Entomologiya va fitopatologiya



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix04.05.2017
ölçüsü3,01 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
reaksiyasidan foydalaniladi. Bu usulning qulayligi reaksiya natijasini
fotosuratlarda rasmga olish mumkin.
Indikator o‘simliklar usuli ma’lum virusga aniq ifodalangan
belgilarni hosil qilishga asoslangan. Masalan, tamaki mozaikasi
virusi uchun Nicotiana glutinosa L. o‘simligi asosiy indikator
o‘simlik hisoblanadi. Bu o‘simlikning kasallantirilgan bargi
yuzasida 2—3 kun ichida kuchli nekrozli dog‘lar paydo bo‘ladi.
Kartoshkaning X virusi uchun gomfrenu (Yomphrena globosa),
bodring mazaikasi uchun Nicotiana tobagum, qulupnayni
kasallantiruvchi viruslar uchun yovvoyi o‘rmon qulupnayi
(Fragaria vesca), mevali daraxtlarning viruslari uchun sho‘ra
(Shenopodium albium) o‘simligidan foydalaniladi. Bu o‘simlik
barglari kasallangan o‘simlik sharbati bilan zararlantiriladi va
belgilarning namoyon bo‘lishi aniqlanadi. Kasallantirish uchun
i n d i k a t o r   o ‘ s i m l i k l a r   3 — 4   t a   b a r g   h o s i l   q i l g a n   v a q t i
foydalaniladi.
Elektron mikroskop usuli. Viruslarning shakli va tuzilishini
o‘rganish, elektron mikroskop kashf qilingandan keyin boshlandi.
Tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, 70% fitopatogen
viruslar  tayoqcha yoki i psimon,  30% sferik shaklda bo‘ladi.
Tayoqchasimon shakldagi fitopatogen viruslarga tamaki mozaikasi
(VTM),  bodring yashil mozaikasi (VOM-2),  i psimon shakldagi
viruslarga kartoshkaning X, Y, A, S viruslari, olxo‘ri virusi —
dumaloq, halqasimon dog‘lar shakliga danakmevali o‘simlik viruslari
misol bo‘ladi.
Kimyoviy usulda viruslarni aniqlash. Bu usuldan bodringning
oq va yashil mozaikasini aniqlashda foydalaniladi. Buning
uchun kasallangan o‘simlik mevasi olinib, meva po‘stidan

109
tozalanadi va mag‘zi havonchada ezib sharbati olinadi. Meva
sharbati ikki qavatli dokada suzib olingandan keyin, unga 3%
li CuSO
4
 (1 hissa mis kuporosi, 3 hissa meva sharbati) qo‘shib
aralashtiriladi. Kasallangan o‘simlik meva sharbati sariq-yashil
rangga kirsa, sog‘lom o‘simlik meva sharbati yashil rangda
qoladi.
7.3. Virus kasalliklariga qarshi kurash choralari
Fitopatogen viruslar bilan kasallangan o‘simliklarni davolash
mumkin emas. Virus kasalliklarining kelib chiqmasligi va
tarqalmasligi uchun profilaktik, ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni
o‘z vaqtida qo‘llash zarur. Eng muhim tadbirlardan biri virus
kasalliklariga chidamli navlarni yaratish hisoblanadi. Tabiatda turli
qishloq xo‘jalik ekinlari orasida virus kasalliklariga nisbatan chidamli
navlar mavjud. Ayrim o‘simliklar chidamliligi tufayli viruslarning
salbiy ta’siri sezilmaydi yoki o‘simliklarning immunologik
xususiyati tufayli kasallik belgilari namoyon bo‘lmaydi. Ayrim
navlarda virus bilan kasallangan hujayralar nobud bo‘lib, nekroz
hosil qiladi va kelgusida ularning tarqalishiga imkoniyatni chegaralab
qo‘yadi.
Keyingi yillarda yaqin turdagi yoki shtammdagi viruslarning
interferensiyasi — mos kelmasligi usulidan ham foydalanilmoqda.
Buning uchun kuchsiz patogenlik xususiyatga ega bo‘lgan virus
shtammi bilan kasallantirilgan o‘simliklar kuchli patogenlik
xususiyatiga ega bo‘lgan shtammlar bilan kasallanmasligi
aniqlangan.
Virus kasalliklarining zararini kamaytirishda urug‘lik va
ko‘chatlarning sog‘lom o‘simliklardan tayyorlanishi ham muhim
hisoblanadi. Virus bilan kasallangan bodring, pomidor
urug‘larini kuchli okismetil (trinatriy fosfat) yoki yuqori
haroratda qizdirish yaxshi samara beradi. Kartoshkachillikka
ixtisoslashgan urug‘chilik xo‘jaliklarida ekinzorlar virusologik
tekshirishdan o‘tkazilib, virus kasalligi belgisiga ega bo‘lgan
o ‘ s i m l i k l a r   d a l a d a n   t e r i b   c h i q a r i b   t a s h l a n a d i .   V i r u s
kasalliklarining mevali bog‘larda, qulupnayda tarqalishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun ko‘chatlar sog‘lom o‘simlikdan tayyorlanishi
shart. Buning uchun onalik bog‘larini muntazam fitosanitar
nazoratidan o‘tkazib turish kerak.

110
Virus infeksiyasidan urug‘lik va ko‘chatlarning kasallanmasligi
uchun ular termoterapiya usulida davolanishi lozim. Ko‘chat
tayyorlashda onalik o‘simliklarning uchki merestemalarini sog‘lom
qismidan tanlash ham muhimdir.
Virus kasalliklariga qarshi kurashda agrotexnik tadbirlar ham
muhimdir. O‘z vaqtida o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar
o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishini tezlashtiradi. Ayniqsa,
ekinlarni muddatida ekish, ekinlar urug‘ini talab darajasida
tayyorlash, o‘g‘itlarni me‘yorida qo‘llash kasallik zararining
kamayishiga olib keladi.
Viruslar keltirib chiqargan kasalliklarga qarshi kurashda
kimyoviy usul unchalik maqbul bo‘lmasa-da, u ma’lum miqdorda
iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Viruslar pestitsidlarga nisbatan
yuksak chidamlilikni namoyon qiladi. Chunki viruslar hujayra ichida
hayot kechirganligidan pestsitsidlar dastlab hujayralarga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Virus kasalliklariga qarshi imanin, arenarin antibiotiklarini
qo‘llash pomidor va tamakining virus kasalliklariga chidamliligini
oshiradi.
 Savollar
O‘simliklarda virus kasalliklarini keltirib chiqaruvchi viruslarni o‘rganish
tarixini gapirib bering.
Fitopatogen viruslarning tuzilishi va o‘lchami qanday?
Fitopatogen viruslarning nomenklaturasi va klassifikatsiyasi haqida
nimalarni bilasiz?
Fitopatogen viruslarni aniqlash usullari qanday?
Virus kasalliklariga qarshi kurash choralari qanday amalga oshiriladi?

111
8-BOB. Fitopatogen bakteriyalar
Fitopatogen bakteriyalar suvda, havoda, tuproqda, yer qarida,
o‘simlik va hayvonlarda keng tarqalgan bo‘lib, ularning 400 dan
ortiq turi o‘simliklarni kasallantiradi. Qishloq xo‘jalik ekinlarida keng
tarqalgan bakterial kasalliklarga karam poyasining bakteriozi,
bodring bargining burchakli dog‘lanish, kartoshkaning qorason,
mevali daraxtlarning kuyishi, g‘o‘zaning gommoz kasalligi kabilar
kiradi.
Tabiatda ular keng tarqalgan bo‘lib, go‘ngning uchdan bir
qismida, tuproqning 1 g da 300—500 mlndan 2 mlrd gacha, 2 sm
3
sutda  bir million, shuncha hajmdagi suvda 400 mingta, tabiiy
o‘tloqzorlarda 1 m 
3
 havoda 100 ta hujayra, shahar havosi tarkibida
yoz faslida 10—25  ming dona, qishda 4,5 ming donani tashkil
qiladi.
Bakteriyalar gollandiyalik olim A. Levenguk tamonidan 1675-
yilda aniqlangan bo‘lib, ularning tabiatdagi rolini fransuz olimi
Lui Paster (1822—1895) achitish jarayonida va odamlarda  kasallik
keltirib chiqarishini aniqlagan.
O‘simliklarda bakterial kasalliklarning mavjudligi to‘g‘risida
dastlabki ma’lumotlar 19-asrda M.S. Voronin (1866)
tomonidan aytilgan. Barril T.Dj. (1839—1916) mevali
daraxtlarning bakterial kuyishi bakteriyalar tomonidan kelib
chiqishini isbotlagan. O‘simliklar bakterioz kasalligi to‘g‘risidagi
ta’limotning chuqurlashishida I. L. Serbinov, V.P. Izrailskiy,
M.V. Gorlenko, K.I. Beltyukova, A.L. Taxtadjanlar xizmati
cheksizdir.
Hozirgi zamon sistematik ta’limotlarga asosan bakteriyalar
yadroli organizmlargacha — Procariota guruhiga, Dunyo —
uvoqlilar  Muchota,  bo‘lim — Bacteria, sinf Eubacteria, tartib
Eubacteriales ga mansubdir.
Bakteriyalar bir hujayrali xlorofillsiz organizmlar bo‘lib, tayyor
organik moddalar hisobiga geterotrof oziqlanadi. Bakteriyalar orasida
haqiqiy parazitlar aniqlanmagan.

112
Qishloq xo‘jalik ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar
tayoqcha shaklida bo‘lib, tanasining yuzasidagi xivchinlar
vositasida harakat qiladi. Xivchinlar hujayraning oxirgi ikki
uchida joylashadi. Fitopatogen bakteriyalarning o‘lchami, bo‘yiga
0,5—4,5 mkm, eniga 0,3—0,6 mkm ni tashkil qiladi.
Bakteriyalar shakli sharsimon—kokki, tayoqchasimon—
batsilla, vergulsimon—vibron va spiralsimon—spirilla turlariga
bo‘linadi. Bakteriyalar xivchinlari vositasida harakatlanadi (29-
rasm).
29-rasm.Tayoqchasimon bakteriyaning ko‘rinishi.
Bakteriyalar hujayrasidagi sitoplazma ko‘p qavatli po‘st bilan
o‘ralgan bo‘ladi. Ayrim bakteriyalar  hujayra po‘sti shilimshiq bilan
qoplangan bo‘lib, qulay sharoitda shishadi. Shilimshiq modda
bakteriya hujayralarini noqulay sharoitdan, qurib qolishidan, quyosh
nuridan himoya qiladi va patogenlik xususiyatini belgilaydi
(Pseudomonas, Xanthomonas).
Bakteriyalar hujayrasida haqiqiy yadro mavjud emas, u
sitoplazma tarkibida mayda donachalar tarzida uchraydi.
Bakteriyalar hujayra po‘stidagi osmotik bosim bilan oziqlanadi.
Parazitlik bilan hayot kechiruvchi bakteriyalar oqsil, qand
moddalarini hosil qiluvchi fermentlarga ega bo‘ladi. Bunday
fermentlar qatoriga hujayra po‘stini va pektin moddasini

113
parchalovchi protopektinaza, oqsilni parchalovchi proteaza,
kraxmalni parchalovchi amiloza, xlorofil donachalarini
parchalovchi xlorofillaza, o‘tkazuvchi naylarni qoraytiruvchi
tirozinoza kabilar kiradi.
Bakteriyalar o‘simlik to‘qimalariga zararlangan joylar va
ustitsalar vositasida kirib keladi. Ayrim bakteriyalar suv yo‘llari
(karam bakteriozi), po‘sloqdagi chechivichkalar orqali (meva raki)
kirib keladi.
O‘simliklarning bakteriyalar bilan kasallanishi, ekologik sharoit
va o‘simlik holatiga bog‘liq. Ayniqsa, namlik ortiqcha bo‘lgan
sharoitlarda o‘simliklarning kasallanish darajasi yuqori bo‘ladi.
Fitopatogen bakteriyalarning rivojlanishi uchun 20—25 
0
C harorat
normal hisoblanadi. Kasallanish 5—10 
0
C da boshlanib, 33—40
0
C
da tugaydi.
Ayrim fitopatogen bakteriyalar 40 
0
C da nobud bo‘ladi. Barcha
bakteriyalar sun’iy oziqa muhiti kislotali muhiti rh-7,0—8,0
bo‘lgan, kislorodli sharoitda yaxshi rivojlanadi.
8.1. Bakteriyalarning ko‘payishi
Bakteriyalar asosan ikkiga bo‘linib ko‘payadi. Bunda
hujayralar orasida ko‘ndalang to‘siq paydo bo‘lsa, ayrimlarida
kurtaklanib ko‘payadi. Bakteriyalar vegetatsiya davomida
kasallangan o‘simliklardan sog‘lom o‘simliklarga shamol, suv,
hasharot va insonlar vositasida taraqaladi. Ayrim o‘simliklarning
urug‘lari va ko‘chatlari ham infeksiyaning tarqalish manbai
hisoblanadi. Karam poyasi bakteriozi, bodring bargining
burchakli dog‘lanishi, pomidorning bakterial raki, kartoshkaning
halqali chirish kasalliklari, mevali daraxtlarning kuyish
kasalliklari qushlarning tumshuqlari va tirnoqlari vositasida
tarqaladi.
Fitopatogen bakteriyalar tuproqdagi o‘simlik qoldiqlarida uzoq
vaqt saqlanadi. Ularning patogenlik xususiyati saprofit
zamburug‘lar, bakteriyalar, aktinomitsetlar tomonidan barbod
qilinadi. Mevali daraxtlarning ildiz rakini qo‘zg‘atuvchilari tuproqda
bir necha yil hayot kechirishi mumkin. Ko‘pchilik bakteriyalar
qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ining ichkarisida va tashqarisida hayot
kechiradi. Infeksiyaning birlamchi manbai ko‘chatlarda,
tuganaklarda, hasharotlarda saqlanadi.

114
8.2.Bakteriyalar sistematikasi
Bu masalasida olimlar fikr va mulohazalari turlichadir.
Bakteria bo‘limi yadrosiz organizmlar bo‘lganligidan Procaryota
deb ataladi. Bakteriyalar klassifikatsiya qilinayotganda ularning
morfologik, fiziologik, o‘sish xususiyatlari muhim ahamiyatga
ega bo‘lib, shakli, kattaligi, harakati, xivchinlari, spora hosil
qilishi, Gramm rangiga bo‘yalishi, koloniyasining rangi va
o‘lchamiga, oziqa muhitiga bo‘lgan munosabatiga alohida e’tibor
beriladi. Ko‘rsatilgan belgilarga qarab bakteriyalar tartib, oila,
turkum va turlarga bo‘linadi. Hozirgi vaqtda tan olingan
klassifikatsiyalar qatoriga 1974-yilda chop etilgan Berdji
klassifikatsiyasi kiradi. Bu klassifikatsiyaga asosan bakteriyalar
19 ta bo‘limga bo‘lingan.
8.3. Bakteriyalar klassifikatsiyasi
Bakteriyalarni klassifikatsiyaga solishda ularning morfologik va
fiziologik xususiyatlariga, hujayra o‘lchami, shakli, harakati,
xivchinlarning shakli, spora hosil qilishi va Gramm bo‘yicha rang
hosil qilishi e’tiborga olinadi.
Fiziologik xususiyatlaridan: oziq moddalarga munosabati,
modda almashishidan hosil bo‘ladigan moddalar tarkibi (organik
kislotalar, spirt, uglevodlar, gazlar), patogenligi va o‘simliklarga
munosabati ham muhimdir. Bakteriyalarni klassifikatsiyaga
solishda N. A. Krasilnikov (1949), M.V. Tarinkov (1966)
xizmatlari katta. Bakteriyalarning asosiy oilalari va turkumlari
quyidagilardir:
Mycobacteriaceae  oilasi. Bu oilaga Corynebasterium va
Aplanobaterium turkumlari kiradi.
Corynebasterium turkumi vakillari Gramm bo‘yog‘iga ijobiy
munosabatdagi bakteriyalardir. Ular yuksak o‘simliklarning
parenxima va o‘tkazuvchi naylardan iborat to‘qimalarini zararlab
traxeobakterioz kasalligini keltirib chiqaradi.
Soprofit vakillari tuproqda va o‘simlik qoldiqlarida hayot
kechiradi. Bu turkum potogen vakillaridan — C. sepedonicum
Scapt. et Burkh — kartoshka tuganagida halqali chirish
kasalligini keltirib, xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar keltirib
chiqaradi.

115
Pseudomonaceae oilasi. Bu oilaga Pseudomonas va Xanthomonas
turkumlari kiradi. Xanthomonans turkumi sun’iy oziqa muhitida
o‘stirilganda rangli koloniya hosil qiladi. Turkum vakillari o‘simliklar
barglarida dog‘lanish, poyasidagi o‘tkazuvchi naylarni kasallantirish,
rakni keltirib chiqaradi.
Bu turkumning potogen vakillari qatoriga X. heterocea Sav.,-
bargda dog‘lanish X. campestris Dow. — karam poyasi naylari X.
malvacearum Dow. - g‘o‘za gommozini keltirib chiqaradi. Bu kasallik
respublikamiz sharoitida g‘o‘za o‘simligining barcha fazalarida uchrab
katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Bacteriaceae oilasi. Bu oilaga Erwinia  va Pectobacterium
turkumlari kirib, ularning vakillari harakatchan xivchinli, spora
hosil qilmaydi. Bu turkum vakillaridan qishloq xo‘jalik ekinlari
orasida kasallik keltiruvchi turlari qatoriga P. phytophthorum Woldi
(kartoshka qorasoni), E. amylovora Burril (pista, bodomda nekroz
va kuyish) kabilar kiradi.
Bacillaceae oilasi.Oila vakillari harakat qiladigan bakteriyalar
qatoriga kirib, spora hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi. Tuproq
sharoitida soprofit usulida hayot kechirsada, ayrim vakillari o‘simlik
to‘qimasiga kirib kasallik keltirib chiqaradi.
Bacillus turkumiga mansub bakteriyalarning B. mesentericus
Flugge turi makkajo‘xori, pomidor, olxo‘ri, qovoqlarni
kasallantiradi.
Bakteriyalarning keltirib chiqaradigan kasalliklarining
namoyon bo‘lishi ularda mavjud bo‘lgan fermentlar turiga bog‘liq
bo‘ladi. O‘simlik paranxima hujayralari kasallanganda kasallik
nekroz, dog‘lanish, kuyish, chirish tarzida namoyon bo‘ladi.
Dog‘lanish barg paranximasini, meva yuzasini kasallantirganda
ko‘rinadi. Masalan, bodring bargining burchakli dog‘lanishi,
pomidorning qora bakterial dog‘lanishi va gul, yosh barglar,
novdalarning  kuyishi.
Chirish — oziq moddalarga boy tuganaklar, mevalar,
ildizmevalar kasallanishida namoyon bo‘ladi. Bunda bakteriyalar
hosil qilgan fermentlar ta’sirida (pektinaza, protopektinoza)
parenximadagi hujayralarni birlashtirib turuvchi pektin
moddasining parchalanishidan hujayralar bir-biridan ajrab ketadi
va to‘qimalar  yumshoq bo‘lib qoladi.
Chirish kasalligini  keltirib chiqarishda Erwinia aroideae,
E.carotovora  kabi turlar qatnashib, ular karam, sabzi, kartoshka

116
kabi o‘simliklarning ildiz mevalarining saqlanish jarayonida
chirishiga  sabab bo‘ladi.
O ‘ s i m l i k l a r n i n g   p o y a s i d a g i   o ‘ t k a z u v c h i   t o‘q i m a l a r
bakteriyalar bilan kasallanganda so‘lish kelib chiqadi.
So‘lishning kelib chiqishida naylarning bakteriyalar hosil qilgan
sporalar ta’sirida to‘lib qolishi yoki ular hosil qilgan zaharli
moddalarning salbiy ta’siri natijasida vujudga keladi. Bunday
kasalliklarga kartoshkaning halqali chirishi, pomidorning
bakterial rak tufayli so‘lishi, karamning  poya bakteriozi misol
bo‘la oladi.
Bakterioz kasalligi tufayli ayrim to‘qimalarning cheksiz
bo‘linishi natijasida rak kasalligi kelib chiqadi. Rakni mevali
daraxtlarning ildizida,tukli poyasida, qand lavlagining
ildizmevalarida kuzatish mumkin. Ayrim o‘simliklarda bakterial
so‘lish va chirish kasalliklarini  birdaniga  keltirib chiqaradi.
 8.4. Bakterial kasalliklariga qarshi kurash choralari
Bakterioz kasalliklariga qarshi kurashda ularning belgilarini
to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Belgilarni to‘g‘ri bilish
kasallikni keltirib chiqaruvchi turlarning morfologik, fiziologik
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Bakteriyalar bilan
kasallangan o‘simliklarni to‘g‘ri aniqlash uchun kasallangan
a’zolardan mikroskopik analiz amalga oshiriladi. Kasallangan
a’zolarning hujayralari va kasallik qo‘zg‘atuvchi turlarni aniqlash
uchun turli bo‘yoqlardan ham foydalaniladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar ajratib olingandan keyin
ularning sistematikasi, fiziologiyasi va o‘sish xususiyatlari
o‘rganiladi. Bakteriyalarning muhim belgilaridan biri ularning
Gramm bo‘yog‘iga bo‘yalish xususiyati hisoblanadi. Ko‘pchilik
fitopatogen bakteriyalar bu bo‘yoqda yaxshi bo‘yaladi.
Bakterioz  kasalliklariga qarshi kurash  choralarini ishlab
chiqishda ularning saqlanishi va tarqalish manbalarini aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, o‘simlik qoldiqlarini
yo‘qotish, almashlab ekishga amal qilish, sog‘lom ko‘chatlarni
ekish va urug‘ni ekishdan oldin dorilash muhim hisoblanadi. Eng
muhimi, agrotexnik tadbirlardan ekish muddatlari, me’yorini,
o‘g‘it miqdorini, tuproq haroratini va namligini me’yorida saqlash

117
zarur. Vegetatsiya  davomida o‘simliklarda infeksiyaning tarqalishini
chegaralovchi omillardan biri fungitsidlar bilan changlatish,
tuproqdagi fitosanitariya holatini yaxshilash tadbirlarini o‘z vaqtida
o‘tkazish kerak.
 Savollar
Bakterial kasalliklarni o‘rganish tarixini aytib bering.
Bakteriyalarning tuzilishi va zarari haqida nimalarni bilasiz?
Bakteriyalarning tarqalishi va hayot kechirishi sharoiti qanday?
Bakteriyalar qanday usullarda ko‘payadi?
Fitopatogen bakteriyalarning klassifikatsiyasi qanday?
Bakterial kasalliklarning qanday belgilari bor?
Bakteriyalar qanday oila va turkumlarga bo‘linadi?
Bakterial kasalliklarga qarshi qanday kurash choralari qo‘llaniladi?

118
9-BOB.  Zamburug‘larning umumiy tafsiloti
Zamburug‘lar — geteratrof organizmlar ichida eng keng
tarqalgan bo‘lib, ularning turlari  soni 100 mingdan ortiqdir.
Evolutsion taraqqiyot jarayonida zamburug‘larning yangi turlari
hosil bo‘lishi davom etmoqda. Ular o‘simlik va hayvonlarga
o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lib, azot va uglevodlar
almashinishini amalga oshiradi, mitseliysini xitin tashkil qiladi.
O‘simlikka o‘xshashligi ularning shimib oziqlanish va cheksiz
o‘sish xususiyatiga egaligidir. Zamburug‘larning ferment hosil
qilish xususiyati yaxshi rivojlangan bo‘lib, shu tufayli turli
sharoitda o‘sa oladi, ko‘pgina fiziologik aktiv moddalarni ishlab
chiqarish xususiyatiga ega. Jumladan, aminokislotalar, oqsillar,
vitaminlar, fermentlar zamburug‘lar tomonidan faol sintez
qilinadigan moddalar qatoriga kiradi. Bu moddalar biotexnologik
jarayonlarda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda,
meditsinada va qishloq xo‘jaligida keng foydalanilmoqda.
Zamburug‘larning salbiy zarari — qishloq xo‘jalik
o‘simliklarida kasallik keltirib chiqarishida, oziq-ovqat
mahsulotlarining buzilishida, inson va hayvonlar salomatligiga
zararli ta’sirida namoyon bo‘ladi. Zamburug‘lar evolutsiyasi
tabiatda yangi mikrotsenozlarning hosil bo‘lishiga va ularning
yangi parazitlik xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga olib
kelmoqda.
Zamburug‘larni o‘rganadigan fan mikologiya deb nomlanib—
mucos — zamburug‘, logos — fan, ta’limot degan ma’noni
bildiradi va botanikaning bir bo‘limi hisoblanadi. U zamburug‘lar
morfologiyasini, biologiyasini, anatomiyasini, fiziologiyasini,
biokimyosini, ekologiyasini, geografiyasini va ularning tabiatdagi
rolini o‘rganadi. Keyingi yillarda meditsina mikologiyasi va
veterinariya mikologiyasi ham rivojlanmoqda. Achituvchi
z a m b u r u g ‘ l a r d a n   n o n   y o p i s h d a ,   o q s i l g a   b o y   b o ‘ l g a n
shampinionlar va veshinkalardan tanqis taomlar tayyorlashda
foydalanilmoqda.

119
9.1. Zamburug‘lar tuzilishi
Zamburug‘lar xlorofilga ega bo‘lmagan mikroorganizmlardir.
Vegetativ tanasi tuban zamburug‘ vakillarida bir hujayralilari
tallom deb nomlanib (Thallophuta), ko‘p hujayralilarida gifadan
(Mucata) tuzilgan bo‘ladi. Hozirgi zamon tasavvurlari bo‘yicha
zamburug‘lar o‘simlikka o‘xshash cheksiz o‘sish, hujayrada
qutbiylik, hayvonga o‘xshash geterotrof oziqlanish, tarkibida
glikogen hosil qilish va hujayra po‘sti xitin moddasidan
tuzilgandir.
Zamburug‘larning hujayrasi hujayra po‘sti, sitoplazma,
endoplazmatik to‘r, mitoxondriy, ribosoma, vakuola va
yadrodan tuzilgan. Yadrosining tuzilishiga qarab zamburug‘lar
eukariot organizmlarga kiradi. Hujayra po‘sti tashqi va ichki
qavatdan tashkil topgan bo‘lib, qalinligi 0,2 mkm ni tashkil
qiladi. Tashqi membranasi hujayrani himoya qilishga xizmat
qiladi. Hujayraning tarkibini 80—90% polisaxaridlar, oqsil,
polifosfatlar tashkil qiladi. Asosi xitin va sellulozadan iborat
bo‘ladi.
Shuningdek, uning tarkibida 20% gacha gulukuron kislotasi,
mannoza, galaktoza, glukoza ham uchraydi. Hujayra po‘stida xitin,
oqsil va yog‘ ham uchraydi. Masalan, Aspergillis niger
zamburug‘ining hujayra po‘stining tarkibini uglevodlardan glukoza,
mannoza,  arabinoza (73—83%),  geksozamin (9—13%),  li pidlar
2—7%, oqsil 0,5—2,0%, fosfor 0,1% tashkil qiladi. Xitin moddasi
hujayra po‘stining 60% dan ortiq quruq massasini tashkil qiladi.
Hujayra po‘sti ko‘p qavatli bo‘lib, ular fermentlar ta’sirida
parchalanishi mumkin.
9.2. Zamburug‘lar protoplastining tuzilishi
 Hujayra ichidagi suyuqlik qismi protoplast deyilib, bosim
kuchi bilan hujayra devoriga bosib turadi. Unda hujayrada ro‘y
beradigan barcha metobogitik jarayonlar amalga oshadi. Hujayra
po‘stidagi teshikchalar orqali protoplastlar o‘zaro tutashishi
mumkin. Uning tarkibida mitoxondriy, yadro joylashgan
bo‘ladi.
Sitoplazma membranasi hujayra po‘sti va sitoplazma orasida
hosil bo‘ladi. Uning vazifasi hujayraga kirib keladigan va
chiqariladigan moddalarni nazorat qilishdir. Hujayra
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə