Eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil; eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har XIL vaqtgatoʻgʻri keladi
Yangi yil — eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil; eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtgatoʻgʻri keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda, xususan, Yevropa mamlakatlarida, shu jumladan, Rossiyada (Pyotr I tomonidan 1699 yil belgilangan) har yili 1 yanvarda nishonlanadi. Hijriy yil hisobi qabul qilingan joylarda esa quyosh yilining turli sanalarida bayram qilinadi. Urta Osiyo va Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda navroʻz bayramini Ya.y.ning kirib kelishi tariqasida qadimdan keng nishonlanadi (q. Navroʻz).