Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Dars maqsadi



Yüklə 15,7 Kb.
tarix20.07.2023
ölçüsü15,7 Kb.
#136993
Документ Microsoft Word


Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Dars maqsadi. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. Mifologik va diniy dunyoqarashning o’zaro aloqasi va farqi. Diniy dunyoqarashning shakllanishi va mohiyati. Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos roli. Fan- ilmiy dunyoqarash shakli. Fanning funktsiyalari va taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa va fanning o’zaro mutanosibligi va farqi. Falsafa fanining predmeti, funktsiyalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati.
Bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo’ymoqda. Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif beqiyos rivojlandi. Odamzod o’zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko’p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko’plab sir-asrori kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi.
Ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to’plangan hikmatlar xazinasi eng muhim o’rin tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari bo’ladi. Ular o’z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-intilishlarini falsafiy ta’limotlarida, muayyan darajada, ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g’oyalarni o’rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari etaklovchi bayroq sifatida namoyon bo’ladigan bu g’oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
Avvalo, falsafa o’zi nima, degan masalaga to’xtalib o’taylik. U insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi «filosofiya» so’zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu — ushbu so’zning, atamaning lug’aviy ma’nosi bo’lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so’zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar bo’lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan.
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. O’sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo’lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Evropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.
Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to’g’risidagi ilm hisoblanar edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. Bundan tashqari, qadimgi Yunonistonda yuz bergan buyuk uyg’onish davri o’ziga xos falsafiy mafkurani ham yaratganligi shubhasiz. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bo’lganini aksariyat olimlar alohida ta’kidlaydi.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy filosofiya so’zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o’tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga xosligini yaxshi anglab etgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri tushunadigan kishi hech qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam hamda hayotning qadriga etish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan.
Yüklə 15,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin