Erta turishning 5 siri



Yüklə 0,82 Mb.
tarix02.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#37820
Erta turishning 5 siri


Erta turishning 5 siri

Siz bunga qarshi bo‘lishingiz mumkin lekin men kuningizni qanday qilib ertaroq boshlashning 5ta yo‘li haqida gapirib beraman. Mening hayotimdagi asosiy maqsadim insonlarni boshqalarga o‘xshamagan, o‘ziga xos bo‘lishlariga o‘rgatishdan iborat. Men hayotda muaffaqiyatli va yetakchi bo‘lishning samarali strategiyasini bilaman. Bu - uyqudan ertaroq turish. Siz erta turish bu men uchun emas deb aytishingiz mumkin, lekin agarda biz sportda, san’atda, biznesda va ilmda muaffaqiyat qozongan insonlarga nazar tashlasak, ular o‘z miyyasida qattiq intizom o‘rnatgan insonlar ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Erta turish bu nafaqat raqiblaringizga nisbatan erishgan yutug‘ingiz chunki siz ancha ishni qilib bo‘lgan paytingizda ular uxlab yotgan bo‘ladi. Ikkinchidan esa bu siz o‘zingizga inom qilgan hadya. Bu bilan siz o‘zingizga ko‘proq umr hadya qilgan bo‘lasiz. Ben Franklin aytganidek: “Siz olamdan ko‘z yumganingizda to‘yib uxlash uchun yetarli vaqtingiz bo‘ladi”. Shuning uchun ertaroq turib o‘zingizga shaxsiy yetakchilikni rivojlantirish uchun 60 daqiqa vaqt ajratishingiz bu sizning tajribangiz va mashg‘ulotingiz bo‘ladi. Siz xuddi Bekham jahon darajasidagi futbolchi bo‘lish uchun mashq qilganday shug‘ullanasiz. Yoki jahon miqyosida poygachi bo‘lish uchun doimo mashq qiladigan Luis Hemiltonga yoki jahonga tanilgan musiqachi bo‘lishga intilgan Motsartga o‘xshab. Siz o‘zingizga ertalabki soat 5dan 6gacha bo‘lgan vaqtda 1 soat vaqt ajratib o‘z ustingizda ishlaysiz, shug‘ullanasiz. Demak, men sizning e’tiboringizni jalb qilmoqchi bo‘lgan g‘oya bu qanday qilib ertaroq turish mumkin? Buning uchun nima qilish kerak? Sizga bir nechta tez va foydali maslahat ulashaman:

Doimo jismonan baquvvat bo‘ling

Agarda sizda jismoniy tayyorgarlik darajasi a’lo bo‘lsa, sizda ortiqcha uyquga ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Quvvatingiz yanada oshadi. Siz chidamli bo‘lasiz. Shunchaki sog‘lom bo‘lsangiz bas, ko‘p uxlashga zaruriyat qolmaydi.



Muntazam ravishda haftasiga 1 marta massaj

Massaj bu ortiqcha vaqt yoki quvvatingiz sarflanishi emas, aslida bu o‘z badaningizga qilgan sarmoyangiz. Nima uchun deysizmi? Chunki u qon aylanishini yaxshilaydi. U sizning uyquga bo‘lgan ehtiyojingizni pasaytiradi. Massajni kamida 1 haftada 1 marta qilish lozim. Bu sizning mukammal bo‘lishingiz yo‘lida bir muhim qadam.



Parxez

Kamroq ovqat istemol qiling va siz ko‘proq quvvatga, kuchga ega bo‘lasiz. Kechki soat 8dan so‘ng ovqatlanmang. Har 4 soatda ovqat tanavvul qilishni odat qiling. Ozgina proteyn iste’mol qiling. Ozgina uglevodlar. Eng asosiysi kamroq miqdorda ovqatlanish va parxezingizni yo‘lga qo‘yish. Shunda uyquga ham keragidan ortiq vaqt ajratmaysiz.



Kundalik yozib boring

Ertalab ertaroq turib vaqtingizni kundalik yozish uchun sarflang. Boshqacha qilib aytganda ichingizdagi barcha kechinmalarni bir parcha oq qog‘ozga to‘king. Sizni vahima bosganida, siz quvvat yo‘qotishni boshlaysiz. Men buni kuch-quvvatni behuda sarflash deb atayman. Sizni tashvishlantirayotgan narsalarga qanchalik ko‘p quvvat sarflasangiz u shunchalik kamayib boraveradi. Natijada uyquga bo‘lgan ehtiyojingiz oshib boradi.



O‘z ishini sevish

Siz shug‘ullanayotgan ishni yaxshi ko‘rishni o‘rganing. Men hayotimda xuddi o‘z suratlarini ehtiros bilan chizgan Pekassoga o‘xshab mehmonxonalarni katta ishtiyoq bilan topzalagan xizmatchilarni uchratganman. O‘z ishingizga nisbatan ishtiyoq, ehtiros bilan munosabatda bo‘lish imkoniyatini toping. O‘z ishingizda eng yaxshisi bo‘ling. Nima uchun deb so‘ayapsizmi? Chunki siz shug‘ullanayotgan ishning naqadar muhim ekanligini anglash – siz boshqalarga bu yo‘nalishda o‘rnak bo‘lishingiz mumkinligini tushunish hissiyotidan boshqa hech narsa sizga bu darajada quvvat bera olmaydi. Eng katta sirlardan biri bu siz nima uchun nima maqsadda ishlayotganingizni anglab yetishdan iborat. Ertaroq uyg‘oning va yetakchilik borasida hayotda eng muaffaqiyatli birinchilardan biri bo‘ling!
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin