Gap bo'laklari haqida umumiy ma’lumot
Reja:
1. Gap bo'laklari haqida ma'lumot.
2. Ega va uning ifodalanishi.
3. Kesim va uning ifodalanishi.
www.arxiv.uz
Gap bo`laklari haqida ma`lumot.
www.arxiv.uz
Gap bo'laklari dastlab, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga bo'linadi.
Bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr asosan
gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi. Gapning ega va kesimi bosh
bo'laklar hisoblanadi. Ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni
aniqlab, to'ldirib keladi. Ikkinchi darajali bo'laklarga to'ldiruvchi,
aniqlovchi va hol kiradi. Masalan: Mashina shiddat bilan qaltis tog'
yo'lidan uchib ketdi.
Ega va uning ifodalanishi
Gapda mutloq hokim vaziyat egallab, fikrning kimga,
nimaga qarashli ekanligini anglatuvchi gap bo'lagi ega deb
ataladi. Ega keng ma'noda predmat tushunchasini bildirib,
kesimdan anglashilgan belgi, harakat, holatning kimga yoki
nimaga oidligini ko'rsatadi. Ega bosh kelishikdagi so'z bilan
ifodalanib, kim? Nima? Kimlar? Nimalar? qayer degan
so'roqlardan biriga javob bo'ladi. Ega ikki sastavli gapning
bosh bo'laklaridan biridir. Ma'lumki, gap biror predmet yoki
hodisa haqida nimadir aytish maqsadida shakllantiriladi.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
Demak, gap tuzilish uchun asos bo'ladigan biror tushuncha kerak. Gapda
butun bo'laklar ana shu asosiy tushunchani ifodalash uchun to'g'ridan-
to'g'ri yoki biror vosita orqali predmet tasavvuridagi so'zga yoki birikmaga
bog'lanadi. Shuning uchun ham u bosh bo'lak tarzida o'qiladi. Bu hususiyat
uning shaklida ham ko'rinadi: Bunday xokim tushuncha bosh kelishik
shaklida bo'ladi. Bu fikrlar shuni ko'rsatadiki, ega gapda fikr ifodalanishiga
asos bo'lgan bosh kelshikdagi xokim kismdir. Eganing sintaktik jixatdan,
asosan, ikki xususiyati bor.
Kesim va uning ifodalanishi
Ega haqida tasdiq yoki inkorni, so'roqni bildirgan gap bo'lagi kesim
deyiladi. Kesim egaga tobe, o'ziga bog'lanib kelgan so'zlarga nisbatan hokimdir.
Kesim turli so'z turkumlari bilan ifoda qilinadi. Tuslangan fellar ikki sastavli
gaplarning kesimi uchun tipik formadir. Odatda, gap bir so'z orqali ham ma'lum
intonasiya yordamida ifodalanishi mumkin. Bir sastavli gapda predikativli
struktura jihatidan ko'pincha kesim orqali ro'yobga chiqadi. Demak, kesim egasi
maxsus so'z orqali ifodalanmagan gapda ham mavjud bo'ladi.
Gapda predikativligini anglatish har vaqt egani izohlashga asoslana
bermaydi. Ifodaning nisbiy tugalligini yuzaga keltirishda kesim asosiy rol
o'ynaydi.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
Kesim so'z yoki so'zlar birikuvi bilan ifodalanadi. Bunday kesimli gaplar
ikki xil konstruksiyada bo'ladi. Birinchi xil konstruksiya ikki sastavli gap
bo'lib, ularda keisim ma'lum ega to'g'risidagi xukumni ifodalaydi.
Demak, ikki sastavli gaplardagi kesim egani izohlab, unga tobe bo'lib
keladi. Kesimni bir tarkibli gaplarda kesim yolg'iz ifodalanib, egaga
bog'lanmaydi, chunki eganing o'zi ifodalanmaydi. Bunga gaplarda
kesimdan anglashilgan bo'lishli yoki bo'lishsiz ish-harakat, xolat yoki
biror belgi maxsus bir predmetga-egaga bog'liq bo'lmaydi. Shaxsi
noma'lum, shaxsi umumlashgan gaplarda esa kesim ma'lum biror
konkret shaxs bilan bog'lanmaydi.
www.arxiv.uz
Dostları ilə paylaş: |