Excel 2007 hamma uchun



Yüklə 62,03 Kb.
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü62,03 Kb.
#200073
  1   2   3   4   5   6
Excel 2007 hamma uchun

MAVZU: EXCEL VA UNDA ISHLASH

Reja:


  1. EXCEL haqida umumiy ma’lumot

  2. EXCEL dasturi asoslari

  3. EXCEL dasturi oynasi bilan ishlash

  4. Uskunalar paneli bilan ishlash







Excel va unda ishlash.


Microsoft Excel elektron jadvali turli xil jadvallar yaratish, ularda xisob-kitob ishlarini amalga oshirish, diagrammalar yaratish, ularning ko`rinishini boshqarish va boshqa ishlarni bajarish mumkin. Bu dasturni ishga tushirish uchun shu dastur piktogrammasida sichkoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish ( tugmasi) , dastur faylini ishga tushirish yoki Пуск bosh menyusidagi Все программы bandidagi Microsoft Office bandidan Microsoft Excel 2010 buyrugini tanlash orqali ishga tushirish mumkin.

Excel dasturi uskunalar paneli.
Dasturning uskunalar paneli boshqa office paketi dasturlari uskunalar paneliga uxshash bo`lib, unda Главная, Вставка, Разметка страницы, Формулы, Данные, Рецензирование, Вид hamda Надстройки panellari mavjud.
Excelda yaratilgan xar bir xujjat kitob (elektron kitob) deb ataladi va har bir kitob bir yoki bir nechta saxifa(list)lardan iborat bo`lishi mumkin. Bu sahifalarning nomini o`zgartirish, o`rnini o`zgartirish yoki chop etish mumkin.
Excel ishchi maydoni jadval kurinishida bo`lib, satrlari 1 dan boshlab raqamlanadi hamda cheksiz (oldingi Office paketi Excel dasturlaridan farqli ravishda) tartiblangan bo`lib, ustunlari A dan boshlab tartiblanadi hamda barcha lotin alifbosi harflari tugagach, ulardan ikkitadan foydalanib tartiblanadi (AB, AC, AD, …ZZ), ikkitalik imkoniyatlar tugagach esa, ustunlar uchtadan yarflar bilan belgilanadi (AAA, AAB, AAC, … ). Bu satr va ustunlarning kesishgan joyi katakcha (yacheyka) deb ataladi. Har bir katakcha o`zining o`rniga qarab ma`lum manzilga ega bo`ladi. Masalan A3 (A ustun va 3-satrlar kesishgan katakcha), IA234 (IA ustun va 234-satrlar kesishgan katakcha).
Microsoft Excel2010 dasturi boshqa Office paketi dasturlariga o`xshash bo`lib, lekin unda dasturning vazifalari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turli-tuman farqlar ham mavjuddir. Bularga dasturning hisob-kitob ishlarini bajarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kiritilgan o`zgarishlarni misol qilib keltirib o`tishimiz mumkin. Bundan tashqari Excel 2010 dasturi jadval ko`rinishidagi ma`lumotlarni tayyorlash hamda ularni yaqqolroq tasvirlash maqsadida kuchli diagrammalar bilan ishlash asbobi bilan ham ta`minlangandir hamda bu imkoniyat ham dastur imkoniyatlari va tashqi ko`rinishida o`z aksini topgan.

Excel 2010 dasturining ishchi maydoni quyidagicha kurinishga ega:



Excel dasturi asoslari


Excel dasturida tayyorlanadigan hujjat elektron kitoblar deb ataladi va bu elektron kitobda kompyuter xotirasi imkon beradigan darajada ko`p sahifa (list)larni joylashtirish mumkin. Bu listlar ishchi listlar (oddiy listlar – ularda jadvallarni joylashtirish mumkin) hamda diagramma listlari (ularda diagrammalar joylashtiriladi)ga bo`linadi.
Oldingi Excel dasturlarida ishchi maydoni 65536 ta satr va 256 ta ustundan iborat edi. Excel 2010 dasturida esa satrlar soni 1048576 ta bo`lib, ustunlar soni esa 16384 tadan iborat (A-XFD gacha). Demak Excel 2007 dasturida jami 17179869184 ta katakcha mavjud ekan. Katakcha – bu ustun va satr kesishgan joydagi birlik bo`lib, har bir katakcha o`zining individual manzili (nomi)ga egadir. Bu nom shu katakchaning ustuni harfi (harflari) hamda uning satr tartib raqamining yonma-yon yozilishidan iboratdir. Elektron sahifaning birinchi (yuqori chap burchagidagi) katakchasining manzili A1 bo`lib, uning oxirgi katakchasi (pastki o`ng burchakda)ning manzili mos ravishda XFD1048576 ekanligi tushunarli.

Yüklə 62,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin