Fotima uyning darchasidan tashqariga boqib qanday chiroyli-a. Ertaga maktabga borib do’stlarim bilan



Yüklə 85,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.05.2022
ölçüsü85,81 Kb.
#57477
2 5287382217738161628



Kutilgan 

Fotima uyning darchasidan tashqariga boqib – qanday 

chiroyli-a. Ertaga maktabga borib do’stlarim bilan 

mazza qilib qor bo’ron o’ynaymiz- deya hayolidan 

o’tkazib kutilayotgan erta uchun entikib ketdi. Fevral 

oyining tugashiga ham bir hafta qolgan edi. Buni 

qarangki hamma joy bu sovuq va muzdek bo’lgan bu 

qorlarga bag‘rini ochgan edi. Darchadan qaragan 

Fotima bu qorlarni tomosha qilarkan huddi umrida 

birinchi marotaba ko‘rayotgandek. – Allohimning 

mo‘jizasi , -deb shivirladi o’ziga. U hatto oyog’i ostida 

bir has ko’targan chumolini ko’rsa ham – Allohimning 

mo‘jizasi der edi. Daraxtlar barglari sokin shabbodada 

oxista qimirlaganini va huddi ular Fotimga o’z 

sevgilisiga suzilibgina boqqan yorga o’xshab qarab 

o’ziga chorlardi. U shunda ham -Allohimning mo‘jizasi 

der edi. Yer yuzidagi eng mitti jondan eng ulkaniga ham 

bir so’z ishlatar edi. Mana bugun ham bir biriga yo’l 

bermay yugurib kim birinchi marra tomon chopayotgan 

bolalardek yog‘ayotgan qorlarni o‘zgacha ruh bilan 

tomosha qilayapti. Kechasi soat sakkiz. Darcha yonida 

Fotima yana Ulug’bek do‘stini esladi. – Ha ertaga u 

Fotimaga xat bermoqchi. Yo’q buni Ulug’bek o’zi 

aytmagan orqa barotdan Fotimaning qulog‘iga yetib 

kelgan. -Hih – deb biroz tabassum qildida – olib 

bo‘pman xatini. Nima qilaman olib?! Ahmoq axir 




mendan kichik bo’lsa – deya yana hursandgina 

tabassum qildi. Mayda qor parchalari sho‘x qo’shiq 

aytib yog‘ar Fotima esa zavq bilan tomosha qilar edi. 

Yerga zarb bilan otilgan kosa sindi va uning ovozidan 

Fotimaning ham tinchi buzildi. Bu ovoz ichkari honadan 

keldi. U o‘yladi – Ha dadam yana ichib kelibdilar. 

Tezroq kirmasam ayamni urib qo’yadilar – deb 

havotirlangancha o’rnidan sakrab turib chap 

tomondagi eshikdan yugurib kirdi. Chindan  ham dadasi 

oyoqda turib bo’lmas darajada mast edi. Bir qo’li bilan 

aysining sochlaridan ushlab tinmay eng hunuk so’zlar 

bilan so‘kib urar edi. Fotimaning ayasi esa – Qurib 

ketsin hammasi. Senga ichirganlarning jazosini bersin – 

deb qarg‘anar edi. Fotima tug‘ilgandan beri davom 

etayotgan bu urishlarga qanchalik o’rganib ketgan 

bo’lsa ham dadasi , qo‘yinki biron kimsa salgina ovozini 

ko’tarib gapirsa ham darrov yig’lab yuborardi. Endi bu 

holatda u kosaning singan tovushni eshitgandayoq 

yig‘lashni boshlagandi. Eshikdan kirishi bilan yugurib 

dadasining oyoqlariga yopishdi – Jon dadajon jonim 

dada qo’yib yuboring ayamni – deb yig‘layverdi. Ko’p 

yig‘laganidan hiqqilab gapirolmay qoldi. Har gal 

shunday urishlarda Fotima ayasini himoya qilgani 

uchun kaltak yerdi va dadasining ko’chaga chiqib 

ketishi bilan yakun qo‘yilardi. Bu safar ham shunday 

yakun bo’ldi. Oyoqlariga jon holatda hiqqilab yopishgan 




qizini ko’rgan Farhod aka uni qattiq tepib yubordi. 

Fotima bu barzangi kapkatta erkakka kuchi yetarmidi 

o’zi jimitekkina qiz bo’lsa. Bu tepkidan Fotima bir 

burchakka borib tushdi va urush yakunlandi. Aslida 

Farhod aka ham oilasining tinchini qizi Fotimaning 

baxtini o‘ylardi. Hozir ham yana Fotimani urib 

yuborganiga chidolmay o’zini muzdek qorlar o’ynab 

yurgan sovuq ko’chaga otdi. Ex ota! Fotimaning ota 

deganda keladigan o‘ylari yomon emas edi. Uni qancha 

kaltaklasa ham hech qachon dadasi haqida yomon fikr 

uyg‘ota olmagan. Otasining ta’rifini bu dunyoda 

Fotimaning onasidan o‘zgasi keltirolmaydi.  Bu ta’rif 

eshitgan inson hali Fotimaning dadasini ko’rmay turib 

yomon yo’q nafratlanib qolar edi. Fotima hech 

tushunolmas edi – Dadamni ezadigan dard nima ekan? 

Nega bunchalar o’zini qiynaydi ? Ex tezroq ulg‘aysam va 

dadamga – Dadajon sizni ne dard azoblaydi buni menga 

ayting – degisi kelar va malham bo’lishni niyat qilgandi. 

Har safar dadasidan kaltak yegan Fotima tezda bir 

gunoh ish qilgan taqvodor inson Allohga istig‘for 

aytganidek – Baribir dadamni yaxshi ko’raman – deb 

yig‘lashdan to‘xtaguncha qaytarar edi ba’zida esa shu 

so’zlar bilan tongni qarshilar qushlar sayrashiga 

ergashib uchar edi.  

Ko’zlarini ochganida tong yorishgan edi. Sakrab 

o’rnidan turdi. Qor qanchalik qalin bo’lib yog‘ganini 




ko’rishga oshiqdi. Darcha yoniga bordi va – Exxe 

qancha qor bugun o‘zgacha kun bo’ladi -deb qo’shiq 

aytgancha chiqib ketdi. Maktabga borish uchun 

taraddudlangan Fotima oynaga qarar va tinmay 

bugungi oladigan maktubini o’ylab kular edi va birdan -

Yo’q Fotima nega quvonasan? Nima sen ham 

Ulug’bekni yaxshi ko‘rasanmi? Yo’q yo’q sen oila 

qurmaysan. Yaxshi o’qiysan pullaring ko’p bo’ladi juda 

mashhur jurnalist bo’lsan. Senga oila kerak bo’lmaydi -

deb o’z o’ziga gapirib ko’zlari mayuslashdi. U dadasini 

juda yaxshi ko‘rardi. Esida 3 yoshligida qamoqxonada 

katta telefon orqali oynaning ortidan dadasi bilan 

gaplashgani. Yoshligida bo’lgan bu hodisani nega hech 

ham esidan chiqmaganiga  ba’zan Fotima hayron qolar 

edi. Axir bu voqea bo’lganida Fotima 3 yosh bo’lgan.  

Ana o’shanda oynaning ortida dadasi unga mayus 

ko’zlari bilan boqqanida Fotima onasining qo’lida 

tipirchilab yig’lab dadasi tomon oshiqgani. U bu holat 

haqida faqat shularni eslab qolgan. Qamoqxona nima 

va qanday joy? Insonlar qilgan xatolari uchun o’ziga 

o’xshagan bir inson tomonidan oladigan jazo 

maskanimi? Hasrat bog‘imi?  

Dunyodagi eng hunuk joy yoki biron narsa bo’ladimi 

Fotima hech ularni hunuk yokida yomon deyishni 

hohlamas edi. Shuning uchun ham bir daftarining ichiga 

– Men 3 yoshligimda “Hasrat bog‘larida “ dadam bilan 




temir gullar terib kezganman. Diydor edi- deb yozib 

qo’ygan edi. 

Kutilgan kunning tonggi uyg‘ondi. Maktabga bordi va 

o’zi o‘ylaganicha barcha do’stlari bilan qorda mazza 

qilib o’ynadi. Har gal Fotimga birortasi qordan yasalgan 

to‘plarni otmoqchi bo’lishsa uning yonida Ulug’bek 

paydo bo’lib o‘ynatgani ham qo‘ymadi. Bu bolalarcha 

himoya Fotimaga erish tuyilardi va jahlini chiqarardi. 

Maktab tugab uy tomon yo’l olarkan – nega maktub 

bermadi?! Axir Bekzod aytgan ediku – senga xat yozdi 

berishini aytdi – deb. Hozir na maktubidan na o’zidan 

habar bor.  

26 – fevral kuni Fotima shunaqangi hursand ediki – 

Ayajon bahor kelishiga ham ikki kun qoldi. Qanday 

yaxshiya men gullar ekanman. Moychechakni qachon 

eksam bo‘larkan -a ?! Deb Fotima umid to’la ko’zlari 

bilan Vasila opaga termuldi. Ex ona! Qalbi vayron 

kuyunchak ona. Harchand o’zidan berahm jahldor ayol 

yasamasin  mehr yomg’iri yuraklaridan yog’ib anhorga 

aylanib farzandlarini sug‘orayotgan edi. – Kelsa 

kelaveradida bahor. Opang uchun yana bir farzandsiz 

bahor -deya qo’lidagi supurgini Yerga uloqtirar ekan 

qattiq ho‘rsinib ketdi. Chunki barcha uchun 

qayg‘uradigan yagona inson bu Fotimaning ayajonisi 

edi.  



Bahorni sevardi.  Har bahorni intiq kutardi. Har bahor 

kelganda doim bir xil gulni Yerga qadardi . Ammo hech 

unib chiqmagan. Shu gullarni ko‘kartirish uchun ham 

bahorni kutardi.  

Maktabga bordi. Yana maktubidan darak yo’q. Uyga 

biroz kayfiyatsiz jahli qo‘zg‘algandek qaytdi. Kech bo’ldi 

Fotima faqat bir narsani o‘ylardi. Bahor kelishiga 2 kun 

qoldi. Tezroq ulg‘aysam. ... Kechki soat o’n. Baqirib 

chaqirdan cho’chib uyg‘ondi. Juda tez harakatlar bilan 

qo’shni honaga kirdi. Ne ko’z bilan ko‘rsinki dadasi 

ayasining bo‘g‘ziga pichoq tiraj turibdi. Bo’ldi Fotima 

ortiq chidolmasligini angladi. Shunday g’azabda ediki 

nima qilganini bilmasdi. Bir zum chap tomoni biroz 

uvishdi.  So’ng boshi aylanayotganini his qildi. Shu vaqt 

dadasiga qaradi -Dadajon boshqa urishmanglar iltimos 

-deya lablari oxista pichirlar edi. Bir zum tik turib yiqildi. 

Bu payt Vasila opa – Bolam – deb baqirdi. Farhod aka 

esa qo’lidagi pichoq Fotimaning bag‘riga oxistagina 

qo’ngan kapalak kabi jon olgani kirib chiqqanini 

anglolmay o‘tirardi. ... 

28-fevral tong sahar. Hali bomdodga azon ham 

aytilgani yo’q. Fotima ko’zlarini zo’r kuch topib ochib 

qo’llarini yuziga bosgancha yotgan onasini ko’rdi. 

Lablari ham so’nggi marotaba so‘zlashini bilgandek 

erkin qimirladi – Ayajon ertaga bahormi! ? Gullarim bu 



yil albatta ko‘karib chiqadi. Tushimda ko’rdim. – dedi 

so’ng onasi tomonga boshini egib – dadamga ayting 

boshqa ichmasinlar bu gunoh ekan -deya indamay 

qoldi.Vasila opa uyqudan turib ko’zlarini ochganida 

Fotimaning qo’llari muzdek edi... 

 

1-Mart kutilgan bahor keldi. Oradan bir qancha muddat 



o’tib qabriston bo’ylab gullar ochildi. Fotimalarning 

uylarida boshqa urish bo’lmadi.  

 

               2021 yil 14-aprel. 



Muallifa : Oisha  

Kanalimiz : @Baxtilas_library  

Hikoyani o‘zlashtirib olmang. Bu ilk yozgan hikoyam.  

Ijodimizni kuzatmoqchi bo‘lsangiz kanalimizga taklif 



qilamiz.) 

Yüklə 85,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin