Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari. Reja



Yüklə 45,05 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2021
ölçüsü45,05 Kb.
#49189
  1   2   3   4
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari. Reja


FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI.

Reja:

1. Fuqarolik jamiyati tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni

2. Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni.

3. Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari.

4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish.

5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari.

Xulosa

Adabiyotlar.



Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ning o‘rni beqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “...o‘zini o‘zi boshqarish organlari - bizning kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik”.Ko‘pchilik mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko‘rib turibmiz.

O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o‘rnak bo‘ladi. Mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatish makoniga aylangan. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliyan’analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi.

Mahalla sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga oshirib, avloddan-avlodga etkazib kelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy, oilaviy to‘ylar, bayramlar, motam marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh bo‘lishadi. Ularni dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz, ixcham qilib o‘tkazish, mahalla oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog‘liq. Mahallada o‘tayottan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday tadbirlarda kattayu kichikka, boyu kambag‘alga, mansabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi. CHunki mahallaning barcha a’zosi yagona, teng huquqli va mustahkam bitta oila hisoblanadi.

Mahallada kelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu erda o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. SHuning uchun ham “Bir bolaga etti qo‘shni ota-ona”, “Bir bola tarbiyasi uchun etti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. Yoshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat-markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi – barkamol insonni tarbiyalab etishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘idir. Mahalladan yurtga taniqli insonlar yetishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g‘ururlanadilar.

Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatning moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy masalalarni hal etib, fuqarolar yig‘inida demokratiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini qadrlash makoni sifatida tiklanmoqda.

Mahalla, umuman, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organalarining fuqarolik jamiyatidagi roli ularning muayyan hududdagi aholinini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qilishidadir. Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munitsipal tuzilmaning aholisi – “hududiy ommaviy jamoa”, “hududiy jamoa”, “mahalliy hamjamiyat” tushunchalari bilan belgilanadi. V.E. CHirkinning ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa – aholini hududiy mansublik belgisi bo‘yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir. Hududiy ommaviy jamoa sifatida u davlatni tashkil etgan jamiyatlar, ularning ichida tuzilishi mumkin bo‘lgan va tashkil etilayotgan boshqa hududiy ommaviy jamoalar: federatsiya sub’ektlari, siyosiy avtonomiyalar, munitsipal tuzilmalarning aholisi (xalqi)ni ajratadi. Hududiy jamoa a’zolarining o‘zaro aloqalari murakkab kommunikatsiyalar tizimidan iborat. Nikolas Lumanning fikricha, kommunikatsiya butunlay ongga bog‘liq bo‘lib, ya’ni kommunikatsiyaning o‘zi emas, balki ongning axborotni qabul qilish funksiyasini bajaradi.

Ushbu holat o‘zini o‘zi boshqarishda alohida insonning ishtiroki, uning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratishni taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasida “Jamiyatda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi”ning qabul qilingani mazkur masalani hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab berdi. Faol shaxslargina o‘z manfaatlarini anglab, ularni bevosita o‘zlari yoki turli guruhlarga, xususan hududiy jamoalarga uyushgan holda amalga oshiradilar.

Fuqarolarning uyushganlik darajasi, o‘zaro aloqalarining yaqinligi, hududiy jamoalarning turli ko‘lamda tashkil etilishiga qarab farqlanishi tabiiy holdir. Aynan ushbu holat turli ko‘lamdagi hududiy jamoalarning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng quyi qishloq, shaharcha, mahalla jamoalari a’zolari aloqalarining yaqinligi, ularning boshqaruvdagi bevosita ishtiroki tufayli, hududiy hamjamiyatlarni shakllantiradi. Aynan shunday hamjamiyatlar manfaat guruhlarini tashkil etib, hudududiy o‘zin o‘zi boshqaruvchi sub’ekt hisoblanadi. Bundan har bir hududiy jamoa, uning ko‘lamidan qat’i nazar, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga ega bo‘lishi lozim degan xulosa kelib chiqadi.

Hududiy jamoalarning faolligi ular tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatiga bevosita bog‘liqdir. Bunday institutlar, xoh ijtimoiy, xoh siyosiy bo‘lsin, ijtimoiy guruhlarga siyosat sohasida o‘z manfaatlarini tartibli qondirish imkonini beradi. Ular munosabatlarni barqarorlashtirib, individlar va guruhlar yurish-turishini tartibga solib, ularning harakatlarini muvofiqlashtiradi va integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy institutlar, avvalo, muassasalar tizimi bo‘lib, ularda ijtimoiy guruh a’zolari tomonidan tayinlangan yoki saylangan muayyan shaxslar jamiyat va individual manfaatlarni qondirish, shuningdek guruhning boshqa a’zolari yurish-turishini tartibga solish maqsadida umumiy boshqaruv funksiyalarini bajarish vakolatini oladilar. Fuqarolar yig‘inlari bunday institut vazifasini o‘taydi.

2015 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublika hududida 9 787 ta fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan, 189 ta shahar fuqarolar yig‘ini, 1295 ta qishloq, 157 ta ovul va 8 146 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridir. O‘rta hisobda har bir fuqarolar yig‘ini 3 mingga yaqin kishini qamrab oladi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida 1255 nafar ayol faoliyat yuritib, umumiy raislar sonining 12,8% ni tashkil etadi. Aksariyat fuqarolar yig‘ini raislari (54,6 %) oliy ma’lumotga ega bo‘lib, hududlar miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida - 72,3%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 77,1%, Toshkent shahrida –77% ni tashkil etadi.

Hozirgi kunda har bir fuqarolar yig‘inidagi shtat lavozimida fuqarolar yig‘ini raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, ma’sul kotib va “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari – jami 40 mingga yaqin kishi faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan tashqari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida jamoatchilik asosida fuqarolar yig‘inining obro‘li va hurmatga sazovor a’zolari o‘rtasidan saylangan maslahatchilar faoliyat yuritadi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha saylangan komissiyalarga rahbarlik qiladi. Ularning soni 100 ming kishiga yaqin.

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘lab quvvatlashda Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondining roli katta. Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarini mustahkamlashda, ularning qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlarini samarali tatbiq etishda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o‘rnini yuksaltirishga ko‘maklashadigan etakchi jamoat tashkiloti hisoblanadi. Ushbu jamoat fondi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ishchi organi maqomiga ega. O‘z navbatida “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalari maqomiga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar ishchi organlari hisoblanadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari faoliyati mamlakat aholisi tomonidan keng miqyosda qo‘llab- quvvatlanishga va Hukumatning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. 2010-2013 yillar davomida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 150 nafarga yaqin xodimi turli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 2014 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 27 nafar xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 2014 yil 21 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 692 nafar xodimlari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga, 29 nafari viloyat Kengashi deputatligiga va 3 nafari Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylanganlar. Bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bugungi kunda hurmat va ehtiromga loyiq insonlar faoliyat yuritishayotganini ko‘rsatadi.


Yüklə 45,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin