G. J. Jarilkasinova 2019 y 2019 y klinik laborator diagnostika fanidan ishchi o’quv dastur



Yüklə 142,5 Kb.
tarix28.02.2020
ölçüsü142,5 Kb.
#30571
3 курс дав т-п. ўзбек

O’zbekiston Respublikasi Sogliqni Saqlash Vazirligi

Buxoro Davlat tibbiyot instituti

Fakultet va gospital terapiya kafedrasi

O’quv bolimi “TASDIQLAYMAN”

tomonidan ro’yxatga O’quv va tarbiyaviy ishlar prorektori

olindi № _______ t.f.n. G.J.Jarilkasinova

«_____»___________2019 y «_____»___________2019 y
KLINIK LABORATOR DIAGNOSTIKA

fanidan ishchi o’quv dastur

Davolash va tibbiy pedagogika fakulteti

III kurs talabalari uchun

Bilim sohasi: 500000- Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

Ta`lim sohasi: 510000- Sog‘liqni saqlash

Ta'lim yo‘nalishlari : 5510100 -Davolash ishi



5111000 – Kasb ta’limi (davolash ishi)









Soat hajmi – 64

Shu jumladan:

Ma`ruza – 4

Amaliy mashg`ulot – 14

Klinik amaliyot – 18

Mustaqil ish – 28
Buxoro 2019 yil

Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.




Tuzuvchilar:
Boltayev K. J - Fakultet va gospital terapiya kafedrasi mudiri, dotsent

Egamova S.Q. - Fakultet va gospital terapiya kafedrasi assistenti


Taqrizchilar:
Badriddinova M.N.- Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi mudiri

t.f.n, dotsent

Ushbu ishchi dastur namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv reja asosida Davolash ishi va Kasbiy ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan va kafedra yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
Bayonnoma № _____ «____»______________2019 y.

Kafedra mudiri: Boltaev K. J. t.f.n, dotsent ____________


FMUK rahbari: Nurov U. – Tibbiy pedagogika va OXI fakulteti dekani

t.f.n., dotsent


____________

Ushbu ishchi dastur namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv reja asosida Davolash ishi va Kasbiy ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan va Buxoro davlat tibbiyot instituti markaziy uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan.


Bayonnoma № _____ «____»______________2019 y.

Uslubchi: Jumayeva Sh.B ____________




Kirish
Klinik laborator diagnostika – bu inson organizmining fiziologik va patologik xolatini ob’ektiv tekshirish maqsadida kullaniladigan tibbiy tahlillar majmuidir.

XXI asr “Dallillarga asoslangan tibbiyot asri” bo’lib, tibbiyotdagi tarqqiyotni standartlashtirish, yuqori texnologiyalar asosida diagnostika va davolash usullari amalga oshirish, bajarilgan barcha muolajalarni iqtisodiy asoslashni talab etadi. Bunday hollarda bemor haqidagi asosiy ma’lumotlarni laborator-instrumental diagnostika usullari bera oladi.

Laborator taxlillar turli mutaxassislikdagi vrachlarga tez, aniq va ayni damda to’g’ri tashxis qo’yish, davoning optimal usulini tanlashga yordam beradi.

Klinik laborator diagnostika fani dasturi O’zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti va bakalavriat ta’lim yo’nalishi malaka talablariga asoslangan holda tuzilgan.

Fan o’quv rejaning klinik fanllar blokiga ta’luqli bo’lib,”Davolash ishi”, “Pediatriya”, “Tibbiy pedagogika (Kasbiy ta’lim)” yo’nalishidagi talabalarni tayyorlashga mo’ljallangan. Ushbu fan dasturini, o’qitish samaradorligini oshirish, talabani klinik fanlarga tayyorlash, ularga kasalliklar tashxisotida va davo natijalarini nazorat qilish jarayonida laborator diagnostika usullarini keng qo’llay olish malaka va ko’nikmalarini hosil qilish maqsadida 3yoki 4 kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq.

Ushbu dastur o’qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda, talabaning laborator tekshirish usullari haqidagi nazariy ma’lumotidan boshlang’ich amaliy ko’nikmalarni fantomlarda bajarishga o’rgatib va orttirilgan ko’nikmalarni zamonaviy tibbiy texnologiyalar orqali klinik amaliyot bilan uyg’unlashtirgan holda qo’llashga imkon yaratadi

Pediatriya yo’nalishidagi talabalarni tayyorlashda mutaxassislik mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda laborator tahlillar interpritastiyasida chaqaloklar va bolalar organizmi fiziologik hamda patologik xususiyatlarining o’ziga xosligini inobatga olgan holda yondashish maqsadga muvofiq.





  1. O’quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o’qitishdan maqsad – ”Davolash ishi”, “Pediatriya”, “Tibbiy pedagogika (Kasbiy ta’lim - davolash ishi)” yo’nalishidagi bitiruvchilarida umumiy amaliyot vrachi faoliyatida zarur bulgan klinik laborator diagnostika yo’nalishidagi bilim va ko’nikma shakllantirish, ularda umumkasbiy malaka va maxoratni hosil qilish orqali mustaqil ishlash jarayonida klinik laborator diagnostika bo’yicha bilimlarni amaliyotda qo’llay oladigan kadrlarni tayyorlashga erishish.

Fanni vazifasi:

- Talabani sog’liqni saqlash sistemasidagi laboratoriya xizmatiga oid talab va imkoniyatlar bilan tanishtirish

- Tibbiyotning zamonaviy imkoniyatlaridan foydalanib, kasalliklarni erta aniqlash, to’g’ri tashxislash va davolashni nazorat qilishda laborator diagnostika usullari ahamiyatini o’rgatish

- Talabaga kasalliklar tashxisoti va qiyosiy tashxisotida laborator tekshirish usullarini to’g’ri tanlash va tahlil natijalarini interpretastiya qilish usullarini o’rgatish

- Umumiy amaliyot vrachi sifatida o’z faoliyatida klinik laborator diagnostika usullaridan samarali foydalana olish uchun bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish
Fan bo’yicha talabalarning bilim ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi:

Talaba tasavvurga ega bo’lishi:

- Klinik diagnostik laboratoriyani tashkil etish va ishlash tamoyillarini;

- Ambulator-poliklinika sharoitida qo’llaniladigan laborator tekshirish usullari turlari va ularni bajarish texnikasi haqida;

- Ambulator-poliklinika sharoitida laborator asbob uskunalar, reaktivlarni saqlash, ularni ishlatish qoidalari, ishlash texnikasi, laboratoriya xonasi faoliyatiga oid hujjatlar;

- Organizmdagi turli sistema kasalliklari tashxisitoda qo’llaniladigan laborator tekshirish usullari va ular natijalarining tahlili;

- Zamonaviy laborator diagnostika usullari, ularni qo’llashga ko’rsatmalar;

- Turli xil kasalliklarni erta aniklash va tashxislashda, shoshilinch holatlarda laborator tekshirish usullarini tanlash

- Tibbiyotda laborator tekshirish usullari va ularning natijalariga ta’sir qiladigan preanalitik, analitik va postanalitik omillar, ularni aniqlash va oldini olish chora tadbirlari to’g’risida;


Talaba bilishi zarur:

- Keng tarqalgan yurak- qon tomir sistemasi, nafas, hazm,asab, immun sistemasi, biriktiruvchi to’qima, buyrak va qon kasalliklarini erta aniklash, tashxislash, davolash va oldini olishda qo’llaniladigan laborator tekshirish usullarini to’g’ri va maqsadli tanlash rejasini tuzish;

- Respublikamiz sog’liqni saqlash tizimida keng qo’llanilayotgan laborator jihozlar, diagnostik analizatorlarda ishlash texnikasi va qoidlarini;

- Laborator taxlil natijalarini to’g’ri interpretastiya qilish, ularni boshqa tekshirish usullari natijalari bilan solishtirish orqali samarali tashxisotga erishish;

- Kasalliklar erta diagnostikasi va profilaktikasi uchun ahamiyatli bo’lgan yangi laborator tekshirish usullarini amaliyotga tadbiq etish va shu sohadagi o’rta tibbiyot xodimiga amaliy yordam bera olish

- Tibbiy laborator tekshirish usullarining klinik va diagnostik ahamiyatini bilgan xolda bemorni laborator tekshirish rejasini tuzish, zarur bulgan qo’shimcha tekshirishlarni o’z vaqtida aniqlash;

- Laborator diagnostikaga oid adabiyotlar bilan ishlash, ulardan turli mavzularda ma’ruza va taqdimotlar tayyorlashni;
Talaba:

- Klinik amaliyotda kasalliklar tashxisotida laborator taxlillar natijalarini to’g’ri qo’llay olish;

- Turli organ va sistemalar kasalliklari diagnostikasida laborator tekshirish usullari rejasini tuzish;

- Aholi orasida keng tarqalgan kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda zarur bulgan laborator tekshirish usullarini to’g’ri tanlash va uni amaliyotda qo’llash;

- Ambulator-poliklinika sharoitida laboratoriya xonasi shini tashkil etish;

- Laborator tekshirish natijalarini to’g’ri interpritastiya qilish va xavf omillarini erta aniqlash;

- Quyida ko’rsatilgan va standartlar asosida ambulator-poliklinika sharoitida bajarilishi zarur bo’lgan laborator tekshirish usullari bajarilish texnikasi bo’yicha

amaliy ko’nikmalariga (shu jumladan klinik amaliy ko’nikmalariga) ega bo’lishi kerak.

-Gemoglobin miqdorini aniqlash

- Eritrostitlar va leykostitlarni sanash (jumladan Goryaeva kamerasida)

- Leykoformula va trombostitlar miqdorini sanash

- EChT aniqlash

- Qon surtmasida eritrostitlar morfologiyasini aniqlash

- Umumiy siydik tahlili (test- tilimchalar va mikroskopik usulda)

- Axlatda gijja urug’ini aniqlash

- Pouavtomat analizatorda ishlash

- Bemor qon zardobida ALT, AST, glyukoza, bilirubin va mochevinani aniqlash



Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

Labaratoriya ishi fani tibbiy klinik fan hisoblanib, Davolash ishi qo’nalishida tahsil olayotgan 6 kurs talabalariga mo’ljallangan va quyidagi fanlar bilan o’zaro bog’liq: normal anatomiya, gistologiya, fiziologiya, patologik anatomiya, patologik fiziologiya, Bioximiya, biologiya, ichki kasalliklar propidevtikasi, fakultet terapiya, farmokologiya, immunologiya, gematologiya, xirurgiya fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab etadi.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
«Ven diagrammasi» usuli
Ushbu usul tahsil oluvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish (sintezlash) ko’nokmalarini hosil qilishga yo’naltirilgan. Usul kichik guruhlarni shakllantirish asosida sxema bo’yicha amalga oshiriladi.

Yozuv taxtasi o’zaro teng to’rt bo’lakka ajratiladi va har bir bo’lakka quyidagi sxema chiziladi.

Usul tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’zaro yaqin nazariy bilimlar, ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu usul bilan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.
«Blist- so’rov» usuli
Blist- so’rov (inglizcha “blist” – tezkor, bir zumda) usuli berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan usul sanaladi. Ta’lim muassasalarida ushbu usulga muvofiq savollar, asosan, o’qituvchi tomonidan beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy , guruhli, juftlik yoki individual tarzda qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg’ulot turi, o’rganilayotgan mavzuning murakkabligi, o’quvchi (tinglovchi)larning qamrab olinishiga ko’ra belgilanadi. Blist-so’rov usulini qo’llashda mavzugu doir tayanch tushunchalar, asosiy g’oyalarning mohiyati o’quvchilar tomonidan og’zaki, o’zma yoki tasvir (jadval, diagramma) tarzida yoritilishi mumkin.
«Bumerang» usuli
Bumerang usuli o’quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqari vaqtlarda turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, yodda saqlash, so’zlab berish, fikrlarini erkin yuayon etish, qisqa vaqt ichida ko’p bilimga ega bo’lish, o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilar faoliyatining birdek baholanishi uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi. U o’qituvchiga tarqatma materiallarning o’quvchilar tomonidan guruhli, individual shaklda samarali o’zlashtirilishini, auditoriyada tashkil etiladigan suhbatning munozaraga aylanishini ta’minlash orqali ularning faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Bu usuldan suhbat-munozara shaklidagi darslarda irdividual, juftlik, guruhli va jamoaviy shakllarda foydalanish mumkin. Boshqa interfaol usullar kabi ta’lim jarayonida mazkur usuln qo’llash ham muayyan tartibda amalga oshiriladi.


«Kim epchil, kim zukko» usuli.

Mashg’ulotda qo’llanadigan interaktiv usullar texnologiyasi:

Ish uchun zarur:

1. Mavzu bo’yicha savollar yozilgan kartochkalar ( kartochkalarning soni guruhdagi talabalar soniga teng; har bir kartochkada 5 tadan savol bor).

2. Sekundomer.

Ishning borishi:

1.O’yin og‘zaki tarzda o’tkaziladi

2.Talabalar navbat bilan savolli kartochkalarni to’plamdan sug’urib oladilar.

3.Har bir talaba 3 daqiqa davomida kartochkada yozilgan savollar to’plamiga (5) o-zaki javob beradi.

4.O’qituvchi to’g’ri javoblar sonini hisoblaydi.

5.O’yinda barcha talabalar qatnashadilar

6.O’yinning umumiy vaqti – 45 daqiqa

7.To’g’ri javoblar berilmagan savollar muhokama qilinadi.

8. Talabalar olgan ball mashg’ulotning joriy bahosini qo’yishida hisobga olinadi.

9. Jaridaning pastki bo’sh qismida ish o’yinining o’tkazilganligi xaqida ma`lumot guruh sardorining imzosi bilan belgilanadi.

«Esse» usuli.

Yozma topshiriqning ushbu turi talabalarning mavzuga doir o‘zm ustaqil fikrlarini ifodalay olishga yordam berish va o‘qituvchiga o‘z talabalari o‘quv materialini bilan tanishganda qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor berishlari xususida fikrlash imkonini beradi. Aniq qilib aytganda, talabalardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: mazkur mavzu bo‘yicha ular nimalarni o‘rganganliklarini mustaqil bayon etish va ular baribir javobini ololmagan bita savol berishni so‘raladi.



« Skarabey» usuli.
Skarabey usuli o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiqiy xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu xaqidagi tushuncha va tasavvurlarni, ayni paytda, turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlash imkonini beradi. “Skarabey” usuli ko’p tarmoqli bo’lib, undan o’quv materialining bosqichlarini o’rganishda quyidagicha foydalaniladi:

- boshida o’quv faoliyatini jonlantirish sifatida (aqliy hujum);

- mavzuni o’rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash;

- ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar harakterini aniqlash.

- oxirida olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash;
“Skarabey” usuli o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.

3. O`quv soatlari miqdori



Soat hajmi

54


O‘quv yuklama miqdorining auditoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha taqsimlanishi 36 ( soat)



Mustaqil

ta’lim


Jami soat

Ma’ruza

Amaliy mashg’ulot

Klinik amaliyot

36

4

14

18

28


4. Ma`ruzalar

4.1. Ma'ruza mashg‘ulotlarining tematik rejasi



ар

Ma`ruza mavzulari

Soat


1.

Qon klinik tahlili va uning kasalliklar diagnostikasidagi

ahamiyati


2

2.

Gemostaz sistemasi laborator diagnostikasi va klinik ahamiyati


2




Jami

4



4.2. Ma`ruza materiallari mazmuni
1-mavzu: Qon klinik tahlili va uning kasalliklar diagnostikasidagi

ahamiyati

Qon olish tartibi, gemoglobin miqdori, eritrostitlar, leykostitlar sonini va leykoformulani aniqlash. Eritrostit va gemoglobin miqdori o’zgarishi interpretastiyasi. Eritrostitlar morfologiyasi. Eritrostitlar osmotik rezistentligini aniqlash. Turli kasalliklarda leykoformula. Leykemoid reakstiyada, o’tkir va surunkali leykozlarda leykoformula. Trombostitlarni sanash,мorfologiyasini aniqlash.



Adabiyotlar: A 1,2,3,4. Q 1,2.
2-mavzu: Gemostaz sistemasi laborator diagnostikasi va klinik ahamiyati

Gemostaz sistemasi va uning organizmdagi roli. Birlamchi va ikkilamchi gemostazni baholovchi laborator diagnostika usullari. Me’yoriy ko’rsatgichlar. Natijalar interpretastiyasi. Diagnostika va davo maqsadida gemostaz laborator diagnostikasidan foydalanish. Tekshirish rejasini tuzish tamoyillari. Trombozlar va qon ketishlar laborator diagnostikasi. Qon ivish faktorlarini baholash. PV, AChTV, MNO, FNG ko’rsatgichlarining turli organ va sistemalar kasalliklari diagnostikasidagi ahamiyati.



Adabiyotlar 1,2,3,4. Q 1,2.


5. Amaliy va klinik mashg‘ulotlarning tematik rejalari

t/r

Mavzu nomi

Amaliy mashg’ulott

Klinik mashg’ulot

Jami

1.

Keng tarqalgan qon kasalliklari laborator diagnostikasi

ahamiyati




1

3

4

2

Jigar va boshqa hazm sistemasi organlari kasalliklari laborator diagnostikasi


2

3

5

3

Buyrak va siydik ajratish organlari kasalliklari laborator diagnostikasi .

3

3

6

4

Yurak, qon- tomir va tayanch-harakat sistemasi kasalliklari laborator diagnostikasi


3

3

6

5

Gemostaz sistemasi laborator diagnostikasi


3

3

6

6

Laborator diagnostikaning zamonaviy usullari


2

3

5




Jami

14

18

32

5.1. Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari mazmuni


mashg’ulot

Amaliy mashg’ulotlar nomlari va ularning yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda qisqacha mazmuni

Adabiyotlar

1.

Keng tarqalgan qon kasalliklari laborator diagnostikasi

Qon olish tartibi, gemoglobin miqdorini, eritrotsitlar, leykotsitlar sonini va leykoformulani aniqlash. eritrotsitlar va gemoglobin miqdori o`zgarishlarini klinik intepritatsiyasi. eritrotsitlar morfologayasi (B12 vitamini tanqisligi, gemolitik anemiyalarda). eritrotsitlar osmotik rezistentligini aniqlash. Turli kasalliklarda leykotsitar formula. Leykemoid reaktsiyalarda, o’tkir va surunkali leykozlarda leykotsitlar morfologiyasi. ECHTni aniqlash. ECHT oshishini klinik interpritatsiyasi. Trombotsitlarni sanash, morfologiyasini aniqlash, trombotsitlar soni o`zgarishini klinik ahamiyati.

Interfaol usul: «Ven diagrammasi»

A - 1,2,4. Q - 1,3,4,5,6


2.

Jigar va boshqa hazm sistemasi organlari kasalliklari laborator diagnostikasi

Jigar kasalliklari, oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak, o’t yo’llari, ingichka va yo’g’on ichak kasalliklarida laborator tekshirish usullari, ularning klinik va diagnostik ahamiyati. Ambulator sharoitda sariqliklar differenstial diagnostikasi. Laborator tekshirish rejasini tuzish va tahlil natijalari interpretastiyasi

Qon bioximiyaviy tahlili parametrlari, normativlar. Bemorni bioximiyaviy tekshishiga tayyorlash. Biomaterialni yig’ish va tashish tartibi, unga ta’sir qiluvchi preanalitik, analitik va postanalitik omillar.

Koprogramma va uning diagnostik ahamiyati, natijalar interpretastiyasi.



Interfaol usul: «Blist- so’rov»

A-2,3,4.

Q -1,3,4,5,6


3

Buyrak va siydik ajratish organlari kasalliklari laborator diagnostikasi .

Buyrak va siydik ajratish organlari kasalliklari diagnostikasida qo’llaniladigan laborator tekshirish usullari, normativlar, tahlili natijalari interpretastiyasi. Laborator teshirish rejasini tuzish tamoyillari. Umumiy siydik tahlili, ambulator sharoitda umumiy siydik tahlilini o’tkazish tartibi, biomaterialni yig’ish texnikasi.

Test tilimchalarda siydik taxlili o’tkazish tartibi. Siydikni fizikaviy, ximiyaviy xususiyatlarini aniqlash va mikroskopik tekshirish. Nicheparenko va Zimnestkiy sinamalalrining diagnostik axamiyati.

Buyrak filtastion faoliyatini baxolashda qo’llaniladigan laborator diagnostika usullari. Proteinuriya. Turlari, diagnostik ahamiyati.



Interfaol usul: «Bumerang»

A-1,2,3,4.

Q -1,2,3,4,

5,6




4.

Yurak, qon- tomir va tayanch-harakat sistemasi kasalliklari laborator diagnostikasi

Miokard infarkti, ateroskleroz, revmatik isitma, autoimmun kasalliklar diagnostikasida qo’llaniladigan laborator tekshirish usullari, ularning klinik va diagnostik ahamiyati. Me’yoriy ko’rsatgichlar, natijalar interpretastiyasi. Laborator tekshirish rejasini tuzish tamoyillari.

Dislipoproteinemiya. Aterogenlik koeffistentini aniqlash va uning klinik - diagnostik ahamiyati. Umumiy oqsil va oqsil frakstiyalarini aniqlash, S- reaktiv oqsil, revmofaktor, ASLO ni aniqlash, glikogemoglobinni aniqlashning klinik- diagnostik ahamiyati.

Interfaol usul: «Kim epchil, kim zukko»


A-1,2,3,4.

Q - 1,2,3,4,

5,6



5.

Gemostaz sistemasi laborator diagnostikasi

Gemostaz sistemasi va uning organizmdagi roli. Birlamchi va ikkilamchi gemostazni baholovchi laborator diagnostika usullari. Me’yoriy ko’rsatgichlar. Natijalar interpretastiyasi. Diagnostika va davo maqsadida gemostaz laborator diagnostikasidan foydalanish. Tekshirish rejasini tuzish tamoyillari. Trombozlar va qon ketishlar laborator diagnostikasi. Qon ivish faktorlarini baholash. PV, AChTV, MNO, FNG ko’rsatgichlarining turli organ va sistemalar kasalliklari diagnostikasidagi axamiyati.

Gemostazni tekshirish uchun biomaterial yig’ish va uni tashish tartibi.

Ambulator sharoitda qon ketishlar turini aniqlash tamoyillari.

Qon surtmasida trombostitlar miqdorini sanash .

Interfaol usul: «Esse»


A-1,2,3,4 Q-1,2,3,6


6.

Laborator diagnostikaning zamonaviy usullari

Avtomatik gematologik analizator ish prinstipi bilan tanishish. Natijalar interpretastiyasi. Molekulyar biologik laboratoriya. Immunoferment taxlillar va PЦR diagnostika o’tkazishga ko’rsatmalar. Bu tekshirish usullarining klinik va diagnostik ahamiyati. Natijalar tahlili. Onkomarkerlarni aniqlashning diagnostik ahamiyati. Yuqori texnologiyali zamonaviy laboratoriya bilan tanishish. Ambulator poliklinika sharoitida qo’llaniladigan laborator texnologiya va uning ish prinstiplari bilan tanishish.



Interfaol usul: « Skarabey»

A -1,2,3,4 Q -1,2,3,4,

5,6





5.2. O’quv klinik amaliyoti.

Mavzuviy reja bo’yicha Viloyat ko’p tarmoqli klinik markazning klinik labaratoriyasida o’tkaziladi.



mashg’ulot



Klinik mashg‘ulotlar nomlari va ularning qisqacha mazmuni

1.

Keng tarqalgan qon kasalliklari laborator diagnostikasi Bemorlarni klinik gematologik tekshiruvini o`tkizishni bilish, qon va suyak ko`migi tsitogistomorfologik, klinik laborator, bioximik, tsitoximik tekshiruvlar ko`rsatkichlarini intepritatsiyasi, qon umumiy tahlili bo’yicha dastlabki va klinik diagnozni qo’yish va asoslash. ECHT ni aniqlash.Trombotsitlarni sanash. Gemogrammani normal ko`rsatkichlari, turli patologik holatlarda gemogrammani o`zgarishlari, eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar morfologiyasini, qon shakilli elementlari soning o`zgarish ahamiyati bilish.

2.

Jigar va boshqa hazm sistemasi organlari kasalliklari laborator diagnostikasi

Qon bioximiyaviy ko`rsatkichlari intepritatsiyasi. Bilirubin almashuvi, norma va patologiyada bilirubin va fermentlar ko`rsatkichlarini bilish. Koagulogrammani normadagi ko`rsatkichlari va uni turli patologiyalarda o`zgarishi, fibrinogenni aniqlashni bilish.

3.

Buyrak va siydik ajratish organlari kasalliklari laborator diagnostikasi .

Siydik normal va patologik komponentlari, pH rangi, miqdori, oqsil, tsilindrlar, leykotsitlar, eritrotsitlar, epiteliy, tuzlar, urobilinogen, glyukoza, bakteriuriya. Peshob klinik laborator, bioximik ko`rsatkichlari intepritatsiyasi. Nechiporenko bo’yicha tahlilini bajarishni bilish

4.

Yurak, qon- tomir va tayanch-harakat sistemasi kasalliklari laborator diagnostikasi

Infarktda gemogramma o`zgarishlarini, xolesterin va lipid aniqlashinuvi normal ko`rsatkichlari va ularni patologiyada o`zgarishini, yurak tomir kasalliklari patologiyasida qonni klinik laborator,
bioximik ko`rsatkichlarini intepritatsiya qila olish.

5.

Gemostaz sistemasi laborator diagnostikasi

Koagulogrammani normadagi ko`rsatkichlari va uni turli patologiyalarda

o`zgarishi. Qon ivish vaqti. Rekalstifikastiya vaqti, AChTV (aktiv porstial tromboplastin vaqti), protrombin va trombin vaqti, autokoagulyastion test. Fibrinogenni aniqlash. Fibrinolizni tekshirish usullarini bilish.



6.

Laborator diagnostikaning zamonaviy usullari

Avtomatik gematologik analizator ish prinstipi bilan tanishish va turli xil patologiyalarda tahlil natijalari interpretastiyasi. (Gematologik analizator gemogrammalari tahlili)ish. Immunoferment taxlil natijalari interpritastiyasi tartibi. Yuqori texnologiyali zamonaviy laboratoriya bilan tanishish.




7. Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar

Laboratoriya ishlari yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklar fanidan tayyorlangan dasturi bo‘yicha rejalashtirilmagan.



8. Mustaqil ta'limni tashkil etishning shakli va mazmuni

Mustaqil ishga qo’yilgan talablar:

- yangi bilimlarni mustakil tarzda puxta o’zlashtirish va ko’nikmalarga ega bo’lish.

- kerakli malumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash.

- axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish.

- ananaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, meyoriy hujjatlar bilan ishlash

- elektron o’quv adabiyotlar va malumotlar banki bilan ishlash.

- internet tarmogidan maqsadli foydalanish.

- berilgan topshirikning ratsional yechimini belgilash.

- malumotlar bazasini tahlil etish.

-ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida kayta ishlash.



- topshiriklarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish, ishlab chikilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash, mutaxassislar jamoasida himoya qilish.
8.1 Labaratoriya ishi fanidan mustaqil ish mavzulari



Mustaqil ish mavzusi

Soat

1

Turli xil kasalliklarda leykoformula tarkibining o’zgarishi va uning diagnostik ahamiyati

4

2

Aholi orasida parazitar kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda laborator tekshirish usullarining axamiyati.

5

3

Ambulator-poliklinika sharoitida surunkali buyrak kasalliklarini erta aniqlashda laborator diagnostikaning ahamiyati

5

4

Autoimmun kasalliklarning zamonaviy laborator diagnostika usullari.

5

5

Surunkali DVS va uning laborator diagnostikasi.

4

6

O’zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy zvenolarda laborator xizmatni tashkil etishning qonuniy asoslari va talablari.

4




Jami

28


9. Amaliy ko`nikmalar ro`xati


  1. Eritrositlar miqdorini aniqlash texnikasi.

  2. Qon zardobida umumiy bilirubin miqdorini aniqlash

  3. Siydikda oqsil miqdorini sifatiy aniqlash.

  4. Qon zardobida AST ni aniqlash.

  5. Qon oqish vaqtini aniqlash.

  6. Leykoformula uchun surtma tayyorlash texnikasi.



10. Adabiyotlar

Asosiy:

  1. Aripov A.N., Fesenko L.M, Aripov O.A., Ismailova N.I., Muxamediyarova R.G., Klinik laborator diagnostika bo’yicha qo’llanma Toshkent, 2007

  2. Aripov A.N., Fesenko L.M., Klinicheskaya bioximiya. Tashkent, 2000g

  3. Tulaganov A.A., Tillaeva G.U., Bajenov L.G. Interpretastiya kliniko-diagnosticheskix testov i analizov. Tashkent, 2005.

  4. Royberg G.E. , Strutыnskiy A.V. Vnutrennыe bolezni- Laboratornaya i instrumentalnaya diagnostika. Uchebnoe posobie. Moskva 2011g 795 str


Qo’shimcha:

  1. Lifshist V.M, Sidelnikova V.I. Laboratornыe testы pri zabolevaniyax cheloveka. Spravochnik dlya vrachey. M-Triada-X. 2003 g

  2. Lugovskaya S.A., Pochtar M.E. Gematologicheskiy atlas.M.-Tver, Triada. 2011, s.368

  3. UzRes SSV. Tashxis qo’yish va davolash me’yorlari to’plami.2015 yil

  4. UzRes SSV ning "Qishloq vrachlik punktlarida aholiga ko’rsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya yordami sifat va samaradorligini oshirish tadbirlari to’g’risida" 2014 yil 4 aprel 130 buyrug’i

  5. O’zRes Prezidentining 07.02. 2017 yildagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-va 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYaSI

  6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi “UZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIRLAMChI TIBBIY-SANITARIYa MUASSALARI FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA TADBIRLARI TUGRISIDA”gi PQ-2857-sonli qarori


Internet saytlari

ZDRAV. NET.

ZIYONET.UZ.



www. medmir.ru; http://medic.med.uth.tmc.edu/Lecture/Main/Griff5.htm;
Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə