Farg’ona Politexnika instituti Qurilish fakulteti 12-20 mkq guruh talabasi Yo’ldashev Jamoliddinning Falsafa fanidan “Islomda vatanparvarlik g’oyalari targ’iboti” mavzusida taqdimoti



Yüklə 153,58 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix26.05.2022
ölçüsü153,58 Kb.
#59567
Islomda vatanparvarlik g’oyalari targ’iboti



Farg’ona Politexnika instituti Qurilish 
fakulteti 12-20 MKQ guruh talabasi 
Yo’ldashev Jamoliddinning Falsafa fanidan 
“Islomda vatanparvarlik g’oyalari 
targ’iboti” mavzusida
TAQDIMOTI 
Tayyorladi:
J.Yo’ldashev 
Qabul qildi: 
G’.Abduraxmonov 



Islomda vatanga muhabbat bu – tug‘ilib o‘sgan 
yurtiga nisbatan e'zozdan iboratdir! Demak, 
musulmon kishi vatanini sevadi! Uning iqboli 
uchun harakat qiladi, uni himoya qiladi, xursand 
bo‘lsa – xursand, xafalik yetsa – qayg‘uradi. 
Inson “Vatan menga nima berdi?” deb emas, 
balki “men Vatanimga nima qildim?” degan oliy 
tuyg‘u bilan yashamog‘i lozim. 



Shuning uchun ham kishi o‘z yurtidan 
uzoqlashganda, uni qumsaydi va sog‘inadi. Bu 
qumsash biz ummatga Payg‘ambarimiz sallallohu 
alayhi vasallamdan merosdir. Chunki islom 
tarixidan ma'lumki, Rasululloh sallallohu alayhi 
vasallam O‘z vatanlari Makkai mukarramada 53 
yoshlarigacha yashadilar. Bu davr mobaynida 
Makka mushriklari tomonidan U Zotga bir qancha 
zulm, dushmanchilik va kamsitishlar bo‘ldi. 
Shunday bo‘lsa-da vatanlarini tark qilib boshqa 
joyga ketmadilar. Ammo Makka mushriklarining 
zulmlari haddan oshib, Rasulullohning jonlariga 
qasd qilish darajasiga borganlaridan keyin 
Allohning buyrug‘iga binoan Makkadan chiqib 
ketdilar. 



Chiqish vaqti kelganida ko‘zga yosh oldilar, 
ko‘ngillari bo‘shab, Makkaga qarab shunday 
dedilar: sendan ko‘ra menga sevimliroq 
va suyukliroq shahar yo‘q! Agar qavmim 
meni sendan chiqarmaganida, aslo 
sendan boshqa joyni makon 
tutmasdim” (Imom Termiziy rivoyati). 


Insonning o‘z Vatani oldida bir necha 
vazifalari bo‘lib, ularning eng muhimlari 
uchtadir: 

1. Vatanning haqqiga duo qilish. 

2. Vatan obodligi uchun moddiy va ma'naviy 
hissa qo‘shish. 

3. Vatanda fasod va buzg‘unchilik ishlari bilan 
mashg‘ul bo‘lmaslik. 



Islomda Vatan tushunchasi keng qamrovli 
bo‘lib, avvalo u istiqomat maskani, ya’ni uy-joy 
ma’nosida ishlatiladi. Islom dini ta’limotida 
inson o‘zi yashab turgan Vatanini, dinini, oila 
ahlini himoya qilishi eng ulug‘ amallardan 
ekanligi ta’kidlangan. Vatan himoyasi uchun 
harbiylar safida turish ham dinimizda ulkan 
savobli amal sanaladi. Payg‘ambarimiz 
sallallohu alayhi vasallam: «Bir kecha kunduz 
«ribot», (ya’ni dushman qarshisida turish) bir oy 
tutilgan nafl ro‘za va o‘qilgan tungi namozdan 
yaxshidir», – deb marhamat qilganlar (Imom 
Muslim rivoyati). 


Foydalanilgan adabiyotlar 

https://sammuslim.uz/

https://religions.uz/ 


E’tiboringiz uchun rahmat. 

Yüklə 153,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin