Mavzu: «
Evolyution asosiy yo’nalishlari
»
Ochiq dars o’tkaziladigan sana: 29-oktyabr 2019 yil.
Dars turi: amaliy
Vaqti: soat 13
50
Mashg’ulot o’tkaziladigan auditoriya: 3-14
Guruh: Biologiya o’qitish metodikasi 401 guruh
Talabalar soni: 24 nafar
Darsning maqsadi: 1) O’quv mashg’ulotining maqsadi: talabalarda
Evolyutsion
asosiy yo’nalishlari
to’g’risida tushuncha hosil qilish.
2) Mavzuni innovatsion texnologiya usullarini qo’llagan holda yoritish.
oshirish.
Darsning ta’minlanishi: Tarqatma materiallar, kampyuter, payektop, kartochkalar va
boshqalar.
Amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi
Bosqichlar
Vaqti
Faoliyat mazmuni
O’qituvchi
Talaba
1- bosqich
Kirish
(5 minut)
1.1.O’quv mashg’ulotining mavzusi,
maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni
o’tkazish rejasini aytadi.
1.2.
Mashg’ulot
munozara
ko’rinishida o’tishini aytadi
1.1. Diqqat bilan tinglaydi va
yozib oladi
2-bosqich
Bilimlarni
faollashtirish
(10 minut)
2.1. Mavzu bo’yicha qisqa savol javob
o’tkaziladi.
2.1. Birma-bir doskaga chiqib,
o’z fikrlarini yozadilar
3-bosqich
Asosiy
(55 minut)
3.1. Talabalarni 3 guruhga ajratadi va
har bir guruhga alohida mavzuchalar
tarqatadi.
Vazifani
bajarishda
qo’shimcha material va adabiyotlardan
foydalanish mumkinligini aytib o’tadi
3.2.
Mavzu
qay
darajada
o’zlashtirilganligi: blits savollar,
blits-o’yin va klaster usuli orqali
nazorat qilinadi.
3.3.
Prezintatsiyalarni
taqdim
etishlarini taklif etadi va munozarani
shakllantiradi.
3.1.
Mayda guruhlar bilan
ishlashga o’rganadilar.
3.2. O’z olgan bilimlarini
mustahkamlaydilar va bilish
darajalarini
aniqlashni
o’rganadilar.
3.3. Taqdimot va munozarani
o’rganib, kerakli joylarini
yozib oladilar.
4-bosqich
Yakuniy
(10 minut)
4.1. Ishga yakun yasaydi va talabalarni
baholash maqsadida blits-o’yin va
klaster usulini qo’llaydi.
4.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi:
4.1.
Tinglaydilar,
test
yechadilar, va savol beradilar
4.2. Qo’shimcha adabiyotlar
bo’yicha ma'lumot berishni
yangi
mavzuga
oid
materiallar
to’plash.
so’raydi
Organik olamning tarixiy
taraqqiyoti bilan tanishilsa, organizmlar oddiydan murakkabga,
takomillashmagan formalardan takomillashgan formalarga tomon rivojlanganligi namoyon
bo`ladi. Bu ayniqsa, paleontologiya dalillarini tahlil qilganda ko`zga yaqqol tashlanadi.
Odatda, organizmlarning oddiydan murakkabga tomon rivojlanishi
progress termini bilan
ifodalanadi. Biroq progress tushunchasi uning tub mohiyatini ochib bermaydi. Umuman,
organizmlarning tuzilish darajasini ifodalovchi mezonlar hali yaxshi ishlab chiqilmagan.
Masalan, to`rt oyoqli sudralib yuruvchilardan ilonlarning kelib chiqishini progress yoki regress
deb hisoblash mumkinmi? Shunga ko`ra, «progress» muammosi Darvin uchun juda murakkab,
organizmlarning tuzilish darajasi haqidagi mulohazalar esa nisbatan, chalkash bo`lib tuyulgan.
Shuning uchun u o`z asarlarida juda «takomillashgan mavjudotlar»
iborasini ishlatmaslikka
harakat qilgan. Chunki ko`p hollarda organizmlar biror qismining progressiv o`zgarishi boshqa
qismining regressiv o`zgarishi bilan uzviy bog`liq. Bu esa progress mezonlari haqidagi masalaning
murakkabligiga sabab bo`ladi. Progress haqidagi tushunchaga dastlab Darvin ilmiy tomondan
yondashgan olimdir. U progressiv rivojlanishning asosiy omillaridan biri tabiiy tanlanish bo`lib
u ma’lum muhit sharoitida organizmlarning takomillashuviga sababchi, deydi. Darvin fikricha,
organizmlarning raqobat qilish qobiliyati turli organlarining differensiyalanish va ixtisoslashish
darajasi progress mezonlaridan biri hisoblanadi. Lekin bu mezonlar progress tushunchasi uchun
yetarli emas. Ular progressiv evolyutsiyadagi qarama-qarshiliklarni ifodalay olmaydi.
Biror organ tuzilishining murakkablashuvi darajasi evolyutsion progressni aniqlash uchun
ishonchsiz mezon hisoblanadi. Ba’zi bir boshoyoqli mollyuskalar ko`zining tuzilishi sut
emizuvchilar ko`zining tuzilishiga nisbatan anchagina murakkab.
Lekin boshoyoqli
mollyuskalar sut emizuvchilarga qaraganda yuksalgan deb aytib bo`lmaydi. Organizm
guruhlarining tuzilishi «yuqori» darajada ekanligini aniqlash uchun, uning to`plagan axborot
zahira hajmi, ontogenezning avtonomizatsiyasi, individlarining yashab qolishi, umumiy
aktivligining ortishi diqqat markazida turmog`i kerakligidan dalolat beradi.
Organik olamda progressiv rivojlanishning har xil shakllari mavjud. Ularga cheklanmagan
biologik, morfologik-fiziologik progresslar kiradi. Prokariotlardan
tortib bir qancha
evolyutsion jarayonlar tufayli sut emizuvchilar va nihoyat odamzotning kelib chiqqanligi
cheklanmagan progressga misol bo`ladi. Albatta bu tarixiy rivojlanish bir qancha organik
formalarning paydo bo`lishi, almashinuvi orqali amalga oshgan. Materiya harakat formasining
bunday yuqori bosqichga o`tishi tirik tabiat rivojlanishining birgina shoxobchasida ro`y bergan.
Organik olam tarixiy rivojlanishining boshqa shoxobchalari esa rivojlanishning u yoki bu
darajasida to`xtab qolgan. Ma’lumki, eralardan eralarga, davrlardan davrlarga o`tgan sari
organik olamning xilma-xilligi orta borgan. Bu esa organizm guruhlari yashayotgan biotik
muhitning murakkablashuviga sabab bo`lgan. Bunday o`zgargan sharoitda yashashga
moslashgan organizmlar paydo bo`lar ekan, ular avvalo kam sonda, ko`zga tashlanmaydigan
holatda bo`lib, keyinchalik son jihatdan ko`payib, xukmron holatga o`tgan. Xuddi
shunday
holatni silur davrida jag`sizlar, devonda baliqlar, karbonda suvda va quruqda yashovchilar,
Permda sudralib yuruvchilar, mezozoy va kaynozoyda sut emizuvchilar sinfiga mansub
bo`lgan hayvonlarda ko`rish mumkin. Yangi paydo bo`lgan organizm guruhlari biosferada
hukmron holatni egallashi uchun ular shu yerdagi mavjud turlar bilan raqobatda bo`lishi va
ularga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi kerak edi. U yoki bu hayvon, o`simlik
guruhlari cheklanmagan progress asosida rivojlanishi uchun asosiy to`siq tor doiradagi
ixtisoslashishdir. Tarixiy rivojlanish-da organizmlarda tor doiradagi ixtisoslashishning tarkib
topmasligi uchun yashash muhiti tez-tez o`zgarib turishi kerak. Bunday sharoitda yashagan
organizmlarda tor doirada ixtisoslashish amalga oshmagan va ular har gal o`zgargan yashash
sharoitiga tuzilishining murakkablashuvi bilan javob qaytar-gan, oqibatda ular
evolyutsiyasida cheklanmagan progress muntazam ravishda amalga osha borgan.
Cheklanmagan progress organizmlar tuzilishining takomillashuvi
bilan bir qatorda
populyatsiya tarkibining o`zgarishiga ham sabab bo`lgan. Bir hujayrali organizmlar
populyatsiyasida individlar orasidagi munosabat juda sust, har bir organizm mustaqil
ravishda muhitning o`zgarishiga javob beradi. Poda yoki gala bo`lib yashovchi, tuzilishi
murakkab bo`lgan hayvonlar populyatsiyasida esa har bir individning muhit o`zgarishiga
javob reaksiyasi har xildir. Ularning ba’zilari muhitga bevosita emas, balki bilvosita bog`liq
bo`ladi. Yosh organizmlar oziq topishda, dushmandan himoyalanishda
bevosita ishtirok
etmasligi shular jumlasidandir. Populyatsiyada ro`y bergan bunday o`zgarish individni
muhitning tobeligidan, tasodifiy noqulay sharoitdan himoya qilishga qaratilgan. Organik olam-
dagi progress muammosi birinchi marta Seversov tomonidan mukammal o`rganilgan. U
evolyutsion nazariya uchun eng qiyin bo`lgan: «Nima uchun hozirgi vaqtda tuzilishi juda
murakkab bo`lgan hayvonlar va o`simliklar bilan bir qatorda, juda qadim zamonda paydo
bo`lgan tuzilishi oddiy organizmlar (bakteriyalar, sodda organizmlar) mavjud? Nima sababdan
ayrim organizmlar tarixiy rivojlanishda takomillashib ketgan-u, boshqalari esa sodda tuzilishini
saqlab qolgan?» degan muammolarni hal etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi.
Yuqoridagi masalalarni hal qilishda, avvalo, evolyutsiya jarayonida ro`y beradigan biologik
progress va morfologik-fiziologik progress tushunchalari farqlanishi zarurligini ta’kidladi.
Biologik progress deganda, Seversov turning avj olib rivojlanishini,
keng tarqalishini, ravnaq
topishini tushungan, ya’ni: 1) turga mansub individlar soni ortadi; 2) natijada tur keng
tarqalib, yangi areallarni ishg`ol qiladi; uning areali kengayadi; 3) yangi sistematik guruhlar
paydo buladi va intensiv divergensiya ro`y beradi. Hozirgi vaqtdagi gulli o`simliklar, suyakli
baliqlar, qushlar va sut emizuvchilar biologik progressga misol bo`ladi.