Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari



Yüklə 0,57 Mb.
tarix22.06.2020
ölçüsü0,57 Mb.
#32097
11 SEMINAR

FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOShQARISh ORGANLARI.

  • Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni.
  • Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari.
  • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish.
  • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari.
  •  

  • Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ning o‘rni beqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “...o‘zini o‘zi boshqarish organlari - bizning kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik”.Ko‘pchilik mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko‘rib turibmiz.
  • O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o‘rnak bo‘ladi. Mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatish makoniga aylangan. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an’analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi.
  • Mahallada kelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu yerda o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. Shuning uchun ham “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir bola tarbiyasi uchun yetti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. Yoshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat-markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi – barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘idir. Mahalladan yurtga taniqli insonlar yetishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g‘ururlanadilar.
  • Mahalla, umuman, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organalarining fuqarolik jamiyatidagi roli ularning muayyan hududdagi aholinini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qilishidadir. Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munitsipal tuzilmaning aholisi – “hududiy ommaviy jamoa”, “hududiy jamoa”, “mahalliy hamjamiyat” tushunchalari bilan belgilanadi. V.E. Chirkinning ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa – aholini hududiy mansublik belgisi bo‘yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir. Hududiy ommaviy jamoa sifatida u davlatni tashkil etgan jamiyatlar, ularning ichida tuzilishi mumkin bo‘lgan va tashkil etilayotgan boshqa hududiy ommaviy jamoalar: federatsiya sub’ektlari, siyosiy avtonomiyalar, munitsipal tuzilmalarning aholisi (xalqi)ni ajratadi.
  • Chirkin V.E. Publichnaya vlastь. – M.: Yurist’, 2005. S. 28.
  • Hududiy jamoalarning faolligi ular tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatiga bevosita bog‘liqdir. Bunday institutlar, xoh ijtimoiy, xoh siyosiy bo‘lsin, ijtimoiy guruhlarga siyosat sohasida o‘z manfaatlarini tartibli qondirish imkonini beradi. Ular munosabatlarni barqarorlashtirib, individlar va guruhlar yurish-turishini tartibga solib, ularning harakatlarini muvofiqlashtiradi va integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy institutlar, avvalo, muassasalar tizimi bo‘lib, ularda ijtimoiy guruh a’zolari tomonidan tayinlangan yoki saylangan muayyan shaxslar jamiyat va individual manfaatlarni qondirish, shuningdek guruhning boshqa a’zolari yurish-turishini tartibga solish maqsadida umumiy boshqaruv funksiyalarini bajarish vakolatini oladilar. Fuqarolar yig‘inlari bunday institut vazifasini o‘taydi.
  • 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublika hududida 9 787 ta fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan, 189 ta shahar fuqarolar yig‘ini, 1295 ta qishloq, 157 ta ovul va 8 146 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridir. O‘rta hisobda har bir fuqarolar yig‘ini 3 mingga yaqin kishini qamrab oladi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida 1255 nafar ayol faoliyat yuritib, umumiy raislar sonining 12,8% ni tashkil etadi. Aksariyat fuqarolar yig‘ini raislari (54,6 %) oliy ma’lumotga ega bo‘lib, hududlar miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida -72,3%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida -77,1%, Toshkent shahrida -77% ni tashkil etadi.
  • Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi ularning mahalliy hokimiyat organlari bilan munosabatlarida aks etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining3-moddasiga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir. Mazkur Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshirishi mustahkamlangan.
  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 17-son, 219-modda.
  • “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi. Ushbu moddaga binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xususan hukumat va parlament boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga aralashmasligini ta’minlaydilar. Bunday faoliyat qonunlar va boshqa qonun hujjatlarida, dasturlarda tegishli me’yorlarni hamda choralarni belgilash, ularning ijrosini ta’minlashdan iborat.
  • Mustaqillikka erishilishi bilan O‘zbekistonda mahalla institutiga mustahkam huquqiy poydevor yaratishning faol jarayoni boshlandi. Birinchi huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘ldi, uning 105-moddasida quyidagicha belgilab qo‘yilgan: "Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning masla-hatchilarini saylaydi".
  • Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yan ada to‘laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelarini oshirish darkor. "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" degan siyosiy qurilish dasturining moxiyati ana shunda yaqqol namoyon bo‘ladi. Aynan shunday yondashuv fuqarolarning o‘zlariga o‘z hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Bu esa fuqarolik jamiyati tamoyillariga to‘la mos keladi.
  • Islom Karimov. Bizkelajagimiznio‘zqo‘limizbilanquramiz. T. 7. T.: O‘zbekiston, 1999. B. 389.
  • Davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish yuzasidan dasturlar turkumi alohida bandda ma’qullandi. Bular: “Jamiyat hayotining barcha tomonlarini isloh qilishning ishlab turgan qonunchilik-me’yoriy bazasini takomillashtirish va yangilarini shakllantirish dasturi”, “Davlat organlarining funksiyalarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berish konsepsiyasi”, "Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari, “Sud-huquq sohasini isloh qilishni chuqurlashtirish”, “Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish” dasturlaridir.
  • Belgilangan dasturlarning barchasi O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish uchun qulay zamin yaratadi. Lekin liberalizmning g‘arbcha talqini tarafdorlari ushbu dasturlarda xususiy mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida hech qanday tadbirlar belgilanmaganligini aytishlari mumkin. Xususiy mulkchilik O‘zbekistonda ham demokratik huquqiy davlatning asosiy omili sifatida e’tirof etilib, uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari alohida iqtisodiy sohadagi islohotlar dasturlarida belgilangan. Shuning uchun ham ko‘pchilik o‘zbek olimlarining erkinlashtirishga oid fikrlarida xususiy mulkchilikni rivojlantirish g‘oyalariga alohida e’tibor berilmaydi.
  •  

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin