Gafur gulom hayoti va ijodi



Yüklə 50,75 Kb.
tarix14.03.2023
ölçüsü50,75 Kb.
#87762
G`afur G`ulom hayoti va ijodi


G`afur G`ulom hayoti va ijodi
(1903-1966)
R E J A:

1.Gafur Gulom hayot yo`li haqida.


2.Gafur Gulom va Sharq mumtoz adabiyoti.
3.Gafur Gulom hikoya va qissalari.
4.Gafur Gulom tarjimalari.
5.Gafur Gulom-adabiyotshunos.
6.Gafur G’ulom she’rlari
7.Adabiyotda uning o’rni
Gafur Gulom o`zbek adabiyotining iste`dodli ijodkori. U adabiyotimizni turli janrlar bilan boyitdi. She`riyatda, publitsistika va fel`etonchilikda, hajviy hikoya va yumoristik qissachilikda, hamda tarjimachilikda o`zining butun salohiyatini ko`rsatgan yirik namoyondadir.
Gafur Gulom 1903 yil 10 maydi Toshkent shahrining Qo`rgontegi mahallasida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Gulom Mirza Orif o`gli va onasi Toshbibi Yusuf qizi o`qimishli, zehnli, adabiyotni sevadigan, fors tilinig bilimdoni bo`lishgan. Otasi tatar, rus, ozarbayjon tillarini ham yaxshi bilgan .
Gafur Gulom yoshligidan bilimga chanqoq yigit bo`lgan. Navoiy, Sa`diy, Hofiz, Fuzuliy asarlarini sevib o`qigan. Afsuski, 1912 yilda otasidan, 1918 yilda esa onasidan erta judo bo`ldi. Oilani boqish tashvishi tufayli Oliy maktablarda o`qiy olmaydi. Sakkiz oylik muallimlar tayyorlash kursinigina bitkazadi va mustaqil o`qish orqali zamonasining ilgor ziyolisi darajasiga ko`tariladi. Bir vaqtning o`zida ikkita maktabga mudirlik qildi, shahar maorifida ishladi. Turli gazeta- jurnallarda adabiy xodim, mudir, bosh muharrir o`rinbosari vazifalarida ishladi.
Gafur Gulomning ijodga kirib kelishida Sharq she`riyati-Navoiy, Bobur, Mashrab, Muqimiy, Hofiz, Shayx Sa`diy, Firdavsiy, Rudakiy, Umar Hayyom,Bedil kabilarning ijodlari juda katta ta`sir ko`rsatdi. Keyinchalik bu ulug allomalarning asarlarini Gafur Gulom o`zbek tiliga tarjima qildi.
Gafur Gulomning ilk ijodining debochasi 1923 yilda matbuotda e`lon qilingan “Go`zallik nimada?” she`ridir.
Shoirning 1931 yilda “Dinamo”, 1932 yilda “Tirik qo`shiqlar” she`riy to`plamlari chop etildi. Nasriy asarlari-qis- salari “Netay” 1930 yilda, “Tirilgan murda” 1934 yilda, “Shum bola” , “Yodgor” qissalari yaratildi. Ballada janrida “Ikki vasiqa”, “To`y” asarlarini yozdi. Gafur Gulom urush yillarida samarali ijod qildi. “Kuzatish”, “Soginish”, “Qish”, “Xotin” “Bizning ko`chada ham bayram bo`lajak” , “Suv va nur” she`rlari ayni shu davrning mahsulidir.
Gafur Gulomning barchaga ma`lum va mashhur “Sen etim emassan” she`ri 1941 yil 7 dekabrda kuchli ichki tugyon bilan yozilgan. Ushbu she`rni shoir qayta-qayta ishlov berib, tahrirlar kiritib, shundan keyingina eng so`nggi poetik matnini yaratgan:

Etimlik nimadir-


Bizlardan so`ra.
O`ninchi yillarning
Sargardonligi;
Isitma aralash
Qo`rqinch tush kabi
Xayol ko`zgusidan
O`chmaydi sira. . .

Ma`lumki, ushbu she`r ikkinchi jahon urushi ayni dahshatli tus olgan bir paytda, beomon, qonli qirgin olovi ostida qolgan belorus, ukrain va rus tuprogida ota-onasiz etim bo`lib qolgan murgak go`daklarning O`zbekiston tuprogiga olib kelinishi davrida yozilgan. Davr, muhit, vaziyat nuqtai-nazaridan bu she`r dard avjida qilingan rohatbaxsh malhamga o`xshaydi. Uning markazida mehribon ota, faylasuf shoir, bebaho homiy, rahmdil inson va ishonchli qo`riqchi obrazi- shoir “Men” i turadi. Shu bois uning mehrga yo`grilgan yupanchli so`zi, har bir nigohi va nafasi, dalda beruvchi xatti-harakati o`ta samimiy jaranglaydi, ta`sirchan kechadi va titrab turgan tilaklarga orom bagishlaydi :


Men etim o`tganman,


Oh u etimlik. . .
Voy bechora jonim,
Desam arziydi.
Boshimni silashga
Bir mehribon qo`l,
Bir ogiz shirin so`z
Nondek arzanda
Men odam edim-ku. . .
Inson farzandi. . .
Misralarda shoirning o`z boshidan kechirgan etimlik yillarining dahshatli mashaqqatlari lirik chekinish orqali ochib berilgan. Shoir o`z xotiralarini izchil kuchayib boruvchi poetik pafos bilan she`rxonga etkazishga, uni o`zining dardli xotiralari bilan oshno etishga muvaffaq bo`lgan.
Gafur Gulom jo`shqin va tinimsiz ilhom bilan ijod qiluvchi ijodkor bo`lsa ham, biroq u har bir asariga, ularning har bir satri va har so`ziga o`ta mas`uliyat bilan qaragan. Shuning uchun u hamma vaqt o`z she`rlarini qayta nazardan o`tkazgan va ularga tegishli tuzatishlar kiritgan.
Gafur Gulomning hikoyanavisligi “Jo`ra bo`za”, “Yigit” (1931 ), “Kulgi hikoyalar” (1932 ) to`plamlarida o`z aksini topdi. Adibning lirik-dramatik yo`nalishda yaratgan “Mening o`grigina bolam” (1965 y) , yumoristik shakldagi “Hasan Kayfiy” hikoyalari alohida diqqatga sazovordir. Ularda adib ijodining bosh tamoyili-insonparvarlik ruhi etakchilik qiladi.
Gafur Gulom umri davomida juda ko`p she`rlar, hikoya, ocherk, doston va fel`etonlar yozdi. Sa`diyning «Guliston» asarini, Rudakiy, Firdavsiy, Bedil she`rlarini, Navoiyning Foniy taxallusli forsiy gazallarini o`zbekchaga o`girdi. Gafur Gulom she`riy va nasriy matn ustida ishlash, uni o`zining goyaviy-estetik talablariga javob beradigan darajaga olib kelish uchun uzoq vaqt mashaqqatli mehnat qilgan. Uning asarlaridagi maftunkor joziba, sehrli mazmun, o`zgarmas poetik shakl ana shu talab va mashaqqatli mehnatning samarasidir.
O‘zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrining Qo‘rg‘ontegi mahallasida tavallud topdi. To‘qqiz yoshida otasidan, o‘n besh yoshida onasidan yetim qolgan G‘afur avval eski maktabda, so‘ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi. U Oktyabr to‘ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o‘qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so‘ng «Kambag‘al dehqon», «Qizil O‘zbekiston», «Sharq haqiqati» gazetalari muharririyatlarida ishladi. Gazeta uning uchun dorilfunun rolini o‘tadi, xalq hayotini o‘rganish, unga faol aralashish yo‘lida muhim vosita bo‘ldi. Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor she’rlari, o‘tmish sarqitlarini qoralovchi hajviyalari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo‘shiqlar» nomli dastlabki she’riy to‘plamlari 1931—1932 yillarda chop etildi. Shoir 1930—1935 yillarda «Ko‘kan» dostonini, «To‘y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlari, xususan, biz ko‘p yillar jamoalashtirish mavzuidagi yirik asar deb maqtab kelgan «Ko‘kan» dostoni hozirgi davr talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, unda boshdan-oyoq maqtalgan jamoalashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari qatorida cheksiz zulm-fojealarga ham sabab bo‘lganligi bor bo‘yicha realistik ifodalanmagan. Uning partiya, Vatan, Lenin, Oktyabr haqidagi she’rlarida ham zamonasozlik mayllari sezilib turadi. Shu tufayli shoir ijodi bugungi kunda tanqidiy yondoshishni taqozo etadi. To‘g‘ri, adib barhayot davridayoq shaxsga sig‘inish ta’sirida yaratilgan ayrim asarlarini qayta ko‘rib chiqqan. Ayrim misralarni yangidan yozib, she’rga tabiiylik va hayotiylik bag‘ishlagan. Xuddi shu hol uning «Kuzatish», «Sen yetim emassan» she’rlariga ham xos bo‘lib, ular ham adib tomonidan qayta ishlangan. 30-yillarda G‘afur G‘ulom hikoya, ocherk, feletonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarini ham yaratdi. Urush yillarida shoir o‘z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa qaratdi, uning muqarrar g‘alabasiga ishonch ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar yaratdi. U «Sen yetim emassan», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog‘inish» kabi she’rlar, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g‘alabasiga otlantirdi. G‘afur G‘ulom urushdan keyingi yillarda ham adabiyot janrlarining ko‘pgina turlarida samarali qalam tebratib, yuksak badiiy asarlar yaratdi, publitsistika va adabiyotshunoslikka oid qator ajoyib maqolalarini e’lon qildi. Uning ijodi xalq hayotining shu davrdagi o‘ziga xos yilnomasi o‘laroq namoyon bo‘ldi. Agar G‘afur G‘ulom bu davrda she’riy asarlari bilan faylasuf shoir darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, «Shum bola» qissasi, «Mening o‘g‘rigina bolam» singari hikoyalari bilan xalq turmushi va ruhini yaxshi biluvchi mohir nosir ekanligini namoyish etdi. G‘afur G‘ulom o‘zbek tarjima maktabining maydonga kelishiga ham ulkan hissa qo‘shgan. U «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga katta mahorat bilan o‘girgan. G‘afur G‘ulom O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi (1943) edi. Unga 60 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berilgan (1963). Shoirning ko‘pgina asarlari Osiyo va Yevropa xalqlari tillariga tarjima qilingan. O‘zbek she’riyatining otashin jarchisi, ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan

Manba https://tafakkur.net/gafur-gulom.haqida


O'zbek adabiyotining yirik namoyandasi G'afur G'ulom 1903- yil-ning 10- may kuni Toshkentning Qo'rg'ontegi mahallasida tug'ildi. U endigina 9 yoshga kirganda otasi G'ulom Mirza Orif o'g'li vafot etadi. Oradan olti yil o'tar-o'tmas bolalar mehribon onadan ham ayriladilar. Ukalari va singillari bilan yolg'iz qolgan G'afurning «qilmagan xizmati, tutinmagan ishi» qolmaydi. U oilani boqish uchun kosiblik, mixkorlik, aravakashlik qiladi, bosmaxonalarda harf teruvchi bo'lib ishlaydi. Biroq G'afur G'ulom hayotning bu sinovlari qarshisida dovdirab qolmadi. U o'zidagi iqtidorni faqat ma'rifat orqali ro'yobga chiqarish mumkin ekanligini juda erta angladi. Avval boshlang'ich maktabda o'qidi. Keyin esa o'sha paytda urf bo'la boshlagan rus-tuzem maktabiga kirdi. Muallimlar tayyorlaydigan maktabni ham bitirgach, avval o'qituvchilik, so'ng jurnalistlik qildi.


1914- yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham og'ir hayotini butunlay izdan chiqardi. Garchi bu urush bizning yurtimizdan uzoqda - Yevropa hududida kechgan bo'lsa-da, Rossiya mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlarni bajarish uchun bizning o'lkamizdan ham erkaklarni majburan mardikorlikka olardi. Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tirikchilik o'tka-zishga nihoyatda qiynalishardi. O'lkamizda yetishtiriladigan aksariyat noz-ne'matlarni esa chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko'chalarda to'p-to'p tilanchilar va gadoylar daydib yurardi. Ular safiga urush bo'layotgan o'lkalardan non qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo'shilgandi. Bag'ri keng o'zbek xalqi muh-tojlarga boshpana, o'z bolalari rizqidan qiyib bo'lsa-da, osh-non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning «Toshkent - non shahri» filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar dahshatini yanada yaqindan his qilasiz.
Mana shu og'ir kunlarning barchasini yosh G'afur o'z ko'zlari bilan ko'rgani, yuragidan o'tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik, yetimparvarlik hislari juda erta uyg'ondi. Shoirning o'zi aytishicha, uning dastlabki she'riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag'ishlab yozilgan edi.
G'afur G'ulom she'rlar bilan birga o'nlab hikoyalar, «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she'riy asarlari -«Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog'inish», «Onalar» singari she'rlari yaratildi.
Uning yana bir mashhur asari - «Shum bola» qissasi 1936- yilda yozilgan bo'lsa-da, 60- yillarda adib uni qaytadan ishladi, yanada sayqalladi.
G'afur G'ulom Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o'zbek she'riyatining katta bilimdoni edi. Shu sababli ham u Oybek va Hamid Olimjon bilan birga 1943- yilda O'zbekiston Fanlar akade-miyasining haqiqiy a'zosi etib saylangandi.
Adib 1966- yilning 10- iyunida og'ir xastalik tufayli vafot et-gan.
G'afur G'ulom o'zbek adabiyoti, fani va madaniyatining rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun 1999- yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. 2003- yilning may oyida G'afur G'ulom tavalludining 100- yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Toshkent shahridagi eng katta istirohat bog'laridan biriga shoir nomi berilib, uning muh-tasham haykali o'rnatildi. Metro bekatlaridan biri ham ijodkorning qutlug' nomi bilan ataladi. G'afur G'ulomning o'zi «Vaqt» she'rida bashorat qilgan ezgu istaklari aynan mustaqillik yillarida ro'yobga chiqdi:

Hayot sharobidan bir qultum yutay Damlar g'animatdir, umruzoq soqiy.


Quyosh-ku falakda kezib yuribdi, Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.

G'afur G'ulom asarlari


"Hiylai shari " , " Mening o'g'rigina bolam "


(1965 yil ), " Shum bola " ( 1936 yil ) , " Netay " (1930 yil ) , " Yodgor " ( 1936 yil )
" Ilatiyada bir ov " , "Chorbozi " , " Kim aybdor " .

G`afur G`ulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrining Qo`rg`ontegi mahallasida dehqon oilasida dunyoga keldi. Otasi G`ulom Mirza Orif o`g`li va onasi Toshbibi Yusuf qizi o`qimishli, zehnli, fors tilini bilgan, adabiyotni sevgan mehnatkash odamlar edi. Ana shu oilada tarbiyalangan G`afurning savodi erta chiqadi. Navoiy, Hofiz, Sa`diy, Fuzuliy asarlarini sevib o`qiydi.


Ota-onasidan juda erta etim qolgan bo`lajak ijodkorga ro`zg`or tebratish va singillarini boqish tashvishi tushib, oliy maktablarda ta`lim olish imkoniyatini beriladi. Shunday bo`lishiga qaramasdan, juda yoshligidan mas`ul lavozimlarda ishlay boshladi: bir vaqtning o`zida ikki maktabga mudirlik qildi, shahar maorifi xodimlari kamsomol qo`mitasiga kotib va maorif uyushmasi raisi o`rinbosari bo`lib ishladi. Yetim bolalarni yig`ib, internat tashkil qiladi. Uning ilk she`ri ham ana shu yetim bolalarga bag`ishlangan edi, Bolaligi yetimlikda o`tgan bo`lajak shoirning tuyg`ulari oq qog`ozga marjon kabi to`kildi-yu, nafaqat o`zbek adabiyotida, jahon adabiyotida yangi bir shoir tug`ildi.
G`afur G`ulom o`zi haqida “gazeta men o`qigan oliy maktablarning biri va birinchisi bo`ldi”, deganda juda haqli edi. Chunki, “Sharq haqiqati”, “Qizil O`zbekiston” gazetalari, “Mushtum” jurnali shoirga hayotni, jamiyatni, zamondoshlarni chuqur o`rganish imkoniyatlarini yaratdi.
G`afur G`ulom o`zbek she`riyati, badiiy publisistikasi, feletonchiligi, hajviy hikoyachiligi, yumoristik qissachiligi va tarjimachiligi rivojiga katta hissa qo`shgan yirik so`z san`atkoridir. U O`zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a`zosi, O`zbekiston xalq shoiri kabi yuksak unvonlar sohibi.
Mustaqillik davriga kelib, Gafur Gulom nomiga hurmat-e`tibor yanada ortdi. Tavalludining yuz yilligini nishonlash haqida hukumatning maxsus qarori qabul qilindi. Buyuk xizmatlari uchun maxsus nishon bilan taqdirlandi. Jumhuriyat prezidenti tashabbusi bilan poytaxtdagi go`zal istirohat bog`laridan biri G`afur G`ulom nomi bilan ataladigan bo`ldi. Bog`da shoirning muhtasham va salobatli haykali qad ko`tardi.
G`afur G`ulom ijodida she`riyat alohida o`rin tutadi. She`riyatga bo`lgan havas bolalik yillaridayoq, shoirning o`zi xotirlashicha, uylarida tez-tez bo`lib o`tadigan she`riyat kechalarida uyg`ongan bo`lsa ajab emas. “Uyimizda o`zbek shoirlari, hattotlaridan Xislat, Shomurod kotib va boshqalar kelib yurganini es-es bilaman Farg`ona vodiysidan keladigan shoirlar: Muqimiy, Toshxo`ja Asiriy, Furqat, Muhyi, va boshqalarning biznikiga kelganini aytadilar.”
G`afur G`ulom she`rlarida firqa, siyosat, mafkura, tuzum va jamiyatning badiiy ijodga ta`siri, san`atkor dunyoqarashiga tazyiqi bilan izohlanuvchi cheklanish, kamchilik yo`q emas. Lekin shoir asarlarining ijodiy yuzini, o`zligini, qadr-qimmatini bunday asarlar belgilamaydi. Shoir she`riyati mazmunan boy va rang-barang. “Vaqt” she`rida falsafiy ruh ustun bo`lsa, “Kuzatish”, “Sog`inish”, “G`oliblar bayrami” she`rlarida o`zining otalik to`yg`ulari, qalbidagi tahlika va iztiroblarni juda ta`sirli, tabiiy ifodalaydi.
G`afur G`ulomning urushdan keyingi yillarga mansub “Vaqt”, “Yigitlarga”, “Siyohdon”, “Alisher”, “Yoz”, “Sharaf qo`lyozmasi”, “Pol` Robsonga”, “Farg`ona uchun”, ”Sen salomat bo`lsang bas”, “Anor”, “Bizning uyga qo`nib o`ting, do`stlarim”, “Kulol va zargar”,”Alisher Navoiy qabri ustida”, “Tun bilan tong” kabi o`nlab etuk she`rlar yaratdi. A. Fadeev “O`zbek halqining g`ururi” (1945) maqolasida “Shoir va akademik G`afur G`ulom hamisha fikr va teran tuyg`ular bilan sug`orilgan”, deb yuksak baho berganda naqadar haq edi.
G’afur G’ulomning nasriy asarlari shuhrati she`riyatinikidan kam emas edi. XX asrning 30-yillardan uning “Yigit”, “Kulgi hikoyalar” to`plamlaridan asarlar el og’ziga tushgan bo`lsa, 60-yillar o`rtalarida “Gilos donagidan toshbeh” to`plamidagi hajviy hikoyalari mashhur bo`lib ketdi. Yigirma besh yi yoshi atrofida “Qizaloq” (1928) hikoyasini e`lon qilgani, umr shomidagi so`nggi mashhur “Mening o`g’rigina bolam”(1965) asari ham hikoya ekani yozuvchi ijodida nasr nechog’lik mustahkam o`rin tutganini ko`rsatadi.
G’afur G’ulom bir necha qissalar ham yozdi. Lekin ularning bayon usuli bir biridan farq qiladi “Netay” (1931) asari yirik- publitsistik pardada uchinchi shaxsda hikoya qilinsa, “Tirilgan murda” (1934) satirik pardada bo`lib, qahramonning esdalik daftari shaklida yoziladi “Yodgor”ning (1936) bularga o`xshamagan jihati, unda voqeani bosh qahramonning o`zi hikoya qiladi. “Shum bola” (1956) qissasi sarguzasht syujet asosiga qurilgan asar hajviy hazil pardada yozilgan. Ammo G’afur G’ulom qissalarning barchasini birlashtiradigan o`z tomir bor, bu-mehnatkash insonning adashiyligi, mehr-shavqati, pok qalbi va mehnatsevarligi, insonni himoya etishi uning orzu-armon uchun kurvshish g’oyasidir.
G’afur G’ulomda xalq og’zaki ijodi ta`sirining nihoyatda xilma-xil ko`rinishlarini topish mumkin: unda folklor asarlarini qayta ishlash, qoliplash usuli, “Shum bola”da “Uch yolg’ondan qirq yolg’on” ertagiga o`xshagan g’oyat jozibali yolg’on to`qib, juda qiziq kulgili voziyat-holat yaratadi. O`nlab feletonlarini Nasriddin Afandi latifalari syujeti, shakli asosida quradi va shu yo`l bilan ularni satirik hikoya darajasiga ko`tarib yuboradi.
G’afur G’ulom mumtoz adabiyotimiz va xalq ijodidan o`rganish bilan chegaralanib qolshadi, u jahon xalqlari, ayniqsa, rus adabiyoti maktabi bilan ham bahramand bo`ldi. V.Sheksperning “Otelo”, “Qirol Lir” Lope de Veganing “Qo`zibuloq qishlog’i”, F.Shimirning “Vilgelm Tell”, Nizomiy, Jomiy, A.Pushkin, L.Tolstoy, A.To`qay. T.Shevchenko, Prem Chand haqida maqolalar yozdi. Nozim Hikmat, Antol Gidash, Xodi Toqtosh, A.Lohutiy, M.Tursunzodadan tortib. A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, V.V.Mayakovskiygacha bo`lgan ijodkorlar asarlarini o`zbekchaga tarjima qilib o`zbek kitobxonlarini jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirishda o`z hissasini qo`shdi.

G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi. G‘ofur G‘ulomning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. G‘ofur G‘ulomning urushdan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan.


G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur.
G‘afur G‘ulom 1903 yilning 10 may kuni Toshkentda, deqhonlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi savodxon bo‘lgan. U o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotini o‘qigan, rus tilini bilgan, o‘zi ham she’rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan.
1916 yilning kuzida G‘ofur o‘qishga kiradi. Onasining vafotidan so‘ng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919 yildan 1927 yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi.
1923 yildan G‘.G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923 yil yozilgan “Feliks farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o‘z hayotini ifodalaydi, “Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik qayerda” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinali. Birin-ketin she’riy to‘plamlari bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar.
G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o‘rganashi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o‘sishi, Turksib temir yo‘l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun yangi lug‘at boyligi, yangi she’riy bo‘yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan.
“Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin namoyon bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari.
Shoirning boqiy hayot, mangu ko‘k daraxt haqidagi “Qish va qor” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylovlar” (1937), “Men - Yahudiyman” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo‘shib ko‘mmadi” (1945), “Bog‘” (1934), “Qayg‘u” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko‘chatlar” (1948) kabi she’rlarida umuminsoniylik, insonparvarlik mavzulari o‘z aksini topdi.
Ko‘pgina she’rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948) va boshqalar.
“Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan.
“Netay” qissasi — keng ijtimoiy umumlashmalarga boy ajoyib asar. Syujet asosiga haqiqiy voqea qo‘yilgan. So‘nggi Buxoro amiri Peterburgga safari chog‘i Toshkentda to‘xtaydi. Amir mamnun va xursand bo‘lishi uchun boylar hamma narsa qiladi. Uning huzuriga ermak uchun Netay ismli qizni keltirishadi.
Oddiy ishchilar timsoli yoqimli tarzda ifodalangan - urug‘lar va ularning ayollari hayotning qiyinchiliklariga qaramay, ma’nan boy va juda ta’sirchan bo’lgan Netay ismli o‘n yashar qizni boqib olishadi. Qissada G‘ofur G‘ulomning o‘ta serqirraligi va iqtidorining moslashuvchanligi va nasr texnikasidan mohirona foydalana olishi namoyon bo‘lgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki G‘ofur G‘ulom “Navoiy va bizning davr” (1948), “Folklordan o‘rganaylik” (1939) tadqiqotlarini, “Jaloliddin dramasi haqida” (1945), “Muqimiy” (1941) maqolalarini yaratgan.
O‘z davrining dolzard asari yosh avlodni tarbiyalashdagi qudratli kuch haqida so‘zlovchi “Yo‘ldosh” dostoni bo‘lgan. Fuqarolik urushida yaqinlari Yo‘ldoshdan ayriladi. Boshqa yetim bo‘lib qarovsiz qolgan bolalar kabi, bu bolakayga ham davlat g‘amxo‘rlik qiladi — ular uchun boshpana bo‘lgan internatlar va bolalar uylari yaratishadi.
Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari o‘z Vatani mustaqilligi himoyasi uchun doim tayyor turishadi. Dostonda katta mahorat va iliqlik ila Yo‘ldoshning otasi bilan uchrashuvi aks etilgan, o‘z qarziga vafoli insonlar siymosi chuqur va keng ochib berilgan. Vatan himoyachisi mavzusi G‘ofur G‘ulomning 1941 - 1945 yillardagi keyingi ijodida yanada rivojlandi va chuqurlashdi. U odamlarni “bor sabri, bor iqtidori”ni fashistlar ustidan g‘alabaga qaratishga chorlaydi. Shoir urushdan keyingi davrlardagi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida o‘zbek ayolining o‘rnini tarannum etadi.
“Ikki akt” dostonida u qishloqlarning qayta joylashuvini madh etarkan, o‘zbek dehqonchiligi va ularning kelajak orzu tuyg‘ularini ifodalaydi. Doston o‘zining chinakan hayot haqiqatiga sadoqati bilan kuchlidir. Bu yerda o‘zbek dehqonchiligining tarixiy ishonchli surati chizilgan. Ushbu mavzu “Qo‘qon” dostonida ham yangraydi. O‘z vaqtida u xalqda ommabop bo‘lgan va qishloq xo‘jaligini mustahkamlash kurashida targ‘ibot vazifasini bajargan.
G‘ofur G‘ulom qisqa, o‘tkir syujetli hikoyalar ustasi sifatida ham taniqli bo‘lib, hikoya uslubi o‘rnida u yozuvchining savol-javoblari bilan to‘ldirilgan jonli do‘stona bahs-munozara shaklida, mualliflik nutqi va kitobxonga erkin yuzlanish orqali foydalanadi. G‘ofur G‘ulom tomonidan 30-yillarda yaratilgan ko‘plab nasriy asarlar yangi insoniy munosabatlarga bag‘ishlangan. U asarlarida yoritgan asosiy muammo va yechimlar - bu insonning axloqiy tarbiyasi, uning ma’naviy va madaniy rivoji sari kurashdir. Muallif o‘zining nasriy asarlarida yorqin ijobiy timsollar yaratadi. “Yodgor” qissasidagi katta qalb egasi bo‘lmish ijobiy qahramon Jo‘ra begonaning farzandini tarbiyalaydi. Aynan oddiy insonning begona bolaga bo‘lgan munosabati orqali muallif Jo‘raning yuqori axloqiy darajasini ko‘rsatib bergan.
G‘ofur G‘ulom ko‘plab asarlarini bolalarga bag‘ishlagan. “Shum bola” hikoyasi nisbatan omadli hisoblanadi. Qahramon o‘zining fojiali hayoti haqida o‘zi so‘zlaydi. Bola uyidan mahsulotlarni olib chiqib ketayotgan vaqtda onasi jazolaganligi tufayli, uyidan xolasinikiga qarab qochadi. Ammo, bu yerda ham bolaning omadi kelmaydi: u tasodifan tog‘asining bedanasini o‘ldirib qo‘yib, bu uydan ham ketadi. Shunday qilib, u darbadar va ovoralik qilishni boshlaydi. Yozuvchi o‘z e’tiborini shum bolaning xavotirlari va ichki kechinmalarini tasvirlashga qaratadi. Tashqi hodisalar, narsalar va kichik qahramonni o‘rab turgan barchasini tasvirlash inson tuyg‘ularini chuqur namoyon qilishda xizmat qiladi. Bunga barchasi bo‘ysunadi — voqea bayonotining nuqtai-nazari, manzara va asarning timsoliy negizi.
G‘ofur G‘ulom o‘zining juda yaxshi she’rlarini bolalar va o‘smirlar uchun bag‘ishlagan: “Ikki bolalik”, “Bilaman”, “Seni Vatan kutmoqda”.
Urush yillarida G‘ofur G‘ulom “Sen yetim emassan”, “Seni kutyapman, o‘g‘lim!”, “Vaqt”, “Kuzatish”, “Ayol”, “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak” kabi ajoyib she’rlar yaratgan. “Seni kutyapman, o‘g‘lim!” she’rida shoir front ortida o‘zlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan g‘alabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi.
Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga bo‘lgan muhabbati buyuk ma’no kasb etgan. Bu - ota-onasini yo‘qotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan g‘amxo‘rligi haqida so‘z boruvchi ajoyib “Sen yetim emassan” she’rida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan “Bahaybat”, “G‘alabachilar qo‘shig‘i”, “Vaqt”, “Xotin” she’rlari yuqori fuqarolik she’riyatining namunalari hisoblanadi. Ular “Sharqdan kelmoqdaman” to‘plamidan joy olgan.
Urushdan keyingi yillar G‘ufur G‘ulom bir qator she’riy to‘plamlarini nashrdan chiqaradi: “Yangi she’rlar”, “O‘zbekiston olovlari”, “Onalar”, “O‘zbek xalq g‘ururi”, “Tong qo‘shig‘i”, “Yashasin, tinchlik!”, “Bu - sening imzoing”. Ushbu to‘plamlardan joy olgan she’rlarda shoir tinchlik davrining muhim savollariga javob topishga, o‘zbek xalqining mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishga intiladi. Asarlarining qahramonlari — dunyo ishlari va osoyishta mehnat bilan band sobiq askar.
G‘ofur G‘ulom — tinchlik, do‘stlik va xalq baxtining jo‘shqin kurashchisi. Shoir tinchlik uchun kurashga bag‘ishlangan to‘plam yaratgan. Ulardan eng yaxshilari: “Dunyo minbaridan”, “Yashasin, tinchlik!”, “Bu — sening imzoing” va boshqalar.
G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi, shuningdek, adabiyotshunoslik va publitsistik maqolalari bilan mashhur.
G‘ofur G‘ulomning dunyo qarashi va badiiy didining shakllanishida Vladimir Mayakovskiy asarlari katta ta’sir ko‘rsatgan. G‘ofur G‘ulom o‘zining maqolalaridan birida shunday yozadi: “Men... rus mumtoz ijodkorlarini bilaman va ularni sevaman va ularning ko‘plab asarlarini ona tilimga tarjima qildim. Lekin “men uchun vazn, lug‘at, timsol, she’rning ohang tuzilishi sohalarida eng serqirra va cheksiz imkoniyatlarni ochgan” Mayakovskiyning shogirdiman, deyishni istayman”. Mayakovskiy satirasidagi darg‘azab, tanqidiy kinoya, lirikasidagi bag‘oyat ulkan tuyg‘u kuchidan tashqari, men o‘zimda... uning usullarining dovyurak notiqlik kuchini, metaforalar jasorati, mubolag‘alar ifodaliligini jamdashga harakat qildim. Hatto, usulli, ohangli va ma’no ifodaliligini oshiruvchi she’r qurilishidan ham o‘zbek she’r tuzimida foydalanishimga to‘g‘ri keldi”. Bular G‘ofur G‘ulomning ko‘plab she’rlarida namoyondir, masalan: “Turksib yo‘llarida”, “Ona yer”, “Yashasin, tinchlik!”.
G‘ofur G‘ulom ijodining urushdan keyingi davri o‘zbek adabiyoti rivojida muhim o‘rin egalladi. Urushdan avvalgi davrlarda uning she’rlarida urushdan oldin ular tomonidan yaratilgan narsalarni qo‘lda qurol bilan himoya qilayotgan, yerda tinchlik istayotgan odamlarning ichki kechinmalari va o‘y-xayollari tasvirlangan. Shoirning urushdan keyingi davr lirikasi uning urush yillar lirikasining mantiqiy davomi va rivoji hisoblanadi, “Unutma, Vatan seni kutmoqda!” va “G‘alaba bayrami” she’rlari — shoirning mazkur ikki ijodiy davrining bog‘lovchi halqasi kabidir.
G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi. G‘ofur G‘ulomning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. G‘ofur G‘ulomning urushdan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan.
G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi bilan mashhur.
G‘afur G‘ulom 1903 yilning 10 may kuni Toshkentda, deqhonlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi savodxon bo‘lgan. U o‘zbek va tojik mumtoz adabiyotini o‘qigan, rus tilini bilgan, o‘zi ham she’rlar yozgan. Uning uyiga Muqimiy, Furqat, Asiriy, Xislat va boshqa shoirlar kelib turgan.
1916 yilning kuzida G‘ofur o‘qishga kiradi. Onasining vafotidan so‘ng (otasi avvalroq vafot etgan), u ishlashga majbur bo‘lgan. Ko‘plab kasblarda o‘zini sinab ko‘rgach, u nihoyat, matbaaga harf teruvchi bo‘lib ishga kiradi, so‘ngra, pedagogik kurslarda tahsil oladi. 1919 yildan 1927 yilgacha u o‘qituvchi, maktab direktori, Ma’naviyat uyushmasi ishchilari raisi bo‘lib ishlaydi, bolalar uyini tashkil etishda faol ishtirok etadi.
1923 yildan G‘.G‘ulomning adabiy faoliyati boshlanadi. She’rlar, dostonlar, ocherklar, hajviy hikoyalar va qissalari gazeta va jurnallarda chop etila boshlaydi. 1923 yil yozilgan “Feliks farzandlari” she’rida yetim bolalar haqida gapirarkan, unda yozuvchi o‘z hayotini ifodalaydi, “Maorif va o‘qituvchi” oynomasida esa “Go‘zallik qayerda” nomli ikkinchi she’ri nashr qilinali. Birin-ketin she’riy to‘plamlari bosmadan chiqadi: “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni va boshqalar.
G‘afur G‘ulomning 30-yil boshlarida yozilgan she’rlarida yangi shakllarga burilish seziladi, bunga mumtoz rus tilini o‘rganashi ham muhim darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, sanoatning o‘sishi, Turksib temir yo‘l magistralining qurilishi kabi uning ona yurtida sodir bo‘layotgan ajoyib o‘zgarishlarni ta’riflash uchun yangi lug‘at boyligi, yangi she’riy bo‘yoqlar, yangi ohang va vazn talab etilgan.
“Dinamo” (1931), “Tirik qo‘shiqlar” (1932) — yosh shoirning yo‘nalishi yorqin namoyon bo‘lgan birinchi she’riy to‘plamlari.
Shoirning boqiy hayot, mangu ko‘k daraxt haqidagi “Qish va qor” (1929), “Non” (1931), “Toshkent” (1933), “Qutbda saylovlar” (1937), “Men - Yahudiyman” (1941), “Qish” (1941), “Xotin” (1942), “Afsuski, afsusni qo‘shib ko‘mmadi” (1945), “Bog‘” (1934), “Qayg‘u” (1942), “Kuz keldi” (1945), “Kuzgi ko‘chatlar” (1948) kabi she’rlarida umuminsoniylik, insonparvarlik mavzulari o‘z aksini topdi.
Ko‘pgina she’rlarida sharq donishmandi - ota timsoli mavjud: “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948) va boshqalar.
“Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalarida chinakam xalq qahramonlari, milliyligimiz tavsirlangan.
“Netay” qissasi — keng ijtimoiy umumlashmalarga boy ajoyib asar. Syujet asosiga haqiqiy voqea qo‘yilgan. So‘nggi Buxoro amiri Peterburgga safari chog‘i Toshkentda to‘xtaydi. Amir mamnun va xursand bo‘lishi uchun boylar hamma narsa qiladi. Uning huzuriga ermak uchun Netay ismli qizni keltirishadi.
Oddiy ishchilar timsoli yoqimli tarzda ifodalangan - urug‘lar va ularning ayollari hayotning qiyinchiliklariga qaramay, ma’nan boy va juda ta’sirchan bo’lgan Netay ismli o‘n yashar qizni boqib olishadi. Qissada G‘ofur G‘ulomning o‘ta serqirraligi va iqtidorining moslashuvchanligi va nasr texnikasidan mohirona foydalana olishi namoyon bo‘lgan.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiki G‘ofur G‘ulom “Navoiy va bizning davr” (1948), “Folklordan o‘rganaylik” (1939) tadqiqotlarini, “Jaloliddin dramasi haqida” (1945), “Muqimiy” (1941) maqolalarini yaratgan.
O‘z davrining dolzard asari yosh avlodni tarbiyalashdagi qudratli kuch haqida so‘zlovchi “Yo‘ldosh” dostoni bo‘lgan. Fuqarolik urushida yaqinlari Yo‘ldoshdan ayriladi. Boshqa yetim bo‘lib qarovsiz qolgan bolalar kabi, bu bolakayga ham davlat g‘amxo‘rlik qiladi — ular uchun boshpana bo‘lgan internatlar va bolalar uylari yaratishadi.
Bolalar uyi tarbiyalanuvchilari o‘z Vatani mustaqilligi himoyasi uchun doim tayyor turishadi. Dostonda katta mahorat va iliqlik ila Yo‘ldoshning otasi bilan uchrashuvi aks etilgan, o‘z qarziga vafoli insonlar siymosi chuqur va keng ochib berilgan. Vatan himoyachisi mavzusi G‘ofur G‘ulomning 1941 - 1945 yillardagi keyingi ijodida yanada rivojlandi va chuqurlashdi. U odamlarni “bor sabri, bor iqtidori”ni fashistlar ustidan g‘alabaga qaratishga chorlaydi. Shoir urushdan keyingi davrlardagi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida o‘zbek ayolining o‘rnini tarannum etadi.
“Ikki akt” dostonida u qishloqlarning qayta joylashuvini madh etarkan, o‘zbek dehqonchiligi va ularning kelajak orzu tuyg‘ularini ifodalaydi. Doston o‘zining chinakan hayot haqiqatiga sadoqati bilan kuchlidir. Bu yerda o‘zbek dehqonchiligining tarixiy ishonchli surati chizilgan. Ushbu mavzu “Qo‘qon” dostonida ham yangraydi. O‘z vaqtida u xalqda ommabop bo‘lgan va qishloq xo‘jaligini mustahkamlash kurashida targ‘ibot vazifasini bajargan.
G‘ofur G‘ulom qisqa, o‘tkir syujetli hikoyalar ustasi sifatida ham taniqli bo‘lib, hikoya uslubi o‘rnida u yozuvchining savol-javoblari bilan to‘ldirilgan jonli do‘stona bahs-munozara shaklida, mualliflik nutqi va kitobxonga erkin yuzlanish orqali foydalanadi. G‘ofur G‘ulom tomonidan 30-yillarda yaratilgan ko‘plab nasriy asarlar yangi insoniy munosabatlarga bag‘ishlangan. U asarlarida yoritgan asosiy muammo va yechimlar - bu insonning axloqiy tarbiyasi, uning ma’naviy va madaniy rivoji sari kurashdir. Muallif o‘zining nasriy asarlarida yorqin ijobiy timsollar yaratadi. “Yodgor” qissasidagi katta qalb egasi bo‘lmish ijobiy qahramon Jo‘ra begonaning farzandini tarbiyalaydi. Aynan oddiy insonning begona bolaga bo‘lgan munosabati orqali muallif Jo‘raning yuqori axloqiy darajasini ko‘rsatib bergan.
G‘ofur G‘ulom ko‘plab asarlarini bolalarga bag‘ishlagan. “Shum bola” hikoyasi nisbatan omadli hisoblanadi. Qahramon o‘zining fojiali hayoti haqida o‘zi so‘zlaydi. Bola uyidan mahsulotlarni olib chiqib ketayotgan vaqtda onasi jazolaganligi tufayli, uyidan xolasinikiga qarab qochadi. Ammo, bu yerda ham bolaning omadi kelmaydi: u tasodifan tog‘asining bedanasini o‘ldirib qo‘yib, bu uydan ham ketadi. Shunday qilib, u darbadar va ovoralik qilishni boshlaydi. Yozuvchi o‘z e’tiborini shum bolaning xavotirlari va ichki kechinmalarini tasvirlashga qaratadi. Tashqi hodisalar, narsalar va kichik qahramonni o‘rab turgan barchasini tasvirlash inson tuyg‘ularini chuqur namoyon qilishda xizmat qiladi. Bunga barchasi bo‘ysunadi — voqea bayonotining nuqtai-nazari, manzara va asarning timsoliy negizi.
G‘ofur G‘ulom o‘zining juda yaxshi she’rlarini bolalar va o‘smirlar uchun bag‘ishlagan: “Ikki bolalik”, “Bilaman”, “Seni Vatan kutmoqda”.
Urush yillarida G‘ofur G‘ulom “Sen yetim emassan”, “Seni kutyapman, o‘g‘lim!”, “Vaqt”, “Kuzatish”, “Ayol”, “Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak” kabi ajoyib she’rlar yaratgan. “Seni kutyapman, o‘g‘lim!” she’rida shoir front ortida o‘zlarining qahramonona mehnatlari orqali dushman ustidan g‘alabani yaqinlashtirgan otalarning sabri va kuchini madh etadi.
Mushkul kunlarda insonlarning bolalarga bo‘lgan muhabbati buyuk ma’no kasb etgan. Bu - ota-onasini yo‘qotib, oddiy odamlarning sidqidildan qilgan g‘amxo‘rligi haqida so‘z boruvchi ajoyib “Sen yetim emassan” she’rida yaqqol seziladi. Shoirning urush yillarida yozilgan “Bahaybat”, “G‘alabachilar qo‘shig‘i”, “Vaqt”, “Xotin” she’rlari yuqori fuqarolik she’riyatining namunalari hisoblanadi. Ular “Sharqdan kelmoqdaman” to‘plamidan joy olgan.
Urushdan keyingi yillar G‘ufur G‘ulom bir qator she’riy to‘plamlarini nashrdan chiqaradi: “Yangi she’rlar”, “O‘zbekiston olovlari”, “Onalar”, “O‘zbek xalq g‘ururi”, “Tong qo‘shig‘i”, “Yashasin, tinchlik!”, “Bu - sening imzoing”. Ushbu to‘plamlardan joy olgan she’rlarda shoir tinchlik davrining muhim savollariga javob topishga, o‘zbek xalqining mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishga intiladi. Asarlarining qahramonlari — dunyo ishlari va osoyishta mehnat bilan band sobiq askar.
G‘ofur G‘ulom — tinchlik, do‘stlik va xalq baxtining jo‘shqin kurashchisi. Shoir tinchlik uchun kurashga bag‘ishlangan to‘plam yaratgan. Ulardan eng yaxshilari: “Dunyo minbaridan”, “Yashasin, tinchlik!”, “Bu — sening imzoing” va boshqalar.
G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga mohirona tarjimasi, shuningdek, adabiyotshunoslik va publitsistik maqolalari bilan mashhur.

Matn adabiyotlar:


G’.G’ulom. Asarlar (10 tomlik).-T.: “Adabiyot va san`at”, 1-3-


tomlar, 1972.
Abrorov A. G’.G’ulom poeziyasi.-T.: 1970.
Anorboyev S. G’.G’ulom prozasi. // “Sharq yulduzi”, 1955, 5-son.
Yoqubov H. G’.G’ulom (hayoti va ijodi).-T.: O`zadabiynashr, 1959.
Zunnunov A.G’.G’ulom-tinchlik kuychisi. // “O`qituvchi gazetasi”, 1953, 22 aprel.
Mamajonov S. G’.G’ulom. // O`zbek adabiyoti tarixi (3 jildlik).-T.: “Fan”, 2-jild, 1971.
Normatov U. G’.G’ulom poeziyasining estetik prinsiplari. //O`zbek adabiyoti masalalari.-T.: O`zadabiynashr, 1959.
Shukurov N. G’.G’ulomning lirik poeziyasidagi mahorati.-T.: “Fan”, 1966.
G’.G’ulomning badiiy olami.-T.: “Fan”, 1984.
G’.G’ulom. Asarlar (12 tomlik).-T.: “Fan”, 5-6-tomlar, 1985-86.
11. Abdusamatov H. G’.G’ulom satirasi. //G’.G’ulomning badiiy
olami.-T.: “Fan”, 1984.
12. Abdusamatov H. G’.G’ulom satirasida xarakter. // “Sharq
yulduzi”, 1967, 12-son.
13. www.ziyonet.uz
Yüklə 50,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin