fond bozorini rivojlantirish milliy iqtisodiyotining eng



Yüklə 17,9 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü17,9 Kb.
#118452
FOND BOZORINI RIVOJLANTIRISH MILLIY IQTISODIYOTINING ENG


FOND BOZORINI RIVOJLANTIRISH MILLIY IQTISODIYOTINING ENG
MUHIM OMILI
Saidahad Alisher o'g'li Obidov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada fond bozorini rivojlantirish va uning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdik, fond birjasi va uni rivojlantirishda tijorat banklarining ishtiroki, haqida ma'lumot keltirilgan.
Tayanch so'zlar: fond bozori, fond birjasi, tijorat banklari, bozor iqtisodiyoti, moliya tizimi, qimmatli qog'oz, subyektlar, pul.
FUND MARKET DEVELOPMENT IS THE MOST IMPORTANT FACTOR
OF THE NATIONAL ECONOMY
Saidahad Alisher oglu Obidov Tashkent State University of Economics
Abstract: This article analyzes the development of the stock market and its importance in a market economy. There is also information about the stock exchange and the participation of commercial banks in its development.
Keywords: stock market, stock exchange, commercial banks, market economy, financial system, securities, entities, money.
Kirish
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida biz shuni ko'rishimiz mumkinki, ayrim tarmoqlarda pul mablag'lari yetishmay turgan bir paytda, ba'zi tarmoqlarning ko'p miqdorda pullari vaqtincha bo'sh turadi. Bir tarmog'ning mablag'i ma'lum vaqt mobaynida ortiqchalik yoki yetishmay qolishligi navbatma navbat almashib kelishini hisobga olgan holda, mablag'i yetadigan va shu mablag'ga yetishmovchiligi bor bo'lgan tarmoqlarni bir birlari bilan uchrashtiradigan soha bu moliya bozori, ya'ni fond birjasidir. Dunyoning ko'plab, eng zamonaviy davlatlarning bozor iqtisodiyotida fond birjalari faoliyat ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, fond birjalari bozor iqtisodiyotining eng muhim instituti sifatida qaralib, tegishli moliya institutlarining faoliyatini milliy iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko'plab vazifalarni o'z ichiga oladi. Fond bozori jismoniy yoki qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan mexanizm to'plamidir. Fond birjasi - bu qimmatli qog'ozlar savdosiga mo'ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog'ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy.[6]
www.openscience.uz 207 | ("oe^^^bi
Xalqaro tajribaga ko'ra, qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishning muhim manbai bo'lib, bank krediti orqali moliyalashtirishning muqobili sanaladi. Shu bois ham har qanday davlat iqtisodiy tizimining holati fond bozoridagi faollikda namoyon bo'ladi. [5] Mazkur bozorda yuridik yoki jismoniy shaxslar o'z mablag'ini kelgusida foyda olish maqsadida aksiya hamda boshqa qimmatli qog'ozlarga yo'naltiradi. Qimmatli qog'ozlardan foyda olish dividend yoki foiz ko'rinishida yoxud ularni ikkilamchi ravishda yuqoriroq bahoga sotish evaziga amalga oshiriladi. Moliyaviy fond birjalari bir nechta subyektlarning ishtirokida ishlaydi:
Emitentlar. Fond bozorida ishtirok etuvchi subyektlarning bunday turi yuridik shaxs, davlat organlari yoki mahalliy hokimyat organi bo'lishi mumkin.
Investorlar. Ushbu subyekt turiga jismoniy va yuridik shaxslar - kompaniyalar, korxonalar, davlat idoralari kirishi munkin. Yuqorida qayd etilgan shaxslar o'z kapitallaridan keyinchalik foyda olish maqsadida qimmatli qog'ozlarni sotib olish uchun foydalanadilar.
Professional a'zolar. Ular fond bozorida ishtirok etuvchi uchinchi shaxslardir. Ular asosan treyderlar, brokerlar, dilerlar kiradi. Bir so'z bilan aytganda ular vositachilar bo'lib, tomonlardan birining vakili. Bu guruh vakillari muvaffaqiyatli bitimning foizlarini olishadi, shuning uchun bunday savdo shartnomalarini bajarishda imkon qadar ishtirok etish ularning manfaatlariga mos keladi.[3]
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
O'tgan bir necha yil davomida mamlakatimizda ham birjalar faoliyatini takomillashtirish, jumladan fond bozorini rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, fond birjasini rivojlantirish orqali bozor iqtisodiyotining taraqqiyotiga erishish maqsadida tuzilgan dasturlar bugungi kunda Prezidentimizning 2017 yil 18 apreldagi "Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirib kelinmoqda. [2]. Ayni payta mamlakatimiz , Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan faoliyati tartibga solinib turuvchi birjalar soni 3 tadan iborat. Ular O'zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi, Respublika ko'p tarmoqli agrosanoat birjasi, ''Toshkent" Respublika fond birjasi. "Toshkent" Respublika fond birjasi mamlakatimiz moliya tizimini tez rivojlantiryotgan tuzilmadir va u sarmoya bozorining fond ulushi o'zgarishiga katta ta'sir ko'rsatdi.
Shu bilan birga, mutaxassislarning qayd qilishlaricha, fond bozoriga aholini keng jalb qilish hamon dolzarb masalalardan biri bo'lib turibdi. Shu bois, qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritishning afzalliklarini keng ommaga ko'proq va tushunarli
www.openscience.uz
208
[M
tarzda yetkazish uchun respublikamizning barcha hududlarida soha mutaxassislari ishtirokida turli tadbirlar o'tkazilmoqda.
Bu borada, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida, kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag'larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi moliya bozorini o'rta muddatli va uzoq mudatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qo'yilgan.[1]. Iqtisodiyotni rivojlanishida, hamda uning turli sohalari bir maromda ishlab turishi uchun investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda, katta hajmda moliyaviy resurslarni jamlovchi va uni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo'naltira oladigan asosiy moliyaviy institut -banklar bo'lib turibdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Mana shu faoliyatni qimmatli qog'ozlar vositasida amalga oshirish banklar uchun ko'p jihatdan qulaydir. Ta'kidlash o'rinliki, odatda fond bozorida ishtirok etuvchi tijorat banklari milliy iqtisodiyotimizning real sektorini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.[3] Fond bozorini rivojlanlantirish yordamida iqtisodiyotda pul mablag'lari harakati ta'minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto'xtov shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. Insvestitsiyaga aylanayotgan pulning xo'jalikning turli sohalari o'rtasida erkin ko'chib yurishi, moliya resurslaridan erkin va oqilano foydalanishni ta'minlaydi. Bu o'z navbatida mamlakat taraqqiyotiga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.
Takliflar va xulosalar
Hozirgi zamon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga qarab, mamlakat iqtisodiyotning "ahvoli" haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta'sir ko'rsatib, jamiyatning iqtisodiy faoliyatini boshqarish mumkin. Shuning uchun bozorini rivojlantirish bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, mamlakatimiz fond bozorini yanada rivojlantirish va barqarorlashtirishda tijorat bank investitsiyalaridan foydalanish maqsadga muofiqdir:
- fond bozorida banklar tomonidan qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo'yicha soliq mexanizmida birmuncha yengilliklar va imtiyozlar joriy etilishi lozim;
- birja savdolarida sotiladigan moliyaviy instrumentlar sonini ko'paytirish, ya'ni moliyaviy fyuchers, opsion, depozitar tilxatlar va ipoteka obligatsiyalarini joriy etish. Bu holat qimmatli qog'ozlar bozorida banklarning faollashuviga va fond bozori aylanmasining oshishiga olib keladi;
- Respublika tijorat banklarining qimmatli qog'ozlarini xalqaro fond birj alarida sotishni ta'minlash mexanizmini ishlab chiqish lozim.[3]
www.openscience.uz 209 | ("oe^^^bi
Yuqorida sanab o'tilgan chora-tadbirlarning o'z vaqtida amalga oshirilishi respublika banklari raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilib, ularning nafaqat milliy fond bozorida ivestitsion faolligi oshishiga ,i xalqaro kapital bozorida ham faol ishtirokchiga aylanishiga imkon beradi, O'zbekistonda investitsiya muhitining yanada qulayroq bo'lishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.M.Mirziyoyev. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni.07.02.2017 PF-494
2. Sh.M.Mirziyoyev. O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni 18.04.2017.
3. X.Sh.Tillayev. Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi investitsiyalar faoliyati takomillashtirish.2018.www.wc.tseu.uz
4. https: //dutyfree58 .ru/uz/kak-rabotaet-fondovyi-ry nok-mehanizm-raboty-rynka-akcii
5. https://www.spot.uz/oz/2018/08/08/stock/"Uzbekistonda fond bozorida jismoniy shaxslar ishtiroki haqida nimalarnii
References
1. Sh.M.Mirziyoyev. Decree "On the strategy of further development of the Republic of Uzbekistan" 07.02.2017 PF-494
2. Sh.M.Mirziyoyev. Decree of the Republic of Uzbekistan "On the establishment of the State Committee for Privatization and Development of Competition" 18.04.2017.
3. X.Sh.Tillayev. Improving the investment activity of commercial banks in the securities market.2018 .www.wc.tseu. uz
4. https: //dutyfree58 .ru/uz/kak-rabotaet-fondovyi-ry nok-mehanizm-raboty-rynka-akcii
5. https://www.spot.uz/en/2018/08/08/stock/"What about the participation of individuals in the stock market in Uzbekistan?
www.openscience.uz
Yüklə 17,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin