Falsafa va ijtimoiy hayot



Yüklə 413,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix06.06.2020
ölçüsü413,69 Kb.
#31703
  1   2   3   4   5
falsafa va ijtimoiy hayot


  

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

 

 

 

 

 “FALSAFA VA IJTIMOIY HAYOT”  

USLUBIY QO„LLANMA 

 

   (Barcha ta‟lim yo„nalishlari  uchun) 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent - 2017 

 

Ushbu  uslubiy  qo‗llanma  Termiz  davlat  universitetining  Ijtimoiy-iqtisodiy 



fakulteti ―Ijtimoiy fanlar‖ kafedrasining 24.05.2017 yilgi 19-sonli Ijtimoiy-iqtisodiy 

fakul‘teti  Kengashining  27.05.2017  yildagi  10/3-sonli  hamda  Termiz  davlat 

universiteti o‗quv-uslubiy Kengashining  2017 yildagi 11  sonli yig‗ilish qarori bilan 

tasdiqlangan. 

 

 

 



Ushbu uslubiy qo‗llanma Falsafa fanining namunaviy va ishchi o‗quv dasturiga 

muvofiq tayyorlandi.  

 

 

Tuzuvchi: 

                                    

Termiz davlat universiteti 

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o„qituvchisi:                            Qoraboyev N.M. 

 

Taqrizchilar:                                    

Termiz davlat universiteti 

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri,  

falsafa fanlari nomzodi:                                                    Mustafoyev U.O„. 

    

Falsafa fanlari doktori, professor:                                   Samadov Sh.B. 

 

Mazkur  uslubiy  qo‗llanma  oliy  ta‘lim  tizimi  barcha  yo‗nalishlari  1.00. 

Gumanitar  va  ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar  bloki  o‗quv  adabiyotlari  turkumiga  kiradi, 

davlat  standartlari  va  namunaviy  o‗quv  dasturi  mazmuniga  mos.  Kitobda  falsafa 

fani,  uning  predmeti,  mazmuni  va  jamiyatdagi  roli  keng  qamrovli  yondashuvlar 

asosida yoritib berilgan.  

Uslubiy qo‗llanma barcha oliy o‗quv yurtlarida falsafa bilan shug‗ullanuvchi 

bakalavr,  magistr,  mustaqil  tadqiqotchilar,  o‗qituvchilar  va  umuman,  falsafa 

muammolari bilan qiziquvchilarga mo‗ljallangan.  

Uslubiy  qo‗llanma  Termiz  davlat  universiteti  o‗quv-uslubiy  Kengashida 

muhokama etildi va nashrga tavsiya etildi. 


 

KIRISH 



 

Bugungi kunda falsafani o‗qitishda o‗qituvchi duch keladigan eng xarakterli 

shart-sharoit  shundaki,  falsafa  shakllanganidan  buyon  to  hozirgacha  uning  asliy 

predmetida  ham,  uni  o‗rganuvchilarning  tabiatida  ham,  uni  o‗rganishning 

tashkillashish    shakllarida  ham  tinimsiz  va  katta  o‗zgarishlar  sodir  bo‗lgan.  Eng 

oxirgi  o‗zgarish  yurtimiz  o‗z  mustaqilligini  qo‗lga  kiritishi  munosabati  bilan 

dogmalashgan va biryoqlama markscha-lenincha falsafaning inkor etilishi va uning 

o‗rniga  o‗z  milliy  falsafamizni  shakllantirish  masalasining  ko‗ndalang  bo‗lishi 

munosabati  bilan  amalga  oshmoqda.  Vaholanki,  bunga  qadar  ham  falsafaning 

predmetida umumjahon miqyosida ikki juda yirik o‗zgarish sodir bo‗lgan.  

Falsafadan  ma‘ruza  o‗qish,  avvalgi  mavzularda  aytilganidek,    bir  vaqtning 

o‗zida  bir  qancha  vazifalarni  amalga  oshirishni  ko‗zda  tutadi.  Ulardan  eng 

muhimlarini  bilish  ma‘ruzani  o‗qishda  qanday  uslublarni  (metodlarni)  qo‗llash 

maqsadga  muvofiqligini  belgilab  olishga  yordam  beradi.  Vazifalarning  eng 

birinchisi,  albatta,  talaba  uchun  noma‘lum  bo‗lgan  va  talaba  mustaqil  erishishi 

qiyin  yoki  mumkin  bo‗lmagan  muayyan    axborotni    (informatsiyani),  muhim 

falsafiy  g‗oya  va  qarashlarni  unga  bevosita  yetkazib  berishdir.  Ma‘ruzaning 

ikkinchi  vazifasi,  mazkur  mavzu  materialini  talaba  ko‗r-ko‗rona  o‗zlashtirishiga 

emas,  balki  ongli    qabullashiga  erishishdir.  Buning  uchun  falsafa  o‗qituvchisi 

talabada  axborotni  mustaqil  tahlil  etish,  fikriy  izlanishni  amalga  oshirish 

ko‗nikmalarini  tarbiyalashi  kerak.  Ma‘ruzaning  navbatdagi,    eng  oliy  vazifasi 

talabada  ijodiy  fikrlash  qobiliyatini  hosil  qilish  bo‗ladi.  Buning  uchun  ustoz 

talabaga  falsafiy  qarashlar  orasidagi  ziddiyatlarni  payqash,  ularga  nisbatan  o‗z 

munosabatini  shakllantirish,  ifodalash  va  iloji  boricha,  o‗z  xulosalarini  oldinga 

surish  kabi  mustaqil,  ijodiy  mushohada  ko‗nikmalarini  shakllantirishi  kerak. 

Mazkur  vazifalarni  bajararkan,  pedagog  ma‘ruzaning  turli  qismlarida  turlicha 

uslublarni  qo‗llaydi  va  dars  vaqtida  talaba  faoliyatini  ham  shunga 

muvofiqlashtiradi.  Ma‘ruzaning  birinchi  vazifasini  amalga  oshirisharkan,  u 

talabadan  axborotni passiv va to‗liq qabullashi kerak bo‗lgan tinglovchi  holatida 


 

bo‗lishni talab qiladi.  O‗zi esa, asosan, ahborotni talabaga iloji boricha bekam-u 



ko‗st yetkazish, tushuntirish, izohlash, namoyon etish kabilar bilan cheklanadi. Bu, 

masalan,  falsafada  oldinga  surilgan  muhim,  o‗zgarmas  prinsiplar,  paradigmalar, 

shakllangan  g‗oya  va  qarashlar,  ta‘riflar,  muhim  talqinlar,  qonunlar,  faktlar  va 

darsga oid muhim davlat hujjatlari  kabilar  bo‗lishi mumkin.         

 Ma‘ruzaning boshidan oxirigacha faqat shu metodni qo‗llashning o‗qituvchi 

uchun  ham,  talaba  uchun  ham  qulay  jixatlari  ko‗p.  Uning  talaba  uchun  qulayligi 

shundaki, 1) talaba o‗zini hech zo‗riqtirmasdan tayyor axborotni qabul qilib oladi 

(yoki,  umuman,  qabul  qilmaydi);  2)  talaba  o‗qituvchidan,  o‗zi  qabul  qilishi 

mumkin  bo‗lgan  boshqa  axborot  manbalardan  farqli  o‗laroq,  ancha  sifatli,  ya‘ni 

o‗qituvchining sinovdan o‗tgan tajriba, tahlillariga asoslangan, eng dolzarb, muhim 

jihatlari  ajratib  olingan,  umumlashtirilgan  va  tizimlashtirilgan  materialni  qabul 

qiladi; 3) mavzu bo‗yicha material tanqis hollarda bu ayniqsa qulay... 

Ushbu metodning o‗qituvchi uchun qulayligi shundaki, u 1) dars rejasi buzilmaydi; 

2) mavzu uchun mo‗ljallangan materialni  dars vaqti ichida to‗liq yetkazib beriladi; 

3)  intizom  risoladagidek,  shovqin-suronsiz,  ehtiros,  bahslarsiz  o‗tadi;    4)  o‗z 

bilimini  keng  namoyon  qilishi  bilan  zavqlana  oladi  (agar  o‗qituvchining  bilimi 

yuqori  bo‗lsa,  albatta);  5)  bir  bora  yozib  qo‗ygan  ma‘ruzasini,  qayta-qayta 

ishlamasdan o‗qiyverishi mumkin... Lekin darsni faqat shu metod asosida o‗qish, 

bir  tomondan,  talabani  mutafakkirga  emas,  faqat  taqlidchiga  aylantirsa,  ikkinchi 

tomondan,  o‗qituvchining  o‗zini  ham  nazariy  va  metodik  nuqtai  nazardan 

dogmalashib  qolishiga  olib  keladi.  Shunga  ko‗ra,  falsafa  o‗qituvchisi  talabaga 

falsafiy  materialni  qanday  bo‗lsa  shundayligicha,  ya‘ni  nofaol  qabul  qilishi  shart 

bo‗lgan tinglovchi sifatidagina emas, balki mavzuni tahliliy qabullashi mumkin va 

kerak  bo‗lgan  subyekt  sifatida  ham  yondashishi,  ya‘ni  ma‘ruzaning  ikkinchi 

vazifasini ham amalga oshirishi zarur.  

Shu  munosabat  bilan  falsafiy    ma‘ruzaning  ikkinchi  muhim  maqsadini 

amalga  oshirishga  xizmat  qiladigan  uslubni  ham  yoritishga  o‗tamiz.  Bunda, 

avvalo,  o‗z  ma‘ruzasining  birinchi  vazifasini  qoniqarli  amalga  oshira  olgan 

o‗qituvchigina  ikkinchi  vazifani  ham  amalga  oshira  olishini  ta‘kidlab  o‗tish  joiz.  


 

Zero,  ma‘ruza  materialining  tahlili  talabaga  aniq  va  to‗liq  yetkazilgan  axborot 



asosida  bo‗lishi  zarur.  Aks  holda,  tahlil  mantiqiy  tupikka,  boshi  berk  ko‗chaga 

kirib  qolishi  va  talabadan  chin  mutafakkirni  emas,  safsatabozni  (sofistni)  keltirib 

chiqarishi  mumkin.  Ma‘ruzaning  ikkinchi  vazifasini  bajarish  uchun  o‗qituvchi 

talaba  faolligini  rivojlantiruvchi  metodlarni  ishga  solishni  ham    bilishi  kerak. 

Ushbu  metodlar  aktiv  va  interaktiv  metodlar  nomini  olgan.  Bunday  metodlar 

hozirgi davrda juda ko‗p. Bular qatoriga, masalan, ma‘ruzalarni muammoli o‗tish, 

suqrotcha bahs tarzida o‗qish, rolli uyinlar tashkil etish, konkret vaziyatlar tahlili 

tarzida o‗qish, o‗yin proyektlari asosida tashkillash va h.k. 

 


 

“Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli” mavzusi 



bo„yicha ma‟ruza matni 

 

Reja: 



 

1. 

Falsafa  tushunchasining  kelib  chiqishi.  Falsafaning  predmeti  va 

asosiy mazmuni. 

2. 

Dunyoqarashning 

mohiyati. 

Dunyoqarashning 

tuzilishi. 

Dunyoqarashning tarixiy shakllari.  

3. 

Falsafa va fanning mutanosibligi va farqi.  

 

«Falsafa» 

so‗zini 

(yunonchadan 

phileo 

(sevaman) 



va 

sophia 


(donishmandlik), ya‘ni «donishmandlikni sevish» birinchi marta miloddan avvalgi 

VI  asrning  ikkinchi  yarmida  Pifagor  ishlatgan.  U  faqat  xudolargina 

donishmanddirlar,  odamlar  esa  donishmandlikka  intilishi  mumkin,  ya‘ni 

donishmandlikka qanday  yaqinlashish haqida mulohaza yuritilishlari mumkin deb 

hisoblagandi.  Odamda  mulohaza  qilish  qobiliyatining  rivojlanishi  haqiqatni 

falsafiy izlash yo‗llari va vositalarini belgilab berar edi. 

Olamning  birlamchi  asosi  va  birlamchi  sabablarini,  kosmos  tuzilishining 

o‗ziga  xosligini  bilishga  urinish  ma‘lum  ma‘noda  falsafaning  obro‗sini  «fanlar 

shohi»  darajasiga  ko‗targan  edi.  Falsafaning,  shuningdek,  metafizika  (yunoncha 

meta  ta  phusika  ya‘ni  fizikadan  keyingi)  deb  atalishi  ham  bor.  «Meta»  old 

qo‗shimchasi falsafaning tabiatni o‗rganuvchi qolgan fanlar «ustiga qurilgan»ligini 

bildirar  edi:  qadimgi  yunonlar  tabiatni,  ya‘ni  insonni  o‗rab  turgan  tabiiylikni 

o‗rganishni «fizika» deb nomlar edilar. 

Falsafa  mifologik  tasavvurlar  bag‗rida  yuzaga  kelgan.  Miflar  (yunoncha 

mythos  –  so‗z,  doston,  rivoyat),  ya‘ni  rivoyatlar  qadimgi  odamlarning  birlamchi 

dastlabki  ma‘naviy  madaniyat  shakllari  edi.  Rivoyatlar  barcha  xalqlar  ham  bir 

bo‗lib, tabiat va jamiyatni tushunishning asosiy vositalari bo‗lib hisoblanar edi. 


 

Kosmologik  (kosmosning,  ya‘ni  olamning  kelib  chiqishi  haqidagi)  va 



kosmogonik  (kosmosning  tuzilishiga  tegishli)  rivoyatlar  olam  va  odamning  kelib 

chiqishi  haqidagi;  inson  yashayotgan  dunyoning  qanday  tuzilganligi  haqidagi; 

ezgulik  va  yomonlik  nimaligi,  odamlarning  g‗am-u    tashvishlari  qayerdan  kelib 

chiqadi,  o‗lim  nima,  o‗limdan  so‗ng  nima  bo‗ladi  va  h.k.  odamdagi  falsafiy 

tasavvurlarning proobrazlari edi. 

Qadimiy  odamlar  uchun  rivoyatlar  o‗ylab  chiqarilgan  va  bilish  usuligina 

bo‗lib  qolmay,  ular  hayotning  shakli  ham  edi.  Rivoyatlar  yaratish  qadimgi 

odamning  har  kungi  hayotidagi  odatlari,  diniy  rituallari,  marosimlari  bilan 

chambarchas  bog‗langan.  Ovchilik  va  dehqonchilik  rituallari,  bag‗ishlov  va 

qurbonlik  qilish  marosimlari  va  mifologik  turmush  tarziga  xos  bo‗lgan  boshqa 

magiya  harakatlari  hozirgi  zamon  kishisi  uchun  mutlaqo  ratsional  bo‗lib 

tuyulmaydi. Biroq tarixiy ravishda mulohaza yuritilsa va tabiat insoniylashadigan, 

insonning o‗zi esa o‗zini tabiatdan ayrim ko‗rmaydigan mifologik ongning o‗ziga 

xosligini  nazarga  olinsa  (tabiatning  barcha  hodisalari,  madaniyat  buyumlari, 

odamlar  va  xudolar  yagona  bo‗lib  birlashib  ketgan  edilar),  u  holda,  mifologik 

ishonishlar va rituallar o‗z holicha izchillik kasb etadi. Uning ustiga, bu ritual va 

marosimlar  odamlarning  psixik  kuchlarini  yo‗llab,  ularning  ruhiy  va  emotsional 

kayfiyatlarini umumiyligini ta‘minlab inson hayoti uchun foydali edilar.  

O‗zimizni  qadimgi  ovchilar  o‗rniga  qo‗yib  ko‗raylik.  Ovga  yoki  baliq 

tutishga  otlanar  ekanmiz,  biz  barcha  mumkin  bo‗lgan  variantlarni  ishlab  chiqqan 

va aniq reja tuzib olgan bo‗lar edik. Bizdan farqli ravishda, qadimgi odamlar ritual 

raqsga  tushgan va xudo yo‗lida qurbonlik qilgan bo‗lar edilar. Ular o‗zlaricha haq 

edilar,  chunki  ovda  ko‗p  narsa  oldindan  ko‗rib  bo‗lmagan  tasodifga  bog‗liq 

bo‗ladi.  Hozirgi  vaqtda  ham  voqealarni  avvaldan  aytib  bo‗lmaydigan  hollarda 

irim-sirimlar  o‗z  o‗rnida  topiladi.  Aytish  mumkinki,  rivoyatlar  hozirda  ham  yo‗q 

bo‗lib ketmagan, balki ongimizning ajralmas qismi bo‗lib qolmoqda. 

Yigit o‗z sevgilisining rasmini o‗pib qo‗yar ekan, bu yerda ratsionallik bor 

deb  aytib  bo‗lardimi?  Bizningcha  yo‗q:  bu  harakatda  qadimiy  magiya  elementi 

mavjud,  hozirgi  zamon  odami  uning  ustidan  hatto  kulishi  mumkin,  biroq  kerakli 


 

ruhiy  holatga  keltirishi  uchun  uning  o‗zi  bunday  harakatni  qilishi  mumkin. 



Mifologik tasavvurlarning ko‗plab  elementlari  falsafiy  va ilmiy  bilim  elementlari 

bilan qorishgan holda ommaviy ong tarkibida ko‗plab uchrab turadi. 

Ratsional  fikrlash  qurilishining  alohida  elementlari  qadimgi  yunon  epik 

adabiyotida ham payqaladi. Ma‘lumki, yunon rivoyat, afsonalaridagi qahramonlar 

xudolar bilan ham, odamlar bilan ham qarashlik aloqalari bilan bog‗langan edilar. 

Rivoyat  yoki  afsona  qahramoni  yarim  xudo,  yarim  odam  tusida  bo‗lar  edi. 

Masalan,  Gomer  poemalarining  qahramonlari  (eramizdan  avvalgi  VII-VI  asrlar) 

odamlarga xos  aqllilikka  ega, odatdagi  odamlarga  xos kechinma  va  emotsiyalarni 

namoyon  qiladi.  Shu  bilan  birga,  Gerakl  singari  qahramonlarda  odamlarga  xos 

bo‗lmagan, g‗ayritabiiy kuch mavjud. Qadimgi yunon eposida qahramonda ajoyib 

insoniy aqllilik va xudolarga xos magiya aks ettirilgan bo‗ladi. 

Qadimgi  yunon  falsafasining  dastlabki  matnlari  olamning  afsonaviy 

tasavvurlarini  aqllilik  asosida  ifodalashga  intilgan  birinchi  tajribalardir.  Ularda 

rivoyat  elementlari  olamning  kelib  chiqishi  va  tuzilishini  tushuntirishda 

foydalaniladi.  Masalan,  qadimgi  faylasuflarda  suv,  olov  va  boshqa  tabiiy 

stixiyalarni  olamning  birlamchi  asoslari  sifatida  qabul  qilinishi  aynan  mifologiya 

traditsiyalarini  o‗zlashtirishdir.  Shunga  qaramasdan,  qadimgi  Yevropa  falsafasi 

doimo  aqlga  asoslangan  mulohazalar  va  baholashlarga  intilish,  olamni 

tushuntirishga doir bilimlarni isbotlash va asoslashda ratsional sxemalarni topishga 

harakat  qilish  bilan  xarakterlanar  edi.  Bunday  ratsional  yo‗nalganlik  insonning 

ijtimoiy  va  madaniy  hayotidagi  amaliy  uslublar,  yerni  ishlash  usullari,  texnika 

taraqqiyoti va insonlar orasidagi muloqot usullarining mukammallashish sharoitlari 

bilan    bog‗liq  edi.  Masalan,  qadimgi  yunon  shaharlarida  hayotning  ko‗plab 

ijtimoiy-siyosiy  muammolari  omma  orasida  muhokama  qilinar  va  bunday 

muhokamalar  davomida  odamlar  o‗zlarining  isbotlash  va  asoslash  qobiliyatlarini 

charxlab olar edilar. 

Ilgaridan  falsafa  taraqqiyotida  uning  ilmiy  bilish  bilan  aloqadorligi  muhim 

rol  o‗ynagan.  Qadimgi  yunon  falsafasi  taraqqiyot  cho‗qqisiga  chiqqan  davrlarda-

Platon  va  Aristotel  asarlari  falsafa  aynan  falsafa  bo‗lganini,  o‗z  qiyofasiga  ega 


 

bo‗lganligini  ko‗rsatadigan  dalillardir.  Platon  geometrik  bilimlarga  parallel 



ravishda  falsafiy  mulohazalarga  ham  sistemaviylik,  qat‘iylik,  isbotlanganlik 

xossalarini  kiritish.  «Donishmandlikni  sevishni»  haqiqatga,  ezgulikka  intilish 

tarzida aniqlashtirdi. Aristotel falsafa predmetiga olam kelib chiqishining birlamchi 

asoslari  va  birlamchi  sabablariga  eng  umumiylik,  abadiylik  va  o‗zgarmasligi 

xossalarni  berdi.  Bunda  falsafiy  bilimning  ratsionalligi  natural  falsafiy 

masalalarini, ya‘ni tabiatni bilish masalalarini ochishda o‗zining to‗la aksini topdi. 

Aristotel‘cha natural falsafiy bilish metodlari insonning narsalarni hissiy qabullashi 

va  mantiqiy  tahlil  qobiliyatlariga  asoslangan.  Aynan  shunday  metodlar 

hodisalarning sabablarini bilishga  va tabiat qonunlarini ifodalashga  imkon  beradi. 

Aristotel  barcha  bilimni  nazariy  fanlarga  (masalan,  geometriya,  arifmetika, 

astronomiya,  fizika,  biologiya)  va  amaliy  (masalan,  etika,  psixologiya  ritorika, 

poetika) va ijodiy fanlar (masalan, hunarmandchilik va san‘at) ga bo‗ladi. Shunday 

qilib,  rivojlangan  qadimgi  yunon  falsafasi,  mifologiya  elementlarini  saqlagan 

holda,  tabiat  va  insonni  isbotlash  va  tajriba  elementlari  bilan  birgalikda  ratsional 

bilishga yo‗naltirdi. 

O‗rta asrlarda falsafa nima, degan savol ma‘lum darajada diniy mavzularga 

bog‗liq bo‗lib qoldi. Xristian dini, masalan, IV-V asrlardan boshlanib ma‘jusiylik 

madaniyati  va  qadimgi  yunonlarning  mifologiyasidan  voz  kechishga  harakat 

qilishga  intiladi.  O‗rta  asr  faylasuflarining  diqqat  markazida  endi  xudo  va  diniy 

masalalar  turadi,  qolgan  masalalar  ,  har  holda,  ularning  hosilasi  sifatida  ilgari 

suriladi.  Bunda,  Bibliyadagi  syujetlar  boshqa  eng  qadimgi  mifologiyalar  va  xalq 

dostonlarini ikkinchi planga surib qo‗yadi. Qadimgi yunonlarning natural falsafiy 

ratsionalizmi  o‗rta  asr  ruhoniylari  va  faylasuflar  asarlarida  xudoning  borligini 

asoslash  bilan  almashtiriladi.  Xudo  tabiat  va  inson  dunyolarning  yaratuvchisi  va 

me‘mori  deb  qaraladi.  Falsafa  predmetining  diniy,  g‗ayritabiiy  xarakteri  uning 

qolgan  barcha  xususiyatlarining,  chunonchi,  tabiat  va  insonni  ratsional  bilish 

masalalarini ham o‗ziga bo‗ysundirib qo‗yadi. Diniylik falsafiy bilimning ajralmas 

sifati  hisoblanadi,  falsafaning  butun  o‗rta  asr  davomidagi  evolyutsiyasida  barcha 

falsafiy maktablar va yo‗nalishlarda biror darajada mavjud bo‗ladi. 


10 

 

Falsafiy bilimda antik dunyoda yuzaga kelgan ratsionallik yangi davrga kelib 



qayta  tiklana  boshladi.  Bunda,  ayniqsa,  shubhaning  ratsionallik  qobiliyati  alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  Xudoning  borligi,  bilimning  ilohiy  prinsiplarining  eng 

umumiyligi va qudratliligiga shubha qilina boshlanadi. Shubha haqiqatni aniqlash 

usuli sifatida falsafada hamma vaqt ham hukm surib kelgan edi, biroq antik davrda 

u  olam  borlig‗ining  mukammalligi  va  garmoniyali  ekanligiga  ishonish,  o‗rta 

asrlarda  esa-  xudoning  donoligi  va  rahmdilligiga  ishonish  bilan  tushuntirilar  edi. 

Faqat  yangi  davrga  kelibgina,  olamning,  boshqa  odamlarning,  o‗z-o‗zining 

bilishiga shubha qilgan inson falsafa e‘tiborining markazida bo‗lib qoladi. Falsafa 

endi  diniy  aqidalar  ta‘siridan  ozod  bo‗lgan  avtonom  bilim  sohasi  mavqeini 

egalladi. 

Dining  hukmronligidan  ozod  bo‗lishi  Yevropa  yangi  davr  jamiyati  va 

madaniyatida  radikal  o‗zgarishlarga  olib keldi: dunyoviylik,  fuqarolik hayot tarzi 

cherkovdan  ajraldi,  bozor  iqtisodining  rivojlanishi  va  buning  natijasida  xususiy 

tashabbus  ortdi, kapital to‗planishi  ro‗y  berdi,  sanoat o‗sdi,  ilmiy  bilim  (ayniqsa, 

tabiatshunoslik)  ning  roli  ortdi,  ta‘lim  va  maorifga  ehtiyoj  kuchaydi.  Yangi  davr 

olimining  shaxsi  ilmiy  ratsionallik  va  tajribaga  asoslangan  tabiatshunoslikka 

asoslangan  biluvchi  subyekt  obrazi  tarzida  namoyon  bo‗ladigan  bo‗ldi.  Bunda, 

ko‗pincha, olim faylasuflar falsafiy  mulohazalarga tabiatshunoslik va matematika 

elementlarini  kirita  boshladi,  faylasuflik  faoliyatlarini  davlat  siyosiy  va 

jamoatchilik  faoliyatlari  bilan  qo‗shib  olib  bora  boshladilar.  Bilish  metodlari  va 

uslublarini o‗rganish falsafada uzoq davom etgan qiziqishlarini avvaldan belgilab 

berdi.  Falsafiy  bilish  nazariyasi  yetakchi  fan  bo‗lib  qoladi.  Olamni  va  odamni 

ratsional tushunish amaliy hayotda va san‘atda ko‗proq o‗z ifodasini topa boshladi. 

XVIII  asrning  ikkinchi  yarmidan,  aniqroq  aytadigan  bo‗lsak,  I.Kantdan 

boshlab, amaliy falsafaning vazifasi faqat aqlga emas, balki inson hayotining erki 

va  qadriyatlari  bilan  ham  bog‗lanadi.  Falsafiy  mulohazalar  doirasiga  insonning 

tarix jamiyat va madaniyatdagi o‗rni va roli masalalari kiritiladi. Falsafa nima bilan 

shug‗ullanishi  kerak  degan  masalaga  turli-tuman  qarashlar,  ayniqsa,  XIX-XX 

asrlarda  alohida  namoyon  bo‗ladi.  Falsafaning  o‗rni  endi  ayrim  faylasuflar  uni 


11 

 

ko‗tarib qo‗ygan inson bilimlari piramidasining cho‗qqisida qolishi mumkin emas 



edi, u endi «shon-sharaf» larga ko‗milgan universal «fanlarning fani» bo‗la olmas 

edi.  Biroq  avvalgidek,  bu  qarashlarning  o‗ziga  xosligi  ham  ularning  odamning 

olam  bilan,  boshqa  odamlar  bilan,  o‗z-o‗zi  bilan  munosabatini  xarakterlovchi 

jihatlari bilan belgilanar edi. 

Dunyoqarash insonning borliqqa sistemali-nazariy, ma‘naviy munosabatidir. 

Dunyoqarash  konkret  ilmiy  bilimlardan  farqli  ravishda,  umumlashgan  qarashlar 

sistemasi,  borliq  va  unga  insonning  munosabati  to‗g‗risidagi  fundamental 

tasavvurlar 

sifatida 

namoyon 


bo‗ladi. 

Inson 


qarashlari, 

bilimlarini 

nazariylashtiruvchi  falsafaga  qaraganda  dunyoqarash  ancha  keng  tashkiliy 

tuzilmadir. U o‗ziga nafaqat ratsional jihatlarni, balki shu bilan birga kishilarning 

hayotiy  nuqtai  nazarlarini,  e‘tiqodlarini,  orzu-intilishlarini,  axloqiy  tamoyillarini, 

butun  ma‘naviy-madaniy  olamini  qamrab  oladi.  Bunda  dunyoqarash  tarkibida 

kishilarning  individual  va  ijtimoiy  tajribalari  umumlashmalari,  o‗zaro  muloqot  va 

amaliyot  jarayonida  paydo  bo‗ladigan  tasavvurlari  muhim  o‗rin  egallashini 

ta‘kidlash lozim. 

Faoliyatning  mohiyatini ochishda,  dunyoqarashning  asosini tashkil qiluvchi 

subyekt  va  obyekt  dialektikasiga  e‘tibor  berish  kerak.  Mana  shu  dialektikani 

hisobga  olgan  holda  ba‘zi  faylasuflar  tomonidan  faoliyatga  quyidagicha  ta‘rif 

berilgan  ―faoliyat  –  subyektning  obyektga  ma‘lum  maqsadni  ko‗zlagan  holda 

moddiy-amaliy  va  ijodiy  o‗zgartiruvchilik ta‘siri bo‗lib, bu ta‘sir  natijasida tashqi 

obyekt ham, unga ta‘sir qiluvchi subyekt ham o‗zgaradi‖

1



Inson  dunyoqarashi  nazariy  faoliyat  natijasida  shakllanib  boradi.  Ammo 

uning moddiy asosi ham bor bo‗lib, bu amaliyot amaliy munosabatlardir. Demak, 

dunyoqarash  insonning  tashqi  dunyoni  amaliy  jixatdan  o‗zlashtirishdagi 

umumlashgan  shakldagi  faoliyatining  nazariy  in‘ikosi  sifatida  ham  namoyon 

bo‗ladi. Agar, amaliyot dunyoqarashning  moddiy asosi bo‗lsa, unda dunyoqarash 

inson  amaliy  faoliyatining  nazariy  asosidir.  Dunyoqarash  amaliy  faoliyatga  yo‗l-

yo‗riq ko‗rsatadi, uni ma‘lum bir yo‗nalishga soladi. 

                                                 

1

 Коршунов А.М. , Мантатов В.В. Диалектика соционального познания.- М.: Наука, 1998. Б.3 



12 

 

Dunyoqarash  bilan  uzviy  bog‗liq  bo‗lgan  inson  faoliyatining  asosiy 



shakllaridan yana biri  – bilish jarayonidir. Borliqning umumiy  qonunlarini ochish 

jarayonida,  bilishning  ham  umumiy  qonunlarini  kashf  etib  boruvchi  falsafa 

dunyoqarashning  mantig‗i,  harakatlantiruvchi  kuchi,  uni  ilmiy  bilimlar  bilan 

boyituvchi metodologik asos bo‗lib xizmat qiladi. Aslida, har qanday dunyoqarash

falsafa  metodologik  mazmunga  ham  ega.  Ayni  paytda  falsafa  metodlari 

dunyoqarashlik  ahamiyatini  kasb  etadi.  Misol  uchun,  falsafaning  eng  muhim 

metodlaridan biri dialektika nazariya sifatida ham namoyon bo‗ladi. Dunyoqarash 

va dialektik metod birligi falsafaning barcha tamoyillarida o‗z ifodasini topgan. Bu 

birlik  o‗z  navbatida  falsafa  ta‘sirida  inson  faoliyatining  barcha  shakllarida 

namoyon  bo‗ladi.  Bundan  falsafaning  dunyoqarashlik  va  metodologik  mazmuni 

bavosita  o‗z  tamoyillari,  qonunlari,  kategoriyalari,  metodlari  orqali  hamda 

bevosita,  fanlar,  ijtimoiy  ong  shakllari,  shuningdek,  amaliy  va  bilish  faoliyati 

orqali  namoyon  bo‗ladi.  Demak,  ilmiy  dunyoqarash  va  faoliyatning  falsafa  bilan 

fanning uzviy birligini taqozo qiladi. 

Falsafa uzluksiz va ba‘zida juda keskin diskussiyalar bilan rivojlandi. Har bir 

faylasuf o‗zidan oldin o‗tgan yoki zamondosh hamkasbi bilan bahslashadi, bunda 

ularning qarashlarini qabul qilishi ham, ularni rad etishi ham mumkin edi. O‗zining 

uzoq  davom  etgan  taraqqiyoti  jarayonida  falsafa  o‗z  muammolarini  asoslash 

meyorlari (kriteriylari)ni ishlab chiqdi. Qanday qilib hayotning realligini isbot qilib 

bo‗ladi,  tashqi  olamning  mavjudligini  qanday  isbotlash  mumkin.  Bilish  qanday 

amalga  oshadi?  «Tashqi  olam  mavjud»,  «mening  ongim  bor»  yoki  «men 

mavjudman»  degan  da‘volar  to‗la  ravishda  haqiqatdek  tuyuladi.  Biroq  ularni 

asoslash  kutilmagan  qiyinchiliklarga  duchor  qiladi.  Masalan,  olimlar  tabiatni 

biladi,  hodisalarni  kuzatadi,  sabablarini  aniqlaydi  va  qonunlarni  ifodalab  beradi. 

Biroq  tabiat  nima  va  olamning  sababiy  va    qonunlarga  muvofiq  tuzilganligi 

to‗g‗risidagi ilmiy farazlar qay darajada to‗g‗ri degan masalalar fandan tashqarida 

qoladi. Fan dalillarni va qat‘iy asoslashlarni talab qiladi. Biroq fakt (dalil) degani 

nima?  Qonun  nima?  Sabab  nima?  Tushuntirish  deb  nimaga  aytiladi?  Qat‘iy 

isbotlash degani-chi? Yoki biz nima uchun isbotlashimiz kerak?  degan savollarga 


13 

 

javob  berishning  ma‘nosi  yo‗qmi?  Olimlarning  uyushmalari  bunday  savollarga 



bilimning  qandaydir  boshqa  sohalarida  javob  berib  bo‗lingan  deb  o‗ylashga  ham 

tayyor.  Holbuki,  bunga  o‗xshash  barcha  savollar  aniq  ma‘noga  ega  va  barcha 

insoniy  bilimlar  asosida  yotadi.  Aynan  ana  shular  falsafaning  qiziqish  sohasi 

hisoblanadi. 

Odamni  ular  hayotining  ko‗plab  masalalari  qiynab  keladi.  Masalan,  u 

hayotning  ma‘nosi  nima,  nimani  ezgulik  deb  hisoblash  kerak,  erkinlik,  adolat, 

yaxshilik va sh.k. larni bilishga harakat qiladi. Odatda bu savollarga javob berishda 

an‘anaviy  ravishda  dindan  qutular  edi.  Ruhoniylar  bu  inson  hayotining  «abadiy 

savollar»  ga  javob  berish  uchun,  albatta,  o‗z  javoblarini  aqidaviy  ravishda  tuzar 

edilar va ularga biror e‘tiroz yoki shubha bildirib bo‗lmas edi. Shu bilan bir vaqtda, 

ruhoniylar  javoblaridagi  bunday  aqidaviylik  ko‗plab  odamlarni,  hatto  dindor 

kishilarni  ham  qoniqtirmadi  va  hozir  ham  qoniqtirmay  keladi.  Ko‗pincha, 

kishilarning o‗z hayotlari va borliqlari haqidagi fikrlashlari ularda shubhalanishni 

keltirib  chiqaradi.  Shubhalanayotgan  odamning  holati  shunday  bo‗ladiki,  go‗yo 

uning  oyog‗i  bo‗shashib,  yerni  sezmay  qo‗ygandek  tayanadigan  narsasi 

qolmagandek  his  qiladi.  Siz  o‗zingizni  hozirgina  qattiq  aylanishdan  to‗xtagan 

karuseldan tushgansiz deb faraz eting. Atrofingizda hamma narsa aylanayotgandek 

his  qilasiz,  oyoqlaringizda  turishga  qiynalasiz,  hozir  yiqilib  tushadigandek 

tuyuladi. Siz o‗zingizni o‗nglab, normal holga kirishingiz va narsalar odatdagidek 

ko‗rinishi uchun bir muncha vaqt o‗tishi kerak bo‗ladi. Hayot va borliq masalalari 

bo‗yicha shubhalar va bahslar-odamning tabiiy va normal holatidir. Ular mulohaza 

yurituvchi  va  bir-birlari  bilan  muloqotda  bo‗lgan  odamlar  hayotida  ro‗y  beradi. 

Bunday  savollarga  javob  berish  kasbiy  bo‗ladimi  yoki  qiziquvchan  bo‗ladimi-

falsafaning  vazifasidir.  Falsafiy  masalalar  insonning  o‗z  hayoti,  uni  o‗rab  turgan 

dunyo,  dunyoga  munosabati,  boshqalarga  munosabati,  o‗z-o‗ziga  munosabatini 

bilishga qiziqish usuli, shaklidir. 

Ilmiy  masalalarni  muhokama  qilish  tekshirilgan  dalillar  va  nazariyalarning 

mustahkam  fundamentiga  asoslanadi,  diniy  masalalar  obro‗  va  aqidalarga 

asoslanib, masalan, muqaddas kitoblar aqidalariga asoslangan bir qiymatli javobini 


14 

 

topadi.  Falsafiy  masalalar  esa  tajribaviy-ilmiy  tekshirishlar  yoki  diniy  aqidalarga 



asoslanmaydi.  Shunga  qaramay,  falsafiy  tushunchalar  va  da‘volarni  asoslash 

mustaqil  ravishda  bilish  va  amaliy  ahamiyat  kasb  etadi.  Bunday  asoslash  inson 

jamiyati  tarixi  va  madaniyati  tarixiga,  shuningdek,  alohida  olingan  inson  hayoti 

bilan  chambarchas  bog‗langan.  Fanlarda  muammoning  qo‗yilishi  va  yechilishi 

bilish  obyektivligi  kriteriysiga  mos  keladi.  Bunday  kriteriyga  rioya  qilgan  holda 

olimlar  o‗zlari  o‗rganayotgan  soha  haqida  maksimal  obyektiv  bilim  olishga 

intiladilar. Ilmiy bilimning obyektivligi-bu bilimga inson shaxsi, omili tomonidan 

hech  qanday  buzilishlari  kiritilmasligi  shartini  qo‗yadi.  Xolbuki,  shaxsiy 

omillarining  o‗zi  voqelikning  bir  qismi  sifatida  o‗rganilayotgan  hodisalarning 

omillari  bo‗lgan  joyida  o‗z-o‗zicha  hisobga  olinadi,  albatta.  Falsafiy  bilim 

insonning  tabiat  dunyosi  va  boshqa  insonlar  bilan  munosabatlaridagi  rolini  tahlil 

qilishni nazarda tutadi. Shuning uchun falsafiy qarashda barcha masalalar shaxsiy 

omillarni hisobga olishni ko‗zda tutadi. 

Falsafada  va  dinda  (aqoidda)  masalalarning  qo‗yilishi  va  yechilishi 

taqqoslanar  ekan,  diniy  masalalarni  ruhoniy  ilohiy  asosni  ustun  qo‗ygan  holda 

qaraydi,  faylasuf  esa  insonning  roliga  ustunlik  beradi.  Ruhoniy  hamma  vaqt 

birinchi planga xudoni qo‗yadi, so‗ngra inson va uning shaxsi masalalari qo‗yiladi, 

faylasuf esa inson va uning olamda tutgan o‗rni masalalarini birinchi galda ilgari 

suradi.  Dinning  mif  bilan  umumiy  jihati  shundaki,  din  mifsiz  va  mifologik 

marosim,  udumlar  va  shu  kabilarsiz  mavjud  bo‗la  olmaydi.  Zero,  aynan  mif 

dinning  boshlang‗ich  manbaini  tashkil  etadi.  Balki  shuning  uchun  ham  taniqli 

nemis faylsufi Gegel o‗z ishlarida mifologiyani dindan ajratmagan,  ―mifologiya‖ 

va  ―din‖  atamalarini  sinonim  sifatida  ishlatavergan.  Lekin  Gegel  dinni  hajm 

jihatdan mifologiyadan kengroq deb hisoblagan.

1

 

Bizningcha,  Gegelning  dinga  mifologiyadan  kengroq  yondoshuvi  uning  tor 



panlogizm  pozitsiyasidan,  ya‘ni  intellektualistik  nuqtai  nazar  doirasida  turib 

qarashidan kelib chiqqan. Vaholanki, masalaga intuitivistik nuqtai nazardan qaralsa, 

garchi    din  mifologiyasiz  mavjud  bo‗la  olmasa  hamki,  mifologiya  dinsiz  mavjud 

                                                 

1

 Чанышев А.Н. Начало философии. М. ―МГУ‖.1982. 34- б. 



15 

 

bo‗laveradi. Shu ma‘noda mifologiya dindan keng va teran. Chunki, mifologiyadan 



farqli o‗laroq din shakllangan (shakl, sxema qobig‗iga kirgan) dunyoqarashdir, jonli 

mifologiyani esa hech qanday shakl bilan chegaralab bo‗lmaydi . 

Zero, shakllangan dunyoqarash  sifatida din muayyan bilimlar to‗plamini va 

amaliy faoliyatga oid qonun-qoidalarni o‗z ichiga olgan yopiq tizimni tashkil etadi. 

Mif  esa  ayrim  shaxslar  boshidan  kechiradigan  mo‗jizaviy  hodisalar  oqibatida 

hamisha  yangi  mazmun  bilan  boyib  boradi.  Vaholanki,    hech  bir  shaxs  boshqa 

shaxsga  o‗xshamaganiday  ,  haqiqat ham  hech  qachon  har  bir shaxs  uchun  aynan 

bir  xil  bo‗lmaydi  va  hatto  bir  shaxs  uchun  ham  takrorlanmaydi.  Shu  ma‘noda 

mifologik  dunyoqarash  dindan  farqli  o‗laroq  hamisha  ochiq  dunyoqarash  bo‗lib 

kelgan.   Falsafiy fikrlashning o‗ziga xosligi shundaki, unday fikrlash  ratsionallik, 

ichki  muvofiqlik,  ziddiyatsizlik,  isbotlanish  talabalariga  bo‗ysunadi.  Avvaldan 

aytish mumkinki, bu xarakteristikalar kishilarning emotsional, irodaviy, baholash-

qadriyatli  argumentlari  bilan  mos  keladi.  Falsafiy  bilish,  ruhoniylarning 

spekulyativ da‘volaridan farqli o‗laroq, ularning borlig‗i, hayoti, madaniyati, tarixi, 

jamiyat to‗g‗risidagi oxirgi va abadiy harakatlariga shubhani kuchaytiradi. 

Miflarda,  keyin  shakllangan  dunyoqarash  shakllaridan  farqli  o‗laroq  borliq, 

tabiatdagi  barcha  narsalar,  turli  jonzotlar  va  odamlar  o‗zaro    uzviy  birlikda, 

bog‗lanishda  qaraladi.  Buni  biz  milliy  tarixiy  qadriyatimiz  bo‗lgan  ―Avesto‖ 

misolida yaqqol tasavvur eta olamiz. Zero, «Avesto»da borliqning yaxlitligi va bir 

butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg‗unligi masalasi odamning ruhiy olamiga 

chambarchas bog‗liq holda ko‗rsatilgani ko‗p narsani anglatadi. Bu holat insonning 

ma‘naviy dunyosini shakllantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday 

kuchli  ta‘sir  o‗tkazib  kelganiga  yana  bir  bor  e‘tiborimizni  jalb  qiladi.‖

1

Shunisi 



diqqatga sazovorki, miflarda,  keyin  shakllangan dinlardan  ham  farqli o‗laroq hatto 

xudolar  ham    odamlardan  olisda  emas,  balki  hamisha  yonma-yon  va  birgalikdagi 

evrilishda  qabullanadi.  Bu  mifologiyaviy  dunyoqarashning  yana  bir  asosiy  o‗ziga 

xosligini    –  unda  tabiiylik  bilan  g‗ayritabiiylik,  obyektivlik  bilan  subyektivlikning 

                                                 

1

 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.- Тошкент: Маънавият,2008.Б.32. 



 

16 

 

uzviylikda  qabullanishini  ko‗rsatadi.  Hatto,  Misr  ehromlaridan  birida    ―Xudolar 



abadiyatga  dohil  bo‗lgan  odamlardir,  odamlar  esa  o‗luvchi  xudolardir‖  deyilgan 

yozuv  borligi  buning  yorqin  dalillaridan  biridir.  Mifologiya  davri  kosmogoniyasi 

teogonik  xarakterga  ega  bo‗lgani  ham  shunda  edi.  Orfey,  Gomer,  Gesiod 

teogoniyalari  bunga  misol  bo‗la  oladi.  Sharqda  ham  ayni  shunday  teogonik 

ta‘limotlar borligini ko‗rish mumkin. 

―Din‖ atamasi qadimgi somit tilidan olingan bo‗lib, o‗zbek tilidagi ―e‘tiqod‖, 

―ishonch‖  atamalariga  mos  keladi.  Har  bir  inson  nimagadir  ishonib,  e‘tiqod  qilib 

yashaydi.  Har  qanday  e‘tiqod  esa  o‗z  obyektiga  ega.  E‘tiqod  obyekti  Xudo,  uning 

payg‗ambarlari,  farishtalar  va  umuman    o‗tkinchi  bo‗lmagan  (abadiy)  dunyoning  

mavjudligi  kabilar  tashkil  etishi  mumkin    yoki,  aksincha,  ilmiy  materialistik 

dunyoqarash, torroq ma‘noda esa biron  ilmiy paradigma (muayyan falsafiy yo ilmiy 

bosh  gipotetik  g‗oya,  masalan,  materiyaning  ongga  nisbatan  birlamchiligi  g‗oyasi 

yoki  biron  maxsus  fanning  aksiomalari)  tashkil  etishi  ham  mumkin.  Shu  ma‘noda 

e‘tiqod diniy va ilmiy, tor va keng bo‗lishi mumkin. Shuningdek, har bir inson o‗z 

e‘tiqodida  erkin,  chunki  bu  ko‗ngilning  tanlovidir.    Lekin  diniy  e‘tiqodni  ilmiy 

e‘tiqoddan farqlantiruvchi bir necha asosiy o‗ziga xosligi bor. Fanning  isbot talab 

qilmaydigan,  ishonchli  deb  qabullanadigan  g‗oyalarini,  masalan,  aksiomalarni  tor 

ma‘nodagi  xususiy-ilmiy  e‘tiqod  obyekti  sifatida  olib  qarasak,  bu  farq,  ayniqsa, 

yaxshi  ko‗rinadi.  Zero,  fan  aksiomalari  muayyan  davrga  kelib  yaroqsiz  bo‗lib 

qolishi,  boshqa  aksiomalar  bilan  almashtirilishi  mumkin.  Masalan,  noklassik 

geometriya  klassik  (evklidcha)  geometriya  aksiomalari  amal  qilish  sohasining  juda 

torligini,    real  fazoning  geometriyasi  boshqacha  ekanini  ko‗rsatdi  va  buning 

natijasida noklassik (noevklid) geometriyasi shakllandi. Bundan farqli o‗laroq diniy 

e‘tiqod obyektlari mutlaq hisoblanadi.  

Diniy  e‘tiqodning  bu  o‗ziga  xosligi  ko‗p  vaqtlar  mobaynida  ko‗pchilikka 

fanning  dindan  ustunligini  ko‗rsatadigan  dalil  bo‗lib  keldi.    Shundan  kelib  chiqib, 

fan isbotlanadigan bilimga, din esa ko‗r-ko‗rona ishonchga tayanadi degan qarashlar 

shakllandi.  Vaholanki,  taniqli  nemis  faylasufi  I.Kant  o‗z  davridayoq  bunday 



17 

 

qarashlar  asosli  emasligini,  diniy  e‘tiqodni  nazariy  ravishda  isbotlab  bo‗lmagani 



kabi, uni nazariy ravishda inkor etib ham bo‗lmasligini to‗g‗ri ko‗rsatgan edi.

1

  



Diniy  e‘tiqodning  yana  bir  o‗ziga  xosligi  uning      his-tuyg‗ular  bilan  

uzviyligida.  Argentinalik  faylasuf  X.  Livraga  aniq  ifodalaganiday,  ―Inson  Xudoni 

qalbi bilan tanigani uchun ham hayvondan farq qiladi va agar shu yakka-yu yagona 

farq  ham  o‗chib  ketsa,  u  holda  bizning    qiyofamizda  hayvoniylik  belgilari  ortib 

ketadi.  Vaholanki,  shundoq  ham    biz  insondan  ko‗ra  gumanoidga  ko‗proq  o‗xshab 

bormoqdamiz.‖

2

 

Diniy  e‘tiqod  cheklangan  dunyoviy    hayot  obyektiga    emas,  balki  abadiyat 



dunyosiga  ,  eng  buyuk  Ezgulik  va  g‗ayri  oddiy  Qudrat  timsoli  bo‗lgan  Xudoga 

yo‗nalgan ekani insonga shunday buyuk  qadriyatlarni belgilaydiki, kishi  dunyoda 

hamma  narsasini,  xatto  o‗z  hayotini  yo‗qotsa  hamki,  unga  bo‗lgan  o‗z  e‘tiqodini 

yo‗qotmaslikka  harakat  qiladi.  Zero,  inson  hayotning  har  qanday  qiyin  sharoitida 

ham    shu  yuksak  qadriyatga  suyanib    jon  saqlashi  yoki  jon  berishi  mumkinligiga 

ishonadi.  Shuning  uchun  garchi  hayotning    muayyan  davrida  diniy  e‘tiqodning 

susayishi  yoki hatto yo‗qolishi kuzatilsa-da, uni chegaralab turuvchi sharoit barham 

topishi  bilan  inson  ma‘naviyatida  din  yana  katta  o‗rin  egallay  boshlaydi.  Shu 

ma‘noda    diniy  e‘tiqod  hech  yo‗qolmaydigan,  har  qanday  xolda  ham  suyanish 

mumkin  bo‗lgan  yagona  ma‘naviy  qadriyatdir.  Shuning  uchun  xalqimiz  daxriylik 

davri  mafkurasining  shafqatsiz  ta‘qiblari  davrida  ham  ―o‗z  muqaddas  diniga  sodiq 

qoldi.  Shuning  o‗ziyoq  dinni  inson,  xalq  va  jamiyat  hayotidan  aslo  o‗chirib 

bo‗lmasligidan yana bir bor dalolat beradi.‖ 

3

  



Diniy  e‘tiqod  hamisha  insoniyat  axloqining  poydevorini  tashkil  etib  kelgan. 

Dinsiz  ham  axloqli  bo‗lish  mumkin,  deb  o‗ylash  kaltabinlik  ekanini  hozirgi  davr 

ma‘naviy inqirozi ko‗rsatib turibdi. SHo‗rolar davri  ateistik mafkurasi dinni chetlab 

o‗tib,  axloq  kodeksini  ishlab  chiqishga  harakat  qildi.  Bunda  diniy  e‘tiqod  o‗rniga 

ilmiy e‘tiqod qo‗yildi. Bilim ham aslida buyuk ma‘naviy qadriyat. Lekin u, ayniqsa, 

                                                 

1

 Кант И. Критика чистого разума. М.1996.Т.3.Б.95. 



2

 Хорхе А.Ливрага. Избранные фрагменты.// Великие мыслители новых времен. М., 1991. Б.62. 

3

 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.- Тошкент: Маънавият,2008.Б.94. 



18 

 

cheklangan  chiziqli  tafakkurga  tayangan  bilim    diniy  e‘tiqodning  o‗rnini  bosa 



olmasligi endilikda aniq ko‗rinib turibdi. 

Umuman  esa,  barcha  ilmiy-falsafiy  adabiyotlarda  dunyoqarashning  barcha 

shakllari  kelib  chiqishidan  oldin  o‗zida  ham  bilimni,  ham  adabiy-badiiy-majoziy 

san‘at  asarini    bir  vaqtda  (birgalikda)  o‗zida  jo  etgan    yaxlit  simvollik  (majoziy) 

dunyoqarash  -  mifologiya  mavjud  bo‗lgani  va  u    ―falsafaning  muqaddimasi‖ 

(―predfilosofiya‖)  deb  atalgani  qayd  etilgan.  Bizga  yetib  kelgan  eng  qadimiy 

simvolik-mifologik  dunyoqarashga  oid  asarlarda  dunyoqarashga  oid  eng  chuqur 

masalalar  -  inson  hayotining  ma‘no  va  mohiyati,  inson  dunyoviy  hayotining, 

abadiyatga  erishuv  muammosi    kabi  ko‗plab  chuqur  falsafiy  muammolar 

qo‗yilgani  ma‘lum  va  endilikda  ular  o‗sha    vaqtlarda  juda  teran  yechim  ham 

topgani ma‘lum bo‗lmoqda. Ushbu asarlar mazmunida din ham, ratsional-nazariy 

falsafiy mazmun ham, xususiy ilmlar ham, san‘at ham ajralmas birlikda namoyon 

bo‗lgani endilikda e‘tirof etilmoqda.  

Dunyoqarashning  qaysi  tipida  yangilik  kashf  etilmasin,  agar  u  chin  haqiqat 

bo‗lsa,  shu  yaxlit  ilm  xazinasiga  tushadi  va  aksincha,  kishi  qaysi  dunyoqarash 

vakili bo‗lmasin, u oliy bilimga tinimsiz intilsa, shu manbadan o‗z hissasini qabul 

qilib olishi va uni o‗z madaniyati tilida va darajasida tafsir va talqin etishi mumkin.  

Sharq mamlakatlarini kezib ilm o‗rgangan Pifagor, Platon kabi yunon faylasuflari 

yoki  Yunon,  Hind,  Zardushtiylik  ta‘limotlarini  o‗rganishga  o‗z  hayotlarini 

bag‗ishlagan  Farobiy,  Ibn  Sino,  Beruniy  va  b.  kabi  zotlar,  shuningdek,  so‗fizm 

vakillaridan,  masalan,  ―Platonning  o‗g‗li‖  nomini  olgan  Ibn  Arabiy,  o‗zining 

―Farhod va Shirin‖ dostonining bosh qahramoni  Farhodni Suqrotdan ta‘lim olish 

uchun Yunonistonga ―yo‗llagan‖ Alisher Navoiy va b. shular qatoriga kiradi.  

Falsafaning  asosiy  muammolari  ichida  eng  umumiylarini  ajratish  mumkin: 

borliq  muammosi,  hayotning  ma‘nosi  va  hayot  qadriyatlari  muammosi,  insonning 

mohiyatiga  tegishli  alohida  muammolar  to‗plami  tarzida  inson  muammosi:  axloq 

muammosi  (yashash  normalari  va  odamlarning  hulqi-atvoriga  tegishli  muammolar 

to‗plami);  olamni  badiiy  o‗zlashtirish  muammolari;  to‗g‗ri  fikrlash  muammosi; 



19 

 

ijtimoiy hayotning mohiyati muammosi; tarixni tushunish va tushuntirish muammosi 



va b. 

Falsafiy bilimning alohida sohalari (falsafiy fanlar)ga: ontologiya (yunoncha 

ontos-borliq,  mavjudlik  va  logos-ta‘limot,  ya‘ni  borliq  haqidagi  ta‘limot  yoki 

borliq nazariyasi,) gnoseologiya (yunoncha gnosis-bilim, bilish va logos-nazariya, 

ya‘ni  bilish  nazariyasi),  aksiologiya  (yunoncha  axios-qadrli  va  logos-nazariya, 

ya‘ni qadriyatlar nazariyasi), falsafiy antropologiya (yunoncha anthopos-odam va 

logos-ta‘limot ya‘ni inson mohiyati haqidagi ta‘limot), etika (yunoncha ethos-odat, 

ya‘ni  axloq  haqidagi  ta‘limot);  estetika  (insonning  voqelikka  badiiy  munosabati 

haqidagi  ta‘limot),  mantiq  (to‗g‗ri  fikrlash  shakllari  va  usullari  to‗g‗risidagi 

ta‘limot), ijtimoiy falsafa va tarix falsafasi kiradi. 

Falsafa  ham,  har  bir  fan  kabi,  o‗zining  tarixi  masalalariga  murojaat  qiladi. 

Falsafa  tarixi-bu  eng  qadimgi  davrdan  to  bizning  davrlarimizga  qadar  falsafiy 

bilish  taraqqiyoti  tarixidir.  Falsafa  tarixi  turli  tarixiy  davrlar  va  madaniyatlarda 

insonlar  hayotining  umumlashtirilgan  tajribasini  ifodalaydi.  Falsafa  tarixini 

bilmagan  holda  falsafani  tushunish  va  uning  muammolarini  muhokama  qilish 

mumkin emas. 

Inson amaliyoti va bilishining rivojlanib borishi bilan falsafiy bilish ham bir 

butun  tarzda  rivojlanib  bermoqda.  Uning  yangi  sohalari  yuzaga  kelmoqda: 

masalan,  o‗tgan  asr  o‗rtalarida  tabiatshunoslikning  falsafiy  masalalari,  yaqin 

o‗tmishda  esa  ilmiy  bilish  tabiatining  umumiy  masalalari  bilan  shug‗ullanadigan 

fan  falsafasi  yuzaga  keldi;  yaqindan  beri  inson  va  olam  o‗zaro  ta‘sirining 

umumtexnologik qonuniyatlarini o‗rganuvchi texnika falsafasi, shuningdek, iqtisod 

falsafasi, huquq falsafasi to‗g‗risida gapirilmoqda va sh.k. 

Jamiyatda  falsafani  tan  olish  anchagina  ichki  va  tashqi  qarshiliklarga  duch 

kelgan, chunki hayotning mavjud bo‗lgan qotib qolgan qoliplaridan voz kechishni 

taqozo  qiladi.  Uning  ustiga  faylasuflar  ko‗pincha  yerda  yashayotganliklarini 

unutgan holda doim ideal dunyoni qidirib, o‗z obro‗larini yo‗qotib qo‗yar ekanlar, 

ular  Yerdagi  olamning  tuzilishi  mukammallikdan  uzoq  bo‗lsa-da,  har  holda  u 

kundalik xayotga ma‘lum barqarorlik berishni esdan chiqarar edilar. 


20 

 

Hayot bozori hech vaqt «donishmandlik» tovari bilan to‗ldirib tashlanmagan 



edi.  Faylasuflarni  hamma  vaqt  kundalik  hayotning  moddiy  xarakteridan  uzoq 

turuvchi  haqiqatlar  qiziqtirar  edi.  Shuning  uchun  donishmandlik  bozorda  kamyob 

tovar deb hisoblanar edi. Biroq odamlar faylasuflarsiz yashashlari mumkin deyish 

ancha  xato  bo‗lar  edi.  Turmush,  hayot  faqat  narsalar  va  nondan  iborat  emas-ku! 

Albatta, kim uchundir hayot qiyinchiliklari yeyiladigan «non» ni topishdan iborat 

bo‗lishi mumkin, u faqat kiyim, ovqatlanish, uy-joy topish tashvishi bilan yashashi 

mumkin.  Biroq  bu  kishining  hayoti,  shuningdek,  har  birimizning  hayotimiz  ham, 

faqat uning moddiylik tarafi bilan tamom bo‗lmaydi-ku. Ertami yoki kechmi inson 

hayotini narsalardan tashqari turadigan, vaqtdan yuqori bo‗lgan realliklar va hayot 

qadriyatlari to‗g‗risida mulohaza qilishga majbur bo‗ladi, chunki ular o‗z-o‗zidan 

mulohaza  qilishga  majbur  qiladi.  Shu  sababli  falsafa  odamlarga  kerak.  U 

odamlarni o‗z hayoti maqsadlariga otlantiradi va qayta otlantiradi, o‗zlari ustidan 

o‗ylashga  majbur  qiladi.  Hatto  faylasuflar  haqiqatni  izlashda  yanglishganlarida 

ham  falsafaga  ehtiyoj  o‗lgani  yo‗q.  Hamon  barcha  odamlar  aqlli  mavjudot 

ekanliklariga  da‘vo  qilar  ekanlar,  falsafa  ular  hayotining  ko‗zgusiga  aylanadi, 

uning yordamida hayotiy oreintirlar izlab topiladi. 

Shunday  ham  bo‗ldiki,  odamlar  o‗zlarining  dunyodagi  mavqeilaridan 

qoniqmaydilar.  Shu  tufayli  bir  odamlarning  manfaatlari  boshqalarniki  bilan  mos 

kelmay  qoldi  va  ijtimoiy  konflikt  yuzaga  kelishi  mumkin.  Shuning  uchun  ba‘zan 

falsafadan ma‘lum foyda, «undirish» va bu bilan jamoaga o‗z fikrini o‗tkazish va 

shu  yo‗l  bilan  o‗z  qarshiliklarining  haqligini  tasdiqlash  uchun  yoki  bo‗lmasa, 

falsafani  odamlanishiga  urinishlar  ham  bo‗lib  turadi.  Shaxs  bilan  jamiyat 

o‗rtasidagi  konflikt  qadim  zamonlardan  beri  bo‗lgan  va  sivilizatsiya  tarixida 

turlicha namoyon bo‗lgan. Hozirgacha saqlanib qolgan bunday hayotiy hodisaning 

har  ikki  tomoni  ham  qisman  haq  va  qisman  haq  emas.  Ularning  falsafiy 

pozitsiyalari  ko‗zga  yaqqol  tashlanadi.  Birinchi  tomondan,  ijtimoiy  kuchlarning 

ustuvorligini  saqlovchi  falsafa  odamlarni  murosaga  keltirish  va  qovushtirishga 

intilmog‗i  lozim.  Boshqa  tomondan  esa,  falsafa  jamiyatda  inson  hulqining 

individual qobiliyatini asoslashga yordam berish kerak.  


21 

 

Odamlar individualligi jamiyat kishilarini jipslashtirishga to‗siqlik qiladigan 



xususiyatdir.  Ayniqsa,  individualizm  asosida  insonlar  aqliga  shubha  va 

ikkilanishlar  yoyish yoki  ro‗yobga  chiqmaydigan  umidlar bog‗lash  yotgan bo‗lsa 

bu juda hatarli. Shuning uchun bu mutaxassis faylasuflar qarashlarini ifodalaydimi 

yoki  faylasufning  shaxsiy  mulohazasi  tarzida  ifodalangan  bo‗ladimi,  falsafadan 

voz  kechish  mumkin  emas.  Odamlar  ijtimoiy  hamkorlik  va  individualizm 

muqobilligining  bir  tomonlamaligini  qay  darajada  yengishlariga  qarab  insoniyat 

sivilizatsiyasining  taqdiri  belgilanadi.  Albatta  falsafa  qandaydir  bir  butun  yagona 

dunyoqarash  emas.  Falsafa  juda  har  hil  bo‗ladi:  yomon  va  yaxshi;  erishilganini 

saqlashga yordam beradigan yoki vayron qiluvchi; odamlarni chalg‗ituvchi; aqlga 

yoki  his-tuyg‗uga  asoslangan;  odamlarni  muloqot  birligini  yuzaga  keltiruvchi  va 

ularning  turmush  xohishlari  va  qadriyatlari  bilan  kelisha  olmaydigan  va  sh.k. 

Falsafani o‗rganmay turib, to‗g‗risini tanlash mumkin emas. 

Odamlar  hayoti  va  madaniyati  tarixiga  murojaat  qilish  shuni  ko‗rsatadiki. 

Ijtimoiy tuzumning yoshligi va keksaligida, uning paydo bo‗lish yillari va so‗nish 

davrida falsafaga ehtiyoj kuchayar ekan. Aynan ana shu davrlarda inson va jamiyat 

o‗z hayotiy yo‗lini tanlar va o‗zi tutgan yo‗lini yakunini tahlil qilar ekan. Masalan, 

qadimgi  yunon  sivilizatsiyasining  madaniy  taraqqiyoti  ma‘lum  darajada  falsafa 

tufaylidir,  aynan  falsafaning  yo‗llashi  tufayli  aql  ideallari,  demokratiya  va 

ma‘naviylik  singari  o‗sha  davr  jamiyati  hayotiy  asoslarini  shakllantirishda 

yutuqlarga  erishilgan.  Biroq  bunday  bo‗ladi,  deb  o‗ylash  odamlar  uchun 

yengiltaklik  va  faylasuflar uchun  maqtanchoqlik  bo‗lgan bo‗lar  edi.  Huddi keksa 

inson  o‗zining  yoshlik  yillaridagi  romantik  ideallaridan  voz  kechgani  singari, 

jamiyatning  ideal  rejalariga  ham  avvaldan  kutilmagan  omillar  aralashadi,  tang 

vaziyatlar yuzaga keladi va avvalgi ideallar va qadriyatlarni qayta ko‗rib chiqishni 

taqozo  qiladi.  Masalan,  jamiyat  taraqqiyotining  sokin,  barqaror  davrlarida 

akademik fan, san‘at va falsafa gullaydigan bo‗lsa, ijtimoiy tangliklar va notinchlik 

davrlarida  hayotning  barqarorligi  buziladi.  Madaniyat  inqirozga  yuz  tutib, 

tanazzulga  duch  kelganda  unda  navbatdagi  «geniy»  lar  va  «payg‗ambar»  lar 

qalloblar  va  muttahamlarni  keltirib  chiqarar  ekan.  Bunda  yangi  hayot  ideallari  va 


22 

 

strategiyalarini  tanlash  tavakkal  bo‗lar,  avvaldan  aytib  bo‗lmas  natijalarga  olib 



kelishi,  noxush  oqibatlar  va  xato  harakatlarga  olib  kelishi  mumkin  ekan.  Biroq 

noto‗g‗ri  qarorlar  qabul  qilmasligi  uchun  har  qanday  farazlar  kuzatishlar, 

eksperimentlar  va  hisobotlar  bilan  tekshirib  tuzilishi,  taassurot  va  tasavvurlar 

mantiqiy asosga ega bo‗lishi, iroda va erkin aql tarozisida ishlatish kerak. 

Bugungi  qiyin  kunlarda  ijtimoiy  o‗zgartirishlarga  doir  ko‗p  ishlar  yoshlar 

yelkasiga  tushmoqda.  Yoshlar  hayotga  ko‗proq  talabchan  bo‗ladilar,  uning 

qiyinchiliklariga  sezgir  bo‗ladilar.  Shu  ma‘noda  ularning  ba‘zilari  norozi, 

boshqalarda  shubha,  uchinchilarda  charchoq  va  depressiya,  to‗rtinchilarida  esa 

befarqlik  va  dangasalik  seziladi.  Ba‘zan  aynan  yoshlar  turli  yo‗llarga  oson  kirib 

ketmoqdalar, ularni turli ma‘naviy sezgirlikni yo‗qotish yo‗lida ish ko‗rayotganlar 

o‗zlariga  og‗dirib  olmoqdalar.  Narkotik  moddalarga  berilishi  yoki  turli  oqim  va 

yo‗llarga oson ergashib ketish hollari uchramoqda aniq belgilab olmaganlik tufayli 

turli  oqimlar  va  harakatlarni  boshqarayotganlar  «domiga»  ilinib  qolayotganlari 

ham  bor.  O‗z  hayotining  aniq  yo‗lini  belgilab  olishning  oson  maslahatlari  ham 

yo‗q.  O‗z-o‗zini  anglashdan  voz  kechishi  va  quruq  hayollar,  giyoxvand 

kayfiyatlarga  berilishi  real  hayotdan  ko‗z  yumish  usuli  degan  gapdir.  Albatta, 

hayotdagi  barcha  masalalarga  falsafa  javob  beradi,  deyish  ham  juda  ham  to‗g‗ri 

bo‗lmaydi.  Bugungi  kunda  falsafa  ham  kasbiy  yoki  kundalik  hayotiy 

donishmandlik ma‘nosida qiyin tanlash holatida turibdi: o‗tirib olib kelajak hayot 

haqida  shirin  hayollar  og‗ushiga  berilish  kerakmi  yoki  qancha  og‗ir  bo‗lmasin 

o‗tmishni qayta idrok etib, hozirgi hayot va istiqbolini aniqlash lozimmi? Hozirgi 

zamon  jamiyatida  falsafaning  roli  faqat uning  tanqidiylik vazifasi  bilan  cheklanib 

qolmaydi.  Ko‗pincha,  falsafa  o‗ziga  muloqot  va  dialog  vazifasini  oladi.  Muloqot 

strategiyasi eng ilg‗or va ezgu maqsadlarda bo‗lmasin kuch ishlatib targ‗ibot qilish 

yo‗llarini  tan  olmaydi.  Klassik  falsafa  jamiyatni  isloh  qilishning  inqilobi  edi. 

Shuning  uchun  ham  bugungi  kunda  falsafaning  o‗ziga  yoki  uning  kommunikativ 

imkoniyatlariga  ishonchda  shubhalanishlar  bor  ekanligi  ajablanarli  emas.  Uning 

ustiga,  hozirgi  zamon  falsafasi  ba‘zida  ommaviy  ahborot  va  kommunikatsiya 

vositalarining  qudratli  to‗lqini  bosimida  qolib  ketadi.  Fikrlashning  «savollar  va 


23 

 

javoblar»  tarzidagi  primitiv  nushasi  hozirgi  matbuot,  radio,  telekommunikatsiya 



davrida  ko‗plab  kishilarni  mavjud  yashash  sharoitlariga  oson  moslashish 

kayfiyatlarini  belgilab  qo‗yishi  mumkin.  Bunday  kishilar  targ‗ibot  va  reklama 

vositalari  ta‘sirida  shu  darajada  o‗z  yo‗nalishlarini  yo‗qotib  qo‗yadilarki,  ularni 

falsafiy tafakkur yo‗liga jalb qilish lozim bo‗ladi. 

Hozirgi  kunda  inson  jamiyati  haqiqat  o‗z  erkinligi  hissini  yo‗qotish 

chegarasidan  asta-sekin  chiqib  kelmoqda.  Falsafa  bu  qadriyatlarning  o‗tkinchi 

emasligini  qayd  qilib  turadi,  bu  qadriyatlarsiz  hayot  o‗z  ma‘nosini  yo‗qotadi. 

Shaxsning  hayotiy  rejalari  ham,  shuningdek,  jamiyat  taraqqiyoti  istiqbollarini 

belgilash ham aqlning shunchalik quruq o‗yini emas. Inson o‗z xayotini ikki marta 

yashay  olmaydi  :  bir  marta  asl  maqsadlarsiz  shunchaki  «qoralama»  tarzida  va 

ikkinchi  marta  asl  ideal  va  maqsadlarga  muvofiq  o‗tay  olmaydi.  Maqsadlar  va 

ideallar  hayotimizni  takrorlanmas  va  jozibali  qiladi.  Ular  hayotni  saqlab  turadi. 

Chunki  odamlar  o‗z  hayotlarini  ana  shu  maqsadlarga  moslab,  muvofiqlashtirib 

yashaydilar.  Donishmandlik  o‗zini  ham,  boshqalarni  ham  bostirishda  emas,  balki 

o‗z-o‗ziga va atrof dunyo bilan muvofiqlikda yashashdir. Bunda falsafaga murojaat 

qilish  ruhning  rivojini  ta‘minlaydi,  uni  eski  aqida  va  steriotiplardan  tozalashga, 

hozirgi zamon maqsadlariga mos istiqbol yo‗llariga boshlashga hizmat qiladi. 

Falsafani  o‗rganayotgan  har  bir  talaba  ertami  –  kechmi  «Men  bevosita  ish 

ko‗rayotgan  fan  sohasining  falsafaga  qanday  munosabati  bor?»  Men 

shug‗ullanayotgan  fan  masalalarini  yechishga  falsafiy  bilimlarning  foydasi 

qanday?  –  degan  savollarga  duch  keladi.  Bizning  davrimizda  bilimning  barcha 

sohalari  bir  –  biridan  juda  uzoqlashib  ketdi,  fan  esa  bilimlar  sohasining  tobora 

differensiallashib borayotgan sohasiga aylandi.  

Falsafa  va  fan  ham  bir  –  biridan  xuddi  fan  va  san‘at,  fan  va  mifologiya 

singari  farq  qiladi,  degan  tasavvur  paydo  bo‗lishi  mumkin.  Haqiqatan  ham, 

falsafada  ham  mavhum,  muayyan  ma‘noda,  «abadiy»  masalalar  qo‗yilayapti  va 

muhokama  qilinayapti  –  ku.  Bu  masalalar  bir  butun  olam  haqidagi,  hayotning 

ma‘nosi,  ong  va  bilishning  tabiati,  insonlarning  hayoti  va  o‗zaro  muloqoti 

haqidagi, burch, vijdon, yaxshilik  haqidagi  ahloqiy  masalalar  va  shunga  o‗xshash 


24 

 

masalalardir.  Bu  masalalar  odamlarni  hamma  vaqt  ham  qiziqtirib  kelgan,  ular 



to‗g‗risidagi  fikrlar  esa  ba‘zan  bir  –  biridan  jiddiy  farq  qilgan.  Har  holda,  bu 

masalalar  turli  tarixiy  davrda,  har  bir  jamiyatda  va  har  bir  madaniyatda  turlicha 

muhokama  qilinadi  va  ularga  bir  qiymatli  bo‗lgan  oxirgi  javoblarni  topish  ham 

mumkin bo‗lmasa kerak.  

Fan  esa,  falsafadan  farqli  o‗laroq,  konkret  muayyan  masalalar  bilan 

shug‗ullanadi,  undagi  savollarga  yetarlicha  aniq  javoblar  beradi.  Masalan, 

biologiya  tirik  mavjudotlarni  tasnif  etadi  va  sinflarga  bo‗ladi,  ularning  tarqalishi, 

hayot  tarzi, hulq  –atvorini  o‗rganadi,  turli  organizmlar  va  ular  oilalarining  o‗zaro 

munosabatlarini,  hayoti  faoliyatlari  mexanizmini,  individual  va  tarixiy 

qonuniyatlarini  aniqlaydi.  Fundamental  tibbiyot  kasalliklarni  tasnif  qiladi  va 

sinflarga  bo‗ladi,  ularning  kelib  chiqish  sabablari  va  sharoitlari  (etimologiya)  va 

rivojlanish «mexanizmlari»ni (patogenez) aniqlaydi, ularni tashxis qilish usullarini 

ishlab  chiqadi,  kasalliklarning  oldini  olish  yo‗llari  va  vositalarini  topadi, 

organizmning normal hayot faoliyatini tiklash yo‗llarini qidiradi. 

Shunga qaramasdan, faqat birinchi qarashdagina falsafa va fan (fundamental 

va amaliy fanlar) orasida umumiylik yo‗qdek tuyuladi. Olim tomonidan har qanday 

konkret  muammoning  yechilishi  uning  dunyoqarash  va  metodologik  prinsiplari 

bilan  shartlangan,  bu  dunyoqarash  va  metodologik  ko‗rsatmalar  hamma  vaqt 

bevosita  falsafa  ta‘sirida  bo‗ladi.  Masalan,  fizik  konkret  obyektning  harakati 

to‗g‗risidagi  masalani  yechar  ekan,  u  umuman  harakatning  tabiati  haqidagi 

tasavvurlarga  tayanadi.  Shifokor  tana  anatomiyasini  o‗rganar  ekan,  uning 

tuzilishini umumlashtiradi. Ana shu umumiy belgilarni bilish shifokorning muolaja 

olib  borishida  bemor  organizmidagi  xastalik  va  buzilishlarni  aniqlashga  imkon 

beradi.  Konkret  ilmiy  fandagi  masalaning  matematik  yechimini  topish  ko‗pincha 

matematikni  masalalarning  umumiy  metodlarini  qay  darajada  bilishiga  bog‗liq. 

Tilshunos  biror  milliy  tilning  o‗ziga  xos  xususiyatlarini  o‗rganar  ekan,  tilning 

tabiati,  uning  odamlararo  muomaladagi  o‗rni  haqidagi  umumiy  tasavvurlarga 

asoslanadi.  Tabiiy  –  ilmiy,  ijtimoiy,  gumanitar  yoki  texnikaviy  bilimlarning  turli 

sohalaridek  faoliyat  ko‗rsatayotgan  har  qanday  kishilarning  ilmiy  ijodiga  nazar 


25 

 

tashlab, bunday misollarni ko‗plab keltirish mumkin. Bunday misollar falsafaning 



nafaqat  fanning  asoslarida  mavjud  bo‗lmay,  uning  g‗oyalari,  fikrlari  va 

umumlashmalari  ilmiy  bilishning  qon  –  qoniga  organik  ravishda  singib  ketishini 

ko‗rsatadi. 

Fanning  o‗zi  nima,  degan  savolga  javob  berish  uchun  fanni  ikki  jihatdan 

qarash  mumkin.  Bir  tomonidan,  fan  anchagina  turli  –  tuman  bilimlar  va  bu 

bilimlarni  hosil  qilish  jarayonlari,  ya‘ni  bilish  jarayonlarining  majmui  deb 

ta‘riflanadi. Ikkinchi tomondan, fan ijtimoiy institutdir, ya‘ni jamiyat va madaniyat 

tarixiy  taraqqiyotining  konkret  davrida  shakllangan  muayyan  tashkilotdir.  Fanni 

tashkil  qilishning  ijtimoiy  muassasalari  jamiyatda  xilma  –  xildir,  masalan, 

universitetlar,  ilmiy  –  tadqiqot  institutlari,  fanlar  akademiyalari,  kafedralar, 

laboratoriyalar  va  h.k.  Bu  tashkilotlarda  ishlovchi  ilmiy  jamoalar  faqat  bilimlar 

yaratibgina  qolmay,  turli  shakldagi  ilmiy  muloqotlar  (bahslar,  anjumanlar, 

simpoziumlar)da  qatnashadilar,  ilmiy  tadqiqotlari  natijalarini  chop  ettiradilar 

(davriy nashrlar, monografiyalar, darsliklar), ma‘ruzalar o‗qiydilar. 

Vatanimiz o‗z mustaqilligiga erishib, markscha-lenincha ilmiy materialistik 

fan  bo‗lib  kelgan  falsafaning    ma‘naviyatimizdagi  yakka  hukmronligi  barham 

topishi munosabati bilan dunyoqarashimizda  hosil bo‗lgan ekzistensial vakuumni 

nima bilan to‗ldirish  muammosi ko‗ndalang bo‗lgan bugungi kunda  aslida falsafa 

nima  edi,  u  qanday  qilib  o‗z  vaqtida  diniy  qadriyatlarlarning  o‗rnini  bosgan  edi, 

endilikda  nima  sababdan  u  krizisga  uchradi  va  endi  uning  o‗rniga  qanday 

dunyoqarash kelishi mumkin kabi bir qator masalalar biz uchun, ayniqsa, dolzarb 

ahamiyat  kasb  etdi.  Lekin,  falsafani  aslida  nima  ekanini  tushunish  ham  dinni 

tushunish kabi oson emas. Zero, dunyoqarash shakli sifatida  falsafa ham din kabi 

murakkab  ma‘naviy  qadriyat  bo‗lib,  u  ham  o‗z  mavjudligi  tarixida  uzoq  va 

murakkab  o‗zgarishlar  jarayonini  boshdan  kechirdi.  Bu  jarayonda  uning  tadqiqot 

predmetidan tortib,  strukturasi, vazifalari,  metodlari,  butun  mazmunida  juda ko‗p  

va  tub  o‗zgarishlar  sodir  bo‗ldi.    Shuning  uchun  bu  masalani  o‗rganishni  ham 

uning  kelib  chiqish  tarixidan  boshlash  maqsadga  muvofiq.  Zero,  taniqli  rus 

faylasufi  A.F.Losev  to‗g‗ri  aytganiday,    ―tarixsiz  biz  ko‗rsichqonga  o‗xshab 


26 

 

qolamiz‖



1

,  ya‘ni    zulmatda  yashashga  o‗rganib  qolganimiz  tufayli  yorug‗likdagi 

to‗g‗ri yo‗lni ko‗ra olmaymiz.                 

                                                 

1

 Лосев А.Ф. Философия. Мифология. Культура. М. Политиздат. 1991. 9- б. 



27 

 


Yüklə 413,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin