Entomologiya va fitopatologiya



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix04.05.2017
ölçüsü3,01 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15

97
zararli mahsulotlar ko‘p hosil bo‘ladi. O‘simlik ildiz tizimining
yomon rivojlanishi g‘o‘zada kuzgi so‘lish, lavlagi, sabzi ildiz
mevasining, mevali daraxtlar mevasining yorilib ketishiga sabab
bo‘ladi.
Barglarning muddatdan oldin to‘kilib ketishi. Tuproq va
atmosfera havosida nam miqdorining uzoq muddatga keskin kamayib
ketishi o‘simlik bargining barvaqt to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Bunday
sharoitda barg to‘qimasida xlorofillning parchalanishiga sabab
bo‘ladigan ammiakning hosil bo‘lishi barg bandida tiklanmaydigan
jarayonni vujudga keltiradi.
Makkajo‘xori o‘simligi uzoq muddat davomida suvsiz sharoitda
o‘sganda urug‘ po‘sti epidermisning parchalanishi natijasida uning
epidermasi urug‘ po‘stini yorib yuzasiga oqish bo‘rtmalar tarzida
chiqadi. Bu jarayon ob-havo sharoiti qurg‘oqchil bo‘lgan yillari,
o‘simlik so‘ta hosil qilayotganda tuproqning ko‘p miqdorda
namlanishidan vujudga keladi. Chunki, ortiqcha namlangan
tuproqlarda urug‘ga kelib tushayotgan ortiqcha suv va oziq moddalar
epidermis hajmining ortishiga va urug‘ po‘stining yemirilishiga sabab
bo‘ladi.
 Savollar
Tuproq tarkibidagi namlik miqdori yetishmaganidan qanday kasalliklar
kelib chiqadi?
O‘simlik tarkibida suv miqdorining kamayishi qanday  o‘zgarishlarga
sabab bo‘ladi?
O‘simliklarda so‘lish jarayoni qanday sodir bo‘ladi?
Tuproq tarkibida suv miqdorining ortib ketishi qanday oqibatlarga
olib keladi?
O‘simliklar bargining oldindan to‘kilishi qanday hollarda ro‘y beradi?
6.3. Ob-havo sharoitidan kelib chiqadigan kasalliklar
 Kashtan, jo‘ka kabi daraxtlar o‘sayotgan tuproqda namlik
keskin kamaysa, barglar quyosh nuri ta’sirida kuyishi yoki tushib
ketishi kuzatiladi. Kuchli yomg‘ir bo‘lgan davrlarda barg
yuzasidagi tomchilar o‘ziga xos linza vazifasini bajaradi va quyosh
nurini bargga o‘tkazib, uning to‘qimalarini nobud qilib,
burchakli, yumoloq dog‘larni hosil qiladi.Poyaning quyoshdan

98
kuyishi mevali daraxtlar yosh navdalarining quyosh nuridan
turlicha qizishi tufayli vujudga keladi. Quyosh nuri tushgan
po‘stloq tezda namligi qurib, qiziydi va bo‘yiga qarab yorilib
ketadi.
Past havo harorati ta’sirida vujudga keladigan kasalliklar.
Tuproq va havodagi harorat ta’sirida o‘simlik  hujayrasidagi
sitoplazmasining kolloid moddalari kuyushi kuzatiladi. Bunday
holatning vujudga kelishi erta bahorda vegetatsiyani boshlagan
o‘simliklarga haroratning keskin pasayishi natijasida sovuq
urishida kuzatiladi. Respublikamizda 1995—1998-yillarda 5—
10-may kunlarida bo‘lgan haroratning pasayib qor yog‘ishidan
ko‘pgina mevali bog‘lar va uzum, tut plantatsiyalari nobud
bo‘lgan.
Daraxt tanasining suvsizlanishdan qurishi. Qish faslida
ko‘pgina daraxt tanasi fiziologik suvsizlanishga duch keladi. Qish
faslida bir tup olma daraxti bir kunda 250—300 g suv
bug‘latadi. Chuqurda joylashgan ildizlar bu miqdordagi suvni
tuproq pastki qatlamlaridan oladi. Yuza qatlamlarida joylashgan
ildizlar tuproq muzlab qolganda tuproqdan suvni shima olmaydi.
Bunday holat urug‘dan ungan ko‘chatlarda, yangidan ekilgan
ko‘chatlarda kuzatiladi. Ildizi sayoz, yuza joylashgan daraxtlarda
qishda suv tanqisligi tufayli o‘ziga xos patologik jarayon vujudga
keladi.
Yorug‘likning yetishmasligi yoki ortiqchaligidan kelib
chiqadigan kasalliklar. Yorug‘sevar o‘simliklarda quyosh nuri
yetishmaganda etiolatsiya deb ataladigan patologik jarayon ro‘y
beradi. Ikki pallali o‘simliklar quyosh nuri yetishmaydigan joylarda
yetishtirilganda poyasi o‘sib ketib, barg yaprog‘i kichiklashadi.
Bir pallali o‘simliklar poyasi qisqarib, barg plastinkasi
kattalashadi.
Etiolatsiyaga uchragan o‘simliklar poyasi tez o‘sadi, nozik
bo‘lib, o‘z tanasi og‘irligiga egilib ketadi. Etiolatsiya hodisasi
soya joyda o‘sgan o‘simliklarda, qalin ekilgan ekinzorlarda
kuzatiladi. Natijada ekinlarning hosildorligi keskin kamayib,
hosil sifati yomonlashadi, kasallikka chidamliligi pasayadi.
Etiolatsiya jarayonida o‘simlik oziqlanish uchun foydalaniladigan
moddalarni xlorofill va oqsil hisobiga amalga oshiradi.

99
6.4. Kimyoviy moddalarning ta’sirida vujudga keladigan
kasalliklar
O‘simlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy zaharli moddalar
havoda, tuproqda va suvda mavjud bo‘lib, ular orasida eng ko‘p
uchraydiganlari quyidagilardir:
O‘simlikning havodan zaharlanishi. O‘simliklar tutun, zaharli
gaz va korxonalardan chiqarilgan zararli gazlar bilan zaharlanadi.
Havoning tarkibida yoqilg‘i mahsulotlarining to‘liq yonib
ulgurmasligidan zaharli gazsimon moddalardan sulfat va sulfit
angidridi, uglerod kislotalari hosil bo‘lib, ular o‘simlikda
yuqumsiz va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Natijada
o‘simlik bargida qoraygan dog‘lar hosil bo‘lib, ular butun
o‘simlikni zararlaydi.
Zavod va fabrikalar mo‘rilaridan chiqqan zarrachalar o‘simlik
bargini, poyasini, gulini chang qoplami bilan qoplab, ularning
ustitsalarini yopib, gaz almashinishining buzulishiga sabab bo‘ladi.
Natijada, bunday o‘simliklar o‘sishdan orqada qolib, barglari tushib
ketadi va navdalarning uchlari qurib qoladi. Yuqorida ko‘rsatilgan
zaharli moddalar tuproqda to‘planib, o‘simlik ildizini ham
zararlaydi.
Shahar ko‘chalari, sanoat markazlarida yer yuzasini qoplashda
foydalanilgan asfalt, gidronlardan ajralib chiqqan gazlar ham
o‘simliklar bargida jigarrang dog‘lar paydo qilib, barglar so‘lishiga,
xlorofill donachalarining parchalanib, sitoplazmada jigarrang
tomchilarni hosil qiladi.
Pestitsidlardan zaharlanish. O‘simliklar kasalliklari,
hasharotlar va begona o‘tlarga qarshi qo‘llangan zaharli moddalar
ularga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ayrim a’zolarini yoki butun o‘simlikni
zararlaydi.
Bunday moddalardan kasallangan o‘simlik barglari o‘zgarib,
to‘q qo‘ng‘ir yoki qizg‘ish rangdagi dog‘lar paydo bo‘lib, quriy
boshlaydi. Kasallangan barglar tez sinib tushib ketadi. Kasallangan
o‘simlik mevasi yomon yetiladi, rangi o‘zgarib, to‘liq pishib
yetilmaydi.
O‘simliklarning pestitsidlar bilan zararlanishi natijasida
fiziologik, anatomik, sitologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Jumladan,
fotosintez, suv bug‘latish, oziq moddalarning hosil bo‘lishi keskin
o‘zgarib ketadi. Mis bilan zaharlangan o‘simlik bargida qizg‘ish,

100
mevasida qo‘ng‘ir rangdagi dog‘ hosil bo‘ladi, barg plastinkasi
yuqori tomonga qarab buralib ketadi va o‘simlik o‘sishdan orqada
qoladi.
Mexanik jarohatlanishdan kelib chiqadigan kasalliklar.
Bunday kasalliklar qatoriga meteorologik omillardan shamol,
jala, do‘l, qor, bo‘ron, yashin ta’siridagi va inson vositasidagi
hosilni yig‘ish va transportda tashish jarayonida, o‘simliklarga
shakl berishda va ko‘chirib o‘tqazish davrida hosil bo‘lgan
zararlanishlar kiradi.
Mexanik zararlanish ayrim o‘simlik a’zolariga yoki ayrim
to‘qimalariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, bug‘doyni yig‘ishtirib olish
davrida kombaynning noto‘g‘ri sozlangan qismlari bug‘doy donini
turlicha zararlaydi.
 Savollar
Bargning quyoshdan kuyishi qachon sodir bo‘ladi?
Past havo harorati ta’sirida o‘simliklarda vujudga keladigan kasalliklar
qanday turlarga bo‘linadi?
Yorug‘likning yetishmasligi yoki ortiqchaligidan kelib chiqadigan
kasalliklar qaysilar?
Kimyoviy moddalarning ta’sirida vujudga keladigan kasalliklar qochon
sodir bo‘ladi?

101
7-BOB. Fitopatogen viruslar
Viruslar Yerdagi hayotning sodda ko‘rinishi bo‘lib, o‘lik
materiyaning tirik  materiyaga o‘tish shaklidir  Ular hujayra tuzilishiga
ega bo‘lmaganidan sitoplazmasi va yadrosi, energiyani ishlab
beruvchi mitoxondriysi, oqsilni sintez qiluvchi ribosomalari
bo‘lmaydi. Viruslar modda va energiyaning almashinuvi va ko‘payish
xususiyatiga ega emas. Ularning irsiy o‘zgaruvchanligi tirik hujayra
hisobiga amalga oshadi.
Viruslar lotin tilida zahar degan ma’noni bildirib, ular
hujayralar ichidagi parazitlar hisoblanadi. Viruslar tabiatda keng
tarqalgan bo‘lib, o‘simlik, hayvon va insonlarda kasalliklar keltirib
chiqaradi. Ular hujayrali tuzilishga ega bo‘lmaydi, faqat tirik
organizmlar hujayrasida ko‘payadi.
Hozirgi vaqtda inson, hayvon va o‘simliklarda parazitlik
qiluvchi 3000 dan ortiq turdagi viruslar aniqlangan bo‘lsa,
o‘simliklarda parazitlik qiluvchi viruslarning 600 dan ortiq
turi mavjud. Ular dukkakli, g‘alla donli, mevali, sabzavot,
rezavor ekinlarda kasalliklarni keltirib chiqaradi. Virus
kasalliklari bilan ituzumdoshlar oilasiga mansub o‘simliklardan
kartoshka, pomidor, tamakilarda mozaika, pakanalik va sariq
kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bakteriyafaglar foydali
bakteriyalardan antibiotik hosil qiluvchi va achituvchi
bakteriyalarda parazitlik qilib, ishlab chiqarishga katta zarar
yetkazadi.
Virus kasalliklarini o‘simliklarda dastlab 1892-yilda
D.I.Ivanovskiy kashf qilgan. Uning fikricha, viruslar o‘lchami juda
mayda, tez ko‘payish va tarqalish xususiyatiga ega.
Keyinchalik gollandiyalik mikrobiolog M.Bayrinbak (1898)
tamaki mozaikasini o‘rganib, filtrdan o‘tuvchi — zahar— virusni
aniqladi. 1898-yilda germaniyalik olimlar hayvonlarda oqsil
kasalligini keltirib chiqaruvchi viruslarni aniqlaganlar, 1906-
yilga kelib 29 ta turdagi o‘simliklarda virus kasalliklari mavjudligini
aniqlaganlar.1935-yilda amerikalik bioximik, virusolog U. Stenli

102
tamaki mozaikasining qo‘zg‘atuvchisini kristall holda ajratib oldi.
1937-yilda ingliz olimlari F. Bouden va N. Piri bu viruslarning
tarkibi 95% oqsil, 5% nuklein kislotasidan tashkil topganligini
aniqlagan.
Fitovirusologiya fanining rivojlanishida rus olimlaridan
A.A.Yachevskiy, V.L. Rijkov, M.S. Dudin, I.K. Atabekov,
Yu.I.Vlasov, o‘zbek olimlaridan A. Vahobov, J. Yo‘ldoshevlarning
xizmatlari katta.
Viruslarning kelib chiqish masalasi fanda turli qarashlarni vujudga
keltiradi. Bunga asosiy sabab, ularni o‘rganishning qiyinligidir.
T.I.Tixonenko (1971) fikricha,  viruslar hayotning hujayrasiz shakli
bo‘lib, begona hujayra tarkibida tabiiy sharoitda ko‘payish xususiyatiga
egadir.
Fitopatogen viruslarning shakli turlichadir. Bodring va tamaki
mozaikasi tayoqchasimon, kartoshkaning x-virusi, piyozning,
q a n d   l a v l a g i n i n g   s a r i q   v i r u s i   i p s i m o n ,   p o m i d o r n i n g
bronzasimon, olchaning halqali dog‘lanish, tokning qisqa
bo‘g‘inligini  keltirib chiqaruvchi viruslar ko‘p qirrali,
bug‘doyning chiziqli va kartoshkaning pakana  bo‘ylilik kasalligini
qo‘zg‘atuvchi viruslar batsilla shaklida bo‘ladi  (25, 26, 27, 28-
rasmlar).
25-rasm. 
Sharsimon viruslar.
26-rasm. 
Tayoqchasimon viruslar.
Viruslarning o‘lchami ularning tuzilishi, shakliga va taraqqiyotiga
bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Hujayrada rivojlanish bosqichini
to‘liq o‘tgan viruslar quyidagi o‘lchamda bo‘ladi. Tamaki mozaikasi
virionlari 300x15 nm, bodringning yashil virusi 280x16 nm,
kartoshkaning x-virusi 520x10 nm, lavlagining mozaikasi 730x60
nm ni tashkil qiladi.

103
27-rasm.
 Ipsimon viruslar.
28-rasm. 
Viruslarning egilgan shakli.
Viruslarning kimyoviy tarkibida oqsil, nuklein kislotasi ko‘p
uchraydi. Ular tarkibida DNK va RNK molekulalari alohida uchraydi.
Nuklein kislotalar virus zarrachalarining markazida joylashib spiral
hosil qiladi. Uning atrofida oqsil molekulalari bir zanjirli va qo‘sh
zanjirda joylashadi.
Viruslar kasallangan o‘simliklar hujayrasidagi oqsil va nuklein
kislotalari hisobiga o‘ziga o‘xshash zarrachalarni hosil qiladi.
O‘simlik hujayrasiga tushgan viruslar oqsilli po‘stloqdan ajralib,
hujayradagi ferment faoliyatini boshqaradi. Natijada virusning
o‘ziga o‘xshashli nuklein kislotasining hosil bo‘lishidan yangi
virus zarrachalari vujudga keladi. Ular bir hujayradan ikkinchi
hujayraga plazmolemma orqali o‘tib, hujayradagi  modda
almashinish jarayonining buzulishiga sabab bo‘ladi va yangi
molekulali oqsil va nuklein kislotalarini hosil qiladi. O‘simlik
poyasida viruslar harakati floemada — yuqoridan pastga qarab
amalga oshadi.
Viruslar xo‘jayin o‘simlik hujayrasida uning oqsilli po‘stlog‘ini
parchalab, virusning nuklein kislotasini hosil qiladi va u yangidan
hosil bo‘lgan oqsil bilan birlashib, ho‘jayin hujayrasidan tashqariga
chiqadi.
Viruslar past harorat va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib, -55—
60 
0
C haroratatda nobud bo‘lsa, ba’zan —90 
0
C ga chidamlilikni
namoyon qiladi. Ular spirt, efirga, ultrabinafsha nurlarga chidamli
bo‘ladi.
Viruslar o‘simlikdan o‘simlikka turlicha yo‘llar bilan  tarqaladi:
hasharotlar vositasida tarqalish; sog‘lom va kasallangan

104
o‘simliklarning bir-biriga tegishi natijasida; payvandlash davrida
yuqish; urug‘ va chang orqali. Ko‘pgina fitopatogen viruslar
sanchib so‘ruvchi  hasharotlar: shira,  oqqanot,  burga,  tri ps,
sikadalar, kanalar vositasida  kasallangan o‘simliklardan sog‘lom
o‘simlikka tarqaladi. Ayniqsa, shaftoli shirasi (Myzodes persical)
ko‘pchilik  o‘simliklarning virus kassalliklarini tarqatuvchisi
hisoblanadi.
Virus kasalliklarining sog‘lom o‘simliklarga o‘tishi bir necha
daqiqadan (0,5—2 min) bir necha soatgacha davom etish
m u m k i n .   B o d r i n g   v i r u s i ,   k a r t o s h k a n i n g   Y —v i r u s i ,
qandlavlagidan olma, qulupnay, malinaning mozaika viruslari
qisqa muddatda  sog‘lom o‘simlikka o‘tishi mumkin.
Pomidornining bronzasimon virusi, qovoq mozaikasi,
qandlavlagi bargining buralishi kasalliklari bir necha  kundan
keyin namoyon bo‘ladi. Viruslarning tarqalishida tuproqdagi
nematodalar, tuproq zamburug‘lari ham rol o‘ynaydi.
Nematodalar  vositasida malinaning halqali chirish,
salatning virusli mozaikasi, mevali daraxt va bug‘doyning
targ‘il mozaikasi kasalligi tarqaladi. Salat bargining birlashib
o ‘ s i s h   v i r u s i ,   b o d r i n g ,   t a m a k i n i n g   n e k r o z i n i   k e l t i r i b
chiqaruvchi viruslar Olpidium brassical, bug‘doy viruslari
Polymixa zamburug‘i vositasida tarqaladi. O‘simliklarning bir-
biriga tegishi natijasida tamaki mozaikasi, kartoshkaning X-
virusi, bodringning virus 2 si kasallangan o‘simlikdan sog‘lom
o‘simlikka uning zararlangan ildizidan, bargidan yuqishi
mumkin. Ba’zi viruslar chekanka, pikirovka jarayonida sog‘lom
o‘simliklarga yuqadi va uni kasallantiradi. Vegetativ usulda
ko‘payadigan o‘simliklarning tuganagi, ildiz mevasi, tanoplari
viruslar tarqalishiga keng imkoniyat beradi. Payvantag va
payvandust ham viruslarning tarqalishida asosiy vosita
hisoblanadi.
Ko‘pchilik viruslar (20%) urug‘lar va changlar vositasida
tarqaladi. Masalan, loviyaning mozaikasi, pomidorning VTM,
bodringning virus 2 si urug‘ orqali tarqaladi.
Barcha viruslar faqat kasallangan o‘simliklar hujayrasida hayot
kechiradi. Qish faslida esa ildiz mevalar, bosh piyozlar, tuganaklar
viruslarning saqlanish manbai hisoblanadi. Tuproqdagi o‘simlik
qoldiqlarida asosan tamaki mozaikasi saqlandi. Ayrim viruslar
o‘simlik urug‘ida saqlanadi.

105
7.1. Fitopatogen viruslarning nomenklaturasi va
klassifikatsiyasi
Viruslarning nomenklaturasi 1927-yilda D.Djonson
t o m o n i d a n   t a k l i f   q i l i n g a n .   U n i n g   f i k r i c h a ,   v i r u s l a r
kasallanadigan o‘simlik nomi va ajratilgan  tartib nomeri bilan
nomlanadi. Masalan, tamakida aniqlangan VTM (tamaki
mozaika virusi) Djonson bo‘yicha “tamaki virusi—1” deb
nomlangan, keyin aniqlangan viruslar 2, 3, 4 va h.k deb
nomlangan.
K. Smit (1937) viruslar klassifikatsiyasini yaratishda o‘simlikning
lotincha nomiga virus so‘zi va tartib raqamini qo‘yishni taklif qiladi.
Masalan: tamaki mozaikasi Nikotiana virus 1, bodring mozaikasi
Cucumis virus 1 deb nomlaydi.
F.Holms (1948) viruslarni nomlashda K.Linney taklifiga
asosan Binarnaya nomenklaturadan foydalanishni taklif qiladi.
Bunda virusni tarqatuvchi hasharot va o‘simlik nomi bilan
nomlash tavsiya etilgan. Masalan, Marmor tabaci. F.Holms
(1939)  viruslarni yangi ti p  — Vira  tarzida  ajratishni taklif
qiladi.
Viruslar dunyosi ikkita sinfga — o‘simliklarni kasallantiruvchi—
(Phytophagi) va hayvonlarni kasallantiruvchi — (Zoophagi)
ti plariga   ajratilgan.
V.L. Rijkov (1954) klassifikatsiyasiga asosan virus
zarrachalarining shakli va o‘lchami, kimyoviy tartibi, tarqatuvchi
hasharot turiga bog‘liq ravishda  viruslar 5 ta sinfga bo‘linadi.
Viruslar klassifikatsiyasi masalasi bo‘yicha F. Bouden, 1948;
K.S.Suxov, 1956; A.E.Protsenko, 1966; A. Gibbs va B. Harison,
1981 kabi olimlar ishlagan.
1966 -yilda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon
Mikrobiologlarining kongressida O. Lvov, R. Xornom, P. Turne
klassifikatsiyasiga asosan viruslar  kenja ti p,  sinf,  tartib,  oila va
turkumlarga bo‘lingan. Hozirgi vaqtda Gibbs, Harrison (1978)
klassifikatsiyasiga asosan viruslar 20 ta asosiy guruhga bo‘lingan.
Bunda viruslar o‘lchami, shakli, virionlar soni, nuklein kislotalar
miqdori, haroratga  munosabati, o‘simlik turiga, tarqalish usuliga
qarab klassifikatsiya  qilingan.
Viruslarning o‘simliklarga ta’siri va kasallik belgilarining
namoyon bo‘lishi. Virus kasalliklarining asosiy belgilari qatoriga

106
bargning mozaika  ko‘rinishga kirishidir. Bunga asosiy sabab,
o‘simlik hujayrasiga virus kirib kelgandan keyin  hujayrada yashil
plastidalar hosil bo‘lish jarayonlarini sekinlashishi yoki
xloroplastlarning buzulishidir. Mozaika shaklida uchraydigan
virus kasalliklariga tamaki mozaikasi, pomidor mozaikasi,
lavlagi mozaikasi, bodring yashil mozaikalari misol bo‘ladi.
Ayrim o‘simliklarda  barglar maydalanishi va bujmayishi shaklida
ko‘rinadi. Virus kasalligiga chalingan o‘simliklarda assimilatsiya
natijasida hosil bo‘lgan va kraxmalning to‘planishidan
barglarning qattiqlashishi yoki mo‘rt bo‘lib qolishi kuzatiladi
(lavlagining sarg‘ayishi, kartoshka bargining buralishi).
Kartoshkaning x-virusini o‘zida saqlovchi o‘simliklarda tashqi
kasallik belgilari namoyon bo‘lmasa-da, noqulay sharoitga
tushganda tashqi belgilar ko‘zga tashlanadi. Virus kasalliklari
bilan kasallangan o‘simliklarda fotosintez aktivligi buzilib, nafas
olishi, membranalar o‘tkazuvchanligi, oziq moddalar  harakati
sekinlashadi.
Virus kasalliklarining tarqalishida va zararining  ko‘payishida
ekologik sharoit asosiy rol o‘ynaydi. Mozaika, sariq kasalliklari
issiqxonalarda namlik miqdori me’yoridan yuqori bo‘lgan sharoitda
kuchayib ketadi. Yorug‘lik yetishmagan sharoitda o‘sgan
o‘simliklarning rivojlanishi sustlashganligidan viruslarning
ko‘payishiga yaxshi sharoit yaratiladi.
Cucumis virus — 2 ning bodringda rivojlanishi uchun
issiqxonalardagi 32—35

harorat eng qulay fursat hisoblanadi.
Malina  o‘simligida yoz faslida virus kasallikning zarari kamaysa,
kech kuzga borib zarari yana kuchayadi. Tuproqda azotli
o‘g‘itlarning ko‘p bo‘lishi virus  kasalligining rivojlanishiga  to‘liq
sharoit yaratadi.
7.2. Virus kasalliklarini aniqlash
Virus kasalliklarini aniqlashda uning tashqi  belgilari bilan birga
ichki belgilari ham muhim rol o‘ynaydi. Ayrim o‘simliklarda mevali
daraxtlarda, rezovor mevalarda xloroz holati vujudga keladi.
Demak, o‘simliklarning virus kasalliklarini aniqlashda  kasallikning
tashqi  belgilari bilan birga qo‘shimcha metodlardan foydalanish
taqozo qilinadi. O‘simliklarning virus kasalliklarini aniqlashda
quyidagi usullardan  foydalaniladi.

107
1. Kasallikning infeksiya manbaini  aniqlash.
2. Serologik usul.
3. Indikator o‘simliklar  usuli.
4. Elektron mikroskopiya usuli.
5. O‘simlik hujayrasini  tekshirish usuli.
6. Lyuminotsion analiz usuli.
7. Anatomik usul.
8. Kimyoviy usul.
Kasallikning infeksiya manbaini aniqlash uchun  quyidagi
usullardan foydalaniladi. Kasallangan o‘simlik shirasi bilan
zararlash usuli. Bu usuldan bir-biriga tekkan o‘simliklarda tarqalishi
mumkin bo‘lgan kasalliklarni aniqlashda foydalaniladi. Buning
uchun kasallik belgisiga ega bo‘lgan o‘simliklar shirasi uning bargini
mayda qirqib, hovonchada suv va abraziv  aralashtirilib yanchiladi.
Hosil bo‘lgan massa ikki qavatli dokada siqib suvi ajratib olinadi.
Olingan suyuqlik paxta, shpatel, doka vositasida sog‘lom o‘simlik
bargiga surkab, kasallik belgilarining namoyon bo‘lishi intensivligi
kuzatib boriladi.
Kasallik belgilarining namoyon bo‘lishini kuzatish uchun
payvandlash usulidan ham foydalaniladi.
Kasallikni hasharotlar vositasida tarqalishini nazorat qilish
uchun shaftoli shirasi (Muzodes persicae) dan foydalaniladi. Buning
uchun maxsus ajratilgan joyda boshqa hasharotlar bo‘lmagan
sharoitda kasallangan o‘simliklarning sog‘lom o‘simlikni
kasallantirishi amalga oshiriladi.
Ba’zan kasallarning viruslar keltirib chiqganligini isbotlash
uchun bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib o‘tqaziladi. Masalan,
malinaning xlorozi nima sababdan kelib chiqqanligini aniqlash
uchun boshqa tuproqqa ko‘chirib o‘tqaziladi. Bunda xloroz viruslar
tomonidan keltirib chiqarilgan bo‘lsa yangi tuproq sharoitida
sog‘ayib ketmaydi.
Serologik usul yordamida issiq qonli hayvonlar (quyon, qo‘y,
ot) qoniga viruslar jo‘natilganda ularning qon plazmasida shakli
o‘zgargan oqsillar antitil yoki antigenlarni hosil qiladi. Hayvon
qonidan olingan zardob o‘zida antigenlarni saqlab, shu virus keltirib
chiqaruvchi kasallikka nisbatan ijobiy reaksiya beradi va virusga qarshi
zardob deb nomlanadi. Antigen va zardobdagi antitela orasidagi
reaksiya serologik reaksiya deyiladi.

108
Virus kasalligini aniqlashda M.S. Dunine va N.N.Popov (1937)
tomonidan tavsiya qilingan tomchili serologik usuldan foydalaniladi.
Buning uchun buyum oynasining chetiga ikkita tomchi kasallangan
o‘simlikdan siqib olingan sharbatdan tomiziladi. Bu tomchilarning
bittasiga virus bilan kasallantirilgan hayvon zardobi, ikkinchisiga
antigen kiritilmagan hayvon zardobi tomiziladi. Sharbat va zardob
aralashtirilib, 1—3 daqiqadan keyin kuzatilganda, sharbat tarkibida
virus mavjud bo‘lsa, tomchi o‘rnida oqish paxtasimon dog‘lar paydo
bo‘ladi. Agar sharbat tarkibida virus bo‘lmasa, tomchi loyqa holatida
qoladi.
Ilmiy-tadqiqot institutlarida agarli gelda peretsitatsiya


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə