Entomologiya va fitopatologiya



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix04.05.2017
ölçüsü3,01 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
sporalar vositasida amalga oshiriladi.
Zigomitsetlar sinfiga Mucor, Rhizopus kabi turkumlarga mansub
saprotrof zamburug‘lar kiradi. Ular turli oziq-ovqat mahsulotlari
va sabzavot ekinlarining mog‘orlashiga sabab bo‘ladi.
9.12. Xaltachali zamburug‘lar — Askomitsetlar sinfi — 
Asco-
mycetes
Ularga 30 ming turdagi zamburug‘lar kiradi. Vakillari
yaxshi rivojlangan hujayralarga bo‘lingan  mitseliy hosil qiladi.
Jinsiy ko‘payish natijasida zigotadan askogen gifa va ulardan
xaltacha hosil bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish konidiylar vositasida
amalga oshib, ular har xil shakldagi xaltachaning ichida
yetiladi.

132
Xaltachalar shakliga ko‘ra har xil meva tanachalarda hosil bo‘lib,
uni kleystotetsiya deyiladi. U dumaloq shaklida bo‘lib, ichida
koniydilar tartibsiz ravishda joylashadi. Peritetsiya — yarim yopiq
meva tanalarning uchi ochilgan bo‘lib, uning ichida xaltachalar
hosil bo‘ladi. Apotetsiya — ochiq mevatana bo‘lib, unda xaltachalar
joylashadi. Xaltacha zamburug‘larning jinsiy organi bo‘lib, unda
sporalar yetiladi. Xaltachalarning hosil bo‘lishiga qarab bu
zamburug‘lar 3 ta sinfga bo‘linadi:
I kenja sinf Ochiq xaltachalilar — Hemiascomycetidae
xaltachalar mitseliyda hosil bo‘ladi.
II kenja sinf Euaskomitsetlar — Euascomycetidae — xaltachalar
kleytotetsiyada, peritetsiyada, apotetsiyada hosil bo‘ladi.
III kenja sinf Loculoascomyctidae — xaltachalar askostromada
hosil bo‘ladi.
Ochiq xaltachalilar kenja sinfi — 
Hemiascomycetidae.
Endomitsetlar — Endomycetales tartibi vakillari oziq-ovqat
sanoatida keng qo‘llaniladigan achitqi zamburug‘laridir.
Tafrinlilar — Taphrinales tartibiga 100 dan ortiq turlar kirib,
ularning vakillari haqiqiy parazitlardir. Bu oila vakillari bargning
maydalashuviga, mevaning karmashkasiga sabab bo‘lib, xaltachalari
kutikula qavatining ostida hosil bo‘ladi.
Euaskomitsetlar kenja sinfi — 
Euascomycetidae.
Bu kenja sinf vakillari xaltachali zamburug‘lar hisoblanadi. Ular
kleystotetsiy,  peritetsiy va apotetsiy ti pidagi meva tanalarni hosil
qiladi. Bu kenja sinfga plektomitsetlar, pirenomitsetlar va
diskomitsetlar tartiblari kiradi.
Plektomitsetlarning tabiatda keng tarqalgan vakillariga Penicil-
lium, Aspergillus turkumlari kiradi. Ular sklerotsiy va konidiyalar
hosil qilib ko‘payadilar. Bu turkum vakillari saprotrof zamburug‘lar
qatoriga kirib, mevalarning chirishiga sabab bo‘ladi va meditsinada
antibiotiklar olishda foydalaniladi.
Pirenomitsetlarning kleystotetsiysi dog‘ hosil qiladi. Ular turli
qishloq xo‘jalik ekinlari va daraxtlarda kasalliklar keltirib chiqaradi.
Qishloq xo‘jaligiga kuchli zarar keltiradigan vakillariga Erizifalar—
Erysiphales — un shudring zamburug‘i misol bo‘ladi.
Zamburug‘ mitseliysi o‘simlik bargining orqa tamonida oqish
rangdagi mog‘or shaklida bo‘ladi, pufakka o‘xshash un sepilganday
ko‘rinadi. Meva tanasi kleytotetsiya shaklida bo‘lib, sharsimon
dumaloq 2 — 8 ta xaltacha hosil qiladi.

133
Bu oila vakillari madaniy va yovvoyi o‘simliklarda parazitlik qiladi.
Erta bahorda konidiya hosil qilib ko‘paysa, yoz oxirida kleystotetsiya
hosil qiladi. Kleystotetsiya tuproqqa tushib, qishlaydi va undagi
xaltachalarda spora hosil qiladi.
Turlari  Erysiphe communis — oddiy erezifa, E.graminis —
boshoqdoshlar — erizifasi, Uncinula nesator — uzum untsinulasi.
Yassi xaltachalilar — Loculoascomycetidea kenja sinfi vakillarining
xaltachalari askostromada hosil bo‘ladi. Bu kenja sinf vakillari orasida
olma va nokda kalmaraz kasalligini keltirib chiqaruvchi Venturia
inaequalis zamburug‘i keng tarqalgan. Zamburug‘ning
askostromalari kuzda tushgan barg qoldiqlarida qishlab, erta bahorda
xaltachada yetilgan sporalar yosh barglarni, g‘unchalarni, yosh
novdalarni kasallantiradi.
9.13. Bazidiomitsetlar sinfi 
— Basidromyctes
Bu sinf vakillari muhim amaliy ahamiyatga ega zamburug‘lar
bo‘lib, ular qatoriga qalpoqchali iste’mol qilinadigan va zaharlovchi,
yog‘ochlarni chirituvchi va qishloq xo‘jalik ekinlarida kasallik
qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lardan qorakuya va zang zamburug‘lari
kiradi.
Bu sinf vakillarining xarakterli xususiyati meva tanasida 4 ta
sporani bazidiosporada hosil qilishdir. Takomillashmagan
vakillarida esa bazidiosporalar gimennal qavatida hosil bo‘ladi.
Bazidilar bir hujayrali-xlobozdiyali, to‘siqchali-fragmobazidiyali
va getero-bazidiyali turlarga bo‘linadi. Bazidiylar yaxshi
ifodalangan sterigmalarda hosil bo‘ladi. Mitseliysi yaxshi
rivojlangan,  bazidiylar  bir  hujayrali,  sharsimon,  elli psimon
shaklda, mitseliysi ikkita yadroli bo‘ladi. Bozidiomitsetlarga 30
ming turdagi zamburug‘lar kirib, ular quyidagi sinflarga
bo‘linadi.
Xolobozidiomitsetlar — Holobasidiomycetidae
Geterobozidiomitsetlar  — Heterobasidiomycetidae
Teliosporomitsetlar — Teliosporomycetidae
Bu zamburug‘ vakillari uchun takomillashgan meva tana
hosil bo‘lmaydi. Bazidiomitsetlarning meva tanasi mitseliylar
yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu tanalar daraxtga yopishib tursa,
ikkinchi tomoni bilan bazidiosparalarni hosil qiladi (turtovik).
Bazidiomitsetlarning yuksak vakillarida meva tanalar qalpoqcha

134
va oyoqcha shaklida hosil bo‘ladi. Meva tana hosil qilishiga qarab
bazidiomitsetlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Gimnokarpiy — spora hosil bo‘lishidan yetilishigacha ochiq
gimenal qavat hosil qiladi.
2. Gemioangiokarpli — gimenal qavati dastlab yopiq, keyin
ochiladigan bo‘ladi.
3. Psevdoangikarpli — gimenal qavati dastlab  ochiq, keyin
yopiladi.
4. Angiokarpli gimenal qavati yopiq bo‘lib, spora yetilgandan
keyin ochiladi.
Bazidiomitsetlar qalpoqchasining ustki qismi tekis, g‘adir-
budur, qo‘ng‘iroqsimon, silindrsimon, sharsimon, porabolitik,
tekis shaklda bo‘lib, o‘lchami 5—10–20—60 sm bo‘ladi.
Qalpoqchaning usti tekis, yaltiroq, quruq, namlangan, g‘adur-
budur, baxmalsimon, to‘lqinsimon bo‘ladi. Ko‘pchilik
bazidiomitsetlar qalpoqchasining usti kutikula bilan qoplangan
bo‘lib, u zamburug‘ mitseliysidan  tashkil topgan bo‘ladi.
Kutikula  ostida subkutikula qavati va qalpoqchaning mag‘izi
joylashadi.
Qalpoqchaga perpendikular holatda oyoqcha joylashadi.
Oyoqcha qalpoqchaning markazida bir tomonida yoki chetida
joylashishi mumkin. Qalpoqchada ko‘p miqdorda bazidiyalar
hosil bo‘lib, ular turli shaklda bo‘ladi. Bazidiyada 4 ta bazidiospora
hosil bo‘ladi. Bazidiosporalar rangi, o‘lchami va shakli  bo‘yicha
har xil  bo‘ladi. Bazidiomitsetlar sinfi quyidagi kenja sinflarga
b o ‘ l i n a d i :   H o l o b a z i d i o m i t s e t l a r ,   g e t e r o b a z i d i a l l a r ,
teleosporomitsetlar.
Teliosporomitsetlar meva tana hosil qilmaydi. Bazidiyasi
teleosporalar shaklida hosil bo‘ladi. Bu kenja sinf vakillari parazitlik
bilan hayot kechiradi va quyidagi 2 ta tartibga bo‘linadi:
1-tartib. Qorakuyalar — Ustilaginales.
2-tartib. Zanglar — Uredinales.
Tartib Qorakuyalar — 
Ustilaginales.
Qorakuya zamburug‘larining 900 dan ortiq  turi o‘simliklarda
kasallik keltirib chiqaradi. Bu zamburug‘lar mitseliysining hosil
bo‘lishiga  qarab  gaploid va   di ploid  turlarga   bo‘linadi.   Zamburug‘
mitseliysi  o‘simlik ildizida, poyasida, mevasida parazitlik qiladi.
Sporalar o‘rniga xlamidosporalar hosil qiladi. Ular o‘lchami
4—30 mkm  kattalikda bo‘lib, don ichida  8—10 mln dona

135
spora hosil qiladi. Sporalar hosil bo‘lgandan unishi yoki 7—8
yil davomida tuproqda saqlanishi mumkin.
Qulay sharoit bo‘lganda sporaning o‘sishidan bazidiya hosil
bo‘lib, undan bittadan baziodiosporalar yetiladi. Respublikamiz
sharoitida qorakuya kasalligi g‘alla ekinlariga katta iqtisodiy zarar
yetkazadi. Bu kasallik bilan kasallangan bug‘doy, arpa, begona
o‘tlardan ajriq va bag‘doyiqlarning hosildorligi keskin kamayib,
mahsulot sifati yomonlashadi.
Tartib  Zanglar -
 Uredinales.
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari: Basidiomycetes — Bazidiomitsetlar
sinfi,  Uredinales — Zang zamburug‘lari tartibi Puccinia  —
Putsiniyalar turkumi Puccinia graminis Pers. f. tritici Eriks. Et
Henn.— bug‘doyning chiziqli zang turi.
Bu zamburug‘larga 7 ming turdagi vakillar kirib, ular ikki
xo‘jayinli — bug‘doy va zirkda tekinxo‘rlik bilan hayot
kechiruvchi parazitlardir. Ular bahorgi, yozgi, qishgi taraqqiyot
j a r a y o n i g a   e g a   b o ‘ l i b ,   s p e r m a t s i y l a r ,   e t s i d i o s p o r a l a r ,
urediniosporalar, teliosporalar, bazidiosporalar shaklidagi
sporalarni hosil qiladi.
Kasallangan o‘simliklarda yostiqchalarni hosil qiladi. Yozgi
yostiqchalar — uredosporalar bug‘doyning vegetatsiyasi
davomida bir necha nasl berib, bir hujayrali sariq, qizg‘ishsariq
yoki qizil rangda bo‘ladi.
Qishgi yostiqchalar o‘simlik poyasida, bargida, barg
qo‘ltig‘ida yoz faslining oxirida hosil bo‘lgan teliosporalar
zamburug‘ning qishda saqlanishi uchun xizmat qiladi.
Teliosporalar bahor faslida unib, to‘rttadan bazidiosporaga ega
bo‘lgan bazidiyaga aylanadi. Bazidiosporalar oraliq xo‘jayin —
zirkni kasallantirib, bargning yuza qismida spermatsiyali
spermogoniyni, bargning ostki yuzasida etsidiylar yetiladigan
etsiosporani hosil qiladi.
Zamburug‘ning meva tanalari o‘simlik epidermisi ostida
joylashgan di ploid mitseliydan hosil bo‘lgan teleytosporadan yetiladi.
Zamburug‘ning hayotiy sikli 5 ta bosqichda o‘tadi: bahorda — 0-
spermogoniy va I etsidiy bosqichi, yozda — II uredo bosqichi,
qishda — III teleyto bosqichi va nihoyat, IV-bazidiosporalardagi
bazidiyning hosil bo‘lishi.
Bir xo‘jayinli parazitlarga Melampspora Lini Desm — kanop
zangi misol bo‘ladi. Hayot jarayoni ikkita o‘simlikda o‘tadigan turlarga

136
Puccinia  graminis Pers misol bo‘lib, 0 va I bosqich qandim
o‘simligida, II, III, IV bosqichlar g‘alla donli ekinlar va begona
o‘tlarda o‘tadi.
Uredinales tartibi Pucciniaceae va Melampsporaceae  oilalariga
bo‘linadi.
Pucciniaceae  oilasi vakillarining telitosporalari bir hujayrali,
ikki va ko‘p hujayrali, oyoqchada joylashgan bo‘lib, g‘alladonli
ekinlarni kasallantiradi. Teleysporalar morfologik xususiyatiga ko‘ra
Uromyces, Puccinia, Gymnosporangium, Phagmidium  turkumlariga
bo‘linadi.
Melampsoraceae oilasi vakillari parazit bo‘lib paporatniklar,
nina barglilar va ikki uyli o‘simliklarni kasallantiradi. Bu oilaga
Melampsora, Cronartium, Coleosporium turkumlari kiradi.
9.14. Deyteromitsitlar yoki takomillashmagan zamburug‘lar
sinfi – 
Deuteromycetes
Bu zamburug‘lar ko‘p hujayrali mitseliyga ega bo‘lib, gaploid
bosqichidan keyin rivojlanadi. Jinssiz ko‘payish natijasida hosil
bo‘lgan konidiyalar vositasida tabiatda tarqaladi va tuproqda
saqlanadi. Takomillashmagan zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi
xaltachali, bazidiyali yo‘l bilan bo‘lsa-da, ular tabiatda hayot
davomida kam kuzatiladigan jarayon hisoblanadi. Bu
zamburug‘larning ayrim vakillari spora hosil qilmasdan, faqat steril
mitseliy hisobiga ham ko‘payadi.
Takomillashmagan zamburug‘lar qishloq xo‘jalik ekinlarida
turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kasallangan
o‘simliklarda chirish, dog‘lanish, so‘lish belgilari namoyon
bo‘ladi.
Zamburug‘larning konidiyalari hosil bo‘lishi, tuzilishi va
o‘lchamiga ko‘ra har xil bo‘lib, ular tarqalishida, o‘simliklarni
kasallantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Konidiyalar hosil qilish
usuliga ko‘ra takomillashmagan zamburug‘lar quyidagi uchta
t a r t i b g a   b o ‘ l i n a d i :   g i f o m i t s e t l a r ,   m e l a n k o n l i l a r   v a
peknidiyalilar.
Gifomitsetlar tartibi - Hyphomycetales. Gifomitsetlarning
konidiya hosil bo‘lishi kasallantirilgan o‘simlik organlarining
tashqarisiga chiqqan mitselial stromada yoki mog‘orda hosil bo‘ladi.
Konidiya bandlari qisqa yoki uzun, oddiy yoki shoxlangan, bir

137
hujayrali,  ko‘p  hujayrali,  ovalsimon,  elli pissimon,  i psimon,
rangsiz yoki rangli bo‘ladi. Gifomitsetlar tabiatda, tuproqda, suvda,
havoda keng tarqalgan bo‘lib, turli qishloq xo‘jalik o‘simliklarida
kasalliklar  keltirib chiqaradi.
Botrytis turkumi vakillari shoxlangan konidiya bandlari hosil
qilib, konidiyasi bir hujayrali, dumaloq, konidiya  bandi oxirida
boshcha hosil qiladi. Botrytis  turkumi vakillaridan B. cinerea va B.allii
turlari karam, sabzi, uzum, qulupnayda qo‘ng‘ir chirish kasalligini
keltirib chiqaradi.
Verticillium turkumi vakillari mutovkasimon, shoxlangan,
konidiya bandlarini hosil qilib,  kopidiyasi bir  hujayrali,  elli pssimon,
rangsiz, keyinchalik jigarrangda bo‘ladi. Bu turkum vakillari 400
dan ortiq turdagi o‘simliklarda  so‘lish kasalligini  keltirib  chiqaradi
(6, 8).
Fusarium   turkumining tabiatda 29 ta tur, 27 ta tur xillari
mavjud bo‘lib,  konidiyalari elli pssimon,  o‘roqsimon,
limonsimon shakldagi makro va mikrokonidiyalar  hosil qiladi.
Konidiyalar  ko‘p hujayrali, rangsiz, 3 — 5 — 8 ta to‘siqchali
bo‘ladi. Bu turkum vakillari Respublikamiz sharoitida 57 ta turdagi
madaniy o‘simliklar va begona o‘tlarda fuzarioz kasalligini keltirib
chiqaradi.
Cladosporium  turkumi vakillarining konidiya bandlari kam
shoxlangan, rangli, to‘siqchali, konidiyalari bir hujayrali, bir
to‘siqchalidir. Cl. fulvum  pomidor bargida  qo‘ng‘ir  dog‘lanish,
Cl. cucumerinum bodring bargida qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligini
keltirib chiqaradi.
Alternaria   turkumi  vakillari  konidiya bandlari oddiy yoki
noto‘g‘ri shoxlangan bo‘lib, unda konidiyalar, bittadan yoki to‘p
bo‘lib joylashadi. Konidiyasining shakli to‘g‘nog‘ichsimon, teskari
to‘g‘nog‘ichsimon, tuxumsimon shaklda bo‘lib, ko‘ndalang
to‘siqchalar hosil qiladi. Alternaria  brassicae  karam urug‘ining
qora dog‘lanishi, A.radicina sabzining  qora chirish  kasalligini
keltirib chiqaradi.
 Savollar
Zamburug‘lar viruslar va bakteriyalardan nima bilan farq qiladi?
Mikologiya fanining rivojlanish tarixini aytib bering.
Zamburug‘larning tuzilishi qanday?
Zamburug‘larning protoplastining tuzilishi qanday?

138
Zamburug‘lar morfologik tuzilishining harakteristikasi va o‘rganish tarixi
bosqichlarini aytib bering.
Zamburug‘larning ko‘payish turlari qanday?
Zamburug‘lar vegetativ usulda qanday ko‘payadi?
Zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi qanday bo‘ladi?
Zamburug‘larning jinssiz ko‘payishi qanday bo‘ladi?
Zamburug‘larning oziqlanish turlarini ayting.
Zamburug‘larning hayoti va ixtisoslashuvi qanday?
Zamburug‘larning klassifikatsiyasi qanday?
Oomitsetlar sinfining asosiy xususiyatlari, vakillari va zarari qanday?
Zigomitsetlar sinfining asosiy xususiyatlari, vakillari va zararini ta’riflab
bering.
Askomitsetlar sinfining asosiy xususiyatlari, vakillari va zararini ta’riflab
bering.
Bazidiomitsetlar sinfining asosiy xususiyatlari, vakillari va zararini
ta’riflab bering?
Deyteromitsetlar sifining asosiy xususiyatlari, vakillari va zarari qanday?

139
10-BOB. O‘simlik va kasallik qo‘zg‘atuvchilar orasidagi
o‘zaro munosabatlar
O‘simliklardagi barcha irsiy belgilar, jumladan, kasalliklarga
chidamlilik xususiyatlari genlar vositasida nazorat qilinishini
Bifferen (1917) birinchi bo‘lib aytgan edi. Shu asosda Amerika
fitopatologi Stekmen tomonidan zamburug‘ turli
populatsiyalarining g‘alla ekinlari turlarida va novlarida parazitlik
qilish xususiyatini aniqlagan.
Natijada zamburug‘larning yangi rassalarning hosil bo‘lishi
bilan o‘simlik chidamliligini yo‘qolish qonuni aniqlandi va
o‘simliklarning immunitet xususiyatlarini genetik o‘rganishlarsiz
aniqlash mumkin emasligi aniqlandi.
O‘simlik kasallik qo‘zg‘atuvchisi orasidagi munosabatning
namoyon bo‘lishida kasallikka chidamlilik va beriluvchanlik
hususiyatida potogen bilan o‘simlik orasida vujudga keladigan
munosabatlar bilan birga ekologik sharoit ham asosiy rol o‘ynaydi.
Bu borada evolutsion jarayonda vujudga kelgan munosabatlarni
aniqlay bilish muhimdir.
Seleksiya ishini amalga oshirishda seleksioner olimlar yuksak
o‘simliklar bilan, patogen mikroorganizmlarning patogenlik
xususiyatining evolutsiyasini ham nazarda tutishi zarur.
Tuproqdagi mikroorganizmlar populatsiyasining tarkib
topishida ularning biologik va fiziologik xususiyatlari muhim rol
o‘ynaydi.
Bir xil taksonomik birlikka mansub o‘simlik morfologik
xususiyatlariga qarab bir turga birlashtirilsada, ular biologik
xususiyatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladigan sof
liniyalarni hosil qiladi. Masalan, Eriksson (1894) morfologik
bir xil bo‘lgan zang zamburug‘ining (Pucciniaceae)  bug‘doy
va arpaga nisbatan 6 ta maxsus forma hosil qilishini aniqlagan.
Bu maxsus formalar o‘z navbatida fiziologik rassalarni hosil
qiladi. Bu rassalar sof liniyalarni hosil qiladi. Sof liniyalar yuksak
va tuban o‘simliklarning barchasida mavjuddir. Mikro-
organizmlarda sof liniyalar monosporali kulturalar olish yo‘li

140
bilan hosil qilinadi. Mikroorganizmlarda esa bir hujayrali
kultura—bioti plar  deyiladi. Har  qanday bioti pda  bitta
hujayradan yoki bitta sporadan hosil bo‘lgan mikroorganizmlar
guruhi tushuniladi. Tabiatda   o‘simlik   bioti plari  mikroorganizm
bioti plari bilan birga  hayot  kechiradi.  Seleksioner   olimlar   toza
bioti p  o‘simlik   bilan ishlasa-da,  toza   bioti p   mikroorganizm
bilan ishlash imkoni bo‘lavermaydi. Ayrim haqiqiy parazitlar
sun’iy oziqa muhitida o‘smaganligidan ularning fiziologik
rassalari pustulalardagi sporalardan olinib, ularni genetik bir
xil deb tushuniladi.
O‘simlik va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarning turlar
orasidagi munosabatlarining evolutsion takomillashib borishi:
O‘simlik
Patogen
Populatsiya
Populatsiya
Turlar
Turlar
Populatsiya
Populatsiya
Tur xillari
Tur xillari
Populatsiya
Ixtisoslashgan forma
Bioti plar
Bioti plar
Nav
Fiziologik rassa
Genetik sof liniya
Genetik sof liniya
O‘simliklarning kasal-
liklari qishloq xo‘jaligining
rivojlanishida  asosiy zarar
keltiruvchi manba hisobla-
nadi. Kasallikning keng
t a r q a l i s h i d a   k o ‘ p i n c h a
e k o l o g i k   s h a r o i t ,   q u l a y
iqlim, radiatsiya miqdori va
m i k r o o r g a n i z m l a r n i n g
fiziologik xususiyatlari asosiy
rol o‘ynaydi. Evolutsiya
j a r a y o n i d a   u z o q   d a v r
mobaynida hosil bo‘lgan
tabiiy sharoit patogen turlar
miqdorining ortib borishiga
sabab bo‘ladi. O‘simliklar
34-rasm. 
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida
Pullularia pullulans zamburug‘i
mutantlarining hosil bo‘lishi. Yuqoridan
chapga shtammning dastlabki koloniyasi.

141
kasalikka beriluvchan bo‘lsa, tuproqdagi patogen zamburug‘lar
miqdori ortib ketadi, o‘simlik kasallikka chidamli bo‘lsa, kasallik
qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar miqdori kamayib ketadi.
Masalan, Respublika sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali navlarini
vertitsillium zamburug‘i to‘liq kasallantirish xususiyatiga ega
bo‘lgan. Ekin dalalarida bir xil navni bir joyda muntazam
yetishtirish ham shunday salbiy oqibatlarga olib keladi. Natijada
tuproqda patogen turdagi zamburug‘larning agressiv namunalari
to‘plana boshlaydi.
35-rasm. 
Alternaria solani zamburug‘i morfologik xususiyatlarining
o‘zgarishi.
Tabiatda esa yovvoyi o‘simliklar biotsenozida ma’lum turdagi
mikroorganizmlar tarqalishiga to‘liq sharoit yaratilgan
bo‘lmaydi.  Natijada kasallik tarqalishi va agressivligi doimo
chegaralanib  boradi. Masalan, kauchukli geveya o‘simligi
Amerikaning tabiiy sharoitidagi changalzorlarda Dothidiella ulie
zamburug‘i bilan kam kasallangan, Amerikadagi madaniy
ekinzorlarda doimiy ekilgan dalalarda kasallik barcha o‘simliklarni
to‘liq kasallantirgan.
Ximel o‘simligida 1901-yilda soxta un shudring kasalligi
aniqlangan. Bu kasallik 1920-yilda Yaponiyadan Angliyaga olib
kelingan, undan Yevropaga va MDH davlatlariga tarqalib ketgan
soxta un shudring kasalligining iqtisodiy zarari yildan yilga ortib
bormoqda.

142
Uzumda uchraydigan un shudring zamburug‘i kasalligining
qo‘zg‘atuvchisi 1845-yilda Shimoliy Amerikadan Angliyaga ko‘chat
bilan kelib, keyinchalik butun ekinlarni un shudring kasalligi tufayli
qurib qolishiga sabab bo‘lgan.
Respublikamiz sharotida g‘o‘zada uchraydigan fuzarioz kasalligi
tut, mevali daraxtlarni, poliz ekinlarini, rezovor mevalarni va boshqa
o‘simliklarni kasallantirmoqda.
N.I. Vavilov fikricha, o‘simliklarning kelib chiqish markazlarida
uchraydigan kasalliklari uni keltirib chiqaruvchi parazitlarning ham
kelib chiqish markazlari hisoblanadi. Masalan, bug‘doyda
uchraydigan poyaning qo‘ng‘ir va sariq zang kasalligiga bug‘doyning
Triticum dicocum  turi chidamli bo‘lganligi sababli yangi nav
yaratishda ulardan seleksiya ishlarida foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Kartoshkada uchraydigan fitoftora (Phytophthora infestans)
kasalligi Meksika va Gvatemalada oospora hosil qilish tufayli bu
joylarda jinsiy yo‘l bilan keng tarqaladi. Meksikada yovvoyi kartoshka
bilan kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlar orasida tabiiy muvozanat
tashkil topgan, shuning uchun bu navlardan seleksiya ishida
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘simliklardagi bunday xususiyatlarni o‘rganish asosida
Respublikamizda meva navlarini yaratishda yovvoyi navlarni madaniy
navlar bilan chatishtirilib, yangi navlar hosil qilish muhim ilmiy
va amaliy ahamiyatga ega.
Tabiatda    uchraydigan  mikroorganizmlar   bioti plarida
agressivlik va virulentlik xususiyati bilan keskin farq qiladigan turlar
mavjud. Har xil turdagi o‘simliklarni chatishtirish jarayonida ona
o‘simlik xususiyatlari yangi navga o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.
Masalan, bug‘doy va suli chatishtirilganda agressiv turning
xususiyati chidamli navda ustunlik qilsa, virulentlik xususiyati unda
passivlikni keltirib chiqaradi.
Virulentlik xususiyati zamburug‘ning moslasha bilish xususiyatiga
sabab bo‘ladi. U qancha miqdorda navni kasallantirishini bilish
imkonini beradi. Bu xususiyat zamburug‘ geni — yadro elementi
bilan bog‘liq bo‘lib, o‘simlik chidamliligi va patogen verulentligiga
bog‘liq hisoblanadi.
Har qanday o‘simlikning kasallikka chidamlilik darajasi kasallik
qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning verulentlik darajasiga uzviy bog‘liqdir.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə