EURASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL
THEORY AND COMPUTER SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center
UIF =
8.3
|
SJIF =
5.916
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 7, July 2023 ISSN 2181-2861
Page 10
BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJALAR
HISOBI
Mamayusupova Shahina Ulug’bek qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti
sh.mamayusupova@tsue.uz
https://www.doi.org/10.5281/zenodo.8133490
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 29
th
June 2023
Accepted: 08
th
July 2023
Online: 09
th
July 2023
Bugungi global iqtisodiy islohotlar davrida davlat
moliyasini, shu jumladan davlat byudjetini boshqarishda
moliyaviy nazorat muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarining moliya-
xo’jalik faoliyati ustidan davlat moliyaviy nazoratini
tashkil etish masalalari keng yoritib berilgan.
Mamlakatmizdagi byudjet tashkilotlari moliya-xo’jalik
faoliyatini yanada rivojlantirishda davlat moliyaviy
nazoratining o’rni va ahamiyatini oshirish yo’llari ko’rib
chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasi huzuridagi
statistika agentligi ma’lumotlariga ko’ra 2022-yil
yanvar-fevral oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha
yakuniy moliyaviy natijalar sohalar bo’yicha keltirilgan.
KEY WORDS
Globallashuv,
Moliyaviy
xavfsizlik, islohot, rivojlanish,
xalqaro standardlar, moliyaviy
natijalar.
Oʻzbekiston Prezidenti 2017-yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021-yillarda
Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini
tasdiqladi. Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan
masalalarni kompleks oʻrganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti hamda
xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari boʻyicha ishlab chiqildi. Harakatlar strategiyasi besh
bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri boʻyicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda
alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi
1
.
Jumladan, uchinchi
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan
harakat strategiyasining
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori
iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish
g
a alohida eʼtibor qaratilgan. Bunda,
xarajatlarning
ijtimoiy yoʻnaltirilganini saqlab qolgan holda davlat byudjetining barcha darajalarida
mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga
qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy
moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini
amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali
foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligi eʼtirof etilgan.
1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” PF-4947-sonli Farmoni
Dostları ilə paylaş: |