Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan 2022-yil tayanch doktorantura va doktorantura



Yüklə 32,38 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix06.04.2022
ölçüsü32,38 Kb.
#54822
2022-yil-fanlar-akademiyasida-tayanch-doktorantura-va-doktorantura-uchun-qabul-elon-qilinadi



1

Fanlar akademiyasi tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari

tomonidan 2022-yil tayanch doktorantura va doktorantura

uchun qabul e'lon qilinadi

Oʼzbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  tasarrufidagi  tayanch

doktorantura  va  doktoranturaga  2022-  yil  uchun  quyidagi  ilmiy  yoʼnalishlar  boʼyicha

QАBUL E’LON QILINАDI:

•           fizika-matematika va texnika;

          tabiiy fanlar;

•           ijtimoiy-gumanitar fanlar.

 

Qabulga  tegishli  barcha  zarur  maʼlumotlar  va  talablar  bilan  Fanlar  akademiyasi  ilmiy-tadqiqot



muassasalari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va markazlari hamda mintaqaviy boʼlimlarida tanishish

mumkin.


Hujjatlar 2021-yilning 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2021-yilning 1-25-noyabr davrida

boʼlib oʼtadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

-           chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʼrganilgan xorijiy til);

-           mutaxassislik.

 

Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:



-           oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy

maʼlumot toʼgʼrisidagi diplomga ega boʼlish;

-           muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin

boʼlgan,  ilmiy  jurnallar  va  nashrlarda  chop  etilgan  kamida  bitta  ilmiy  maqola  va  ilmiy-amaliy

konferentsiyalarda tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan ikkita maʼruza-

tezisga ega boʼlish;

-           xorijiy tilni magistratura bitiruvchisining tegishli darajasida bilish;

-           zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.

 

Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:



-           fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan

ilmiy darajalar;

-           fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar

olingandan soʼng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish

uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida

uchta  ilmiy  maqolaga  hamda  ilmiy-amaliy  konferentsiyalar,  seminarlar  va  tegishli  ilmiy  yoʼnalishlar

boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish.



2

 

Boshqa shaharlardan kelgan mutaxassislar yotoqxona bilan taʼminlanadilar.



Qoʼshimcha maʼlumot va qabul kvotalarini 

www.academy.uz

  saytidan olish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 233-59-46, 236-77-07.



 

Yüklə 32,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin