani ham reaktiv quwat bilan ta’minlash maqsadida kondensator batareyasining quwatini oshirish zarur bo‘ladi.
0‘z-o‘zini qo‘zg‘atadigan AG kondensator batareyasining quwati ancha katta, ya’ni nominal quwatining 70-100 % ni tashkil qiladi. Bu esa qurilmaning tannarxini oshiradi.
Amaliy jihatdan, tarmoqqa ulanmagan AG ni sof aktiv yuklama bilan ishlatishda kuchlanish va chastotaning o‘zgarish xarakteristikalari yetarli darajada qanoatlanarli bo’lmaganligidan AG laming qo‘llanish sohalari cheklangan.
Asinxron mashinalarning ishga tushirish xarakteristikalari yaxshiligi tufayli ularni aviamotorlarni ishga tushirish uchun starter sifatida foydalaniladi. So‘ngra generator rejimga o'tkazilib samolyot bortida o‘zgaruvchan tok manbasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Asinxron mashina generator sifatida avtomobil va traktorlarda ishlatiladigan dizel motorlarini sinash stendlarida ishlatiladi. Bunda motor sovuq paytida asinxron mashina elektr motori sifatida ishlab, uni qizdiradi va keyin, u generator rejimiga o‘tkaziladi. Bu holda AG tormozlovchi momentni hosil qilib, avtomobil va traktor motorlariga yuk vazifasini bajaradi.
Qo‘lda ishlatiladigan elektr instrumenti uchun yuqori chastotali elektr energiya manbayi sifatida; avtomatik boshqarish sistemalarida, ergashuvchi elektr yuritmada va hisoblash qurilmalarida ichi kavak yoki qisqa tutashgan rotorli asinxron taxogeneratorlar qo‘llaniladi.
Elektr mashinalari quyidagicha tasniflanadi, ya’ni quwatiga ko‘ra:
  • 500 W gacha - elektr mikromashinalari;
  • 0,5< P<10 kW — kam quwatli;

  • 3) 10
    4) quwati P>200 kW — katta quwatli;
    Aylanish chastotasiga ko‘ra:
  • n = 300 ayl/min. gacha — kam tezlikli;
  • n =300 + 1500 ayl/min — o‘rta tezlikli;
  • 1500 < n < 6000 ayl/min — katta tezlikli;
  • n > 6000 ayl/min — o‘ta katta tezlikli elektr mashinalari.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin