Etib kelgan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix01.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#105526
Begimqulova Marjon



“Irq bitigi” – qadimni turkiy moniy muhitda yaratilgan asar. Qadimgi turkiy tilda irq
– “fol”, irq bitig – “fol kitobi” degan ma’noni bildiradi. Asar O‘rxun-Еnasoy yozuvlari
tipida bitilgan va kitob holida saqlangan yagona asardir. Qo‘lyozma XIX asrning
oxirda Sharqiy Turkistonning Dunxuan degan joyidan topilgan. Asar tush va uning
ta’biriga bag‘ishlangan. U Isig Sangun va Ite chuq ismli o‘g‘lonlarga atab yozilgan.


Qadimgi turkiy adabiyotdan bizga yana bir janrning mahsuli – Irq bitiglari, ya’ni Fol kitoblari
etib kelgan.
Odamzodning tabiatga o‘ziga xos qarashi, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ma’lum
bir voqea-hodisalarga, buyumlarga munosabatlarini kundalik hayot tarzi bilan bog‘lashga
sabab bo‘ldi. Odamlar kundalik turmushda o‘sha tasavvurlarga tayanadigan bo‘ldilar,
tasavvur-tushunchalarini aniq bir maqsadga yo‘naltirdilar. Odamlarning tasavvurlari,
bashoratlari ko‘pincha to‘g‘ri to‘g‘ri natijalar mahsuli bo‘lib yuzaga chiqdi. SHu sababdan
ham hayotiylik kasb etib, turmushdan mustahkam o‘rin oldi. Bora-bora odamlarning
tasavvurlarini va bashoratlarini ommalashtiradigan shaxslar paydo bo‘lib, ular o‘ziga xos
yozma adabiyot turini yaratdilar. Bu turdagi yozma adabiyot Fol kitoblaridir. Fol kitoblari
Ta’birnoma deb ham yuritiladi. Qadimgi turkiyda Irq bitig deb nomlangan.
Insonlar Fol kitoblariga qadimdanoq murojaat etganlar. Qadimgi Fol kitobi tushni
ta’birlaydigan kitob bo‘lgan.


Ta’bir faqat turkiy qavmlardagina emas, dunyoning ko‘p xalqlarida, asosan, sharq xalqlarida
bor edi. Ossuriya va Bobil davlatlarida, qadimgi YUnonistonda bashoratgo‘ylar turli fazoviy
jismlarga bog‘lab odamlarning taqdiridan bashorat qilib, voqea-hodisalarning tub ildizlarini
izlashga harakat qilganlar. Lekin bashoratgo‘ylarda bo‘lgan bilim va tafakkur qudratini
hamma ham o‘zida namoyon qila olmagan. Taqdirdan bashorat qiladigan odamlar alohida
qatlamni tashkil qilgan.
Bibliyaning Eski Ahd qismida ta’birning alohida o‘ziga xos usullari bayon qilingan. Masalan,
Misr fir’avnining tush ko‘rishi va uning tushini faqat YUsuf ta’birlay olgani haqidagi voqea
bor. Fir’avn ko‘rgan tush va YUsufning ta’biri haqiqatan hayotda ro‘y berdi. YOki qur’a
tashlash vositasida yuz berajak voqealardan xabardor qilish va ta’birlash usullari ham
folning alohida turi bo‘lgan edi. 


Mahmud Koshg‘ariy irq so‘ziga “birovning dilidagini aytish” deb izoh beradi. Bundan anglashiladiki, X1
asrgacha fol ochish va tush ta’biri hayotiy bilimlar sifatida yaxlitlik kasb etgan.
Fol kitoblari aslida shomonlikning mahsulidir. Markaziy Osiyoda shomonlik, moniylik, nasroniylik, buddaviylik
oqimlari bir paytda yoki birin-ketin amalda bo‘lgani holda, shomonlik boshqa oqimlarga qaraganda
qadimiyroq va shu zaminda shakllangan, shuning uchun mavqei baland edi. Ammo boshqa muhitdan
Markaziy Osiyoga kirib kelgan oqimlar shomonlik qoidalari bilan qorishgan holda ham amal qilavergan.
Jumladan, buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy yodgorliklarda ham tush va uning ta’biri davom etgan.
Masalan, buddaviylik mazmunidagi “Oltun yorug‘” asarida ayni Fol kitoblaridagiga monand syujetlar bor.
“Oltun yorug‘”da tushga bag‘ishlangan lavha quyidagicha: shahzoda Mag‘astvi ochlikdan halok bo‘layotgan
yo‘lbarsga va uning bolalariga tanasini qurbon qilgandan keyin, bu voqeadan bexabar xizmatkorlar
shahzodaning yo‘qolganini va uni qidirish uchun yo‘lga otlanayotganlarini shovqin-suron bilan e’lon qiladilar.
Bu paytda Mag‘astvining onasi – malika tush ko‘rayotgan edi. Malika tushini quyidagicha bayon qiladi:
“Tushimda ayon bo‘lgan bu alomat. Ikki ko‘kragim birga butunlay qirqilganini tushimda ko‘ribman – oziq
tishim tushib ketibdi. Ko‘ribman aniq bu azobga tushganimni! YAna tush ko‘ribman: bundan boshqa uchta
kaptar bolasini lochin cho‘qib, uchalasidan bittasini tutib olib ketibdi. Endi (men ham) ayrildim eng kichigini
– suyukli, erkatoy farzandimni. YOmon alomat oqibati edi u, yolg‘on chiqmadi


Qadimgi turk davrida bizgacha ikkita Irq bitigi etib kelgan. Har ikkalasining yaratilgan sanasi deyarli bir –
U111 asrning oxiri va 1X asrning boshlari. Biri urxun yozuvida bitilgan, ikkinchisi moniy yozuvida bitilgan. Har
ikkala Fol kitobi shomonlik oqimiga tayansa ham, ularning timsollari, talqin va ta’birlash usullari
bir-biridan farq qiladi.
Moniy yozuvidagi Fol kitobi tushda zohir bo‘lgan hodisalarni ta’birlaydi. Zotan, tush “insoi ruhiyatining
ramzlari, ong osti hislari, ongga qalqib chiqmagan, lekin inson ruhiyatida har doim mavjud, tashki dunyo
bilan doimo aloqa qilib turuvchi hislardir”40. Fol kitobida ikki –oya bosh щrin tutadi: 1. Vujudni saqlamoq
va ruhni ozod tutmoq. 2. Tahlikadan uzoq turmoq va sevinch ichida yashamoq.
Mazkur Fol kitobida o‘n uchta hodisa va buyum ta’bir qilingan. Asarda moniylik va shomonlik bilan birga,
buddaviylik izlari ham bor. Fol kitobining so‘nggi misralarida “Burxonlarga ta’zim qil!” degan da’vat bor.
Burxon - budda xon atamasining turkcha-mo‘g‘ulchaga o‘zgargan ko‘rinishi bo‘lib, turk-mo‘g‘ul
mifologiyasida burxon har qanday Budda timsolini anglatadi. YUqoridagi da’vatdan buddaviylik va
moniylik oqimlari Markaziy Osiy madaniy muhitida “kurashayotgan” payt edi. Har ikkala oqim maqsad
jihatidan bir-biriga yaqin


Zoho Show
To create beautiful presentations, download Zoho Show from Play Store 
https://zoho.to/cy7
Begimqulova Marjon.pdf
(This PDF has been generated using Zoho Show)

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin