Fanni o’qitishdan maqsad – 5130200-amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga fanni dastur umumiy psixologiya fanining mohiyati, psixikani rivojlanishi, shaxs psixologiyasi, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, individual-psixologik xususiyatlar, psixologik holatlar hamda shaxsning shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan psixologik, fiziologik va jismoniy o‘zgarishlar, shuningdek shaxsga xos sifat, xususiyat, holatlar ta`lim-tarbiya jarayonini to‘g`ri tashkil qilishning yoshga bog`liq jihatlarining psixologik mexanizmlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Fanning vazifasi – Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda umumiy psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual-xususiyatlarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir, hamda bo‘lajak pedagog mutaxassislar tamonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimning o‘zgartirilishini tashkil etishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga umumiy psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik rivojlanish va uning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Talabalar uchun talablar
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga qoyiladigan talablar qo’yiladi .Talaba:
“Umumiy psixologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
O’smir va o’sprinlar psixologiyasi , ta’lim, tarbiya va o’qituvchi psixologiyasi haqida bilimga; -talaba psixologiya fanining tarixi, psixika va ong, psixologik metodlar, individ, irsiyat va muhit, shaxs, muloqot, faoliyat, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy sohasi, shaxsning individual xususiyatlari yuzasidan tushuncha, tasavvurga ega bo‘lish bilan birga, psixik rivojlanishga ta`lim-tarbiya jarayonlarining ta`siri yuzasidan olingan bilimlarni amaliy faoliyatga tadbiq etish;
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Umumiy psixologiya” fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanadi. Dasturni amalga oshirish uchun o‘quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy iqtisodiy (falsafa, pedagogika va h.k), matematika va tabiiy-ilmiy (informatika va axborot texnologiyalari, yosh fiziologiyasi va gigiyena va h.k) blokidagi fanlar bilan aloqada o‘rganilib, bu fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Fanning ta’limdagi o‘rni “Umumiy psixologiya” fani pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘qitiladigan, mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish uchun muhim manba sifatida xizmat qiladigan fandir.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Umumiy psixologiya” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza, seminar darslarida mos ravishdagi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.