Entomologiya va fitopatologiya



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix04.05.2017
ölçüsü3,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
bo‘ldi.
III davr 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida zamburug‘lar
sitologiyasi faniga asos solinib, ularning yadrosi, genetikasi,
fiziologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi ilmiy asoslari yaratildi.
Bu davrda A.A.Yachevskiy tomoindan (1863—1932) dastlab
mikologiya laboratoriyasi, keyin o‘simliklarni himoya qilish instituti

75
tashkil qilindi. 1897-yilda A.A. Yachevskiy Rossiyada birinchi bo‘lib
zamburug‘larni aniqlagichni yaratdi. Rossiya hududida uchraydigan
zang zamburug‘larining dastlabki tafsiloti V.G. Transhelo (1939)
tomonidan yozildi. 20-asr boshlaridan boshlab zamburug‘lar
fiziologiyasi faniga asos solindi.
Mikologiya fanining IV davrida zamburug‘lar fiziologik va biologik
xususiyatlarini o‘rganish boshlandi. Zamburug‘larning molekular
tuzilishini o‘rganish asosida zamburug‘lar metobolitlaridan
meditsinada, qishloq xo‘jaligida, sanoatda foydalinish masalalari
hal qilindi.
N.A. Naumov (1888—1959) mog‘or zamburug‘larning
m o r f o l o g i y a s i n i ,   s i s t e m a t i k a s i n i ,   R o s s i y a n i n g   a y r i m
regionlaridagi qishloq xo‘jalik ekinlarining mikoflorasini
o‘rganadi. S.I.Vanin (1890—1955) yillar davomida daraxt
o‘simliklari kasalliklarini o‘rgandi. A.S. Bondarsyev tomonidan
Yevroosiyo materigining Yevropa qismida ko‘katlar va madaniy
o‘simliklarni kasallantiradigan zamburug‘ kasalliklari to‘g‘risida
mukammal ma’lumotlar chop etildi. L.I. Kursanov (1956)—
mikologiya asoslari va tuban o‘simliklar aniqlagichini tuzib
chiqadi.
Fitopatologiya fani Respublikamiz sharoitida qishloq
xo‘jaligining muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan
masalalarini  hal qilmoqda. Dastlab, Respublikamizga
Rossiyadan g‘o‘za kasalliklarini o‘rganish uchun kelgan A. A.
Yachevskiy gommoz, fuzarioz kasalligining kelib chiqish
sabablarini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini tavsiya
qildi.
Fitopatologiya fani Respublikamizda ham keng ko‘lamda
rivojlangan. Bunda birinchi bo‘lib Shreder tomonidan
g‘o‘zaning kasalliklari o‘rganilgan. A.Yachevskiy tomonidan
fuzarioz kasalligini qo‘g‘atuvchi zamburg‘larga batafsil tavsif
berilgan.
Respublikamizda fitopatologiya sohasida mutaxassislar
tayyorlash 1920-yildan boshlab O‘rta Osiyo Davlat universitetining
qishloq xo‘jalik fakultetida N.G. Zaprometov rahbarligida
boshlangan.
Keyinchalik, 1941-yilda Toshkent Qishloq xo‘jalik institutida
O‘simliklarni himoya qilish fakulteti ochilib, unda Osiyo,
Afrika, Lotin Amerikasining 50 ga yaqin davlatlari uchun

76
mutaxassislar tayyorlangan. Respublikamizda bu fanning
rivojlanishiga qator mahalliy olimlar o‘zlarining munosib
hissasini qo‘shgan.
S. Ramazanovaning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari  Respublikamiz
sharoitida uchraydigan Verticillium turkumiga mansub
zamburug‘larning sistematikasi, biologiyasi, tarqalishiga oid bo‘lib,
u paxtazorlarda g‘o‘za navlarini kasallantirishga moslashgan
rassalarining hosil bo‘lish qonuniyatlarini ochgan.
A .   H a k i m o v n i n g   R e s p u b l i k a m i z   s h a r o i t i d a   g ‘ o ‘ z a
o‘simligining vilt kasalligiga qarshi biologik kurashda Trihoderma
lignorum zamburug‘ini tuproqda qo‘llash bo‘yicha ilmiy
tavsiyalari paxta hosildorligini oshirish va Verticillium
z a m b u r u g ‘ l a r i n i n g   i n f e k s i y a s i   m i q d o r i n i   k a m a y t r i s h
muommasini hal qilgan.
B.A. Hasanov Respublikamiz sharoitida g‘alla ekinlarining zang
kasalligi tarqalishi, sistematikasi, turlarini o‘rganib, ularga qarshi
kurash choralarini ishlab chiqqan.
E. Safiyazov tomonidan g‘o‘zada vilt kasalligini keltirib
chiqaruvchi  Verticillium dahliae zamburug‘ining biologiyasi,
hujayrasining  sitofiziologiyasi va  o‘zgaruvchanligi o‘rganib,
kasallikka chidamli navlarni yaratish asosida vilt kasalligiga qarshi
kurashish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
I.M. Azimjonov tut daraxti vilt kasalligining kelib chiqishida
qatnashgan Verticillium turkumiga mansub zamburug‘larning turlar
tarkibini mevali bog‘larda va tutzorlarda o‘rganib, kasallik iqtisodiy
zararining ortib borishi ekologik sharoit bilan bog‘liqligini
asoslagan.
Muallif Respublika sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlari va
begona o‘tlarda uchraydigan Fusarium zamburug‘larining
sistematikasini, biologiyasini, tarqalishini o‘rganish asosida
ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. Qishloq
xo‘jalik ekinlarining fuzarioz kasalligi bu turkum vakillarining
kompleks turlarining ta’sirida kelib chiqishini aniqlagan.
Fuzarioz kasalligiga qarshi kurashni tashkil qilishda va
chidamli navlarni yaratishda kompleks turlar asosida
yaratilgan infeksion fonlardan foydalanish seleksiya ishida
yaxshi samara berishi va begona o‘tlarni ekinzorlardan bartaraf
q i l i s h   i n f e k s i y a   m a n b a i n i   k a m a y i s h i g a   o l i b   k e l i s h i n i
aniqlagan.

77
A. Sheraliyev  ToshDAU professori sifatida mikologiya,
fitopatologiya sohasida 1974-yildan boshlab olib borgan ilmiy ishlari
va pedagogik faoliyati davomida o‘simliklarning kasalliklariga
bag‘ishlangan 180 dan ortiq ilmiy, o‘quv uslubiy ishlarni
yaratgan. Uning “Tutning fuzarioz kasalligi” (1991),
”Fitopatologiyadan amaliy mashg‘ulotlar” (2003), “Umumiy va
qishloq xo‘jalik fitopatologiyasi” (2004), “Mikroorganizmlar
fiziologiyasi” (2005), “Texnik ekinlar kasalliklari” (2006),
“O‘simliklar immuniteti” (2007), “Tut kasalliklari va
hasharotlari” (2007), “Fitopatologiya” (2007), “Qishloq xo‘jalik
ekinlari karantini” (2007) kabi darsliklari Respublikada o‘simliklar
himoyasi va karantini bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashda
o‘quvchilarga manzur bo‘lmoqda.
Vertitsilum zamburug‘ining ixtisoslashuvi masalasi V.F.Idessis
tomonidan o‘rganilishi asosida bu zamburug‘larning turli oilalarga
mansub o‘simliklarni kasallantirish xususiyati aniqlangan.
M.G. Gulyamova tuproqda uchraydigan vertitsilum
zamburug‘ining 17 ta turini aniqlab, tadqiqotlar asosida
vertitsilum zamburug‘iga nisbatan antagonistik xususiyatga ega
b o ‘ l g a n   s a p r o t r o f   z a m b u r u g ‘ l a r n i n g   x u s u s i y a t l a r i d a n
foydalanishni tavsiya etgan.
G.S. Bashirova Sirdaryo viloyati sharoitida tuproqda hayot
kechiruvchi zamburug‘lar 177 turga mansubligini aniqlab, tuproq
sharoitining o‘zgarishi, o‘zlashtirish darajasi zamburug‘lar turlar
tarkibining o‘zgarishiga sabab bo‘lishini isbotlagan.
S.T. Pestsova (1973) Toshkent viloyati sharoitida qovunda, T.I.
Pestsov (1995) pomidorda uchraydigan Fusarium zamburug‘i turlar
tarkibi va ularga qarshi kurash choralarini o‘rgangan.
R.K. Sattorova (1970) Respublika sharoitida g‘o‘zada uchraydigan
gammoz kasalligiga qarshi biologik kurash choralarini ishlab
chiqishda bakteriyalardan foydalanishni tavsiya yetgan.
M.M. Xoliqova (1989) Toshkent viloyati sharoitida uchraydigan
makromitsetlar 118 turga mansubligini aniqlab, ularni sun’iy ozuqa
muhitida o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqqan va Respublika aholisi
uchun mahalliy qo‘ziqorin namunalarini o‘stirish usullarini
yaratgan.
V.I.  Xoxlachyeva (1981) Respublikamiz sharoitida tut va tut
i pak qurtining mikoflorasini o‘rganish  asosida ularning patogen
turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan.

78
M.A. Zuparov (1984) tut rizosferasi mikoflorasini o‘rganish
asosida ular 143 turga mansubligini, sog‘lom o‘simliklarda saprotrof
turlar miqdorining ko‘pligini isbotlagan. Bu turlar payvandlash va
ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tqazish jarayonida ildizlar mexanik
zararlanganda, saqlash sharoitlari buzilganda ularning chirishiga
sabab bo‘lishini ko‘rsatgan.
Ya.S.Saliyeva, X.Nuraliyev(1989) Surxondaryo va
Qashqadaryo viloyatlari sharoitida ko‘p yillik daraxtlarda uchraydigan
mikromitsetlar 352 ta, Botanika bog‘ida 313 ta turga mansubligini
aniqlagan. Ularning mavsumiy tarqalishi va patogenlik xususiyatlari
zamburug‘larning parazitlik xususiyatlari bilan bog‘liqligini
isbotlagan.
U.X. Rahimov (2001) tomonidan kartoshka va baqlajonda kasallik
keltirib chiqaruvchi tuproq zamburug‘lari orasida fuzarium turlari
asosiy rol o‘ynashi aniqlangan. Zamburug‘ning iqtisodiy zararini
kamaytirishda va kasallikka qarshi kurashda biologik kurash choralarini
qo‘llash tuproqda ekologik holatning yaxshilanishini ta’minlashini
isbotlagan.
Bug‘doyzorlarda fuzarioz kasalligini keltirib chiqaruvchi
infeksiyaning saqlanishida va tarqalishida begona o‘tlarning roli
K.U.Buxarov (2005) tamonidan o‘rganilgan. Bu ishlarni amalga
oshirishda fermer xo‘jaliklarida o‘simliklarni himoya qilish borasida
mehnat qilayotgan agronomlar, tuman, viloyat va Respublika
qishloq xo‘jalik kimyo aksionerlik uyushmasi tizimidagi malakali
mutaxassislarga olimlar ishlab chiqqan tavsiyalar asosiy rol
o‘ynaydi.
Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga
oshishida qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish bilan birga,
ekinzorlarning fitosanitariya holatini yaxshilashda tuproqdagi infeksiya
miqdorini nazorat qilishga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish
muhimdir. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklarining zararini
kamayishida agrotexnik, kimyoviy, biologik kurash choralarini
kompleks qo‘llash ijobiy natija beradi.
O‘simliklarni himoya qilishda halqaro aloqalar ham muhim
ahamiyatga ega. Shu maqsadda Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan
bir qancha firmalar faoliyati qishloq xo‘jalik ekinlarida uchraydigan
kasalliklar, hasharotlar va begona o‘tlarga qarshi kurash choralari
xalqaro andozalar talabi darajasida tashkil qilishda munosib hissa
qo‘shmoqda.

79
Qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda va
mahsulot sifatini yaxshilashda, yetishtirilgan hosilni nobud
qilmay yig‘ib olish va yaxshi saqlashga qaratilgan tizimni ishlab
chiqishda o‘simliklarni kasallik, hasharotlarga qarshi samarali,
zaharlilik darajasi past, ekologik xavfsiz kimyoviy va biologik
vositalardan ekinzorlarning fitosanitariya holatini yaxshilashda
foydalanishni taqozo qiladi. Ular inson salomatligiga, atrof
muhitning sofligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan bo‘lishi
muhimdir.
Bu masalani muvaffaqiyatli hal qilish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasida “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar,
kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida” qonun
qabul qilindi. Unda o‘simliklarni himoya qilishga xizmat qiluvchi
vazirliklar, tashkilotlar, idoralar va mutaxassislarning vazifalari
ko‘rsatib berilgan. Bu tartib-qoidalarning bajarilishini ta’minlashda
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zqishloqxo‘ja-
likkimyo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasining roli ham
ko‘rsatilgan.
 Savollar
Fitopatologiya fani rivojlanishining dastlabki bosqichlari qanday bo‘lgan?
Fitopatologiya fanining rivojlanishida rus olimlarining o‘rnini aytib
bering?
Respublika olimlarining fitopatologiya fanining rivojlanishidagi hissasi
qanday?

80
3-BOB. O‘simliklarning kasalliklari to‘g‘risida tushuncha
O‘simliklarning kasalligi tushunchasi Dekandol (1832)
tomonidan aytilgan bo‘lib, uning fikricha, o‘simlikdagi normal
fiziologik jarayonlarning buzilishiga kasallik deyiladi. O‘simlik
kasalliklari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uchun quyidagi
tushunchalarga ega bo‘lishimiz kerak.
Birinchidan, kasallik — bu patologik jarayon hisoblanib, uni
kasallikni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar va noqulay sharoit
vujudga keltiradi.
Ikkinchidan, kasallik tufayli o‘simlikdagi fiziologik va
biokimyoviy, anotomo-morfologik xususiyatlar o‘zgarib,
hosildorlik sifati va miqdori keskin kamayib ketadi. O‘simliklar
kasalliklari tushunchasiga olimlar tomonidan turlicha ta’rif
berilgan. N.A. Naumov (1952) fikricha, — “o‘simlik kasalligi
uning filogenez jarayonida tashqi muhit bilan bo‘lgan
munosabatida yuzaga keladigan a’zolar funksiyasi va tuzilishining
o‘zgarishidir”.
T.D. Straxov (1962) o‘simlik kasalligi uchta omil: o‘simlik —
patogen — tashqi muhit orasidagi muntazam tizimning o‘zaro
munosabatidir. Ya’ni, o‘simlik salbiy ta’sir etuvchi patogen
mikroorganizm va tashqi muhitning ta’sirida fiziologik jarayonlar
buzilib, uning morfologik tuzilishi va hosildorligi keskin kamayib
ketadi.
T.D. Straxov o‘simlikdagi patologik jarayon o‘simlikning,
patogenning xususiyati va tashqi muhit munosabatlarining namoyon
bo‘lishidir deydi. Shuning uchun kasallik qo‘zg‘atuvchisini,
kasallikning kelib chiqishini, kasallangan o‘simlik holatini kompleks
o‘rganishni tavsiya qiladi.
N.A. Cheremisinov fikricha, “Yuqoridagi holatlar
o‘simlikninig xususiyati, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning agressivligi
va tashqi muhitning qulay yoki noqulay bo‘lishiga bog‘liq” ekan.
Shunday qilib, o‘simlik kasalligi undagi patologik jarayonning
boshlanishidir.

81
Patologik jarayon o‘zgaruvchan bo‘lsa-da, uni nazorat qilish
mumkin. Ya’ni, xo‘jayin o‘simliklarning biologik xususiyatlarini,
patogenning irsiy belgilarini tashqi muhit sharoitini muntazam
o‘zgartirish qonuniyatlarini bilish asosida o‘simlikning chidamliligini
oshirish, hosil sifatini yaxshilash mumkin.
E. Goyman fikricha, har qanday infeksion kasallikda
patogen va o‘simlik orasida mukammal munosabatlar yuzaga
kelib, ular o‘simlikning morfologik, anatomik, biokimyoviy
jarayonlari o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tashqi muhit sharoiti esa
kasallik qo‘zg‘atuvchisining hayotchanligiga, xo‘jayin
o‘simlikning kasallikka chidamlilik darajasiga ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Patogen kasallangan o‘simlikning oziq moddalarini
o‘zlashtiradi, uning hujayrasiga zaharli moddalar ajratib
chiqarib hujayralarini nobud qiladi, o‘tkazuvchi to‘qimalarini
mitseliy va sporalar yordamida to‘sib qo‘yadi, epidermik
to‘qimalarini parchalab, suv bug‘latishini kuchaytiradi va
nihoyat, o‘simlik bargining so‘lishiga yoki chirib qolishiga sabab
bo‘ladi.
Kasallik tufayli o‘simlikdagi patomorfologik o‘zgarishlar
uning o‘sish tezligi va shaklini, to‘qima va hujayralarining
o‘zgarishiga olib keladi. Patofiziologik — biokimyoviy
o‘zgarishlar suv rejimining buzilishida, sitoplazmaning
o‘tkazuvchanlik xususiyatini, osmotik bosim kuchini, fotosintez
aktivligini, nafas olish va oqsil sintezini, fermentlar faoliyati,
nukelein kislotalari miqdori va tarkibining keskin o‘zgarishiga
sabab bo‘ladi.
Inson qishloq xo‘jaligidagi faoliyatida kasallik
qo‘zg‘atuvchilarining ekinlarga ta’sirini ular keltiradigan zarar bilan
belgilaydi. Bu ko‘rsatkich kasallik tufayli nobud bo‘lgan hosil
miqdorida namoyon bo‘ladi. Zarar qishloq xo‘jaligiga keltirilgan
moddiy manfaatdorlik miqdorining kamayishidir yoki xo‘jalikning
iqtisodiy ko‘rsatkichidir.
O‘simlik kasalliklari, deganda undagi patologik jarayon
tushunilib, uning kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar va
noqulay sharoit ta’sirida vujudga keladigan anatomo-morfologik,
fiziologik, biokimyoviy o‘zgarishlarga javob reaksiyasi tushiniladi.
Natijada o‘simlik o‘sish va rivojlanishdan orqada qolib, hosildorligi
kamayadi, mahsulot sifati keskin yomonlashadi. Kasallik deb

82
patogen mikroorganizmlar va noqulay ekologik sharoit tufayli
o‘simlikdagi normal fiziologik jarayonlarning buzilishi
tushuniladi.
Fiziologik jarayonlarning buzilishi fotosintez, ferment
xususiyati, hujayraning o‘tkazuvchanligi, osmatik bosimi, nafas
olishi, uglerod yoki oqsil sintezi, suv balansi, o‘stiruvchi moddalari
sintezining buzulishida namoyon bo‘ladi. Bu o‘z navbatida
o‘simlikning anatomo-morfologik xususiyatlarining o‘zgarishiga,
o‘sish va rivojlanishiga ta’sir qiladi.
P a t o g e n   m i k r o o r g a n i z m l a r   t a ’ s i r i   t u f a y l i   o ‘ s i m l i k
hujayralari shakli kattalashishi yoki kichiklashishi, soni ortishi,
halok bo‘lishi (nekroz) va ularning chirishiga olib keladi.
Anatomo-morfologik o‘zgarishlar o‘simlik a’zolarida dog‘lar
paydo bo‘lishiga, buralishiga, o‘smalar hosil qilishiga sabab
bo‘ladi.
 Savollar
O‘simliklarning kasalliklari qanday kelib chiqadi?
O‘simlik kasalliklarining kelib chiqishi to‘g‘risida olimlar fikri qanday?
Patologik jarayon deb nimaga aytiladi?
Kasalliklar tufayli o‘simliklarda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

83
4-BOB. O‘simliklar yuqumli kasalliklarining belgilari
O‘simlikdagi kasallik belgilari biologik ma’noda o‘simlik
hujayrasida himoya reaksiyasining boshlanishi hisoblanadi. Klinik
nuqtai nazardan esa, kasallik tashqi belgilari namoyon bo‘lgan
davrdir.
O‘simlikdagi patologik jarayonning namoyon bo‘lishiga kasallik
belgilari deyiladi. Agar kasallangan o‘simlikda kasallikning tashqi
belgilari namoyon bo‘lmasa, bunday kasalliklar belgisiz kasalliklar
deyiladi.
Kasallik belgisining namoyon bo‘lmasligiga patologik
jarayonlarning bilinmasligi, kasallik qo‘zg‘atuvchisi inkubatsion
davrni boshidan kechirayotgan bo‘lishi, fiziologik va biokimyoviy
jarayonlar o‘zgarishi sezilmasligi yoki patogenning agressivlik
xususiyati to‘liq namoyon bo‘lmaganligi, o‘simlikning tabiiy
chidamliligi sabab bo‘ladi.
Kasalliklarning tashqi belgilarining namoyon bo‘lishi
uning qo‘zg‘atuvchisining turiga va o‘simliklarning kasallikka
chidamlilik darajasiga bog‘liqdir. O‘simliklarning o‘tkazuvchi
to‘qimalarini zamburug‘ mitseliysining to‘sib qo‘yishi
natijasida, ular hosil qilgan metobolitlar ta’sirida o‘tkazuvchi
n a y l a r   t o ‘ q i m a l a r i   n o b u d   b o ‘ l i b   n e k r o z   h o s i l   q i l a d i .
Nekrozning intensivlik darajasiga qarab o‘simlikda so‘lish
belgilari turlicha namoyon bo‘ladi. Kasallikning tashqi
belgilari barg, meva yuzasida har xil shakldagi dog‘lar tarzida
namoyon bo‘lib, o‘simliklarning ayrim a’zolarida yoki butun
tanasini qoplab oladi. Nekrozli dog‘larga bodring bargida
burchakli, olma bargida qo‘ng‘ir dog‘lar, nok bargida oq
dog‘lanish, qulupnayning qo‘ng‘ir, oq qo‘ng‘ir dog‘lanishi
misol bo‘la oladi. Nekrozli dog‘lar bargda, mevada, poyada
hosil bo‘ladi.
O‘simlik kasalliklari belgilarning hosil bo‘lish darajasiga
qarab ti plarga ajratiladi.  O‘simliklarda uchraydigan asosiy
kasalliklarni quyidagi ti plarga   bo‘lish   mumkin.

84
Chirish.  Bu  ti pdagi  kasalliklar   suv   va  zapas oziq moddalarga
boy (meva, ildizmeva, boshpiyoz) a’zolarda va poyada
kuzatiladi. Chirish bilan kasallangan a’zolar to‘qima va
hujayralarni birlashtirib turgan hujayralararo moddalar
patogenning fermentlari ta’sirida parchalanib, ular bir-biridan
ajralib ketadi. Natijada, bo‘tqaga o‘xshash suyuq massa hosil
bo‘lib, turli xil rangga va xidga ega bo‘ladi. Chirish rangining
kelib chiqishi kasallik qo‘zg‘atuvchisining turiga qarab oq
c h i r i s h   —   s a b z i ,   k u n g a b o q a r ,   l a v l a g i d a   ( S c l e r o t i n i a
sclerotiorum), qizg‘ish chirish — bodring, g‘o‘za ko‘sagida
(Trichothecium roseum Fr.), karamda (Fusarium oxysporum
Schl.f conglutinans); qo‘ng‘ir chirish — qulupnay, karamda
( B o t r u t i s   c i n e r e a   P e r s . ) ;   q o r a   c h i r i s h — k a r t o s h k a d a
(Pectobacterium phytophthorum Appel.), pomidorda (Diplodina
destructiva Plowr.) kabi turlarga bo‘linadi.
Chirishning kelib chiqishiga qarab: suvlik chirish — pomidor
mevasining chirishi (Pectobacterium carotovorum Waldee), nam
chirish (Pseudomonas xanthochlora Stapp.), quruq chirish —
kartoshka tuganagining chirishi (Fusarium oxysporum Schl.f.solani),
makkajo‘xori so‘tasining chirishi (Diplodia zeae Lev.) kabilar
kiradi.
O‘simliklarning so‘lishi (inglizcha —
wilt — so‘lish) kasallangan
o‘simlik ildizi, poyasi to‘qimalarining zamburug‘ mitseliy va sporalari
bilan to‘silib qo‘yishi natijasida hosil bo‘ladi. To‘qimalarda nekrozning
hosil bo‘lishi mikroorganizmlar hosil qilgan zaharli moddalar
ta’sirida vujudga keladi.
O‘simliklarda so‘lish kasalligi novdaning eng yuqorisida
joylashgan barglarga suv yetishmasligi tufayli turgor holatining
buzilishi natijasida vujudga keladi. Bunday o‘simliklar poya va
novdalari ko‘ndalang kesib ko‘rilganda halqasimon shaklda yog‘ochlik
qismining qorayib ketganligi ko‘rinadi. So‘lishni zamburug‘lar
keltirib chiqarsa — traxeomikoz, bakteriyalar — traxeobakterioz,
viruslar — mozaika deb nomlanadi. Ko‘pincha o‘simliklardagi so‘lish
kasalligini Fusarium va  Verticillium turkumiga mansub zamburug‘lar
keltirib chiqaradi.
Nekroz-qorayish. O‘simlik vegetativ a’zolaridagi to‘qimalarning
ayrim hujayralarining xalok bo‘lishi natijasida qorayib qoladi.
Qorayish o‘simlik a’zolarining parenxima to‘qimalarida, po‘stloq,
kambiy, barg tomirlarida kuzatiladi.

85
Dog‘lanish. O‘simlik parenxima hujayralari ma’lum qismining
rangini o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Ular zamburug‘lar, bakteriyalar,
viruslar va abiotik omillar ta’sirida vujudga keladi. Hosil bo‘lgan
dog‘lar o‘lchami va rangi bilan bir-biridan farq qiladi. Uning yuzasida
zamburug‘lar yoki bakteriya meva tanalarida hosil bo‘lgan sporalar
to‘plami ko‘zga tashlanadi.
Kuyish o‘simlik bargida, navdasida va to‘p gullarida hosil
bo‘ladi. Monilioz kuyish olmada (Monilia cinerea Bonord .f. mali),
danakli daraxtlarda (M.laxa Ehr.) kuzatiladi. Kasallangan barg
va navda olov yoki sovuq urganga o‘xshab qisqa muddat ichida
qurib qoladi.
Xloroz —kasallik qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlarning
salbiy ta’siri natijasida o‘simlik bargidagi xloroplastlar miqdorining
keskin kamayib ketishiga sabab bo‘lib, barg rangsizlanadi. Xloroz
kelib chiqishiga ko‘ra tuproqda temir, marganes yetishmasligidan va
viruslar, mikoplazmalar ta’sirida vujudga kelishi mumkin. Ko‘rsatib
o‘tilgan kasallik belgilarini ularga diagnoz qo‘yishda e’tiborga olish
kerak, chunki kasallikni to‘g‘ri aniqlamasdan unga qarshi kurash
chorasini to‘g‘ri belgilash mumkin emas.
O‘simlik a’zolari rangining o‘zgarishi unda ro‘y bergan patologik
jarayon natijasida hosil bo‘ladi. Bular qatoriga abiotik omillar
ta’sirida vujudga kelgan sarg‘ayish, mozaika, ituzumdoshlardagi
stolbur, uzumning qizarishi (Pseudopeziza tracheiphila Mull.
Thurg.), qarag‘ay ilotesi (Lophodermium pinastri Chev.) misol
bo‘ladi.
O‘smalar (rak) hosil bo‘lishi. O‘sma — o‘simlik a’zolaridagi
hujayralarning tinimsiz bo‘linib, shish hosil qilishidan yuzaga keladi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə