Fiskal hisobotlar tahlili. Reja



Yüklə 66,77 Kb.
səhifə1/8
tarix28.04.2023
ölçüsü66,77 Kb.
#104457
  1   2   3   4   5   6   7   8
Fiskal hisobotlar tahlili. Reja


Fiskal hisobotlar tahlili.
Reja:

  1. Fiskal siyosatning moxiyati va usullari.

  2. Davlat xarajatlari mul’tiplikatori.

  3. Soliq mul’tiplikatori.

  4. Balanslashgan byudjet mul’tiplikatori.

  5. Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat.

  6. Byudjet takchilligi va ortiqchaligi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


1. Fiskal siyosatning moxiyati va usullari.

Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish xisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali xam erishiladi. Fiskal siyosat byudjet-soliq siyosati deb xam aytiladi.


Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turgunlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantiruvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yoxud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga xal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy saloxiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul xolatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish, soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qiska muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy saloxiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin.

Yüklə 66,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin