Gap va uning turlari



Yüklə 132,16 Kb.
səhifə1/39
tarix19.12.2022
ölçüsü132,16 Kb.
#76253
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Gap va uning


"GAP VA UNING TURLARI"

Reja`:




  1. Kirish


  2. Asosiy qism
  1. O’zlashma gap haqida umumiy ma’lumat.


  2. Ko’chirma gap haqida umumiy ma’lumot.


  3. O’zlashgan gap va ularda ishlatilatiladigan tinish belgilari.




  1. Xulosa


  2. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
So’zlovhi hamma vaqt ham o’z fikrinigina bayon etib qolmaydi, u ba’’zan gapini ham o’z nutqi ichida ishlatadi. O’zganing gapini ifoda etuvchi shaxs avtor, uning gapi esa avtor gapi deyiladi. Avtorning ma’lum shaxs fikrini o’z nutqi ichida keltirishi o’zganing gapi deyiladi. Gap ifoda qilinayotgan shaxs so’zlovchi sanaladi.
Ba’zan avtor gapi ham o’zganing shaklida beriladi. Bunda uning fikri o’zganing gapi va avtor gapining biriktiruvchi grammatik vositalar bilan boog’lanadi. Misollar, men nima qilishimni bilmayman. «Bu yoqda nima qilib yuribsiz»-dedim. Mening yo’qlab kelganimni ko’rsa, dalda bo’lar biron so’z aytsam, zoraki darmon bo’lsa, deb kutdim. (A.Q.)
U yoki bu shaxsning gapi faqat o’quvchining gapi shaklidagina emas, balki qushlar, hayvonlar tovushi yoki ba’zi predmetlarning shovqini hamda ularga nisbatan ishlatiladigan undov va taqlidiy so’zlar shaklida ham keladi. Jo’ra darrov askarning yukini olib, chairday katta, tuki yiltiragan, beldor eshakka ildam ortib, ip bilan boog’ladi-da, «Xix» deb bir turtdi va o’zi uelar bilan suhbatlashib, piyoda ketdi. Haligina pashsha «og’ing» desa eshitilmaydigan jimjit hovli qiy-chuvga to’ldi. Ashirmat «Shish-shish» deb eshagini to’xtatdi. (O.) Faqat buxgalteriya joylashgan xonadan tovush eshitiladi «shaq-shuq». (O.)
O’zga gapi turli xilda keladi. Bularning asosiy tiplari ikki xil, 1) ko’chirma gap
2) o’zlashtirma gap.
O’zganing gapi semantik, leksik, grammatik xususiyatlarni saqlagan holda, mustaqil gap shaklida avtor gapi bilan birga ishlatilsa, ko’chirma gap deyiladi- «Yashang, oshpaz- kinoya bilan qichqirdi O’ktam.-Bilib qo’yingki, dehqonchilikning qozoni boshqacha bo’ladi, mehnatini aytmasangiz, barakasi osha beradi, tosha beradi». (O.)
Avtor gapi ko’chirma gapning kimga qarashli ekanligini ko’rsatadi. Avtor o’zganing mazmunini saqlab, grammatik, leksik xususiyatlarni o’zgartirib bayon qilib bersa, o’zlashtirma gap deyiladi. Masalan, Astaxov chu bilan suhbat qilishni orzu qilganini, lekin qo’li tegmaganini aytdi. Ko’Chirma gap.
Ko’chirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratiladi. Ko’chirma gap bir so’zdan, bir ega yoki bir necha gapdan, ba’zan butun bir abzacdan iborat bo’lishi mumkin. Avtor gapi esa ko’pincha ikki sostavli birgina sodda gapdan tashkil topadi~ qo’shma gap shaklida yoki bir sostavli sodda gap shaklida deyarli qo’llanmaydi. Misollar` «¼o’rog’on buzilibdi. Yigitlarni, suvchilarni to’sishga olib borsin», - deb buyurdi Mahkamov. (O.) «*ozir hosil uchun kurashning avji vaqti, - dedi O’ktam jiddiy tus bilan,yaxshi parvarish qilsang, og’o’zani ovqatdan, suvdan toliqtirmasang, kun sayin hosilni ko’rasan».(O) U joy ko’rsatib, mehribonlik bilan murojaat qildi` «Kelganingga xursandman». Ko’chirma gapning kesimi fel, ot yoki boshqa turkum so’zlari bilan ifodalanadi.
Quyidagi fellar avtor gapining kesimi bo’lib keladi.
Gapirish, so’zlash ma’nosini bildiruvchi demak, aytmoq, gapirmoq. so’zlamoq singari fellar, «Ko’p narsalarni ko’zimga ko’rsatdingiz, yana ko’p narsalarni ko’rsatgani qo’shimcha chiroq berdingiz, O’rmonjon aka,»- dedi Siddiqjon.
So’zlash ma’nosi bilan bog’liq turli holatni ko’rsatuvchi qchichchqirmoq, pichchchirlamoq, buyurmoq, ogohlantirmoq, telefon qilmoq singari fellar, Yigit uning otini eslay olmay «Agronom aka» -deb qichqirdi. (O.)
Oldingi fikr bilan bog’liqlikni ifodalovchi javob bermoq, bo’lmoq (gapni bolmoq), davom etirmoq kabi fellar. Toycha bo’lsak ham, ot izidan boryapmiz»,-javob berdi Jo’ra, ko’zlarini ayyoroncha qisib. (O.)Rais so’zida davom etdi, «Ayniqsa», «Farhod» to’g’risida so’z borganda, hali sen aytganingday, kishining ko’kragi tog’day ko’tariladi».(O.) «Sakson» ota uning gapini bo’ldi. «Umr shomiga yetsak ham, yurakda o’timiz bor…» (O.)
«Balli, yurakdagi tilak-armon-sovet zamonidan», - gapga aralashdi boshqa bir chol, soqolidan yumalagan tomchilarni artib-axir bahor kelganda, qari tollar ham bargak yozadi…» (O.)
So’roq mazmunini ifodalovchi fellar, «Qalay, bu yil paxta rejasini bajarasizmi»-so’radi O’ktam (O.)
Avtorning turli ichki kechinmalarini, his-tuyog’ularini, hayajonini hamda ayrim mimikalarini ifodalovchi fellar, Jon fiog’onida nima deyishni bilmay, yerga qaradi va do’nog’illadi, «Men yig’latgan emasman… O’zing yig’lagansan». Karimqul xuddi shishganday yog’on barmoqlari bilan mo’ylovini birpas buradi, keyin piching qilib to’nog’illadi, «dalada qizlarning ichiga ko’z tashlaydigan odatingiz ham bor ekan, shekilli-» (O.) Nasimjon o’tirdi, yozuv-chizuvga uringani ko’rinib, boshini ko’tarmasdan minog’irladi` «Xotirjam bo’linglar, biri iloj qilib ko’ndiraman» (O.)
Ko’chirma gapning bir necha o’ziga xos xususiyatlari bor. Buyruq mazmunidagi ko’chirma gapda ko’pincha undalma ishtirok etadi va undalmali gapning fel kesimi buyruq mayli formasida keladi` «Og’lim, yaxshisi shuki,-dedi «Sakson ota qo’lin siltab,-qolgan ishga qor yog’ar degan qadimgi so’zni unutma». (O.) Nortoy polvonga qichqirdi O’ktam` «Hormang, polvon» (O.) Gapning mazmuniga qarab ko’chirma gapning intonaciyasi turlicha bo’ladi` «Gap qiziqishda,- javob berdi Egamberdi,-hammasini kitobdan o’qidim-da, to’ppa-to’og’ri imtihonga bordim». (O.) «Nega xat-pat, telegramma yubormadingiz»-dedi Jo’ra.(O.)
Ko’chirma gapdagi intonaciya uning o’rniga qarab ham turlicha bo’ladi. Agar u avtor gapidan oldin kelsa. Avtor gapidan ko’ra kuchliroq ohang bilan aytiladi, avtor gapidan oldin qisqa pauza bo’ladi` «¼izlar zvenosi bu»-dedi Jo’ra.
Ko’chirma gap avtor gapidan keyin kelsa, to’liqroq pauza hamda balandroq ohang bilan talaffuz qilinadi` Jo’ra dedi` «¼izlar zvenosi bu».
Agar avtor gapi ko’chirma gapning o’rtasida kelsa, u gap o’rtasida kelgan kirish so’z va kirish gaplarga o’xshash past ohangda aytiladi` «Bu, - dedi Jo’ra,-qizlar zvenosi».
Ko’chirma gapda bayon qilingan fikrgina bildirmay, balki hali ifoda etilmagan faqat o’ylangan-taxmin qilingan fikr ham bildirilishi mumkin. Bunday gaplarda avtor gapining kesimi o’yladi, dedi ichida, dedi o’ziga-o’zi kabi shakllarda ifodalanadi.
Bayon qilingan fikrni ifodalovchi ko’chirma gaplar fikrining tinglovchiga qaratilganligini ko’rsatsa, bayon qilinmagan fikrni ifodalovchi ko’chirma gapda fikr so’zlovchining o’ziga qaratilgan bo’ladi`. Kolxoz yerining etagida yangi ochilayotgan yerga keta turib, o’yladi ichida u
«Vatanni ofat tahlikaga solganda, qari-qartanglar ham so’ngi kuchlarini bilakka yig’ib fidokorlik ko’rsatadilar…» (O.) «Nahotki rost bo’lsa!- dedi ichida yigit…- Demak, kimning qo’li uzun bo’lsa, olamni o’sha tuzadi, dedi-da do’stim». (O.)
Ko’chirma gapda ba`zan biror predmetning «gapi» ham kechirib berilishi mumkin. Bu holat asosan nazmiy asarlar uchun xos paxta deydi kulib tovlanib «Sevgan kishi meni maqtasin». (U.) Dalalar salomga qo’lin cho’zadi` «Marhamat qarindoshlar, aziz mehmonlar».
Demoq feli ko’chirma gapdan keyin joylashgan avtor gapining kesimi bo’lib kelganda, mano va funkciyasi jihatdan aytmoq, so’ramoq, gapirmoq kabi so’zlash fellariga deyarli teng bo’ladi. Bunda deb bog’lavchisi emas, balki demoq mustaqil feli qatnashadi. Uning manosi o’ta umumiy bo’ladi. «Qalay, Rais ko’zini ochdimi?»-deb so’radi Qamchar. Bu misollarda deb so’radi, deb buyurdi o’rnida dedi felini qo’llash, shunigdek. Deb yordamchisini tushirib qoldirib,
so’radi yoki buyurdi tarzida ishlatish ham mumkin` «Qalay, Rais ko’zini ochdimi?»-dedi
¼amar.
Lekin demoq so’zlash harakatiga bog’liq bo’lmagan fellar bilan birga kelib, deb yoki deya formasida avtor gapi bilan ko’chirma gapni bog’lashi mumkin. Bunda ko’chirma gap butunligicha avtor nutqidagi fel kesimga nisbatan hol yoki ergash gap bo’lib keladi`. «Bu xom xayol», -deya gapini bo’ldi akam. «Undoq qildim, bundoq qildim, qoyil qildim» deb ko’kragiga uradiganlar ham topiladi. Bu xildagi gaplarda ko’chirma gaplik xususiyati bir oz kuchsizlashgan bo’ladi. Aslida «ko’chirma gap - avtor gapi» shaklida tuzilgan bo’lib, bora-bora ko’chirma gaplik xususiyatini yo’qota borgan konstrukciyada deb yordamchi so’z vazifasini bajaradi` Qoronog’i tushmasdan etib olay deb zo’r beraman. Men sizni deb keldim. … Balki aytarsizki, bir karvon nevara-chevarang bor, boshingda kata ro’zog’or, ko’rpangga qarab oyoq uzat deb. Yozuvda bunday gaplar ko’chirma gaplarga xos bo’lgan tinish belgilari bilan yozilmaydi`

Ko’chirma gap avtor gapidan keyin keladi. Bunda avtor gapining kesimi ko’pincha aytmoq, so’ramoq, javob bermoq, gapirmoq, demoq kabi fellar bilan ifodalanadi.


Avtor gapi ko’chirma gapdan oldin kelganda, undagi gap bo’laklarining tartibi odatdagicha bo’ladi.
Ko’chirma gap avtor gapidagi bunday, shunday kabi so’zlarning mazmunini aniqlab kelishi mumkin. Bunday avtor gapining kesimi bilan bunday, shunday so’zlar orasida deb yordamchisi qo’llanadi.
Ko’chirma gap avtor gapning o’rtasida kelishi mumkin. Bunda avtor gapining ega sostavi ko’chirma gapdan oldin, kesim sostavi ko’chirma gapdan keyin keladi. Bazan kesimga qarashli to’ldiruvchi yoki hol ko’chirma gapdan oldin ham keladi. Lekin kesimning o’zi doim ko’chirma gapdan keyin qo’llanadi.
Ko’chirma gap avtori gapning har ikki tomonida kelganda ham avtor gapidagi kesim sostavi oldin, ega sostavi keyin keladi` «Juda tog’ri, haq gap,-dedi boshi bilan tasdiqlab Boltaboev-hamma yutuqlarimiz birlik orqasida kelayotir».
Bazan avtor gapi va ko’chirma gap murakkab holda aralashib, «avtor gapi+ ko’chirma gap+avtor gapi+ko’chirma gap» yoki «ko’chirma gap+avtor gapi+ko’chirma gap/avtor gapi» tipida qo’llaniladi. Bu holat tilimizda juda kam uchraydi. Ko’chirma gapning avtor gapidan keyin yoki uning har ikki tomidan kelish holati jonli tilda kamroq, badiiy asarlarda ko’proq uchraydi. Uning avtor gapidan oldin yoki uning o’rtasida kelish holati esa ko’proq jonli tilda uchraydi.
Ko’chiriladigan gap bittadan ortiq shaxsning o’zaro so’zlashuvidan iborat bo’lsa, bunday ko’chirma gaplar avtor gapisiz-dialog shaklida beriladi. Dialog shaklidag gaplarning kimga qarashli ekanlig nutq jarayonida malum bo’ladi.
-Rais, og’ozamiz ko’p zararlanibdimi?
-Ha ko’p zararlanibdi. Uni tezda davolash zarur.
O’zlashtirma gap
O’zganing gapi o’zlashtirma gap shaklida berilishi ham mumkin. Bunda avtor boshqalarning gapini grammatik va ayrim leksik xususiyatlarini o’zgartirgan holda beradi. O’zlashtirma gap ko’chirma gapdan intonaciyasi va ayrim fel formalarning ishlatilmasligi ko’p ishlatiladigan deb, dedi, deydi, degan edi kabi shakllari o’zlashtirma gapda deyarli qo’llanmaydi. Uning o’rnida bu gaplarda ko’proq aytmoq, gapirmoq fellari ishlatiladi.
Ko’chirma gap, o’z sostavida gap borigidan qatti nazar, uzlashtirma gapga aylantirilganda, soda gap holatiga keltiriladi. o’zlashtirma gapda avtor gapning bosh bo’laklari (bazan ikkinchi darajali bo’laklari ham) saqlanib, ko’chirma gap birikmali to’ldiruvchiga aylanadi.
«Har soatni og’animot bil»,-dedi Sakson ota. (O.) Bu ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilsa, undagi ikki sodda gap ( Sen har soatni g’animat bil. Sakson ota dedi) bir sodda gapga, ko’chirma gap esa birikmali to’ldiruvchiga aylanadi. Sakson ota har soatni g’animat bilish kerakligini aytdi.
Ergashgan ko’chma gap ko’chirma gap shaklida berilsa, ko’pincha ergash gap (shart, ravish, to’siqsiz, payt, o’xshatish gaplar) o’zgarmay, bosh gap o’zlashtirma gap shaklini oladi.
Shunday bo’lsa ham, qo’shma gapning mazmuni o’zlashtirib berilgan bo’ladi. «Hamma ko’saklar pishib bersa, ishimiz yirik Mabodo kuz yomonlik qilsa, ishimizning beliga tepadi», dedi u. (O) Bu misolning o’zlashtirma gap shakli. U hamma ko’saklar pishib bersa, ish yirik bo’lishini, mabodo kuz yomonlik qilsa, ishning beliga tepishini aytdi.
Bog’langan ko’shma gap, yoqorida ko’rsatib o’tilganlardan boshqa ergashgan ko’shma gaplar ko’chirma gap shaklida kelganda. Ular birdan ortiq birikmali to’ldiruvchi holida o’zlashtirma gapga aylantiriladi. Rais paykalga tikilgan holda gapirdi. «Go’zalarning rivoji yaxshi, biroq boshqa paykallarni shunga tenglashtirib olish kerak». O’zlashtirma gap formasi. Rais paykalga tiklagan holda og’o’zalarning rivoji yaxshiligini, biroq boshqa paykallarni ham shunga tenglashtirib olish kerakligini aytdi.
Demak, ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirish ularning turiga qarab turlicha amalga oshiriladi.
Undov gap, atov gap, ritorik so’roq gap va shunga o’xshash boshqa gaplarni o’zlashtirma gapga deyarli aylantirib bo’lmaydi. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma gapdagi olmoshi uzgarishi fel kesimning zamoni deyarli o’zgarmaydi.
Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirishda ko’chirma gapdagi fel kesimning shaxs qo’shimchasi, kishilik mumkin.
Ko’chirma gapning subekti birinchi shaxs kishilik olmoshi bilan, avtor gapning egasi esa har uchala shaxsdagi kishilik olmoshlari (men, sen, u) bilan ifodalansa, o’zlashtirma gap sostavidagi bu olmoshlarining biri tushib qoladi.
Ko’chirma gapning egasi olmosh bilan ifodalangan bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda bu olmosh tushib qoladi.
Men aytdim Biz aytdik
Sen aytding «Biz bu kitobni o’qiymiz» Siz aytdingiz
U aytdi

Ular aytdilar O’zlashtirma gap shakli


Ko’chirma gap yog’iq bo’lib, uning va avtor gapnining egasi bir xil shaxs-sondagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa yog’iq ko’chirma gapdagi ega bilan tuslovchi bir xil bo’lgani uchun, ularning biri tushib qoladi va ko’chirma gaplik xususiyatini bir oz yo’qotadi. Men aytdim «Men ketaman» tarzda emas, men ketaman dedim.
Agar avtor gapining egasi ot bilan, ko’chirma gapning egasi kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo’lsa, bunday gaplarning o’zlashtirilgan shaklida avtor gapidagi ega va kesim saqlanadi, ko’chirma gapning egasi qaratuvchiga, kesim-lik affiksini olgan sifatdosh bilan ifodalangan to’ldiruvchiga-qaralmishga aylanadi. Ko’chirma gapning birinchchi shaxs kishilik olmoshi bilan ifodalangan egasi ba’zan batamom qo’llanmaydi yoki uning 7rnida o’zlik olmoshi ishlatiladi.
Ko’chirma gap darak xarakterida bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda quyidagicha o’zgaradi.
Ko’chirma gapning kesimi o’tgan zamon fe’li bilan ifodalangan bo’lsa, o’zlashtirma gapda zamon yasovchisi o’rniga o’tgan zamon sifatdoshi affiksi (-gan), shaxs-son affikisi o’rniga egalik affiksi ishlatiladi va tushum kelishigi affiksi q7shiladi. Ba’zan –gap affiksidan keyin –lik affiksi ham qo’shiladi.
Ko’chirma gapning kesimi-gan formasidagi o’tgan zamon fe’li bilanifodalansa, uning zamon qo’shimchasi saqlanib, faqat shax-son q7shimchasi egalik affiksiga almashadi. «Bu yil ko’p paxta terganman»,-dedi qiz. -¼iz buy yil ko’p paxta terganligini aytdi.
Ko’chirma gapdagi fe’l kesim sostavli bo’lsa, o’zgarish keyingi eelementda yuyuz beradi.
Ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirishda faqat fel kesimga o’zgarmay, egalik qo’shimchasini olgan so’z va kishilik olmoshi bilan ifodalangan bulaklar ham o’zgaradi.
«Mening ukam Toshkentda o’qidi»,-dedi usta.- Usta ukasining Toshkentda o’qiganini aytdi.
Boshqa bo’laklarda bu xildagi o’zgarish deyarli sezilmaydi. «Kecha keldim», -dedi Karim- Karim kecha kelganligini aytdi. «Institutda Karimni uchratdim»,-dedi. -Institutda Karimni uchchratganligini aytdi.
Ko’chirma gapning kesimi hozirgi zamon feli bilan ifodalangan bo’lsa.
–yotir, -yap formalari o’rniga –yot+gan (lik), shaxs-son affiksi o’rniga egalik affiksi ishlatiladi, so’ng tushum kelishigi affiksi qo’shiladi. «g’o’zalarimiz barvaqt gullayotir»,-dedi u. U g’o’zalarning barvaqt go’llayotganligini aytdi.
-moqda formasi stilistik talabga muvofiq ba’zan-yotgan-(lig)ini formasiga almashtiriladi, ba’zan-moq+da ekan formasida ishlatiladi. «Shahardan chiqqan yordamchilar kilogrammdan orttirib paxta termoqdalar»,-dedi rais. Rais shahardan chiqqan yordamchilarning kilogrammdan orttirib paxta erayotganliklarini aytdi.
V) –a,-y affikslari bilan yasalgan hozirgi-kelasi zamon fellari gapning mazmuni ko’proq hozirgi zamon bilan boog’liq bo’lsa, -yotgan(lig) ini formasiga, kelasi zamonga boog’liq bo’lsa,-
(a) Jak(lig)ini yoki –moqchi ekanligini formasiga almashtiriladi. «Men Moskvada o’qiyman»,- dedi Dilorom.-Dilorom Moskvada o’qiyotganligini aytdi.-Dilorom Moskvada o’qiyatligini aytdi.-Dilorom Moskvada o’qimaqchiligini aytdi.
E) ko’shirma gapning kesimi kelasi zamon feli bilan ifodalangan bo’lsa.
A) –ajak affiksida so’ng-ligin formasi ko’shib ishlatiladi. «O’qishni tugatib, Moskvaga borajakman», -dedi Xalil- Xalil o’qishni tugatib, Moskvaga borajakligini aytdi.
B)-a(r) affiksi o’rniga harakat nomi formasi-lik affiksi bilan ishlatiladi. «Mehmonlar kelib qolar»-dedi zveno boshliog’i.-Zveno boshliog’i mehmonlarning kelib olishligini aytdi.
Ko’chirma gapning kesimi ot kesim bo’lsa, o’zlashtirma gapga aylantirilganda shu ot kesimdan keyin ekanligini yoki-ligini formalari qo’shiladi. «Qo’lim baland, belim baquvvat»,- dedi brigadir.-Brigadir qo’li baland, beli baquvvat ekanligini (baquvvatligini) aytdi.
Ko’chirma gap so’roq mazmunini ifodalasa, avtor gapining kesimi qaysi fel bilan ifodalanganiga qaramay, o’zlashtirma gapning kesimi faqat so’moq fe’li bilan berilandi. «Majlis boshlandimi»-deb so’radi u. U so’radi. «Majlis boshlandimi.» Bu gaplarning shakli.U majlis boshlangan-boshlanmaganini so’radi.
So’roq mazmunini bildiruvchi so’roq gaplar o’zlashtirilganda, uning intonatsion xususiyati o’zgaradi.
So’roq gap o’zlashtirma gapga quyidagi bilan aylantiriladi.
Gapning fe’l kesimi so’roq yuyuklamasini olganda, o’sha fe’lning sifatdosh formasidagi bo’lishli va bo’lishsiz shakllari juftlashadi va ularga ekanligini yoki-ligini formalarni qo’shiladi.
«Paxta chopig’ini o’z vaqtida tugatdingizmi.»-dedi Karim ota-Karim ota paxta chopig’ini o’z vaqtida tugatgan-tugatmaganligini so’radi.
So’roq gap so’roq so’zlarning ishtiroki bilan tuzilgan bo’lsa, uning fe’l kesimi o’zlashtiriladi, lekin so’roq mazmunini bildiruvchi so’z saqlanadi. «Qachon keldingiz.»-so’raydi O’ktam.-O’ktam qachon kelganligi so’radi. «Nima uchun olimjonning brigadasida ish yaxshi Nima uchun mening g’o’zalarim pisand qilmaydi.»-dedi Bekbo’ta.-Beko’ta nima uchun Olimjonning brigadasida ish yaxshi ekanligini, nima uchun uning g’uzalarni pisand qilmasligini so’radi.
Undalmali sroq gap o’zlashtirma aylantirilsa, undalma chiqish kelishigi qo’shimchasini olib, vositali to’ldiruvchiga aylanadi. «Rais, nima uchun boshqalar qoloq» - dedi u.
-U raisdan nima uchun boshqalar qoloq ekanligini so’radi.
Kesmi bor yo’q so’zlari bilan ifodalangan ko’chirma gaplar quyidagicha o’zlashtiriladi.
Ko’chirma gap darak mazmunini bildirsa, o’sha so’zdan keyin ekanligini yoki-ligini formalari qo’shilib keladi. «Magazinda har xil kitoblar bor, lekin daftar yoq»-dedi opam.-Opam magazinda har xil kitoblar borligini. Lekin daftar yoq ekanligini aytdi.
ko’chirma gap soroq mazmunini bildirsa, bor, yoq so’zlarni juftlanib, undan keyin-ligini yoki ekanligini formasi qo’shiladi.
«Magazinda kitob bormi.». «Magazinda daftar yo’qmi.» - dedi opam. Opam magazinda kitob bor-yoqligini so’radi- Opam magazinda daftar bor-yoqligini so’radi.
. Buyruq gaplar o’zlashtirilganda, uning buyruq maylidagi fe’l kesimi ish oti formasi+egalik affiksi+kerak (lozim, zarur)+(ekan)ligini shaklini oladi. «Maslahat esdan chiqmasin,»-dedi Durbek._durbek maslahat esdan chiqmasligi kerakligini aytdi. «Tezroq keting bu erdan, toog’a», dedi Botir.- Botir tog’asiga bu erdan tezroq ketish kerakligini aytdi.
Undalmali buyruq gap o’zlashtirilsa, undalma ko’pincha yo’nalish kelishigi affiksini olib, vositali to’ldiruvchi bo’lib keladi. «Endi ular sevinishsin, Nodir amaki», -dedi jiyani.-Jiyani Nodir amakiga endi ular sevinishi kerakligini aytdi.
Ko’pincha kesimi buyruq felining uchinchi shaxs formasida bo’lgan ko’chirma gaplar o’zlashtirma gapga aylantiriladi. Kesimi buyruq-istak maylining birinchi shaxs formasida kelgan ko’chirma gapni o’zlashtirma gapga aylantirib bo’lmaydi, bazan kesimi ikkinchi shaxs formasida kelgan ko’chirma gap o’zlashtiriladi.
O’zbek tilida bazan o’zgalarning gapi ko’chirma gap xolatidagi emas, «ko’chirma gap+avtor gapi» shaklida ifodalanishi mumkin. Ko’chirma gap ichida ko’chirma gap qo’llanib, qo’sh ko’chirma gapni hosil qiladi. Yakka qo’llanilgan ko’chirma gap avtor gapi bilan
«gap+avtor gapi» yoki «avtor gapi+ko’chirma gap» tuzilsa, qo’sh ko’chirma gap «ko’chirma gap+avtor gapi+avtor gapi» sxemasi tuziladi. Masalan «Sodir «Har bir ishga tajriba ko’zi bilan qarash kerak», -deydi,-dedi Karim. Bu misolda birinchi ko’chirma gap (Har bir ishga tadriba ko’zi bilan qarash kerak) avtor gapi (Sobir deydi) bilan yana ko’chirma gapni tashkil qilib, keyingi avtor gapiga-dedi Karim gapiga nisbatan ko’chirma gap bo’lib kelgan.

Xulosa
Ko’chirma gapga yana misol keltiramiz. «Sirdaryodan quyosh ko’tariladi, mamlakatga nur oqadi», -deyishgan edi»,-dedi faxrlanib O’ktam. (O.)
Demak, bunday gaplarda birinchi darajali va ikkinchi darajali ko’chirma gaplar mavjud bo’lib, ikkinchi ko’chirma gap birinchi gapga nisbatan avtor gapi sanalsa ham, uchinchi gapga- avtor gapiga nisbatan hisoblanadi.
Yuqoridagi misolni sxema bilan quyidagicha ko’rsatish mumkin.
birinchi darajali ko’chirma gap ikkinchi avtor gapi darajali
ko’chirma gap



Yüklə 132,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin