Entomologiya va fitopatologiya



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix04.05.2017
ölçüsü3,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
uchraydi yoki umuman uchramaydi. Masalan, o‘simlik bitlari yoz
davomida partenogenetik (tuxumlari urug‘lanmasdan) usulda tirik
tug‘ib ko‘payadi. Kech kuzda kunlar soviy boshlagach, erkak
individlar paydo bo‘ladi va urg‘ochilarini urug‘lantiradi.
Hasharotlarda tuxum urg‘ochisining tuxum yo‘lida urug‘lanadi.
Hasharotlarning tuxumlari turli ko‘rinishga ega va tuxumlarini turli
joylarga qo‘yadi (15-rasm). Urg‘ochi hasharotlar urug‘langach, turiga
bog‘liq holda turli sonda tuxum qo‘yadi. Masalan, uy pashshasi
hayoti davomida 600 ta, asalari kuniga mingtadan ortiq va hayoti
davomida 1,5 millionga yaqin, termitlar kuniga 30 mingdan va umri
davomida 10 millionga yaqin tuxum qo‘yadi.
Hasharotlarning yashash davri ham turlicha bo‘lib, bir necha
kundan  boshlab ayrim turlarida bir necha yilgacha davom etadi.
Ba’zi hasharotlar bir yilda bir necha marta avlod berib rivojlansa
(o‘simlik bitlari 10 dan ortiq, olma qurti 3 marta), ba’zi hasharotlar
bir necha yilda (buzoqboshi uch yilda) bir marta avlod beradi.
Tuxumdan chiqqan lichinkaning voyaga yetguncha rivojlanishiga
ko‘ra hasharotlar to‘liq va chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi
guruhlarga bo‘linadi.
Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar tuxum, lichinka
va voyaga yetgan hasharot  bosqichlarida rivojlanadi. To‘liq o‘zgarish
bilan rivojlanuvchi hasharotlar esa tuxum, lichinka, g‘umbak va
voyaga yetgan hasharot bosqichlarida rivojlanadi.

31
Chala rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkasi tashqi ko‘rinishi
jihatidan voyaga yetgan bosqichiga o‘xshaydi (16-rasm). Faqat
kichikligi, jinsiy yetilmaganligi va qanotlari to‘la taraqqiy etmaganligi
bilan yetuk bosqichidan farq qiladi. Chala o‘zgarish bilan
rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkalari to‘rt marta po‘st tashlaydi
va besh yoshni o‘tab voyaga yetadi. Har bir po‘st tashlash oralig‘i
15-rasm. 
Hasharot tuxumlari.
A—tuxum ti plari: 1—tunlam kapalakniki; 2—barg burgachasiniki;
3—qandalaniki; 4—karam pashshasiniki; 5—oq kapalakniki; 6—bargxo‘r
qo‘ng‘izniki; 7—chigirtkaniki; 8—chigirtka tuxumi, xorion parchasining katta
qilib olingan qismining ko‘rinishi; 9—pashsha tuxumining tuzilishi:
(a—mikropili; b—xorioni; d—sariqlik parda; e—yadro; f—sariqligi;
g—qutb tangachalari). B—tuxum to‘plamlarining ochiq holda qo‘yilishi: 1—
zararli xasvaniki; 2—karam oq kapalaginiki; 3—sholg‘om oq kapalaginiki;
4—karam tunlaminiki; 5—karam bargxo‘riniki; 6—halqa li pakchisiniki.
V—tuxum to‘plamlarining yopiq holda ko‘rinishi: 1—tengsiz kapalaginiki
(tuklari bilan qoplangan); 2—suvarakniki (kapsulada); 3—olcha arrakashiniki;
(o‘simlik to‘qimasining ichida).  G—chigirtkalarning ko‘zacha xillari: 1—cho‘l
chigirtkasiniki; 2—voha chigirtkasiniki; 3—marokash chigirtkasiniki;
4—ko‘chmanchi chigirtkaniki.

32
bir yosh hisoblanadi. Ninachi, qandala, suvarak va chigirtka kabi
hasharotlar chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarga misol
bo‘ladi.
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkasi
tashqi ko‘rinishi jihatidan voyaga yetgan bosqichiga o‘xshamaydi
(16-rasm).
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkalari
tashqi ko‘rinishi, yashash sharoiti, oziqlanishi, og‘iz tuzilishi,
qanoti va murakkab ko‘zlarining bo‘lmasligi bilan voyaga yetgan
bosqichidan tubdan farq qiladi. Ayrim hasharotlarning lichinkalari
4 — 5 marta po‘st tashlasa, ba’zi bir turlari 20 — 30 martagacha
po‘st tashlaydi. Har bir po‘st tashlash oralig‘i bir yosh hisoblanadi.
Hasharotlar po‘st tashlash vaqtida yashab turgan muhitidagi biror
narsaga yopishadi va bu davrda umuman oziqlanmaydi. Qo‘ng‘iz,
kapalak, chumoli, burga kabi hasharotlar to‘liq o‘zgarish bilan
rivojlanuvchi hasharotlarga misol bo‘ladi. To‘liq o‘zgarish bilan
rivojlanuvchi hasharotlarning lichinkalari bir necha marta po‘st
16-rasm. 
Hasharotlarning lichinka  ti plari.
I—chala  o‘zgarish  bilan rivojlanuvchi hasharotlarning lichinka   ti plari:
1—to‘g‘ri qanotlilar (buzoqboshi); 2—qandalalar (zararli xasva); 3—teng
qanotlilar (shiralar). II—to‘liq o‘zgarib rivojlanuvchi hasharotlarning lichinka
ti plari; chuvalchangsimon lichinkalari (1—don qo‘ng‘izi,  2—gessin
pashshasi; 3—lavlagi uzunburun qo‘ng‘izi). Qurtsimon lichinkalar (4—karam
kuyasi,
5—undov arrakashining soxta qurti). Kampodesimon lichinkalar (6—don
vizilldog‘i, 7—oltinko‘z).

33
tashlagach, g‘umbak bosqichiga o‘tadi. Hasharotlar g‘umbak
bosqichida oziqlanmaydi. G‘umbaklar tuzilishiga ko‘ra uch guruhga
bo‘linadi: 1. Erkin yoki ochiq g‘umbak. Mazkur  g‘umbakda qanot
va oyoqlari tanaga ji ps tegib turadi,  lekin yopishmaydi. 2. Yopiq
g‘umbak — bunda mo‘ylov, oyoq va qanotlar tanaga yopishib turadi.
Ularni tanadan ajratib bo‘lmaydi. Oyoq va qanotlari qotib qolgan
po‘stdan ko‘rinib turadi. 3. Soxta  g‘umbak — g‘umbakda oyoq va
qanotlar aniq ko‘rinmaydi (17-rasm). G‘umbakdan voyaga yetgan
hasharot shakllanib chiqadi.
17-rasm. 
G‘umbak   ti plari.
1—erkin yoki ochiq g‘umbak (qo‘ng‘izlarda); 2—yopiq g‘umbak
(kapalaklarda); 3—soxta g‘umbak (pashshalarda); 4—pillali g‘umbak (karam
kuyasida).
 Savollar
Hasharotlarda erkak va urg‘ochi individlari qaysi belgilari bilan farqlanadi?
Hasharotlarda spermatozoid va tuxum hujayralar qayerda yetiladi?
Tuxumdan chiqqan lichinkaning rivojlanishiga ko‘ra hasharotlar qan-
day guruhlarga bo‘linadi?
Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar qaysi bosqichlarda
rivojlanadi?
5.1. Hasharotlarning ekologiyasi
Ekologiya — yunoncha so‘z bo‘lib (“eykos” — yashash joyi,
“logos” — fan so‘zlaridan olingan), organizmlarning yashash
muhiti va o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi fandir. Ekologiya

34
tushunchasini fanga 1866-yilda nemis olimi E. Gekkel kiritgan.
Ekologiya fanining asosiy vazifalariga tirik organizmlarning atrof-
muhit turli omillari bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish,
organizmlar yashab turgan muhitiga ta’sirini aniqlash va shularga
asoslanib,  qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurash
usullarini ishlab chiqish kabi muammolarni hal etish kiradi.
Ma’lum muhitda yashayotgan tirik organizmlar yig‘indisi
ekosistemani (ekologik jamoani) tashkil etadi. Ekologik jamoa
tushunchasi ilmiy adabiyotlardagi biotsenoz   tushunchasi bilan bir
xil ma’noga ega.
Atrof muhitning tirik organizmlarga ko‘rsatadigan tarkibiy
qismlari  ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar uch guruhga
bo‘linadi: 1. Abiotik. 2. Biotik. 3. Antropogen.
Abiotik omillarga — harorat, yorug‘lik, namlik, tuproq relefi
kabi jonsiz tabiatning omillari kiradi.
Biotik omillarga — tirik organizmlarning o‘zaro bir-biriga  va
atrof-muhitga ta’siri kiradi.
Antropogen omillarga — inson faoliyati bilan bog‘liq omillar
kiradi.
Organizmga ta’sir etadigan omillarning organizm uchun eng
yaxshi holati — qulay (optimal) daraja deyiladi. Bu darajada organizm
uchun kerakli jarayonlarning barchasi jadal kechadi va organizm
uchun foydali bo‘ladi. Optimal darajadan tashqari ekologik
omillarning organizmga ta’sir etadigan eng yuqori va eng quyi
darajalari ham bo‘ladi. Uy pashshasi uchun  haroratning quyi darajasi

0
C,  yuqori darajasi 50 
0
C  va qulay darajasi esa 36—40 
0
C ni
tashkil etadi.
5.2. Abiotik omillar
Harorat. Hasharotlarning hayot kechirishida harorat muhim
ahamiyatga ega. Hasharotlar sovuq  qonli organizmlar guruhiga
mansub bo‘lib, ularning  tana harorati doimiy emas.
Hasharotlarning o‘sish va rivojlanishi muhit harorati bilan
aniqlanadi. Haroratning 10—40 
0
C oralig‘ida bo‘lishi hasharotlar
uchun qulay hisoblanib, bunday muhitda ular yaxshi faoliyat
kechiradi. Haroratning hasharotlar uchun quyi darajasidan
pasayishi va yuqori  darajasidan ko‘tarilishi ularga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bunday holatda hasharotlar organizmidagi jarayonlar
sustlashadi.

35
Hasharotlarning ko‘payish mahsuldorligi va avlodlar soni
haroratga chambarchas bog‘liq. Masalan, Suli shved pashshasi 22
0
C
da — 10 kundan so‘ng, 14 
0
C da esa 36 kundan so‘ng tuxum qo‘ya
boshlaydi.
Namlik. Muhit namligi hasharotlar hayotida muhim ahamiyatga
ega. Namlik hasharotlarning yashovchanligiga va pushtdorligiga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Namlikning hasharotlarga ta’sir etish darajasi
turlicha bo‘lib, ayrim hasharotlar yuqori namlik sharoitida yaxshi
faoliyatda bo‘lsa, ayrim hasharotlar namlik kam sharoitda yaxshi
faoliyat kechiradi. Masalan, chigirtkalar nam kam sharoitda yaxshi
rivojlanadi va ko‘payadi, o‘simlik bitlari esa aksincha namlik yetarli
sharoitda yaxshi rivojlanadi va tez ko‘payadi.
Hasharotlarning ko‘pgina turlarining hayoti suv yoki tuproq
bilan bog‘liq. Hasharotlar hayotida chuchuk suv muhim ahamiyatga
ega. Ko‘pchilik hasharotlar rivojlanishini ma’lum bosqichlari
chuchuk suv bilan chambarchas bog‘liq. Masalan: ninachi, chivin
kabi hasharotlarning lichinkalari chuchuk suvda rivojlanadi.
Bir qancha hasharot turlarining hayotida tuproq ham katta
ahamiyatga ega.  Ayrim qanotsiz hasharotlar hayotining barcha
rivojlanish bosqichlarini tuproqda o‘tkazsa, ayrim qo‘ng‘izlar,
chigirtkalar,  tri pslar,  tunlam kapalaklari kabi hasharotlarni faqat
ba’zi bir rivojlanish bosqichi tuproqda kechadi. Tuproqda yashovchi
hasharotlar tuproqdagi boshqa tirik organizmlar bilan birgalikda
tuproq hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
5.3. Biotik omillar
Muhitning tirik tarkibiy qismi (tirik organizmlar) hasharotlar
organizmiga ma’lum bir darajada ta’sir etadi. Hasharotlarning
ozuqaga bo‘lgan talabi ularning boshqa tirik organizmlar bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi. Hasharotlarning ozuqa manbai
turli-tuman bo‘lib, ayrim hasharotlar faqat o‘simliklar bilan, ayrim
hasharotlar boshqa hayvonlar bilan parazitlik yoki yirtqichlik qilib,
ayrim hasharotlar o‘simlik qoldiqlari, go‘ng va o‘lik organizmlar
bilan oziqlanadi. Masalan, chigirtkalar, bargxo‘rlar, kolorada
qo‘ng‘izi, poliz qo‘ng‘izi, po‘stloqxo‘rlar va boshqalar faqat
o‘simliklar bilan oziqlanadi. Faqat o‘simliklar bilan oziqlanadigan
hasharotlar fitofaglar deyiladi. Faqat hayvonlar bilan oziqlanadigan
hasharotlar zoofaglar deyiladi. Ular yirtqich va parazitlarga bo‘linadi.
Yirtqich hasharotlarga — ninachilar, xonqizilar, oltinko‘z, beshik-

36
tebratar va boshqalar misol bo‘ladi. Parazit hasharotlarga ayrim
ikki qanotlilar, brakon, trixogramma kabi hasharotlar misol bo‘ladi.
Fitofag hasharotlar qishloq xo‘jalik o‘simliklari bilan oziqlanishi
natijasida ularga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hasharotlar o‘simliklarning
barg, poya, ildiz, gul va meva kabi organlari bilan oziqlanib, o‘simlik
hosildorligining keskin kamayishiga sabab bo‘ladi.
Hasharotlarning o‘simliklarga zararidan tashqari, bir necha
turlari o‘simliklarning changlatishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Masalan, asalarilar qishloq xo‘jalik ekinlaridan nektar yig‘ish bilan
birga ularning hosildorligini 7 — 8% oshirishi aniqlangan.
Hasharotlar o‘zaro va boshqa  hayvonlar bilan xilma-xil
munosabatda bo‘ladi. Mazkur munosabatlarga parazitizm,
yirtqichlik,  simbioz kabilar misol bo‘ladi.
Simbioz — ikki organizm birga yashaydi va bir-biriga foyda kel-
tiradi. Masalan, ayrim chumolilar o‘simlik bitlari chiqargan shirani
yeydi va o‘z navbatida o‘simlik bitlarini dushmanlaridan himoya
qiladi.
Parazitizm  — bir organizm boshqa bir organizmdan yashash
joyi va ozuqa sifatida foydalanadi. Ko‘pchilik hasharotlar boshqa
hasharotlarda parazitlik qiladi. Masalan, brakon g‘o‘zaga zarar
yetkazuvchi ko‘sak qurti kabi hasharotlarning qurtida parazitlik qilib
foyda keltiradi.
Yirtqichlik — bir organizm boshqa bir organizmdan faqat oziqa
sifatida foydalanadi. Yirtqich hasharotlarga xonqizilar, oltinko‘z va
vizildoq qo‘ng‘izlarni misol qilib keltirish mumkin. Hozirgi kunda
mamlakatimiz qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalariga qarshi
kurashish uchun biolaboratoriyalarda ularni brakon, trixogramma,
oltinko‘z kabi parazit va yirtqichlari ko‘paytiriladi.
 Savollar
Ekologiya fanining asosiy vazifasi nimadan iborat? Ekologik omillar
hasharotlarga qanday ta’sir qiladi?.
Biotik va  antropogen omillarning hasharotlar hayotidagi ahamiyatini
gapirib bering?
Abiotik omillar va ularning hasharotlar hayotidagi ahamiyati qanday?
Hasharotlarning o‘zaro va boshqa hayvonlar bilan qanday  munosabatlari
mavjud?

37
6-BOB. So‘ruvchi hasharotlar
6.1. O‘simlik bitlari
O‘simlik bitlari hasharotlar sinfining tengqanotlilar
turkumining bitlar oilasiga mansub. Mazkur hasharotlarning
og‘iz apparati sanchib so‘ruvchi ti pda   tuzilgan  bo‘lib,   o‘simlik
shirasini so‘rib oziqlanishga moslashgan. Og‘izni sanchib
so‘ruvchi hartumchasi to‘rtta qilchadan iborat. Bu qilchalar
pastki lab g‘ilofi ichiga joylashadi. O‘simlik bitlarining ko‘pchilik
turlari to‘da-to‘da bo‘lib o‘simliklarda yashaydi. O‘simliklarga
so‘rib oziqlanib zarar yetkazadi. Hujayra shirasini so‘rib
o‘simlikni holsizlantiradi. Natijada o‘simlik hosildorligini
pasaytiradi. Qorin qismidagi shira chiqarish naychalari orqali
shirali chiqindilar chiqarib, o‘simlik tanasini ifloslantiradi. Bu
chiqindilarda zamburug‘lar rivojlanib, turli kasalliklar kelib
chiqadi.
O‘simlik bitlarining bir necha turlari g‘o‘za, beda, poliz
ekinlari, mevali daraxtlar va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga
zarar yetkazib hosildorlikning keskin kamayishiga sabab
bo‘ladi.
Katta g‘o‘za biti. Katta g‘o‘za biti mamlakatimizning g‘o‘za
yetishtiriladigan barcha mintaqasida uchraydi. Mazkur zararkunanda
g‘o‘za, loviya, mosh, begona o‘tlar va yantoqda ko‘p uchraydi
(18-rasm).
Katta g‘o‘za bitining tanasi 2—3,5 mm keladi. Barcha
rivojlanish bosqichlarida ko‘kish yoki sarg‘ish rangli bo‘ladi.
Chala o‘zgaruvchan hasharot bo‘lib, tuxum, lichinka va voyaga
yetish bosqichlarida rivojlanadi. Qanotsiz va qanotli ko‘rinishlari
mavjud.
Katta g‘o‘za biti g‘o‘zapoya va yantoqzorda qishlaydi. U mayning
ikkinchi yarmida g‘o‘zada paydo bo‘ladi. Yozda partenogenetik usulda
tirik tug‘ib, kuzda esa jinsiy yo‘l bilan, tuxum qo‘yib rivojlanadi.
G‘o‘za shirasini so‘rib zarar yetkazadi. Hosildorlikni kamaytiradi
va tola sifatini pasaytiradi.
Akatsiya biti. Akatsiya  biti mamlakatimizning qishloq
xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan barcha mintaqasida

38
uchraydi(19-rasm). Mazkur
zararkunanda g‘o‘za, loviya,
mosh, no‘xat, beda, poliz
ekinlari va boshqa o‘simliklarda
uchraydi.
Tirik tug‘uvchi urg‘ochi-
sining  tanasi 1,3—2,2 mm
uzunlikka ega. Tanasi qora
rangda. Erkagi urg‘ochisidan
farq qilib, qanotli bo‘ladi.
Akatsiya biti (tuxum bos-
qichida) beda yoki akatsiyada
qishlaydi. Mart oyida qishlovdan
chiqadi. Avval beda o‘simligida
rivojlanadi. Beda dag‘allash-
gandan so‘ng boshqa ekinlarga
o‘tadi. May oyining ikkinchi
yarmi va iyun oyi boshlarida
akatsiya biti g‘o‘za dalalarida
paydo bo‘lib, tez ko‘payadi
hamda g‘o‘zaga jiddiy zarar
yetkazadi. Noqulay sharoit
yuzaga kelishi bilan bedapoyaga
uchib o‘tadi va kech kuzgacha
beda ildiz bo‘g‘zida bo‘ladi. Sovuq
tushishi bilan yetuk qanotli
erkak va urg‘ochilari paydo
bo‘ladi. Yetuk hasharotlar nasl
qoldirishgach, qirilib ketadi.
Karam biti. Karam biti
barcha qishloq xo‘jalik ekinlari
yetishtiriladigan mamlakatlarda
keng tarqalgan. Voyaga yetgan
qanotsiz bitning kattaligi 2,0—
2,15 mm, rangi kulrang yashil
bo‘lib, oqish mumsimon dog‘i
bor. Shakli tuxumsimon,
orqaga tomon biroz kengayib
boradi; oyoqlari, hartumi va
mo‘ylovlari qo‘ng‘ir tusli.
18-rasm. 
G‘o‘za  biti (shirasi)
(A. Blyumer olgan rasm).
1—shiraning qanotli voyaga  yetgani;
2—shiraning turli yoshdagi lichinkalari;
3—zararlangan g‘o‘za niholi; 4—paxta
tolasining ifloslanishi.
19-rasm. Akatsiya yoki beda biti
(shirasi) (A. Blyumer olgan rasm).
1—shiraning qanotli voyaga  yetgani;
2—shiraning qanotsiz voyaga  yetgani;
3—zararlangan g‘o‘za niholi.

39
Qanotli bitning kattaligi ham shunday bo‘lib, biroz ingichkaroq
va qornida mumsimon dog‘i bor.
Karam bitining lichinkasi voyaga yetgan bitdan kichikligi bilan
farq qiladi. Birinchi yoshdagi lichinkasining kattaligi 0,75 mm keladi.
Lichinka va voyaga yetgan bitlarning shira naychalari o‘rtasi biroz
yo‘g‘onlashgan.
Tuxumi cho‘ziq 0,5 mm kattalikda. Yangi qo‘yilgan tuxumi
yashil yoki sarg‘ish bo‘lib, keyinchalik qora rangga kiradi.
Karam biti O‘zbekistonda tuxumli partenogenez usulida
ko‘payadigan urg‘ochi yoki lichinka bosqichida karam o‘zagi
yaqinida va karamdosh o‘simliklarda qishlaydi.
Karam biti karam va boshqa karamdoshlarga mansub
o‘simliklarni so‘rib zarar yetkazadi. Kuchli shikast yetkazganda
ko‘chatlarni quritib qo‘yadi. Karam biti O‘zbekistonda 15 marta
avlod beradi.
Nok biti. Nok biti asosan nokka kuchli zarar yetkazadi. Kuchli
zararlangan barglar naysimon buralib to‘kilib ketadi.
Voyaga yetgan nok shira biti 3 mm gacha bo‘ladi. Rangi sarg‘ish
och yashil-qo‘ng‘ir tusda, qornida ko‘ndalang yo‘llar bor. Nok
shira bitining qanotlari tiniq bo‘lib, orqadagi chekkasida qoramtir
dog‘i bor, orqa qanotlari oldingisidan kaltaroq.
U r g ‘ o c h i s i   e r k a g i d a n   k a t t a r o q .   E r k a k l a r i d a   q o r i n
bo‘g‘imlarining ostki qismida ikkitadan qoramtir ko‘ndalang
yo‘l o‘tadi. Urg‘ochilarida esa 2 ta yumaloq dog‘ bo‘ladi.
Urg‘ochilarini qorin uchi osilib, erkaklariniki esa ko‘tarilib
turadi.
Tuxumlari mayda va oq rangda, lichinka tuxumdan
chiqishidan oldin sarg‘ayadi. Tuxumning bir uchida xivchini,
ikkinchi uchida esa poyachasi bo‘lib, shu bilan daraxt shoxiga
yopishib turadi. Lichinkasi qanotsiz, sariq yoki yashil rangli,
yapaloq shaklli bo‘ladi. Katta lichinkasida boshlang‘ich qanot
ko‘rinadi.
Nok biti voyaga yetgan bosqichida nok po‘stloqlari ostida,
shoxlarida qishlaydi. Daraxt kurtak yozishidan oldinroq
qishlovdan chiqib juftlashadi va tuxumini kurtaklar yaqiniga
qo‘yadi.
Lichinka va voyaga yetgani nokning kurtaklari, barglari, gullari
va nozik novdalarini so‘rib oziqlanadi. O‘zbekistonda 4—5 marta avlod
beradi.

40
6.2. Barg bitlari
Barg bitlariga olma va nok bitidan tashqari, spiral shaklda
burishtiradigan bit, novda biti, qo‘rg‘oshin tusli bit kiradi.
Olma biti yashil, ba’zan sariq yashil, qanotli bitlarining
oldingi ko‘kragining yarmi, keyingi ko‘krak bo‘g‘imlari va qorin
uchi shira naychalari qora rangda. Voyaga yetgani 2 mm, nok
shaklida bo‘ladi. Nok bitining qanotsiz shakli 2,9 mm, qanotlisi
2,2 mm bo‘ladi. Rangi to‘q qo‘ng‘ir, qanotsizi gunafsha tusli
tovlanib turadi. Mo‘ylovi sariq, qorin uchi va shira naychalari
qora rangda. Qanotli bitning o‘rta ko‘kragi qora bo‘ladi. Shira
naychalari qora rangda. Oyog‘ining yuqori qismida pushti
chiziqlari bor. Tanasi cho‘ziq bo‘lib chivinga o‘xshaydi. Barcha
barg bitlarining tuxumlari qora, cho‘zinchoq va yaltiroq tusli
bo‘ladi.
Barg bitlari daraxtning yosh shoxlarida tuxumlik bosqichida
qishlaydi. Bahorda daraxt kurtaklari yozilayotgan vaqtda tuxumdan
lichinkalar chiqib, avval bo‘rtgan kurtaklarni, keyinchalik barg
va gullari shirasini so‘rib oziqlanadi. Barg bitlari barglarni burishtirib
qo‘yadi. Urg‘ochilari ko‘klamda 50 ta, yozda 20—30 tagacha tirik
tug‘adi.
O‘simlik bitlariga qarshi kurash choralari. O‘simlik bitlariga
qarshi agrotexnik, biologik va asosan kimyoviy kurash choralari
olib boriladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosili yig‘ib olingach, o‘simlik
qoldiqlarini daladan yo‘qotish, yerni chuqur shudgorlash, to‘g‘ri
almashlab ekishni amalga oshirish kabi chora tadbirlar
zararkunandalar sonini kamaytirib turadi.
T a b i a t d a   o ‘ s i m l i k   b i t l a r i   s o n i n i   a f i d i i d   y a y d o q c h i
parazitlari, xonqizilar, oltinko‘zlar, yirtqich qandalalar va
kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar ma’lum dararjada
cheklab turadi. O‘simlik bitlariga qarshi kurashda mamlaka-
timiz biolaboratoriyalarida oltinko‘z foydali hasharoti
ko‘paytiriladi.
O‘simlik bitlariga qarshi kimyoviy kurashda: Karate — 5% k.e.
(konsentrat emulsiya), 0,5 l/ga,  vertimek 1,8 % k.e. 0,3-0,5 l/
ga, danitol 30% k.e. 0,5-0,7 l/ga, simbush 25 % k.e. 0,3 l/ga va
boshqa O‘zbekiston respublikasida ishlatishga ruxsat etilgan va
o‘simlik bitlariga qarshi kurashda  qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
pestitsidlardan biri qo‘llaniladi.

41
 Savollar
O‘simlik bitlarining og‘iz apparati qanday tuzilgan?
Katta g‘o‘za biti va akatsiya  bitining tuzilishi hamda zararini aytib bering?
Barg bitlari qaysi bosqichida va qayerda qishlaydi?
O‘simlik bitlariga qarshi qanday kurash choralari olib boriladi?
6.3. Kanalar
Kanalar  bo‘g‘imoyoqlilar  ti pining o‘rgimchaksimonlar
sinfiga mansub turkumlardan birini tashkil etadi. Kanalar
boshqa o‘rgimchaksimonlardan farq qilib, tanasi bo‘g‘imlarga
bo‘linmagan. Ularning bosh, ko‘krak va qorin qismlari o‘zaro
qo‘shilib ketgan. Tanasining oldingi tomoni bosh qismida
sanchib so‘ruvchi og‘iz, ya’ni hartumchasi joylashgan. Voyaga
yetgan bosqichida oyoqlari to‘rt juft, lichinkalik bosqichida
uch juft bo‘ladi. Ko‘pchilik kanalar odam, hayvon va
o‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradi. Kanalar odam
va hayvonlarda qon so‘rish bilan birga turli kasalliklarning
tarqalishiga ham sabab bo‘ladi. Undan tashqari, o‘simliklarga
ziyon yetkazuvchi kanalar qishloq xo‘jalik ekinlarining
r i v o j l a n i s h i   v a   h o s i l d o r l i g i g a   s a l b i y   t a ’ s i r   k o ‘ r s a t a d i .
O‘zbekistonda  g‘o‘za, poliz ekinlari, sabzavot va bog‘ ekinlari
kabi o‘simliklarga o‘rgimchakkana,  sabzavot (pomidor,
kartoshka va boshq.) ekinlariga zang kanasi kabi zararkunanda
kanalar katta zarar yetkazadi.
O‘rgimchakkana — g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarining
ashaddiy zararkunandasi bo‘lib, 250 ga yaqin o‘simliklarga zarar
yetkazadi. O‘rgimchakkana g‘o‘zadan tashqari, bog‘, poliz,
sabzavot kabi ekinlarga ham jiddiy zarar yetkazadi. Qishloq xo‘jalik
ekinlari ichida donli ekinlarni kam zararlaydi. Yovvoyi begona


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə