Farg’ona Politexnika Instituti Mexanika – mashinasozlik fakulteti Texnalogik mashinalar va jihozlar yo’nalishi 27-20 guruh talabasi Ahmadjon Akramovning Ekalogiya fanidan mustaqil ishi



Yüklə 1,16 Mb.
tarix04.12.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#72219
SANOATDA 2

Farg’ona Politexnika Instituti Mexanika – mashinasozlik fakulteti Texnalogik mashinalar va jihozlar yo’nalishi 27-20 guruh talabasi Ahmadjon Akramovning Sanoat mashinalarining ishchi detallari va ularni tiklash asoslari fanidan mustaqil ishi

Bajardi : Akramov Ahmadjon Qabul qildi :Xakimov .A

Mavzu : Xromlash usuli bilan detallarni ta’mirlashni o‘rganish.

  • Reja :
  • 1. Detallarni xromlashga tayyorlash.
  • 2. Xromlash jarayoni
  • 3. Detallarga xromlashdan so‘ng ishlov berish.
  • 4. Temirlash
  • Detallarni xromlashga tayyorlash ularni jilvirlash, jilolash, yuvish, xromlanmaydigan joylarini niqoblash, detallarni osma uskunalarga o‘rnatish, detallarni yog‘sizlantirish va dekopirlashni o‘z ichiga oladi.
  • Detallarni jilvirlash qoplanadigan detallarga to‘g‘ri geometrik shakl berish uchun kerak, chunki xromlashdan so‘ng detalning boshlang‘ich shakli aniq hosil qilinadi. Jilvirlashni jilvirlash stanoklarida yoki moslashtirilgan maxsus tokarlik stanoklarida amalga oshirish mumkin. Detal materiali qancha qattiq bo‘lsa, jilvirtosh shuncha yumshoq bo‘lishi kerak.
  • Jilolash jilvirlashdan qolgan izlarni yo‘qotish va detalda silliq yo‘za hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Jilolash maxsus jilolash moslamalarida fetr (mato) doiralar qo‘llash bilan olib boriladi. Bunday doiralarga jilolash jarayonida maxsus pastalar surtiladi. Detal yuzasida jilvirlashda ishlatiladigan abraziv doiraning izlari qolmaganda jilolash jarayoni tugallangan hisoblanadi.
  • Detal yuzasi jilvirlab va jilolab bo‘lingandan so‘ng, moy va yog‘ qoldiqlaridan tozalash maqsadida, uni yuvish lozim. Detallarni yuvish kerosin, benzin, uayt spirt va boshqa vositalar bilan maxsus vannalarda olib boriladi, so‘ngra siqilgan havo bilan quritiladi.
  • Xromlanmaydigan joylarni lok bilan niqoblash yuzalariga cho‘tkalar yordamida lok so‘rtish bilan amalga oshiriladi. Agar detalning konstruksiyasi yo‘l qo‘ysa, xromlanmaydigan yo‘zalarni plastikatlardan yasalgan g‘iloflar bilan yoki plastmassadan yasalgan ekranlar bilan niqoblash mumkin.
  • Dekopirlash detal yo‘zasidagi yupqa oksid pardalarini yo‘qotish, ta’mirlanadigan detal asosiy materialining strukturasini chiqarish va qoplanadigan xromning yopishish mustahkamligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Dekopirlash ximiyaviy va anodli bo‘lishi mumkin. Ximiyaviy dekopirlash ta’mirlash korxonalari amaliyotida qo‘llanilmaydi. Xromlash vannasida anodli dekopirlash usuli eng ko‘p qo‘llaniladi. Anodli dekopirlashda dastlab detal xromlash vannasi tok ulanmagan holda 5-8 minut ushlab turiladi. Bu vaqt ichida detal anod vazifasini bajaradi va 25-40 A/dm2 tok zichligida vannada 30-90 sekund ushlab turiladi. Vannadagi elektrolitning tarkibi va temperaturasi xromlashda qanday bo‘lsa, bu holda ham xuddi shunday bo‘ladi. 30-90 sekund vaqt o‘tgach, tok ta’mirlanadigan detal katod vazfasini bajaradigan qilib qayta ulanadi va xromlash jarayoni boshlanadi.
  • Xromlash jarayoni silliq va g‘ovakli xromlashga bo‘linadi. Silliq xromlash jarayonini ko‘rib chiqamiz.
  • Tok bo‘yicha eng ko‘p metall ajralib chiqishi xrom angidrid bilan sulg‘fat kislotaning nisbati 100:1 bo‘lganda sodir bo‘ladi. SHu bois silliq xromlashda elektrolitning tarkibi quyidagicha olinadi. 
  • Cr’3—150 g/l va H2S’4 — 1,5 g/l (100:1);
  • Cr’3—250 g/l va H2S’4 — 2,5 g/l (100:1).
  • Tajribalar natijasi silliq xromlash rejimi tokning zichligi va elektrolitning temperaturasiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. 4-rasmda har xil xrom qatlamlarini olish sohalari keltirilgan, bunda elektrolit tarkibi Cr’3—150 g/l, H2S’4 — 1,5 g/l. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, xrom qatlamining oqimtir, yaltiroq va kulrang turlarini olish mumkin. Bulardan eng qattig‘i (NV 1200) kulrang qatlam hisoblanadi, ammo mo‘rtligi va eyilishga chidamliligining pastligi tufayli, asosan, himoya-dekarativ maqsadlarda qo‘llaniladi. YAltiroq qatlamlar ham qattiq (NV 800), mo‘rt, ammo kislotalarga chidamli hisoblanadi. Bunday qatlamlar qo‘zg‘almas birikmalarda ishlatiladi. Oqimtir qatlam xromlangan qatlamlar ichida eng yumshog‘i (NV 500-600) bo‘lib, plastikroq moy bilan qoniqarli darajada moylanadi, eyilishga qarshiligi kattaroqdir. Oqimtir qatlamlar dinamik yuklanishda ishlaydigan detallar uchun qo‘llaniladi.

Har xil qatlamlar olish sohalari.
  • Xromlash uchun ishlatiladigan elektrolitlarning asosiy kamchiligi tok bo‘yicha xrom chiqishining kamligi va sochilish xususiyati pastligi hisoblanadi.
  • Xromlash jarayonini jadallashtirish maqsadida xona temperaturasida xromlash imkonini beruvchi tetroxromat elektroliti tavsiya qilingan Tetroxromat elektrolipligining tarkibi quyidagicha: 350...400g/l , Cr’3, 2-2,5g/l H2S’4; 40-60 g/l Na’H; 1...2 g/l shakar.
  • Anod vazifasini perforatsiyalangan qo‘rg‘oshin yoki qo‘rg‘oshinning 3-5% surmali qotishmasi bajaradi. Elektrolitga o‘yuvchi natriy qo‘shilishi natijasida tetroxromat hosil bo‘lganligi uchun bunday elektrolit tetroxromat elektroliti deyiladi. Bunda ximiyaviy reaksiya quyidagicha kechadi: 
  • 2Na’H+4Cr’3→Na2’·4Cr’3+H2’
  • Xromlashdan so‘ng detallarga ishlov berish detallarni distillangan sovuq va issiq suvlarda yuvish, osma uskunalardan echib olish va ularni quritish shkaflarida qizitishdan iborat.
  • Detallarni distillangan suvda yuvish ulardagi qoldiq elektrolitlarni xromlash vannasiga qaytarishdan iborat. Sovuq va issiq suvda yuvish detal yo‘zasini qoldiq elektrolitlardan batamom tozalash uchun bajariladi. SHuning uchun detal avval oqib turgan suvda, so‘ngra issiq suvda yuviladi. Issiq suv detalni yaxshi yuvishi bilan birga uni isitadi va qurishini tezlashtiradi. SHundan so‘ng detal osma uskunalardan chiqarib olinadi, himoya (izolyasiya) loklari pichoq bilan olib tashlanadi, selluloid esa echib olinadi.
  • Detalni quritish shkafida 150-2000C gacha qizdirish xrom qatlamida vodorodni chiqarib yuborish bilan bir qatorda uni quritish uchun ham kerakdir. Quritilgan detal texnik nazoratdan o‘tkaziladi.
  • Detallarni xromlash jarayoni, asosan, eyilish miqdori kam bo‘lgan detallar uchun yaroqliroqdir. Eyilish miqdori ko‘p (masalan, 0,5 mm dan ortiq) bo‘lganda detallarni xromlash yo‘li bilan ta’mirlash ancha qimmatga tushadi. SHuning uchun ko‘p miqdorda eyilgan detallarni ta’mirlashda ta’mirlash korxonalari amaliyotida temirlash usuli ko‘proq qo‘llaniladi.
  • Temirlash texnologik jarayoni xromlash jarayoniga o‘xshab ketadi, u detalni ta’mirlashga tayyorlashni, temirlashni, temirlashdan so‘ng detalga ishlov berishni va temirlash sifatini tekshirishni o‘z ichiga oladi. Detalni temirlashda quyidagi operatsiyalar bajariladi: tiklanadigan yo‘zalarga mexanikaviy ishlov berish; benzinda yuvish; detalni temirlanmaydigan yo‘zalarini niqoblash; osma uskunalarga o‘rnatish; yog‘sizlantirish; sovuq suv oqimida yuvish; 30% li sulg‘fat kislota eritmasida anodli ishlov berish; sovuq va issiq suvda yuvish; qoplash jarayoni; issiq (80-900S) suvda yuvish; kalg‘siyli sodaning 10% eritmasi bilan yuvish; issiq (80...900S) suvda yuvish; detallarni osma uskunalardan chiqarib olish va niqoblash materiallarini olib tashlash; qoplamaga mexanik ishlov berish va temirlash sifatini tekshirish.
  • Detalning ta’mirlanmaydigan joylari sapon lok, emalit, BF elimi, bakelit loki, rezina emal va hokazo bilan niqoblanadi. Yuzaga anodli ishlov berish elektrolitning tarkibi quyidagicha bo‘lgan vannada olib boriladi: sulg‘fat kislotasining suvdagi 30% li eritmasi va 10-25 g/l temir sulg‘fati (temir ko‘porosi FeS’4·7H2’) ning suvdagi eritmasi. Bunda elektrolitning zichligi 1,23g/sm3 atrofida bo‘lishi kerak. Anod vazifasini ishlov beriladigan detal, katod vazifasini esa qo‘rg‘oshin plastinkasi bajaradi. Katod maydoni (SK) anod maydoni (Sa) dan 4 marta ortiq, ya’ni Sa / SK=1/4 bo‘lishi kerak. Anodli ishlov berish rejimi: tok zichligi Dt=10-70 A/dm2, elektrolit temperaturasi t =16...220C, ishlov berish davomiyligi 0,5-4 minut.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin